Parazit begona o'tlar va ularga qarshi kurashish choralari



Download 1,05 Mb.
bet1/14
Sana29.05.2022
Hajmi1,05 Mb.
#619222
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Parazit begona o\'tlar va ularga qarshi kurashish choralari


Parazit begona o'tlar va ularga qarshi kurashish choralari
Reja:
Kirish…………………………………………………………...…..2
I-BOB ASOSIY QISM
PARAZIT BEGONA O‘TLAR HAQIDA TUSHUNCHA……...…4

  1. Bir yillik parazit begona o‘tlar haqida tushuncha………...…4

  2. Ko’p yillik parazit begona o‘tlar haqida tushuncha………..14

2-BOB NAZARIY QISM
PARAZIT BEGONA O’TLARDAN ZAHARLANISH………….20

  1. Parazit o‘tlardan zaharlanish alomatlari……………………20

  2. Parazit begonа o‘tlаrgа qаrshi kurаshish usullаri……….…22

Xulosa…………………………………………………………..…33
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati……………………………..…35

KIRISH


Qishloq xo‘jalik ekinlaridan mo‘lva sifatli hosil yetishtirishga bevosita salbiy ta’sir etuvch ibegona o‘tlarva ularga qarshi kurash dehqonchilikning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib kelgan va ushbu mavzu hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydi.
Akademik V.R. Vilyams
Dehqonchilik madaniyatini yuksaltirishning eng dolzarb masalalari bu – fan yutuqlari, ilg‘orlar tajribasini qo‘llash asosida o‘simlikshunoslik mahsulotlaridan mo‘l-ko‘l hosil yetishtirib, aholining oziq-ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishdan iboratdir. Bu borada qishloq – xo‘jalik ekinlarini turli zararkunanda va kasalliklardan ayniqsa begona o‘tlardan himoyalash mo‘l hosil olishning asosiy omillaridan biridir.
2019 yil 1 noyabrda O‘zbekiston respublikasi Qishloq va Suv Xo‘jaligi Vazirligida qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari, kasallik va begona o‘tlarga qarshi kurash ishlarini yanada takomillashtirish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminari tashkil etildi.SeminardaQoraqalpog‘iston respublikasi va viloyatlar o‘simliklarni himoya qilish markazlari, tuman otryadlari va biolaboratoriya rahbarlari ishtirok etdilar. Seminarning asosiy mavzusi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 19 oktabr kungi “2019 yilning 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari hamda 2019 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturining eng muhim ustuvor vazifalari amalga oshirilishini so‘zsiz ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi masalaga bag‘ishlangan yig‘ilishida agrar soha oldiga qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari, kasallik va begona o‘tlarga qarshi kurashish borasida erishilgan yutuqlar, o‘simliklarni himoya qilish tizimi barcha bo‘g‘inlarining faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar to‘g‘risida kelishilib olindi.
O‘zbekistonning tabiati xilma-xil xususiyatlarga ega bo‘lgan o‘simliklarga juda boy. Ularning orasida eng muhimlaridan biri tarkibida turli parazit-dorivor moddalarni hosil qiluvchi o‘simliklardir. Bunday moddalar alkaloidlar, glyukoalkaloidlar, glyuko-zidlar, saponinlar, efir moylar, organik kislotalar bir qator boshqa moddalardan iborat bo‘lib, o‘simlikda intensiv modda almashuv jarayoni natijasida hosil bo‘ladi. Parazit moddalar, ko‘pgina olimlarning fikricha, o‘simlikning o‘zi uchun, ya’ni normal hayot kechirishi uchun g‘oyat katta ahamiyatga egadir. Aks holda ular o‘simlik tanasida uzoq muddat saqlanmas edi. O‘simliklar tarkibidagi parazit moddalarning ko‘pchiligi oz miqdorda iste’mol etilganda odam va hayvonlarning ko‘pgina kasalliklariga shifodir, ammo ko‘p miqdorda iste’mol etilsa, aksincha, zahar hisoblanadi.
Mamlakatimizda begona o‘tlarga qarshi kurashning agrotexnik va biologik usullari keng va mukammal darajada o‘rganilgan hamda o‘rganilayotgan bo‘lsada ammo ekinlar orasida o‘sib, ularning hosildorligini passaytirish bilan bir qatorda mahsulot sifatini buzilishiga ta’sir etuvchi parazit begona o‘tlar va ularga qarshi kurash choralari mukammal ishlab chiqilmaganligi tufayli muammoligicha qolmoqda. Alohida ekologik guruh hisoblanuvchi bir va ko‘p yillik begona o‘tlarning ayniqsa g‘allachilikdagi salbiy ta’siri viloyatimiz sharoitida ham yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Natijada g‘alla ekinlarining hosildorligi 10-15 foizga kamayishi bilan birgalikda ulardan tayyorlangan non va non mahsulotlarining sifati buzilib, ularni iste’mol qilishi natijasida qishloq xo‘jalik hayvonlarining sut va sut mahsulotlari hamda go‘sht va go‘sht mahsulotlarining sifati yomonlashib aholining salomatligiga salbiy ta’sir etish hollari kuzatilmoqda. Shuning uchun ham men o‘zimning 4 yil davomida olgan nazariy va amaliy bilimimni yakunlanuvchi bosqichini Qarshi cho‘li sharoitida tarqalgan parazit begona o‘tlarni agroekologik xususiyatlarni o‘rganishga bag‘ishlangan bitiruv malakaviy ishimning naqadar katta ilmiy amaliy ahamiyatga ega ekanligi bilan faxirlanaman.

I-BOB ASOSIY QISM.


PARAZIT BEGONA O‘TLAR HAQIDA TUSHUNCHA.

  1. Bir yillik parazit begona o‘tlar haqida tushuncha

O’zbekistonning sug’oriladigan va lalmi maydonlarida begona o’tlar bilan yonma- yon o’sib, madaniy o’simliklardan olinadigan mahsulotlarni, odamlar va hayvonlarni zaharlaydigan bir qator bir yillik va ko’p yillik parazit o’simliklar mavjud. Quyida anashu parazit begona o’tlar haqida malumot keltirаmiz.


Parazit o’simliklar tarkibida uy hayvonlarini hamda kishilarni zaharlaydigan moddalar mavjud bo‘lgan o‘simliklardir. Bunday moddalarga-alkaloidlar, glyukozidlar, saponinlar va boshqalar kiradi. Ular o‘simliklarning hamma qismida yoki biror qismida bo‘ladi. Yovvoyi holda o‘sadigan eng xavfli parazit o‘simliklardan quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: kakra, randak, mastak, mingdevona, kamprchapon, tuyaqorin yoki xazarang, bangidevona, ayiqtovon, yalminquloq, isriq, bodiyoni rumi yoki zangpoya, qora ituzum va boshqalar. Bunday o‘simliklarning ko‘pchiligi o‘sib turganda ham, quritilganda ham parazit bo‘ladi. Ayrim o‘simliklarda esa quriganda parazit moddalar uchib ketadi ( masalan, ayiqtovon yoki uchmada) yoki parazitlik darajasi kamayadi. Chorva mollari, asosan, bahorda o‘tloqlarda zaharlanadi. Hayvonlarni bir yerdan ikkinchi yerga haydab ko‘chirish vaqtida, hayvonlar parazit o‘tlar ko‘p tarqalgan joyga borib qolsa, zaharlanish yuz beradi. Odam parazit dorivor o‘simliklarni yiqqanda, noma’lum o‘tlarni ovqatga qo‘shib iste’mol qilsa yoki parazit o‘t urug‘i oziq-ovqatga, ayniqsa, unga aralashib ketsa zaharlanishi mumkin. Bir qancha parazit o‘simliklar dori sifatida ishlatiladi, masalan, belladonna, bangidevona, shoxkuya yoki uroqkuya, kuchala, xin daraxti, erkak paporotnik yoki qirqquloq va boshqalar.
Parazit o‘tlardan ayiqtovon, kakra kabilar pichanda ham parazitk xususiyatini yo‘qotmaydi. Bular orasida morolquloq, kakra, bangidevona kabilar o‘ta parazitdir.
Quyida biz bir yillik va ko‘p yillik parazit o‘tlarning morfobiologik xususiyatlari bilan tanishamiz.
Ildizpoyali begona o‘tlar- Ildizpoyali begona o‘tlar O‘zbekistonning hamma sug‘oriladigan va lalmikor yerlarida uchraydi. Bu o‘tlar boshqa begona o‘tlardan ko‘ra bir necha baravar zarar yeltiradi. Chunki ularning ko‘payish imkoni bir necha baravar yuqori. Ildizpoyali begona o‘tlarning yer ostidagi ildiz bo‘g‘imlarining har bir bo‘lagi alohida o‘simlik bo‘lib o‘sadi. Bundan tashqari ular urug‘idan ham ko‘payadi. Ular juda zich bo‘lib tuplab o‘sadi, madaniy o‘simliklarni siqib mutloqa yo‘qatib yuboradi, ko‘payishi vegetativ va generativ, tashqi noqulay sharoitlarga juda chidamli. Bir dona ildiz bo‘g‘imi quruq tuproqda uzoq qolib ketib, ozgina namni singdirib olish bilan avj olib o‘saoladi.
O‘zbekistonning sug‘oriladigan yerlarida ildizpoyali begona o‘tlardan: g‘umay, salomalayko‘m, ajriq, qamish, achchiqmiya, oqmiya, bug‘doyiqlar ko‘p tarqalgan. Shulardan g‘umay, salomalayko‘m, ajriq esa karantin begona o‘tlar hisoblanadi.


Download 1,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish