Adabiyotvamanbalar



Download 30,68 Kb.
bet5/5
Sana11.01.2022
Hajmi30,68 Kb.
#348933
1   2   3   4   5
Bog'liq
xonliklar davri geografiyasi

Savol va topshiriqlar.

1. Buxoro amirligining siyosiy-ma 'muriy tuzilishi qanday tartibda bo'lgan?

2. Xiva, Qo 'qon xonliklarining ma 'muriy-hududiy bo 'linishini kartadan belgilang.

3. Xonliklarning xo'jalik hayoti haqida nimalami bilasiz?

4. Xonliklarning aholisi va savdo aloqalari haqida tarixiy manbalardan ma 'lumot to 'plang.

5. Xonliklarda hukmronlik qilgan sulolalar tarixiga doirma 'ruza tayyorlang.

Mavzuga doir manba Xiva va xivaliklar haqida

Xiva mulklarini Kaspiy dengizi tomonidan turkmanlar bilan Eron hududlari, keyin Buxoro va qisman jung'or mulklari qoraqalpoqlar, oroffiklar va qirg'iz-qaysoqlar bilan chegaradosh yerlar o'rab turadi. Buxoro, Balx va Badaxshondan Orenburgga yo'l olgan savdo karvonlari Xiva mulklarini chetlab o'tolmaydilar. Shuning uchun ham Orenburg tijoratida Xiva shahri asosiy markaz hisoblanadi. Xiva xoni va o'zbeklariga hurmatsizlik qilish yaxshi emas. Chunki ular ushbu savdo munosabatlariga ijobiy va salbiy ta'sir ko'rsatishlari mumkin. Bir so'z bilan aytganda, bu savdoning rivoji ular bilan munosabatlarga bog'hq. Rossiya fuqaroligi ostida bo'lgan qirg'iz-qaysoq dasht xalqi (ular orqali Orenburgga va Orenburgdan kelayotgan savdo karvonlari Xiva mulklari orqali ham o'tishi lozim) tinchgina yashayotganligi va xivaliklar tomonidan ularga hech qanday zarar yetkazilmayotganligi, Orenburg guberniyasi bilan chegaradosh bo'lganligi bois ham u yerlar haqida muhim bo'lgan keng tafsilotlarni berish lozim.

...Mahalliy xalqlar hamma xivaliklarni Urgenech deb ataydilar va ularni qadimiyliklari uchun izzat qiladilar. Shuning uchun ham Xiva karvonlari Buxoro yoki boshqa davlatda bojxona to'lovini to'lamaydilar. Ammo o'zlari har qanday karvondan to'lov undiradilar. Haqiqiy xivaliklar ko'pchilikni tashkil etmasalar-da, o'zbeklar, turkmanlar va orolliklar evaziga Xiva xonligi katta kuchni tashkil etadi. Hozirgacha ham turkmanlar va orolliklar ko'p hollarda xonga o'z xohishi bilan xizmat qiladilar. Aytishlaricha, u xalqlar bilan birgalikda Xiva harbiy kuchlari 20 mingdan 30 mingacha to'plangan, ammo hozir uncha kuch to'plash mushkul. Ba'zi hollarda xivaliklar qiig'iz-qaysoqlarning birlashgan kuchidan cho'chiydilar va agar qirg'iz (qozoq)lar birlashib, ularga qarshi chiqsa, xivaliklar qiyin ahvolda qolishini kuzatish mumkin. Xullas, Xiva Orenburgdan janubda 12-15 kunlik karvon yo'li masofasida joylashgan.

Qirg'iz-qaysoq cho'li (dasht) orqali qulay yo'l, chunki yo'l bo'ylab o't-o'lan va suv bor. Sirdaryodan tashqari bironta katta kechuv yo'q. Biroq qirg'iz-qaysoqlar ehtiyot bo'lishlari kerak. Ular o'zlarining odatlariga ko'ra o'g'irlik qilishdan toymaydilar va otlarni olib qochadilar. Xiva shahri Orol dengiziga quyiladigan Uludaryodan chiqarilgan kanallar bo'yida joylashgan. Shuning uchun Orol dengizidan bu shahar yaqiniga borish mumkin. Xiva to'rtburchak shaklidagi loydan qad ko'targan mudofaa devorlariga ega. Burchaklarida va xavfli joylarida qorovullar uchun maxsus joy qilingan. Unda 3 ming yoki undan ortiqroq uylar bo'lib, bir qator qilib loydan qurilgan. Uylarning hovlisi yo'q. Ko'chalari bir tekis. Chorva uchun aholi xutor (ruscha) — shahar tashqarisidagi dala hovliga egadirlar. Ular ham loydan qurilgan. Shaharda barcha ko'chalar tor. Abulxayrxonga Orenburg komissiyasidan xizmatga yuborilgan injener ofiserlardan bin bu shahar uchun loyiha ishlab chiqqan edi. U loyiha hozirda Orenburg guberniyasi devonxonasining tashqi ishlar bo'limida saqlanmoqda.

Xiva mulklarida Xivadan tashqari 11 ta yirik shahar mayjud. Orenburg tomonda ulardan Gurnok, Vazirkent, Shavak, Kazabat shaharlari va Xivaning qarama-qarshi tomonida Urganch, Adarus, Betnak va Oqsaroy joylashgan. Ulardan tashqari yana turli aholi maskanlari va ko'pgina qishloqlar mayjud. Yuqoridagi shaharlarda hukmdor Xiva beklari yoki shahzodalari emas, shaharlar vakillaridir. Biroq ular hammasi Xiva xoniga bo'ysunadilar. Xon Xiva shahrida shohona hayot kechiradi. U xalqni o'ziga bo'ysundirgani bilan xivaliklarda qadimdan bir odat borki, agar ular xondan jabr ko'rsalar unga fitna uyushtirib, o'ldirib yuboradilar va bir necha yillardan so'ng boshqa sulola vakillaridan o'zlariga xon tayinlaydilar.

Hozirda ularda qirg'iz-qaysoq Botir Sultonning o'g'li Xaipxon, avval esa Abulxayrxorming o'g'li Nuralixon edi. Abulxayr ham Xivada xon bo'lgan, keyin qirg'iz-qaysoqlarga xon bo'lgandan so'ng u yerga o'g'li Nurali tayinlanadi. 1740 yilda Eron shohi Nodir qo'shin bilan Xivaga bostirib keladi va qarshiliksiz shaharni egallaydi, ammo Nodirshoh o'limi bilan xivaliklar u qoldirgan askarlarni mamlakatdan haydab chiqarib, ozod bo'ladilar.

Xivaliklar don mahsulotlarini ko'p ekadilar. Ularda g'alla, tariq, sorochino bug'doyi, paxta va tamaki o'sadi. Ipak ko'p bo'lmasada, biroq har qalay o'zlarida yetishtiriladi. Eron va Buxoro bilan savdo qiladi. Meva va sabzavot, uzum yetarlicha yetishtiriladi. Ot va chorva kam boqishadi, chunki ularda yaylovlar kam, shuning uchun otlarni qirg'iz va qora-qalpoqlardan sotib oladilar. Amudaryo yoki Uludaryo bo'ylab quyi tomon yurilsa orolliklar, yuqoriga Buxoro va boshqa yerlarga boriladi. Xiva mulklarining Orol dengizi yonida joylashgan tog'larida oltinga boy kon mayjud deyishadi. Ammo undan foydalanish uchun hech kimga ruxsat berilmagan.

Toshkent mulklari haqida

Toshkent aholisi ko'p sonli shahar. Orenburgdan janubga o'rtacha 20 kunlik masofa uzoqlikda. Katta qismi tekis joyda bino qilingan: eniga va uzunligiga 4 vyorst masofani egallaydi. Unda hech qanday daryo yo'q, ammo undan 10 vyorst uzoqlikdagi masofada Sirdaryoga quyiluvchi Chirchiq oqib o'tadi. Undan shahargacha uncha katta va chuqur bo'lmagan kanallar qazilgan hamda ularning soni ko'p. Bundan tashqari shaharda quduq va ko'llar qazilgan. Toshkentda 6000 va undan ko'proq uylar bo'lib, hammasi paxsali va bitta derazali. Tomlari qamishdan, yog'ingarchilikdan yaxshi himoya qilmaydi. Bunday uylarni loy bilan, ichkaridan esa suvoq loy bilan shaklli suvashadi. Shaharda 8 ta katta ko'cha bo'lib, ulaming har birining chiqishida yog'och, ba'zan esa g'ishtdan darvozalar qurilgan. Ular quyidagicha nomlanadi:

1. Samarqand. 2. Beshyog'och. 3. Terseren (Tersariq).

4. Shixon-tauger (Shayxontohur). 5. Taxtakus (Taxtapul).

6. Tarsaxon (Darxon). 7. Qopqon (Qopqa). 8.Kukchi(Ko'kcha).

Boshqa ko'chalar juda tor bo'lib, 1,5 va undan kamroq sajenni tashil etadi. Katta bozor shahar markazida bo'lib, Igiston (Registon) deb nomlanadi. U yerda sun'iy toshlardan qurilgan hovuz bor. Hovuz uzunasi va eniga 10 sarjindan, chuqurligi esa 2 arshinga to'g'ri keladi. Suv bilan to'ldirilgan va atrofiga tutlar ekilgan. Undan tashqari boshqa mayda bozorlar ham bo'lib, ularda kichik paxsali rastalar bor. Bu rastalarda paxta, rang-barang buyumlar va qog'oz sotiladi. Rossiya mollaridan ko'proq movut, suv qunduzi, chelaklar, brusnoviy bo yoq va mo yna sotiladi. Toshkentda 150 dan ortiq masjid bo'lib, ulaming hammasi paxsali yoki g'ishtli. Qadimiy va yaxshi qurilgan binolar borki, ular xristian cherkovlariga o'xshash gumbazli qismiga ega va ichki qismi yaxshi bezalgan. Mahalliy an'analarga ko'ra, ular madrasa deb ataladi, ya'ni o'quv yurti. Qadimiy masjidlarning birida Baroqxon ko'milgan. Ushbu masjid boshqalariga nisbatan yaxshi bezalgan, chunki unda ko'proq tillo va suyakdan bezaklar ishlatilgan.

Toshkent bog'larida ko'plab uzum, shaftoli, vino tayyor-lanadigan mevalar, olma va nok yetishtiriladi. Dalalarda esa g'alla tariq, sorochino bug'doyi, arpa va paxta ekiladi. Ulardan ko'p hosil olinadi. Ipakning turli xillarini o'zlari ishlab chiqarishadi, ammo Toshkentda yirik zavodlar yo'q. Tog'larda temir, mis va qo 'rg'oshin ko'p topiladi.



Toshkent atrofida paxsa devordan tashqari, hech qanaqa mudofaa inshootlari yo'q. U yerlarning havosi iliq, yog'ingarchilik yetarli, qish ham 3 oydan ortiq bo'lmaydi. Hukumatni awal mahalliy aholi boshqargan, keyinchalik katta O'rda qirg'iz (qpzoq) lari egallashgan.
Download 30,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish