A qodiriy nomidagi jizzax davlat pedagogika instituti tarix fakulteti



Download 6,84 Mb.
bet98/150
Sana01.06.2022
Hajmi6,84 Mb.
#626029
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   150
Bog'liq
2 5188671791828047660

Do‘st kulfatda bilinadi
“Do‘st kulfatda bilinadi”, “Qo‘shning tinch, sen tinch” naqllari har bir yurtdoshimiz hayotining ajralmas qismiga aylanishi bilan birga, mamlakatimiz tashqi faoliyatining asosiy mezoni hamdir. Shu bois koronavirus xavfi paydo bo‘lgan kundan boshlab O‘zbekiston xalqaro hamjamiyatga o‘z yordamini taklif qilib kelmoqda. Xitoy va Eron davlatlariga insonparvarlik yordamining jo‘natilgani, Qozog‘iston tomonining so‘rovi asosida Xitoydan qo‘shni mamlakat fuqarolari ham keltirilgani fikrimizning yana bir tasdig‘i. Shu bilan birga O‘zbekiston hududida bo‘lib turgan xorijiy davlatlar fuqarolari xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq manzilli choralar ko‘rilmoqda.
Bu haqda Belgiyaning nemis tilidagi “GrenzEcho” (“Chegara hududi sadosi”) gazetasida shunday deyiladi: “33 nafardan iborat “GrenzEcho” o‘quvchilarining O‘zbekistondagi sayohatlari 19 martgacha davom etadi. Ular bu yerda o‘zlarini juda yaxshi his etmoqda. O‘zbekiston ham virus infeksiyasi tarqalishining oldini olish uchun qator chora-tadbirlarni allaqachon boshlab yubordi. Belgiyalik sayyohlar fikricha, ular bu yerda o‘zlarini yaxshi his qilmoqda”.
Qayd etish joiz, O‘zbekistonda bo‘lib turgan va o‘z yurtiga ketishga ulgurmagan xorijiy fuqarolarga ilgari berilgan vizalarining amal qilish muddatini avtomatik tarzda 2020 yil 10 aprelgacha uzaytirish yuzasidan qaror qabul qilindi. Shuningdek, ayni paytda xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi vakolatxonalari bilan mamlakatimizda bo‘lib turgan 25 davlat fuqarolarini charter reys bilan o‘z vatanlariga qaytarish bo‘yicha tashkiliy ishlar olib borilmoqda.


4. Aholi salomatligini saqlash kasallikka chalinganlarga ko’rsatilayotgan yordamlar. Ta’lim tizimi faoliyatini masofaviy shaklga o’tkazilishi mamlakatimizda oliy o’quv yurtlari sohasining o’sib borishi. Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 1-aprel kuni aholi salomatligini saqlash va koronavirusga qarshi kurashish borasida amalga oshirilayotgan ishlar hamda kelgusidagi ustuvor vazifalar muhokamasi yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.
Ma’lumki, 2020-yil 12-noyabrda davlatimiz rahbarining birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatiga mutlaqo yangi mexanizmlarni joriy qilish to‘g‘risida farmoni, tibbiy profilaktika ishlari samaradorligini yanada oshirish orqali jamoat salomatligini ta’minlash bo‘yicha qarori qabul qilingan edi. Ularga muvofiq, kasalliklarni erta aniqlash, to‘g‘ri tashxislash va davolash uslublarini o‘zgartirib, bu borada yangicha tizim tashkil etila boshlagandi.
Yig‘ilishda ushbu vazifalar ijrosi haqida so‘z borar ekan, Prezident uchta savolni o‘rtaga qo‘ydi:
birinchi – joriy etilgan yangi tizim bo‘yicha tibbiy xarita shakllantirilgani, aholining xavf guruhlariga bo‘lingani nimani ko‘rsatdi?
ikkinchi – mahallalar kesimida tibbiyot brigadalari shakllantirilib, aholi bilan manzilli ishlay boshlaganidan qancha odam rozi bo‘ldi?
uchinchi – tibbiyot muassasalarida qaysi xizmatlar bepul bo‘ldi?
Hozirgi ahvol talabga javob bermayotgani, sohadagi o‘zgarishlarni aholi tezroq sezishi kerakligi ta’kidlandi. Islohotlarni jadallashtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarga Bosh vazir o‘rinbosari, sog‘liqni saqlash vaziri va uning o‘rinbosarlaridan mas’ullar biriktirildi.
Prezidentning 12-noyabrdagi yana bir qaroriga ko‘ra, Sirdaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli va davlat tibbiy sug‘urtasi mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha tajriba-sinov o‘tkazildi. Yig‘ilishda Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i va Guliston shahar hokimi mazkur yangi tizim natijalari haqida hisobot berdi.
Aytib o‘tilganidek, Sirdaryo viloyatining 236 ta mahallasini to‘liq qamrab olish uchun 421 ta tibbiyot brigadasi tashkil etilgan. Aholining salomatlik holati xatlovdan o‘tkazilib, ular 4 ta xavf guruhiga ajratilgan va viloyatning “elektron tibbiy xaritasi” yaratilgan.
Misol uchun, Boyovut tumanida 31 ming aholi o‘zini sog‘lom deb bilsa-da, ortiqcha vazn, noto‘g‘ri ovqatlanish, zararli odatlar tufayli ularda yurak-qon tomir, diabet, o‘pka kasalliklariga chalinish ehtimoli yuqori ekani aniqlangan. Shuningdek, ilgari shifokorga murojaat qilmagan 257 nafar fuqaroda kasalliklar og‘ir bosqichda ekani ma’lum bo‘lgan.
Davlatimiz rahbari bu tajribani tizimli davom ettirib, barcha hududlarda joriy etish bo‘yicha ko‘rsatma berdi. Buning uchun qishloq va mahallalarda tibbiyot brigadalari tashkil etilib, aholini manzilli ko‘rikdan o‘tkazish va davolash ishlari olib boriladi, hududlarning “tibbiy xaritalari” shakllantiriladi.
Respublika ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining vertikal ish tizimini takomillashtirib, ularni oilaviy shifokor punktlari bilan bog‘lash zarurligi ta’kidlandi. Ya’ni, bemorlarni ovora qilib poytaxtga yubormasdan, ularga yashash joyida malakali tibbiy yordam olish imkoniyatini yaratish kerak.
O‘tgan yili ixtisoslashtirilgan markazlarda davolanishga muhtoj 84 ming nafar bemordan atigi 51 ming nafari bepul order bilan ta’minlangan.
Prezident orderlar uchun mablag‘ni deyarli 1,5 baravarga ko‘paytirib, qo‘shimcha 80 milliard so‘m ajratish bo‘yicha Moliya vazirligiga ko‘rsatma berdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligiga hokimliklar bilan birga, yil yakuniga qadar har bir bemorni sog‘lomlashtirish manzili va muddatlarini belgilab, davolashni tashkil etish bo‘yicha vazifa qo‘yildi. Ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha hududlardagi 3 mingdan ziyod oilaviy shifokorni qisqa muddatli kurslarda o‘qitadigan bo‘ldi.
Yana bir masala – bugungi kunda donor bemorning yaqin qarindoshi bo‘lmasa, transplantatsiyaga ruxsat berilmagan. Oqibatda, ko‘pchilik fuqarolarimiz bunday amaliyotni chet elda o‘tkazishga majbur bo‘lmoqda. Shu bois inson a’zolari transplantatsiyasining qonuniy asoslarini ishlab chiqish muhimligi ta’kidlandi.
Tibbiy xizmatlar qamrovini kengaytirish maqsadida mamlakatimizda xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun barcha huquqiy asoslar, imkoniyatlar yaratilgan. Lekin hududlarda kasalliklarning turiga qarab, xususiy shifo maskanlarini tashkil etish ishlari yetarli darajada emasligi qayd etildi.
Misol uchun, aholi orasida ehtiyoj yuqori bo‘lgan gemodializ, tibbiy diagnostika va reabilitatsiya xizmatlari bo‘yicha xususiy klinikalar yetishmaydi.
Mutasaddilarga davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni ko‘paytirish, 170 ta tuman va shahar tibbiyot birlashmalarini kompyuter tomograflari bilan ta’minlash, ulardan foydalanish bo‘yicha xodimlar malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.
Sohadagi korrupsiya illatiga ham to‘xtalib o‘tildi. O‘tgan yili tizimda 30 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ talon-toroj qilingani aytildi. Shuning uchun, ta’sirchan nazorat tizimini o‘rnatib, ajratilayotgan mablag‘lar joyiga yetib borishi, dori-darmon va tibbiyot uskunalarining ochiq-oshkora sotib olinishi, pullik xizmatlardan tushumlar maqsadli ishlatilishini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 
Yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida e’tibor qaratildi. Ma’lumki, bu borada chekka hududlarda ehtiyoj yuqoriligini inobatga olib, “Qishloq shifokori” dasturi qabul qilingan edi. Bunday joylarda ishlamoqchi bo‘lgan shifokorlarga 30 million so‘m pul berilishi belgilanib, bu maqsadlar uchun byudjetdan 20 milliard so‘m ajratilgan. Lekin, oradan 4 oy vaqt o‘tgan bo‘lsa-da, birorta talabgor bilan shartnoma imzolanmagan. Vaholanki, bugungi kunda olis va chekka hududlar uchun 220 ta shifokor zarur. Bundan tashqari, hududlarda 10 ming nafar tor mutaxassis yetishmaydi.
Shu bois kelgusi o‘quv yilidan klinik ordinaturaning qabul kvotasi ikki baravarga oshirilishi belgilandi. Ushbu yangi tizimda ordinatorlar o‘quv jarayonining yarmini oliygoh va ixtisoslashgan markazlarda, qolgan yarmini esa ish joyida davom ettiradi. Viloyat hokimlari o‘z hududi uchun zarur bo‘lgan tor mutaxassislikdagi shifokorlarni tayyorlash uchun mahalliy byudjetdan grant ajratadi.
Davlatimiz rahbari koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyatga alohida to‘xtaldi.
– Joriy yil boshida kuniga o‘rtacha 30-40 nafar bemor aniqlangan bo‘lsa, mart oyi o‘rtalaridan bu ko‘rsatkich 160-180 nafarni tashkil etmoqda. Kasallikning o‘ta og‘ir kechishi, hattoki o‘lim holatlari ham qayd etilmoqda. Buning sababi – ko‘pchilik fuqarolar xotirjamlikka berilib, tibbiy niqob taqish, ijtimoiy masofani saqlash, antiseptik vositalardan foydalanish kabi karantin talablariga befarq bo‘lib qoldi, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Bosh vazirga koronavirusga qarshi kurashish bo‘yicha hududiy shtablar faoliyatini kuchaytirish, tunu kun ishlaydigan “koll-markaz”lar va mobil brigadalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriq berildi. Dori-darmon va himoya vositalarining kamida 3 oylik zaxirasini shakllantirish, hududlarda 60 ta kislorod stansiyasini ishga tushirib, reanimatsiya va intensiv davolash bo‘limlarini kislorod bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi.
– Afsuski, bu baloning oxiri ko‘rinmayapti. Yevropa davlatlari yana lokdaunga kiryapti. Qo‘shnilarimizda ham ahvol yaxshi emas. Xavf yonimizda yuribdi. Shuning uchun ogoh bo‘lishimiz kerak. Oldin qanday ishlagan bo‘lsak, shu tartibni tiklaymiz. Xudo ko‘rsatmasin, shuncha qilgan harakatimiz bekorga ketishi mumkin. Iqtisodiyot nuqtai nazaridan juda katta marralar qo‘yganmiz. Agar yopilib qolsak, bu natijalarga erisholmaymiz. Hech qayerni yopmaymiz, lekin tartib-intizomni kuchaytiramiz. Kasallanganlarni ham tez-tez davolash choralarini ko‘rish kerak, – dedi Prezident.
Aprel-iyun oylarida xavf guruhiga mansub 4 milliondan ortiq aholini koronavirusga qarshi emlash rejalashtirilgan. Hozirda 660 ming doza vaksina olib kelingan. Hukumat komissiyasiga Xitoydan yana 3,5 million doza va Rossiyadan 1 million doza vaksina sotib olish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.
Fuqarolarni yashash manzili bo‘yicha emlash kuni va joyi haqida xabardor qilib borish muhimligi ta’kidlandi.
Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar bo‘yicha vazirlar, hokimlar va tibbiyot muassasalari rahbarlari axborot berdi.



Download 6,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish