Adabiyotlar sharhi



Download 1,88 Mb.
bet1/9
Sana19.07.2022
Hajmi1,88 Mb.
#824775
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Abdullayeva Iroda


Mundarija








Bet




Kirish




I

Adabiyotlar sharhi




1.1.

Chiqindi mahsulotdan temir va mishyakni aniqlash




1.2.

Bitiruv malakaviy ishining dolzarbligi




1.3.

Temir va mishyakning kimyoviy ahamiyati




II

Amaliy qism




2.1.

Kerakli jihozlar va reagentlatlar




2.2.

Temirni analitik tahlil orqali aniqlash




2.3

ADLEIINT apparati haqida ma’lumot




2.4.

Mishyakni analitik tahlil orqali aniqlash




2.5.

GELUS apparati haqida ma’lumot




III

Hayot faoliyati xavfsizligi







Xulosa







Foydalanilgan adabiyotlar







Ilovalar




KIRISH
Kirish qismida diplom ishi mavzusining dolzarbligi asoslangan, muammoning oʼrganilganlik darajasi bayon etilgan, diplom ishining maqsadi va vazifalari, obyekti va predmeti aniqlangan, diplom ishining fan va texnologiyalarni rivojlantirishning muhim yoʼnalishlariga mosligi koʼrsatilgan hamda diplom ishining ilmiy yangiligi, natijalarning ishonchliligi, nazariy va amaliy ahamiyati, natijalarning amaliyotga joriy etilishi, eʼlon qilinganligi, ishning tuzilishi boʼyicha maʼlumotlar keltirilgan.


Bitiruv malakaviy ishining «Metallurgik ishlab chiqarishning sanoat chiqindilaridan temir olish texnologiyalarini rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalari» deb nomlangan birinchi bobida oltin tarkibli kontsentratlarni biooksidlash jarayoni kislotali chiqindi suvlarini va chiqindi kislotalarni zararsizlatirishning zamonaviy ahvoli tahlili,tashlanma kislotali eritmalardan mishyakni yoʼqotish usullari, kislotali eritmalardan temirni turli reagentlar yordamida choʼktirish va mis eritish jarayoni shlaklaridan temir olish usullari keltirilgan.
Malakaviy bitiruv ishi natijasida turli reagentlar bilan neytrallash jarayonida kislotali eritmalardan temir amorf gidroksid koʼrinishida choʼkishi hamda u bilan birga mishyak ham choʼkishi aniqlandi. Аsosiy eʼtiborni tortadigan jihat neytrallash jarayonida boʼtanani pH qiymati tezda oʼzgartirilganda qattiq fazaga choʼkadigan beqaror mishyak saqlovchi birikmalar ulushi ortishidir.
Sulfidli reagentlar bilan qayta ishlashda mishyakning As2S3 koʼrinishida choʼkish jarayoni oʼrganildi, biroq bu jarayonda mishyak (III) sulfid bilan bir qatorda mishyakning bir qismi mishyak (V) sulьfid As2S5, koʼrinishida choʼkmaga oʼtadi va mishyak sulfidlari aralashmasini hosil qiladi. Shu sababli birinchi bosqichda As (V) ni As (III) gacha qaytarish tavsiya etiladi.
Malakaviy bitiruv ishining maqsadi:
Mis ishlab chiqarish shlaklaridan va sulfiddan oltin tarkibli konsentratlarni bioksidlanish jarayonidan kislotali oqova suvlarni qayta ishlash usullarini ishlash usullarini ishlab chiqish orqali metallurgiya sanoatining sanoat chiqindilaridan temirni ajratib olishdan iborat.
Malakaviy bitiruv ishining vazifalari:
Turli xil reagentlar yordamida bioksidlash jarayoning kislotali chiqindilaridan temirni ajratib olishni tadqiq qilish;
Temirni ajratish uchun mishyakni kislotali eritmalarda selektiv cho’ktirishni o’rganish;
Temir va mishyakni ajratib olish uchun metallurgic shlaklarni qayta ishlash usullarini ishlab chiqish.
Tadqiqotning obyekti sifatida Gmz-2 dagi chiqindilari belgilandi.
Malakaviy bitiruv ishining predmeti:
Metallurgik ishlab chiqarish sanoat chiqindilaridan temirni ajratib olish texnologiyasi hisoblanadi.
Malakaviy bitiruv ishining usullari.
Malakaviy bitiruv ishini bajarishda metallurgiya sanoatining sanoat chiqindilaridan temirni ajratib olish bo’yicha ilmiy-texnik ma’lumotlarni taxlil qilish, analitik, grafik – analitik va statistik usullardan foydalangan holda nazariy tadqiqotlar, laboratoriya tajribalari, tajriba – sanoat sinovlari va ishlab chiqilgan usullarni ishlab chiqarish sharoitida tekshirish, matematik statistika usullari va zamonaviy kompyuter texnikasidan yordamida olingan natijalarni korrelyasion taxlil qilish kompleks tadqiqot usullaridan foydalanish.
Malakaviy bitiruv ishining ilmiy yangiliklari:
Turli xil reagentlarni qo’llagan holda ph muhitining o’zgarishi hisobiga kislotali eritmalarda mishyakni temirdan cho’ktirish usuli bilan ajratish qonuniyatlarini aniqlangan;
Kislotali eritmalarning natriy ishqori bilan neytrallash natijasida mishyakning 8 dan yuqori pH ko’rsatgichida teskari erish samaradorligi birinchi bor o’rnatildi va
temir birikmalari cho’kmalarini olishning texnologiksxemasi ishlab chiqilgan;
Temir olish maqsadida mis eritish sanoatining ko’p komponentli silikatli va ferrit sistemali shlaklarini alohida oksidlarga ajratish bo’yicha ilk bor uskuna va uning tuzilishi ishlab chiqilgan.
Malakaviy bitiruv ishining amaliy natijalari quyidagilardan iborat:
Kislotali tashlanma eritmalardan temir va mishyakni ammiak suvi yordamida cho’ktirish va mishyakni cho’kmadan o’y,uvchi natriy ishtirokida eritib yo’qotish asosida bacterial oksidlash tashlanma kislotali eritmalarini qaytra ishlashning texnologik sxemasi ishlab chiqilgan;
Bioksidlash jarayonining sulfat kislotali eritma chiqindilaridan mishyakni temirdan ajratish usuli ishlab chiqilgan. Mis eritish sanoatining texnogen chiqindilari bo’lmish shlakni kremniysizlantirish jarayoni cho’kmasini olish, temirni magnitni saralash va keying induksion pechda eritib 98,5% tozalikda ajratib olish imkonini beradigan temir ishlab chiqarish usuli ishlab chiqilgan.

ADABIYOTLAR SHARHI


Hozirgi kunda og’ir metallarni aniqlashda eng zamonaviy uskunaviy fizik-kimyoviy usullardan bilan biri bo’lgan spektrofotometrik usullar keng qo’llaniladi. Fotometrik usul tez va arzon, tanlab ta’sir etuvchanligi yuqori bo’lgan, qimmat aparaturalar talab etmaydigan usuldir [1-3]

CHIQINDI MAHSULOTLARIDAN TEMIR BILAN MISHYAKNI ANIQLASH


Bitiruv malakaviy ishining «Turli ragentlar yordamida biooksidlash jarayonining kislotali chiqindilaridan temirni mishyakdanajratishni tadqiq qilish» deb nomlangan ikkinchi bobida sulfidli oltin tarkibli kontsentratlarni bakterial tanlab eritish jarayoni tashlanma kislotali eritmalardan temirni ajratib olish boʼyicha laboratoriya tadqiqotlari natijalari keltirilgan. Tadqiqotlar GMZ-2 biooksidlash uskunasidan olingan eritmada oʼtkazildi. Tashlanma kislotali eritmalarni qayta ishlashning optimal parametrlarini aniqlash va eritmadan temirni mishyak qoʼshimchalarisiz olish asosiy vazifa boʼlib hisoblandi. Temirni choʼktirish uchun ohakli suv, ammiakli suv va oʼyuvchi natriydan foydalanildi. [1-5]

Temirni ohakli suv bilan choʼktirish boʼyicha oʼtkazilgan tajribalar natijasi 1-rasmda ketirilgan boʼlib, koʼrinib turibdiki temir va mishyak bir paytda choʼkadi va pH=2,8 boʼlganda temir va mishyakning barchasi choʼkadi. pH qiymatini koʼtarishda davom etilganda mishyakning qayta erib eritmaga oʼtishi kuzatilmaydi. Temir arsenat hosil boʼlishi hisobiga kutilgan temir va mishyakning ajralish tax mini amalga oshmadi, shuning uchun temirni choʼkishi natijasida temir arsenat emas, balki temir gidroksid hosil boʼldi deb hisoblash mumkin va bu temir gidroksid oʼzida barcha mishyakni sorbtsiyalagan.






Download 1,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish