Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasiga taqriz



Download 46 Kb.
Sana09.06.2022
Hajmi46 Kb.
#648131
Bog'liq
Ichki taqriz (3)


Farg’ona davlat universiteti Pedagogika kafedrasi 5A 110901- Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo’yicha) mutaxassisligi bitiruvchi magistranti
Mansurova Munira Xoltojiyevnaning
Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlaridan
ta’lim jarayonida samarali foydalanish” mavzusidagi
magistrlik dissertatsiyasiga


TAQRIZ

XIX asr oxiri va XX asr boshidagi o’zbek milliy madaniyatining mashhur vakillaridan biri, ma’rifatparvar shoir, dramaturg, jurnalist, olim, davlat va jamoat arbobi Abdulla Avloniy o’qish va o’qitish usuliga yangilik kiritib, yangi maktablar tashkil etgan. U o’quvchilarga zamonaviy bilimlar berish, Sharq va G’arb tillarini o’rgatish kabi muhim ta’limiy-tarbiyaviy ishlarni bajarib, o’zbek millati tarixida o’chmas iz qoldirgan.


XX asr boshlarida O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy hayotida pedagogik fikrlarning rivojida Abdulla Avloniy alohida o’rin egalladi, butun faoliyati davrida u o’z xalqiga xizmat qiladigan komil insonni yetishtirish, uning ma’naviyatini shakllantirishga alohida e’tibor berdi
Dissertatsiya kirish, uchta bob, umumiy xulosa va tavsiyalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati va ilovalardan iborat. Dissertatsiya ishining birinchi bobi “Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanishning ilmiy – nazariy asoslari” – deb nomlanib, unda “Abdulla Avloniy ijodini o’rganishning nazariy asoslari”, “Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish – pedagogik muammo sifatida”, “Abdulla Avloniy – jadidchilik pedagogikasining yetuk namoyondasi, ma’rifatparvarlik harakatining yetakchisi” – deb nomlangan paragraflaridan iborat bo’lib quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Abdulla Avloniy o’zbek pedagogikasining “otasi” va yurtimizda birinchilardan bo’lib professor unvoniga sazovor bo’lgan taniqli ma’rifatparvar adib, uning pedagogik fikr taraqqiyotiga salmoqli xissa qo’shgan, o’z asarlarida o’zbek xalqining eng yaxshi an’analarini, ta’lim-tarbiyaga oid muhim hayotiy masalani aks ettirgan pedagog, olimdir.
Abdulla Avloniy o’zbek ziyolilari ichida birinchilardan bo’lib, o’zbek xalq teatrini professional teatrga aylantirish uchun 1913 yilda “Turon” nomi bilan teatr truppasini tashkil qiladi. Biroq bu truppaning professonal teatrga aylanishi uchun katta to’siqlar bor edi. Chor hukumatining mustamlakachilik siyosati xalqning ijtimoiy ongining uyg’onishiga yordam ko’rsatuvchi teatrlarning barcha shakllariga qarshi edi. Teatrga ana shunday salbiy munosabatda bo’lgan bir paytda Avloniyning teatr truppasini tashkil qilish va ijtimoiy mazmundagi pesalarni sahnalashtirishi uning xalq ma’rifati yo’lidagi zo’r jasorati edi.
Abdulla Avloniy “Usuli jadid” maktablari uchun to’rt qismdan iborat “Adabiyot yoxud milliy she’rlar” hamda “Birinchi muallim” (1912), “Turkiy guliston yoxud axloq” (1913), “Ikkinchi muallim” (1915), “Maktab gulistoni” (1917) kabi darslik va o’qish kitoblari yaratdi. Jumladan, o’zbek maktablarining VII sinflari uchun “Adabiyot xrestomatiyasi” tuzdi. Bu asarlarida hamda publitsistik maqolalarida dunyo xalqlari madaniyatini, ilm-fanni, maktab va maorifni ulug’lab, o’z xalqini ilmli, madaniyatli bo’lishga chaqiradi.
Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish uchun avvalo uning asarlarini o’rganish muhim hisoblanadi. Abdulla Avloniyning asarlarida vatanparvarlik, saxiylik va insoniylik g’oyalari bugungi kunda ham ta’lim- tarbiya jarayonida dolzarb masalalardan biridir.
Abdulla Avloniy jadid adiblaridan biridir. Uning asarlarida insoniy munosabatlar, millat ozodligi, inson erki, Vatan buyukligi muammolari aks ettirildi. Jadid adabiyotida tarixiy adolat, siyosiy tenglik, shaxs va millat erki, xalqni g’aflatdan uyg’otish singari o’tkir ijtimoiy muammolar juda ko’p tasvirlandi. Jadidlarning vatan, millat, ozodlik yo’lida jon fido etishga chorlab bitilgan olovli asarlari samimiy, ammo yuksak darajada ijtimoiylashgan shaxslarning nidolari edi. Bunday asarlarda millatning ulkan dardi ma’rifatli insonning shaxsiy fojiasi bilan birgalikda ifoda etilardi.
Dissertatsiya ishining ikkinchi bobi “Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanishning pedagogik shart – sharoitlari” –deb nomlanib, unda “Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish mazmuni, shakl, metod va vositalari” va “Uzluksiz ma’naviy tarbiya jarayonida abdulla avloniy asarlaridan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari” – deb nomlangan paragraflardan iborat bo’lib quyidagilarni o’z ichiga oladi:
Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish alohida ahamiyat kasb etadi. Buning uchun Abdulla Avloniy ijodiy merosini o’rganishning turli shakl, metod va vositalarini ishlab chiqishimiz zarur. Masalan, “Abdulla Avloniyning hayoti va ijodi - yoshlar uchun hayot maktabi” mavzusida ochiq namunaviy dars mashg’uloti o’tkazish mumkin. Dars avvalida Abdulla Avloniy ijodiga bag’ishlangan videorolik namoyish etiladi. So’ngra o’qituvchining ma’ruzasi eshitiladi.
Interfaol usullardan biri - “Musobaqa-bellashuv” metodini boshqa uslublar bilan bog’lab mashg’ulotlarni tashkil etishning nazariy va amaliy ahamiyatini misollar orqali ifodalaydi. Darsda “Abdulla Avloniyning eng insoniy, eng mo’tabar tuyg’ulardan biri Vatan tuyg’usi borasidagi mulohazalari” bo’yicha “Musobaqa-bellashuv” usulidan foydalaniladi. Bu usul o’quvchilarning qiziqishini va faolligini oshiradi, unga tayyorgarlik ko’rish uchun o’quvchilar oldindan ogohlantiriladi va mavzu e’lon qilinadi. O’quvchilar guruhi ikki kichik guruhchalarga bo’linadi, ularning har biri mavzu bo’yicha savollar tayyorlab kelishi lozim. Dars jarayonida o’quvchilar musobaqa shartlari bilan tanishtiriladi. Bunda faqat javoblar uchun emas, balki savollarni to’g’ri va aniqligi uchun, qo’shimcha va tuzatishlar uchun ham ma’lum ballar belgilanadi.
Dars jarayonida “Muammoli ta’lim” metodidan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir. O’quvchilar Abdulla Avloniy ijodiy merosini o’rganish bo’yicha o’quv materialini izlash, tahlil qilish va o’rganish orqali o’quv materiali mohiyatining anglab yetishi, muammoli vaziyat yuzasidan o’z fikrlarini bildirishi, mavjud bilimlar va tajribalari asosida muammoli masalani yechimini topishi va berilgan topshiriqni bajarishi talab etiladi. Bundan tashqari darsdan tashqari mashg’ulotlarni tashkil etish mumkin.
Uchinchi bob “Pedagogik tajriba-sinov ishlarining tashkil etilishi va tahlili” – deb nomlanib, unda “Pedagogik tajriba-sinov ishlarining olib borilishi” va “Tajriba-sinov ishlari natijalari va samaradorligi” – deb nomlangan paragraflardan iborat bo’lib quyidagilarni qamrab oldi: Tajriba-sinov ishlarining maqsadi Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanishga doir kompleks pedagogik shart-sharoitlar va vositalar samaradorligini aniqlashga qaratildi.
Tajriba-sinov ishlariga Farg’ona davlat universiteti Хorijiy (Ingliz tili) yo’nalishi II bosqich talabalari hamda Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi II bosqich talabalari jalb etildi. Хorijiy (Ingliz tili) yo’nalishi II bosqich talabalari 100 nafar va Maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakultetining Boshlang’ich ta’lim yo’nalishi 100 nafar jami 200 nafar talabalar ishtirok etdi. Tajriba guruhga 100 nafar, nazorat guruhga 100 nafar talabalar jalb etildi.
Aniqlashtiruvchi tajriba-sinov ishlari jarayonida Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanishning tayanch darajasi o’rganildi. Amalga oshirilgan ilmiy tahlillarni umumlashtirgan hamda ularning samaradorlik darajasini baholagan holda quyidagi xulosalarga kelindi:
Abdulla Avloniy asarlarni o’rganish asosida bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy faoliyatida vatanparvarlik, insoniylik, sahiylik. xalqparvarlik, ilm, bilim va ma’rifat tushunchalari shakllanadi degan xulosaga kelindi.
Talabalarda Abdulla Avloniy asarlarni o’rganish asosida atrof-muhit va o’z-o’ziga nisbatan munosabat tavsifini aks ettiruvchi va kasbiy faoliyatga tayyorgarlik jarayonida namoyon bo’ladigan, pedagogik kompetentlikning o’zaro aloqador sifat o’zgarishlarini hosil qilishga yo’naltirilgan ob’ektiv jarayon bo’lib, tashqi va ichki ta’sirlarning o’zaro aloqadorligini hisobga olishni talab etadi.
Tahlil natijalari asosida Abdulla Avloniy asarlarni o’rganish asosida kasbiy faoliyatga yo’nalganlik pedagogik faoliyatga doir ilmiy bilimlarni egallash aniqlashtirildi. Demak, Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish asosida bo’lajak o’qituvchilarni kasbiy faoliyatga tayyorlash tizimining rivojlanganlik darajalarini aniqlash bo’yicha o’tkazilgan tajriba-sinov ishlari samaradorli ekan.
Magistrant o’tkazgan tajriba-sinov ishlari natijasida olingan xulosalar o’zining xosligi, ishonchliligi bilan ajralib turadi.
Magistrant Mansurova Munira Xoltojiyevnaning “Abdulla Avloniyning pedagogik qarashlaridan ta’lim jarayonida samarali foydalanish” mavzusidagi magistrlik dissertatsiyasigasi pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turlari bo’yicha) mutaxassisligi bo’yicha magistr akademik darajasini olish uchun qo’yilgan barcha talablarga javob beradi. Uni himoyaga tavsiya etaman.


Pedagogika kafedrasi o`qituvchisi: p.f.d., dotsent M. Karimova


Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish