Adabiyotvamanbalar


O'rta Osiyo xonliklarining siyosiy tarixiga tavsif



Download 30,68 Kb.
bet2/5
Sana11.01.2022
Hajmi30,68 Kb.
#348933
1   2   3   4   5
Bog'liq
xonliklar davri geografiyasi

1. O'rta Osiyo xonliklarining siyosiy tarixiga tavsif.

Dashti Qipchoqdan bostirib kelgan Shayboniyxon boshliq qo'shinlar qariyb 10 yil (1501-1510 yillar) ichida Sirdaryodan Markaziy Afg'onistongacha bo'lgan hududlarni, jumladan temuriylarning Movarounnahr va Xurosondagi barcha mulklarini qo'lga kiritdilar. 1510 yili Shayboniyxon Eron shohi Ismoil I bilan bo'lgan jangda yengilib, qatl qilindi. Xuroson Ismoil I qo'liga o'tdi.

Movarounnahrni shayboniy avdodlari o'z qo'llarida saqlab qoldilar. Muhammad Shayboniyxon vafotidan keyin Ko'chkun-chixon (1510-1531 yillar) va Abu Sa'id (1531-1533 yillar) davrida Movarounnahr va Xurosonda markaziy hokimiyat zaiflashib, amirlar va sultonlar o'rtasida nizo kuchaydi. Bu paytda Xorazm mustaqil davlat bo'lib ajralib chiqdi va Turkiston yeriari parchalandi. O'zaro urushlarga birmuncha barham bergan Shayboniyxonning ukasi Mahmud Sultonning o'g'li Ubaydulla Sulton 1512 yilda Buxoro hukmdori bo'lgan bo'lsa, 1533 yildan butun markazlashgan o'zbek davlatining oliy hukmdori etib saylandi. Ubaydullaxon poytaxtni Samarqanddan Buxoroga ko'chirdi.

Shayboniylar o'rtasidagi o'zaro urushlar natijasida Mova­rounnahr ikkiga bo'linib, mustaqil Xiva xonligi ajralib chiqdi. Shayboniylardan Abdullaxon II hukmronligi davrida (1557-1598 yillar) Movarounnahrda feodal tarqoqliklarga barham berilib, oltin va kumush tangalar zarb qilindi, karvonsaroylar, sug'orish inshoot-lari (Abdullaxon bandi) qurildi. Buxoro mamlakat markaziga aylandi. Abdullaxon II vafotidan keyin taxtni egallagan shayboniylarning so'ngi vakili Abdulmo'min feodal zodagonlar tomonidan o'ldirildi.

Shayboniylardan keyin Buxoro taxtini egallagan sulola — ashtarxoniylar (kelib chiqishi Astraxandan bo'lganligi uchun) yoki joniylar (sulola asoschisi Jonibek sulton nomidan olingan) hukmronligi o'zbek davlatchiligi tarixidagi eng ziddiyatli davr hisoblanadi. Oliy hokimiyatni 150 yildan ortiqroq (1601-1756 yillar) davr mobaynida o'z qo'llarida saqlab kelgan ashtarxoniylar davrida markaziy davlat hokimiyati juda zaiflashdi, o'zaro urushlar nihoyatda avj oldi. Abdullaxon II ning sa'y-harakati bilan barpo etilgan ulkan Buxoro xonligi hududi qisqarib ketdi. Markaziy hokimiyat mamlakatdagi vaziyatni nazorat qilolmaganligi, hududiy yaxlitlikni ta'minlay olmaganligi sababli XVII asr boshlaridayoq Xurosonning katta qismi qo'ldan boy berildi. Xorazmda mustaqil Xiva xonligi barpo etildi. XVIII asr boshiga kelib esa xonlikning shimoliy chegaralarida Qo'qon xonligiga asos solindi.

Ashtarxoniylar davlati tizimi o'z tuzilishi, mohiyatiga ko'ra shayboniylar davlat tizimidan deyarli farq qilmas edi. Xon rasman oliy hokimiyat boshlig'i bo'lib, davlatning ichki va tashqi siyosatiga bog'liq barcha masalalar uning ixtiyori bilan hal qilinardi. Barcha oliy farmonlar xon tomonidan joriy qilinar, uning nomidan tangalar zarb qilinar, xonning nomi xutbada qo'shib o'qilar edi. Lekin amalda ko'pgina ashtarxoniy hukmdorlar yirik saroy amaldorlari qo'lida to'plangan bo'lsa, joylarda mahalliy hokimiyat tamomila viloyat hokimlari ixtiyorida edi. Bu markaziy boshqaruvning zaifligi oqibati bo'lib, davlat tizimining beqarorligiga, ijtimoiy-siyosiy inqirozlarga olib kelar edi.

Ashtarxoniylar davrida Buxorodan keyingi eng nufuzli shahar Balx bo'lib, uni taxt vorisi boshqarar edi. Davlat boshqaruvi ikki bosqichli bo'lib, «markaziy va mahalliy boshqaruv tizimiga ega edi

Ashtarxoniylar davrida Buxoro xonligi hududi keskin qisqarib, XVII asr boshlariga tegishli manbalarda xonlikka bo'ysunuvchi oltita viloyat - Buxoro, Samarqand, Sagaraj, O'ratepa, Shahrisabz va G'uzor viloyatlari tilga olinadi, xolos. Keyinchalik Imomqulixon tomonidan Hisor, Toshkent, Turkiston, Farg'ona, Bak viloyatlari qayta bo'ysundirilgan bo'lsada, Xurosondagi bir necha yirik viloyatlar (Hirot va boshqa hududlar) va Xoiazm butunlay Buxoro xonligi tarkibidan chiqdi. Xonlikka bo'ysunuvchi viloyatlar o'rtasidagi aniq ma'muriy chegaialar haqida ma'lumotlar saqlanib qolmagan. Ko'pgina viloyatlar, xususan Hisor, Shahrisabz amalda yarim mustaqil boshqarilib, Buxoroga nomigagina tobe hisoblanardi. Viloyatlar xuddi shayboniylar davridagidek tumanlarga va boshqa ma'muriy birliklarga bo'lingan.

Xorazm xonlari (Abulg'ozixon, Anushaxon) Buxoro va Samarqand atroflarini tez-tez talab turdilar. Eron va Hindiston hukmdorlari Movarounnahr ichki ishlariga aralasha boshladilar. Ubaydullaxon davrida (1701-1711 yillar) feodal tarqoqlik kuchayishidan foydalangan Mahmudbiy otaliq (qatag'on urug'idan) 1706 yili Balxda hokimiyatni qo'lga oldi. Ubaydullaxon o'ldirilgach, uning o'rniga taxtga o'tirgan Abulfayzxon (1711-1747 yillar) nomigagina xon bo'lib, aslida hokimiyat bir guruh nufuzli amirlar qo'lida edi. 1740 yili Abulfayzxon davlati Eron shohi Nodirshohga qaram bo'lib qoldi. 1747 yili Abulfayzxon saroy fitnachilari tomonidan o'ldirildi. Abulfayzxonning taxtga o'tqazilgan 9 yashar o'g'li Abdulmo'min ham bir yildan keyin o'ldirildi. Uning o'rniga ukasi Ubaydullo nomigagina xon bo'lib, aslida davlat ishlari mang'it urug'i boshlig'i, otaliq Muhammad Rahim qo'liga o'tdi. Muhammad Rahim davlat boshliqlari va ruhoniylarni ko'ndirib, 1753 yili Buxoro taxtini egalladi. Shundan boshlab Buxoroda mang'itlar sulolasi hukmronligi boshlandi.

Iqtisodiyotni tartibga solish, savdo-sotiqni jonlantirish maqsadida 1507 yilda pul islohoti o'tkazilib, markaziy shaharlarda vazni bir xil bo'lgan (5,2 gramm) kumush va mis chaqa pullar zarb qilindi. Asosan markaziy hokimiyatning siyosiy, iqtisodiy mavqeini kuchaytirish, shayboniy xonlari va beklari hukmronligini mustahkamlashga qaratilgan bu islohot Shayboniyxon vafotidan keyin kuchayib ketgan o'zaro urushlar natijasida yaxshi natija bermadi va pul qadrsizlandi. 1515 yilda oliy hukmdor Ko'chkunchixon pul islohoti o'tkazishga majbur bo'ldi. Ayniqsa, Abdullaxon II davrida o'tkazilgan pul islohotlari xonlik iqtisodiy hayotida katta ahamiyat kasb etib, markaziy hokimiyatning kuchayishi, xazinaga foyda tushishi va savdo-sotiqning jonlanishiga yordam berdi. Pul islohotini bosqichma-bosqich o'tkazgan Abdullaxon II oltin, kumush, mis pullarni otasi nomidan (1560-1583 yillar) chiqarganda mamlakatda bir qancha shaharlarda pul zarb qilingan bo'lsa, mustaqil hokimiyatni boshqargan yillarda (1583-1598) asosan Buxoroda markazlashgan pul zarb qilishni yo'lga qo'ydi; Manbalarga qaraganda, Abdullaxon II ba'zan Bak, Samarqand hamda Toshkentda kam miqdorda pul chiqarishga ruxsat bergan.

Iqtisodiy hayotda sun'iy sug'orish asosiy rol o'ynaganligi sababli shayboniylar davrida suv inshootlari qurilishiga ancha e'tibor berildi. 1502 yilda Zarafshon daryosida qurilgan suv ayirg'ich, 1556-1585 yillarda Qashqadaryo, Zarafshon, Amudaryo, Murg'ob va Vaxsh daryolaridan chiqarilgan kanallar, suv ayirg'ich va suv omborlari buning yaqqol misoli bo'la oladi.

Xonlik iqtisodiyotining asosiy tarmoqlari qishloq xo'jaligi, savdo-sotiq va hunarmandchilik bo'lib, yer asosiy boylik hisoblangan. Shayboniylar davrida mulkiy munosabatlarda aytarli o'zgarishlar yuz bermadi. Dashti Qipchoqdan kelgan o'zbeklar yer egaligi munosabatlarini boshidan kechirayotgan bo'lib, ular Movarounnahrga yangi ishlab chiqarish munosabatlarini olib kelganlari yo'q, balki temuriylar davrida shakllangan ijtimoiy-iqtisodiy tizimni qabul qildilar hamda unga moslashdilar.

Yer egaligining mulki sultoniy (davlat yerlari), mulki xolis (xususiy yerlar), vaqf (diniy mahkamalarga qarashli yerlar) va qishloq jamoalari egalik qiladigan yerlar kabi asosiy turlari bo'lib, ular iqto, suyurg'ol, tanho va jog`ir ko'rinishida bo'lgan. Davlat oldidagi xizmatlari uchun harbiy-ma'muriy amaldorlarga va din arboblariga beriladigan bunday yerlarda yersiz dehqonlar ishlaganlar. Ular ham amaldorga ham davlatga soliq to'laganlar. Shayboniylar davrida chorvachilik va hunarmandchilik ancha rivojlangan bo'lib, ular yetishtiigan mahsulot ichki va tashqi bozorlarda sotilgan. Hindiston, Eron, Rossiya kabi mamlakatlar bilan savdo-sotiq qilingan.

Ashtarxoniylar davrida tashqi savdo aloqalari rivojlandi. Xususan, Rossiyaning turli savdo shaharlari, (Astraxan, Oftnburg, Sibirdagi shaharlar) Hindiston, Eron, Qoshg'ar, Turkiya bilan savdo-sotiq olib borildi. Tashqi bozorga, asosan, turli qishloq xo'jalik mahsulotlari chiqarilardi. Bu davida paxta, teri, jun, turli matolarning asosiy xaridori sifatida Rossiya katta ahamiyatga ega bo'la boshladi. Rossiyaga, shuningdek, Hindistonda tayyorlanadigan mahsulotlarni olib borishda ham O'rta Osiyolik savdogarlar muhim rol o'ynar edilar. Rossiyadan O'rta Osiyoga olib kelinadigan mahsulotlaiga talab ancha kattaligi bois, Buxorolik savdogarlar bu yerda ko'pgina imtiyozlarga ega edilar. Manbalarda ta'kidlanishicha, Buxoro savdogarlarining Sibir shaharlarida doimiy faoliyat ko'rsatuvchi o'z savdo rastalari bo'lib, ular bu shaharlarda nafaqat savdogar, balki bilimdon va o'qimishli kishi sifatida.ham katta mavqega ega bo'lishgan.

Buxoro xonligi bilan Xiva xonligi o'rtasida garchi o'zaro nizolar bo'lib turganligiga qaramasdan, ikki o'rtadagi iqtisodiy savdo aloqalari to'xtab qolmaganligini ham aytib o'tish lozim.

Buxoro taxtiga mang'it urug'idan bo'lgan Muhammad Rahim otaliq o'tirgan (1753 yil)dan keyin ham feodal tarqoqlik tugamadi. Xiva xoni o'zini mustaqil deb e'lon qildi. XVIII asr boshlarida o'zbeklarning ming urug' boshliqlari Qo'qon xonligini tashkil etdilar. Shahrisabz, Hisor, Badaxshon hokimlari Buxoro amiriga bo'ysunmay qo'ydilar. Faqat amir Shomurod davrida (1785-1800 yillar) hokimiyat bir muncha mustahkamlandi. Amir Nasrullo davrida (1826-1860 yillar) amirlik hududiga Amudaryo bo'ylari, janubijsharqida Surxondaryogacha bo'lgan yeriar, Marv va Balx kirar edi. 1842 yili Qo'qon xonligi ham qisqa muddatda zabt etildi.

1512-yili Xiva xonligiga o'zbeklar xoni Elbarsxon tomonidan asos solingan edi. Xonlikning poytaxti dastlab Vazir, keyinchalik Urganch va Xiva bo'lgan. Buxoro amirligi tomonidan bir necha bor bosib olingan Xiva xonligi XVIII asr o'rtalarida yana mustaqillikni qo'lga kiritdi. 1763 yilgi taxt uchun davom etgan kurashlardan so'ng o'zbek urug'laridan bo'lgan qo'ng'irot inoqlari taxtni egalladilar. Muhammad Rahimxon I davrida (1806-1825 yillar) Xiva xonligi to'la birlashtirildi, qo'shni mayda bekliklar, Oral bo'yi qabilalari qo'shib olindi.

Qo'qon xonligiga ming urug'idan chiqqan Shohruhbiy 1710 yili asos solgan bo'lib, Norbo'tabiy davrida (1769-1800 yillar) Chust, Namangan, Xo'jand bekliklari bo'ysundirildi. Olimxon davrida (1800-1809 yillar) Toshkent, Chimkent, Sayram bekliklari bosib olindi. Muhammad Alixon (1822-1842 yillar) 1826 yili xitoylarga qarshi qo zg olon ко targan Sharqiy Turkiston aholisiga yordam berib, Oqsuv, Qoshg'ar, Yorkent va Xo'tan viloyatlarini qo'lga kiritdi.

1842 yili Qo'qonga bostirib kelgan Buxoro amiii Nasrullo Muhammad Alixon va uning qarindoshlarini qatl ettirdi. Shundan keyin Qo'qon xonligida taxt uchun kurashlar boshlandi. 1845 yili taxtga o'tirgan Xudoyorxon ruslar bostirib kelgandan keyin, ular bnan bitim tuzib, Rossiya vassaliga aylandi. Bunga qarshi Farg'ona vodiysi aholisi qo'zg'olon ko'tardi. 1876 yili chor Rossiyasi harbiylari qo'zg'olonni bostirdilar va bahonada Qo'qon xonligi tugatilib, Turkiston general-gubernatorligiga qo'shib yuborildi.


Download 30,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish