Aksiya qiymatini baholash usullari va tahlili


Keywords:  stock, valuation, multiples, income approach, cost approach, comparative  approach



Download 0,93 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/10
Sana06.07.2022
Hajmi0,93 Mb.
#751064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Aksiya qiymatini baholash usullari va tahlili

Keywords: 
stock, valuation, multiples, income approach, cost approach, comparative 
approach
.
 
Kirish 
Mamlakatimizda fond bozorini rivojlantirish tobora dolzarblik kasb 
etmoqda. Fond bozorini rivojlantirishni aksiyadorlik jamiyatlarining faolligisiz 
amalga oshirib boʻlmaydi. Bunda aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarining qiymatini 
baholash orqali investorlarni jalb qilish imkoni yuzaga keladi. Shu sababli “... 
investorlar va minoritar aksiyadorlar huquqi himoyasini kuchaytirish, dividendlar 
toʻlash va undirishni takomillashtirish zarur” [1]. 
Mulkning boshqa har qanday obyekti singari aksiyalarning qiymatini 
aniqlash ham ma’lum bir bozorda muayyan vaqtda unga ta’sir etuvchi omillarni 
inobatga olgan holda pul qiymatida obyekt qiymatini aniqlash uchun maqsadli va 


“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий журнали. №2, апрель, 2021 йил. ISSN: 2181-1016 

tartib bilan amalga oshiriladigan jarayondir. Koʻpgina samarali boshqaruv 
qarorlarini qabul qilish uchun kompaniya egalari va rahbariyati uning qiymati 
toʻg‘risida ma’lumotga ehtiyoj sezadilar. Aksiyalar qiymatini baholash muammosi 
bugungi kunda eng muhim masalalardan biridir. Mazkur holatda aksiyalar 
qiymatini 
baholash 
jarayonida 
yagona 
metodologiyani 
yaratishdagi 
qiyinchiliklarning mavjudligi, shuningdek, toʻg‘ridan-toʻg‘ri oʻrganish aniqligi va 
yetarliligi bilan bog‘liq muammolar vaziyatni og‘irlashtiradi. Shu bilan birgalikda, 
aksiyalar bozor qiymatini aniqlashda qoʻllaniladigan koʻpgina yondashuvlar uchun 
ma’lumot toʻliq emas va undan foydalanish qiyin. Quyida aksiyalar qiymatini 
baholash amaliyotining muhim jihatlariga toʻxtalib oʻtamiz. 
 
Adabiyotlar sharhi 
Aksiyalarni baholashning nazariy va amaliy jihatlari xalqaro miqyosda 
koʻplab olimlar tomonidan oʻrganilgan. Xususan, Samaneh Sharafoddin va Elmira 
Emsia
aksiyalarni baholashda ilmiy va amaliy usullar bilan bir qatorda ba'zi 
omillarni ham hisobga olish zarurligini ta’kidlashgan. Ushbu omillarga 
quyidagilarni kiritishgan: sanoat sharoitlari, kompaniya mahsulotlariga boʻlgan 
talab va taklif, mahalliy va xalqaro bozor sharoitlari, texnologiyalar, kompaniya 
hayoti, mahsulot narxlari va raqobatdoshlik holati. Ushbu omillar sifat jihatidan 
boʻlishiga qaramay, ularni iqtisodiy modellar yordamida miqdoriy deb tushuntirish 
mumkin [2]. 
Aksiyalarni baholash investorlar uchun qoʻshimcha foyda olishda past 
baholangan aksiyalarni tanlash uchun juda muhimdir, biroq aksiyalarni baholash 
natijalaridan foydalanish qiyin boʻlishi mumkin, chunki turli xil modellar bir xil 
aksiyalar uchun har xil qiymatlarni chiqaradi. Bu shuni koʻrsatadiki, aksiyalarning 
qiymati bitta yoʻl bilan emas, balki bir necha yoʻl bilan baholanishi kerak [3]. 
Aksiyalarni baholash moliyaviy tahlilda eng murakkab vazifalardan biri 
hisoblanadi. Aksiya narxiga ta'sir qiluvchi koʻplab omillar mavjud va ularni toʻliq 
aniqlash deyarli imkonsiz. Noaniqlikni keltirib chiqaradigan koʻplab omillarga 
qarshi kurashishning eng yaxshi usullaridan biri fundamental tahlildir [4]. 
Bir guruh iqtisodchi olimlarning fikricha, odatda, tahlilchilar aksiyalarni 
baholash uchun diskontlangan usullardan koʻra bozor yondashuvidan koʻproq 
foydalanadilar, biroq soʻnggi yillarda tahlilchilar tomonidan ikkalasini ham 
qoʻllash holatlari koʻp kuzatilmoqda [5]. 
Ali Amiri, Hamid Ravanpaknodezh va Akbar Jelodarilarga koʻra,
aksiyalarni baholashda, odatda, ikkita yondashuv qoʻllaniladi. Birinchi 
yondashuvga koʻra, kompaniyalar aksiyalarining narxi qarzlarni hisobdan 
chiqargandan soʻng uning aktivlari tarkibiy qismlarining (yerlar, binolar, zavodlar 
va mashinalar) umumiy narxidan olinadi. Ikkinchi yondashuvda esa 
kompaniyalarning noaniq davr mobaynida faoliyat yuritishini hisobga olgan holda 
kompaniyaning aksiyalari uning naqd pul tushumining diskontlangan qiymatiga 
tengdir, bu esa risk va moliyalashtirish xarajatlari bilan bog'liq [6]. 



Download 0,93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish