30. Musobaqani o'tkazish va g'oliblarni aniqlash bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
31. Musobaqaning mahalla, tuman (shahar), Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, O'zbekiston Respublikasi bosqichlarining g'olib va sovrindorlariga O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan belgilangan tartibda "Alpomish" va "Barchinoy" ko'krak nishonlari (guvohnomasi bilan) topshiriladi hamda tashkilotlarning esdalik sovg'alari bilan taqdirlanishi mumkin, shuningdek maxsus testlarni topshirish jarayonida rekordlar aniqlanadi.