Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti



Download 0,75 Mb.
bet22/26
Sana13.07.2022
Hajmi0,75 Mb.
#790235
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Abdulla qodiriy nomli jizzax davlat pedagogika instituti fizika-

Konferensiya darslari
Didaktik o’yinli darslar orasida konferensiya darslari ham muhim o’rin tutadi. Konferensiya darslari o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirishda, qo’shimcha va mahalliy ommabop adabiyotlar bilan mustaqil ishlash ko’nikma va malakalarini oshirish, mustaqil hayotga ongli tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O’qituvchi konferensiya darsni o’tishdan avval dars mavzusini, maqsad va vazifalarini belgilb, shu mavzuga oid qo’shimcha ilmiy, ilmiy-ommabop adabiyotlarni ko’zdan kechiradi.
Mazkur darsni o’tkazishdan 10 kun oldin dars mavzusi e’lon qilinib, unga tayyorgarlik ko’rish uchun adabiyotlar tavsiya etadi. E’lon qilingan didaktik o’yinli darsda "Olimlar" rolini tanlash, mavzuni har tomonlama yoritish, ma’ruza tayyorlash o’quvchilarning xalq ta’limi jurnali iyorida bo’ladi.
Darsga tayyorgarlik davrida o’qituvchi tomonidan ijobiy rag’batlantirish va muloqot madaniyati, o’quvchilarning darsga kizg’in ishtiroki muhim omil sanaladi. Ilmiy konferensiya darsni quyidagicha o’tkazish tavsiya etiladi:
1.O’qituvchining kirish so’zi. Bunda o’qituvchi dars mavzusi, maqsadi va vazifalari, tegishli rollarni bajaruvchi "Olimlar" bilan tanishtiradi.
2. Ilmiy ma’ruzalarni tinglash. "Olimlar" mavzu yuzasidan tayyorlagan ma’ruzalarini ko’rgazmali qurollar asosida bayon etadilar.
3. Ma’ruzalar muhokamasi. Bunda "Olimlar"va sinfdagi boshqa o’quvchilar o’rtasida mavzu yuzasidan bahs-munozara o’tkaziladi.
4. Ilmiy konferensiya yakuni. O’quvchi mavzu yuzasidan eng muhim tushuncha va g’oyalarni ta’kidlab, yakunlaydi.
5. O’quvchilarni baholash. Darsda faol ishtirok etgan o’quvchilar rag’batlantiriladi va baholanadi.
6. Uyga vazifa berish.
7. Darsni umumiy yakunlash.
Bundan tashqari "Olimlar" va "muxbirlar" dan iborat matbuot konferensiyasini ham o’tkazish mumkin.
O’yin mashqlar
Ta’lim jarayonida o’yin mashqlarni muvaffaqiyatli o’tkazish o’quvchilarning ilmiy-metodik saviyasi va pedagogik mahoratining yuqori darajada bo’lishi, zamon bilan hamnafasligi, o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtirish va boshqarish malaka-larining shakllanganligiga bog’liq.
O’yin mashqlari uchun televideniye va matbuot orqali muntazam berib borilayotgan va o’quvchi yoshlarning eng qiziq mashg’ulotlariga aylangan o’yinlarni andoza qilib olish ham maqsadga muvofiq. Bunday o’yinlar jumlasiga "Kim millioner bo’lishni hohlaydi?", "Zakovat o’yini", "Zinama - zina" kabilarni kiritish mumkin. Mazkur o’yinlar o’quvchilar avvalo o’z kuchi va bilimlarini sinab ko’radilar va yana ularning ko’plarida shu o’yinlar ishtirokchisi bo’lish istagi vujudga kelishi tabiiy.
Zamon bilan hamnafas ishlayotgan har bir o’qituvchi o’quvchilardagi bu istak va orzularni amalga oshirish uchun ta’lim jarayonida shunga o’xshash o’yinlarni o’z vaqtida o’tkazish o’quvchilarning bilim olishga bo’lgan qiziqishlarni orttirish va bilish faoliyatini faollashtirishga zamin tayyorladi.
Ma’lumki matematika darslari o’quv materiallarini turli kursatmali o’quv qurollarga, shuningdek muayyan matemetik obyektga bog’lab o’rganish bilan boshqa o’quv fanlaridagi darslardan ajratib turadi.
Matematika darslarni o’tishda mavzuni yoritishning g’oyaviyligi va ilmiyligi, qisqa va tushunarli, ta’lim usuli va metodlari o’xshash bo’lishi lozim.O’qituvchi dars jarayonida tashkilotchi sifatida ish ko’rib, o’quvchilarning bilim olish faoliyatini, ayniqsa mustaqil ishlash faoliyatini taminlovchi metodlarni qo’llashi lozim. Matematika ta’limini o’rganishda bunday mustaqil ishlarida noan’anaviy usullardan foydalanish katta ahamiyat kasb etadi.
Mana shu kabi jihatlarni hisobga olgan holda ushbu metodik qo’llanmada matematik ta’lim-tarbiya jarayonida samaradorlikni oshirish masalalari yuzasidan fikr yuritilgan.
Ta’lim muassasalarida matematika o’qitishning samaradorligini oshirishning muhim sharti ta’lim jarayonlarida noan’anaviy darslardan foydalanish sanaladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda matematika ta’limida quyidagi noananaviy dars usullaridan foydalanishni va ularni dars davomida qo’llashni tavsiya etaman.
O’qituvchi o’rganilayotgan bob va mavzuning ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maqsadlari hamda ta’lim mazmunidan kelib chiqib, eng samarali dars usulini belgilasa, darsning samaradorligi oshadi.
Biz pedagoglarning asosiy vazifamiz vatanparvar, xalqparvar, o’z oilasini sevadigan, ona tabiatni asrab avaylaydigan, mamlakatimiz ravnaqi va himoyasi uchun xizmat qiladigan jismonan sog’lom, vatan va jamiyat oldida o’z burchi, ma’suliyatini his etadigan, komil insonni tarbiyalashdan va jahon ta’lim standartlari asosida o’quvchi o’quvchilariga bilim berishdan iborat.
Bu borada noan’anaviy dars usullaridan mavzuga mos to’g’ri foydalanish, uni dars davomida to’g’ri qo’llash, ko’rgazmalikni oshirib borish katta ahamiyatga ega. Zero darsni turli xil yangi va ko’rgazmali metodlarda o’tish uning ilmliyligini, metodik saviyasini va samarali bo’lishini ta’minlashda katta ahamiyatga ega.



Download 0,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish