Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti


II.3 Qo’shilmaslik harakatining oldida turgan muammolar va muhim



Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/14
Sana03.07.2021
Hajmi0,69 Mb.
#108359
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
qoshilmaslik xarakati shakllanishi va faoliyati-1

II.3 Qo’shilmaslik harakatining oldida turgan muammolar va muhim 

vazifalar 

XX  asr  adog’ida  dunyoda  sodir  bo’lgan  xalqaro  munosabatlar  tizimidagi 

keskin  o’zgarishlar  sharoitida  o’z  mavqeyini  ushlab  qolgan  Qo’shilmaslik  harakati 

XXI  asr  boshlariga  kelganda  asosiy  masala  sifatida  kun  tartibiga  qashshoqlikni 

tugatish  va  «uchinchi  dunyo»  davlatlarining  mo’tadil  rivojlanishini  ta’minlashni 

qo’ydi.  1998-2005  yillar  davomida  harakatga  raislik  qilgan  Janubiy  Afrika 

Respublikasi  va  Malayziya  shu  muddat  davomidagi  butun  faoliyatini  ana  shu 

masalalarni  hal  etishga  qaratdi.  Mazkur  davlat  yetakchilari  BMT  doirasida 

o’tkazilgan  2000  va  2005  –  yilgi  Nyu  –  Yorkdagi  Sammitlarda,  Monterreda  (2002 

–  yil,  Meksika)  o’tkazilgan  Moliyaviy  rivojlanish  bo’yicha  xalqaro  konferensiyada, 

Yoxannesburgda bo’lib o’tgan Barqaror taraqqiyot bo’yicha butunjahon Sammitida 

(2002  yil,  sentyabr,  JAR)  kabilarda  jahaon  jamoatchiligini  ana  shu  masalalarga 

qaratuvchi  ma’ruza  va  chiqishlar  bilan  ishtirok etdi. Shu yo’nalishda Qo’shilmaslik 

harakati  va  77-lar  guruhi  tomonidan  maxsus  2000  yil  Gavanada,  2005  yil  iyunda 

Doxada  Janub-Janub  sammitlari  chaqirildi.  Ammo,  Janub  uchun  umumiy  bo’lgan 

platformani  shakklantirishga,  shuningdek  Shimol  bilan  bo’lgan  siyosatdagi 

proteksionizmni, 

qarzdorlikni, 

rivojlanayotgan 

davlatlar 

iqtisodiyotiga 

investisiyalarni  jalb  qilish  muammolari  qaratilgan  masalalarda  Qo’shilmaslik 

harakati  davlatlari  yagona to’xtamga kela  olmadilar. 

 

Qo’shilmaslik  harakati  davlatlari  orasidagi  bunday  to’xtamga  kela 



olmaslikni  o’z  –  o’zidan  sodir  bo’lmagan  bir  holat  sifatida  qaramaslik  kerak,  buni 

ko’proq  harakatning  ichidan  qidirish  kerak.  O’tgan  asrning  90-yillar  oxirida 

ijtimoiy  –  iqtisodiy  jihatdan  Harakat  ichida  yuzaga  kelgan  uchta  guruhni  ko’rsatish 

mumkin.  Birinchi  guruxga  Janubiy  –  Sharqiy  Osiyoning  rivojlanish  yo’liga  kirib 

olgan  yangi  industrial  davlatlarini,  yetakchi  Lotin  Amerika  mamlakatlarini, 

JAR,Misr  va  neft  zahirasi  hisobiga  «uchinchi  dunyoda»  yangi  bozorlarga  ega 

bo’lib  olgan  qator  davlatlarni  kiritish  mumkin.  Kamroq  rivojlangan  davlatlar,  bular 

birinchi  navbatda  Afrika  davlatlari,  ularga  harakatga  a’zo  bo’lgan  40  ga  yaqin 

davlatlarni  kiritish  mumkin.  Oxirgi  guruh  ana  shu  ikki  guruh  oralig’idagini  tashkil 



 

59 


etib  (60  ga  yaqin),  Janub  davlatlari  ichida  aholi  jon  boshiga  bo’lgan  yalpi  milliy 

daromad bo’yicha o’rtacha o’rinni egalllaydi.

68

 

 



Ijtimoiy 

–  iqtisodiy  rivojlanish  sohasidagi  obektiv  harakterdagi 

«tabaqalanish»  jarayoni  Qo’shilmaslik  harakatiga  a’zo  bo’lgan  davlatlarning 

maqsad  va  manfaatlaridagi  diversifikasiyaga  aylanmoqda,  ayni  shu  hol  ularni  balki 

Harakat  doirasidan  tashqariga  chiqishiga  olib  kelishi  mumkin.  Bunday  holatni  biz 

15-lar  guruhi  tuzilishida  ko’rishimiz  mumkin.  XX  asrning  90-yillar  oxiridan 

e’tiboran  Qo’shilmaslik  harakatidagi  ayrim  yetakchi  davlatlar  tomonidan 

«grandlar»  va  «uchinchi  dunyo»  hamkorligini  mustahkamlashga  qaratilgan  yangi 

effektiv  mexanizm  yaratish  imkoniyatlari  sinchkovlik  bilan  o’rganildi,  bu 

mexanizm  bir  vaqtning  o’zida  Shimol-Janub  hamkorligining  muhim  strukturasi 

bo’lishi  lozim  edi.  Masalan,  Janubiy  Afrika  Respublikasi  funksiyasi  va  vazifasiga 

ko’ra  «Katta  sakkizlik  guruhi»ga  yaqin  turgan  Janubning  «sakkizligini» 

chaqirishni  taklif  etdi.  Tarkibiga  Janubning  nisbatan  rivojlangan  davlatlarini 

kiritgan  mana  shunday  guruh  (albatta  u  sakkizta  davlatdan  iborat  bo’lishligi 

nazarda 

tutilmagan)birinchi 

navbatda 

Janub 


manfaatlarini 

aks 


ettiruvchi 

muammolar  bilan  doimiy  ravishda  «Katta  sakkizlik»  bilan  fikrlar  almashinishi 

mumkin  deb  qaralgan.  JAR  ning  mazkur  loyihasi u harakatga sobiq rais maqomiga 

tushganidan  keyin,  ya’ni  2003  yilning  sentyabrda  hayotga  tadbiq  etildi. 

Fransiyaning 

Evian 


shahrida 

Katta 


sakkizlik 

yetakchilari 

bilan 

11 


ta 

rivojlanayotgan 

mamlakatlar 

boshliqlari 

(Hindiston, 

Malayziya, 

Braziliya, 

Meksika,  Jazoir,  Misr,  Marokko,  Saudiya  Arabistoni,  Nigeriya,  JAR)  o’rtasida 

muloqot  tashkil  etildi.  Globalizasiya  jarayoni  muammolari,  xalqaro  savdo  va 

moliya  tizimidagi  islohotlar,  Afrikaning  rivojlanishi  kabi  masalalar  muhokama 

markazida  turdi.

69

    



 

«Manfaat  va  simpatiyalar»  bo’yicha  Qo’shilmaslik  harakatining  ichida 

chegaralangan  ijtimoiy  –  iqtisodiy  differensiasiya  ayni  vaqtda  harakatning  ichida 

kuchlar  qutbining  va  ta’sirining  shakllanishida  kuzatilinadi.  Masala  shundaki, 

                                                 

68

 Крылов  С.А. Движение  неприсоедиения: история,  задаси, проблемы, пе рспективы.// 



http:|//viperson.ru.data/200604/Dvizhenieneprisoedineniya.doc  //   

69

 Крылов  С.А. Движение  неприсоедиения: история,  задаси, проблемы, перспективы.// 



http:|//viperson.ru.data/200604/Dvizhenieneprisoedineniya.doc  //    


 

60 


asrlar  davomida  amalda  Janubdagi  mintaqviy  kuchlar  shakllanish  jarayoni  tugadi, 

Qo’shilmaslik  harakatida  katta  ta’sirga  ega  bo’lgan  kuchlar  paydo  bo’ldi.  Mazkur 

davlatlar  nafaqat  xalqaro  darajada  tan  olingan  va  o’zining  mintaqasida  katta 

obro’ga  ega,  balki  jahonda  ham  o’z  o’rniga  ega  bo’lib  ulgurdi.  Bunday  davlatlar 

sirasiga  harakatga  a’zolaran  Hindiston,  Indoneziya,  Singapur, Malayziya, Pokiston, 

Eron,  Misr,  JAR,  Chililarni  kiritish  mumkin.  Ular  mazkur  o’ringa  tashqi  siyosat 

yo’nalishidagi  mustaqil  va  erkin  pozitsiyasi  yoki  sanoat  ishlab  chiqarilishi 

rivojlanishiga  asoslangan  pragmatik  tashqi  iqtisodiy  siyosati  tufayli  erishganlar. 

O’zlarining  yirik  masshtabdagi  eksport  potensiali,  ayni  vaqtda  ilmiy  –  texnikaviy 

taraqqiyoti  tufayli  ular  hatto  ayrim  rivojlangan  davlatlar  ko’rsatgichlaridan  ham 

yuqoriroq  natijalarga  erishmoqda.  Ularning  ayrimlari  ochiqdan  –  ochiq  mintaqviy 

buyuk  davlatchilik  siyosatini  namoyon  etishmoqda,  Hindiston  bo’lsa,  Janubning 

yana  bir  yirik  davlati  bo’lgan  Braziliya  singari  XXI  asr  boshiga  kelganda  global 

jahon  davlati  (globalnoy  mirovoy  derjavы)  darajasiga  yaqinlashishi  mumkin. 

Bunday  o’zgarishlar  albatta  ularning  Qo’shilmaslik  harakati  ichidagi  o’rniga  ham 

ta’sir qilmasdan qolmaydi. 

 

Eski  asr  oxiri  va  yangi  asr  boshlarida  Qo’shilmaslik  harakati  ichida  tenglik 



va  muvozanatni  saqlab  turish  oldida  turgan  yana  bir  muammolardan  biri  bu  ayrim 

harakatga  a’zo  davlatlar  iqtisodiyotining  militarizasiya  jarayoniga  o’tishi  va  yadro 

qurollanishi  hisoblanadi.  Umuman  olib  qaraganda,  harakat  vujudga  kelgandan 

boshlab  yakdillik  bilan  umummiqyosdagi  qurollanish  va  yadro  qurolini 

tarqatmaslikkaqarshi  kurashib  kelmoqda.  2004  yil  avgust  oyida  Durbanda  (JAR) 

yig’ilgan  Harakatga  a’zo  davlatlar  tashqi  ishlar  vazirlarining  konferensiyasida 

hamda  2005-yil  sentyabr  –  oktyabr  oylarida  Nyu  –  Yorkda  bo’lib  o’tgan  BMT 

Bosh  Assambleyasining  60-sessiyasida  asosiy  siyosiy  masala  sifatida  yadro 

qurollariga  qarshi  kurash  qaraldi.  Bu  masala  hatto  Qo’shilmaslik  harakatining 

Durbanda  bo’lib  o’tgan  XII  konferensiyasida ishtirokchi davlatlar tamonidan qabul 




 

61 


qilingan  «Yangi  ming  yillik  bo’sag’asidagi  Durban  Deklarasiyas»    da  ham  o’z 

aksini  topgan edi.

70

 

 



Tadqiqot  ishining  yuqoridagi  boblarida  Qo’shilmaslik  harakatining  yadro 

qurollanishiga  qarshi  kurashi  uzoq  vaqtlar  u  yoki  bu  bloklar  o’rtasidagi 

kelishuvlarga  bog’liq  ravishda  amalga  oshirilganligini  aytgan  edik.  Dastlabki 

vaqtlardagi  Qo’shilmaslik  xarkatining  bu  siyosatini  ko’proq  yuzaki  baholaydigan 

bo’lsak,  yangi  ming  yillik  arafasi  va  boshlanishida  Harakatning  bu  sohadagi 

munosabati  va  pozitsiyasida  hayotiy  tomonga  o’tish  jadallashganligini  uchratish 

mumkin.  AQSh,  Rossiya,  Fransiya,  Buyuk  Britaniya  va  Xitoyning  yadro  quroliga 

ega  bo’lishida  hech  qanday  muzokaralar  jarayoni  bo’lmaganligini  qo’shilmaslik 

harakati  davlatlari  ta’kidlaydilar.  Shu  boisdan  bo’lsa  kerak  Harakat  amalda  yadro 

quroliga  ega  davlatlar  tarkibiga  kirib  ulgurgan  Pokiston  va  Hindiston  masalasini 

muhokama  qilmadi,  shu  ishlarni  boshlab  yuborgan  Eron  va  Shimoliy  Koreyaga 

nisbatan «ko’zlarini  yummoqda».  

 

Masalaning  yana  bir  tomoni  oddiy  qurollanish  bilan  bog’liq.  Qo’shilmaslik 



harakati  birinchi  navbatda  «uchinchi  dunyo»  da  xalqaro  hamjamiyatning  birlamchi 

vazifalaridan  biri  bo’lgan  qurollanish  balansini  ushlab  qolish  va  ko’paytirmaslik 

uchun  kurashayotgan  bir  paytda  ayrim  rivojlanayotgan  davlatlarda  (jumladan 

Harakatga  a’zo  davlatlar  ichida  ham)  qurolga  ega  bo’lish  va  uni  ishlab  chiqarish 

sezilarli  templar  bilan  o’sib  bormoqda.  Shu  tariqa  qo’shilmslik  harakati 

davlatlarining 

milliy 

davlatchilik 

birlashuvining 

yakunlanmasligi,  murakkab 

ijtimoiy  –  iqtisodiy  vaziyat,  bir  –  birlari  bilan  hududiy,  diniy  va  boshqa 

masalalarda  ziddiyatlarga  borish  sharoitida  albatta  Qo’shilmaslik  harakati  jim  tura 

olmasa  kerak.  Bu  ham  harkat  ichidagi  tarqoqlikka  sabab  bo’lishi  mumkin,  chunki 

aksariyat  harakatga  a’zo  davlatlarning  militarizasiya  jarayonini  kuchaytirishi 

biirinchi  navbatda  Qo’shilmaslik  harakatining  bosh  tamoyillaridan  biri  bo’lgan 

nafaqat 


xalqaro 

havfsizlikni, 

balki 

mintaqaviy 



tinchlikni 

ta’minlanishini 

qiyinlashtiradi.  Buning  yorqin  isbotini  Iroqning  Eron,  keyinchalik  Quvaytga 

                                                 

70

 Қўшилмаслик  харакатининг  махсус  сайти маълумотларидан// 



http://www.nam.gov.za/xiisu mmit/decl.htm&usg=ALkJrhgribd Ee 8smD2pSUVZ-HWglJHPlZA 


 

62 


nisbatan  uyushtirgan  agressiyasida  ko’rish  mumkin.    Chunki  Iroq  qo’shilmaslik 

harakati  tamoyillarini  bajarishni  zimmasiga  olib  mazkur  tashkilotga  a’zo  bo’lib 

kirgan  edi.  

 

Keyingi  Qo’shilmaslik  harakati  oldidagi  yana  bir  muhim  yo’nalishlardan  biri 



bu  BMTni  isloh  qilishdan  iboratdir.  Nyu  –  Yorkdagi  BMT  Sammitlarida  (2000  va 

2005-yil),  Qo’shilmaslik  harakatining  Kuala  –  Lumpur  forumida  (2003-yil  fevral), 

BMT  Bosh  Assambleyasining  60-Sessiyasida  ishtirok  etgan  va  chiqishlar  qilgan 

Qo’shilmaslik 

mamlakatlari 

yetakchilari 

yangi 

shakllanayotgan 



xalqaro 

munosabatlar  tartibida  Birlashgan  Millatlar  Tashkilotining  rolini  oshirish  chaqirig’i 

bilan  chiqishdi.  Bugunga  kelib  rivojlanayotgan  davlatlar    aynan  mana  shu  xalqaro 

tashkilot  qiyofasida  jahon  hamjamiyatdagi  barcha  a’zo  davlatlarning  manfaatlarini 

ta’minlashga  qodir  bo’lgan  ideal  forumni  ko’rmoqdalar. Qo’shilmaslik xarkatining 

fikricha,  yangi  shart  –  sharoit  BMT  faoliyatini  ham  chuqur  demokratizasiyani 

qilishni  talab etadi. 

71

  



 

Qo’shilmaslik  harakati  BMT  doirasida  islohotlarni  o’tkazish  tashabbusi 

shuningdek  bu  xalqaro  tashkilotning  Havfsizlik  Kengashi  bilan  ham  bog’liqdir. 

Harakat  Havfsizlik  Kengashini  kengaytirishni  maqsadga  muvofiq  deb  hisoblaydi. 

Shunday  bo’lsada  ushbu  masala  bo’yicha  harakat  ichida  ayrim  norozilik 

ko’rinishlarini  ham  uchratish  mumkin.  Harakatga  a’zo  bo’lgan  ko’pchilik 

davlatlarni  Havfsizlik  Kengashida  amalga  oshirilayotgan  islohotlar  bevosita 

ularning  ishtirokisiz  amalga  oshiriladi  degan  hadik  mavjud.  Umuman  olganda 

boshqa  masalalarda  bo’lgani  kabi  Qo’shilmaslik  harakati  ham  aniq  bir o’zgarishlar 

amalga  oshirilishi  yuzasida  yagona  to’xtamga  kela  olmadi.  Harakat  vakolatlarni 

Havfsizlik  Kengashi  va  Bosh  Assambleya  o’rtasida  qaytadan  taqsimlash  tarafdori 

bo’lib, bunda ko’proq oxirgi tomonni qo’llab – quvvatlamoqda, bunda u BMTning 

maxsus  organlari  va  tashkilotlarining  rolini  oshirish  kerak  degan  taklifni  ilgari 

surmoqda.  Harakat  a’zolarining  to’xtamiga  ko’ra,  Havfsizlik  Kengashidagi 

                                                 

71

 Крылов  С.А. Движение  неприсоедиения: история,  задаси, проблемы, перспективы.// 



http:|//viperson.ru.data/200604/Dvizhenieneprisoedineniya.doc  //      


 

63 


islohotlar  BMT  doirasidagi  barcha  o’zgarishlar  va  qayta  tashkil  qilish bilan parallel 

va bir xil  tarzda borishi zarur.  

 

Qolaversa  Qo’shilmaslik  harakati  davlatlarining  ayrim  pozitsiyalari  bir  xil 



emas.  Masalan  veto  huquqini  rad  qilish  talabi  ular  orasida  xavotirga  sabab 

bo’lmoqda,  go’yoki  Havfsizlik  Kengashi  cheklangan  davlatlar  hisobiga  jahon 

jandarmiga  aylanmasligi,  xalqaro  hamjamiyatning  «aybdor»  a’zolarini  jazolovchi 

o’ziga  xos  organga  aylanib  qolishi  mumkin  edi.  Undan  tashqari  Havfsizlik 

Kengashini  geografik  mintaqa  nuqtai  nazaridan  teng  ravishda  taqsimlash  va 

kengaytirish  taklifi  ham  ayrim  rivojlanayotgan  davlatlarning  qoniqmasligiga  sabab 

bo’lmoqda, jumladan, Hindsiton, Indoneziya, Pokiston, Eron, Nigeriya, Misr, JAR, 

Braziliya,  Argentina  va  Meksika.    Buning  ustiga  ushbu  davlatlardan  Braziliya, 

Hindsiton  va  JAR  Havfsizlik  Kengashida  doimiy  a’zolikka  o’tish  bo’yicha  bir  – 

birlarini  qo’llab  –  quvvatlash  yuzasidan  kelishuvga  erishganlar.  Xullas 

Qo’shilmaslik  harakati  tarkibidagi  ijtimoiy  –  iqtisodiy  rivojlanishdagi  notekisliklar, 

harakat  tarkibidagi  yetakchi  kuchlarning  ko’proq    tashqi  siyosiy  faoliyatini 

yuritishga  intilishi  BMT  Havfsizlik  Kengashini  isloh  qilish  jarayonida  harakatni 

ikkinchi  planga  o’tkazib  qo’ymoqda.  Biror  –  bir  islohot  taklifi  bilan  kelgan 

davlatlar  aksariyat  hollarda  Qo’shilmaslik  harakati  manfaatidan  emas,  o’z 

manfaatidan  kelib  chiqib taklif  kiritishga  doimiy harkat  qilib kelishdi.

72

   


 

Bu 


yo’nalishdagi  masalaning  ikkinchi  tomoni  borki,  unga  ko’ra 

Qo’shilmaslik  harakati  faol  va  yakdillik  bilan  BMT  doirasidagi  islohotlarga 

kirishmasligi  o’zining  keyingi  taqdirini  belgilab  beruvchi  faktor  bo’lib  xizmat 

qilishi  mumkin.  Chunki  BMT  Bosh  Assambleyasi  yoki  Havfsizlik  Kengashining 

vakolatlarining  oshirilishi  amalda  qo’shilmaslik  harakatining  xalqaro  munosabatlar 

tizimida  o’z  so’zini  ayta  oladigan  darajadan  tushurib  yuborishi  mumkin.  Balki, 

shuning  uchun  ham  harakatning  a’zolari  bo’lgan  ayrim  yetakchi  davlatlar  birinchi 

navbatda  o’z  manfaatlaridan  kelib  chiqib  bu  harakat  doirasidan  tashqaridagi 

masalalarga  yondoshmoqdalar.    

                                                 

72

 Крылов  С.А. Движение  неприсоедиения: история,  задаси, проблемы, перспективы.// 



http:|//viperson.ru.data/200604/Dvizhenieneprisoedineniya.doc  //    


 

64 


 

Bugungi 


Qo’shilmaslik  harakati  faoliyatida  turgan  eng  birlamchi 

vazifalardan  va  yo’nalishdan  to’rtinchisi  –  vujudga  kelgan  tashkiliy  –  g’oyaviy 

muvozanatni  mustahkamlash  va  uni  amalga  oshirishning  diplomatik  mexanizmini 

yaratishdan  iboratdir.  Zamonaviy  xalqaro  munosabatlar  tizimida  Qo’shilmaslik 

harkatining  aksariyat  davlatlari  demokratiya  va  bozor  iqtisodiyoti  prinsiplari 

asosida  faoliyat  yuritayotgan  bir  paytda,  dastlabki  vaqtlarda  bo’lgani  singari 

ma’lum  bir  gurux  yetakchilari  yoki  shunga  moyil  bo’lgan  boshqa  bir 

mamlakatning  hoxishini  to’liq  harakat  dasturiga  kiritish  mumkin  bo’lmay  qoldi. 

Alohida  radikal  tuzumlar  endi  o’z  bosimlarini  barcha  harakat  qatnashchilariga 

o’tkozolmay  qoldi.  Qo’shilmaslik  harakatning  mintaqaviy  guruhlari  to’liq  kuch 

bilan  faoliyat  ko’rsatmoqda,  Nyu-Yorkda  harakatning  Muvofiqlashtiruvchi 

Byurosi  ishlab  turibdi,  BMTning  Havfsizlik  Kengashi  tarkibiga  kirgan  harakatga 

a’zo  davlatlarning  pozitsiyalari  bilan  kelishuv  siyosati  amalga  oshirilmoqda, 

Qo’shilmaslik 

harakatining 

an’anaviy 

kursini 

ta’minlovchi 

«uchlik» 

muvofiqlashtiruvchi  – diplomatik  mexanizm  faoliyat  ko’rsatmoqda.

73

  

 



To’g’ri  vaqti  –  vaqti bilan harakatga a’zo bo’lgan ayrim davlatlar tomonidan 

zamonaviy  dunyoda  Qo’shilmaslik  Harakatining  rolini  oshirish  nafaqat  tashqi, 

balki  ichki  o’zgarishlarga  ham  asoslanishi  kerak  degan  mulohazalar  paydo 

bo’lmoqda.  Shu  jumladan,  Qo’shilmaslik  harakati  institualizasiya  g’oyasini 

kelgusida  rivojlantirish,  birinchi  navbatda  doimiy  faoliyat  yurituvchi  kotibiyat 

tashkil  etish  g’oyasi  ilgari  surilmoqda.  Bu  g’oya  ancha  eski  bo’lib,  Qo’shilmaslik 

harakatining  Qohirada  o’tgan  II  sammitida  (1964-yil)  ilk  bor  ilgari  surilgan.  Ammo 

o’tgan  vaqt  mobaynida  doimiy  kotibiyatni  tashkil  etish  haqida  ishlar  amalga 

oshirilmadi,  qolaversa  hamon  harakat  a’zolari  ichida  mazkur  masalani  batafsil  hal 

qilish  bo’yicha  yagona  to’xtamga  erishilmagan.  Kotibiyat  xuddi  milliy  organ 

harakterini  kasb  etib,  Harakat  nomidan  ish  amalga  oshiruvchi  tashkilotga  aylanadi 

degan  xavotirlar  ham  mavjud.  Yana  shular  ta’kidlanmoqdaki,  bunday  organ 

                                                 

73

 Крылов  С.А. Движение  неприсоедиения: история,  задаси, проблемы, перспективы.// 



http:|//viperson.ru.data/200604/Dvizhenieneprisoedineniya.doc  //    


 

65 


faoliyat  yurtitayotgan  sharoitda  tenglik  tamoyilini  ma’minlashning  imkoni  yo’q, 

alohida  bir davlatlar  uni  o’z «shaxsiy» manfaati yo’lida foydalanishlari  mumkin. 

 

Nihoyat,  Qo’shilmaslik  harakati  tarkibidagi  ayrim  yirik  va  nisbatan  katta 



ta’sirga  ega  bo’lgan  davlatlar,  jumladan,  Hindiston,  ochiqdan  –  ochiq  texnik 

apparatni  (doimiy  kotibiyatni)  tashkil  etishga  qarshi  chiqmoqda.  Buni  qanday 

tushunish  mumkin?  Aftidan,  odatdagi  xalqaro  tashkilotlar  atributlariga  –  dasturlari, 

nizomlari,  doimiy  byurokratik  struktura  va  boshqalar,  xos  bo’lgan  holatlardan 

farqli  ravishda  konsensus  tamoyili  qandaydir  ma’noda  Qo’shilmaaslik  harakati 

butun  mexanizmi  faolligini  kamaytiradi  hamda  jahonda  yuzaga  kelgan  turli 

vaziyatlarda  tezkor  ta’sir  o’tkazish  imkoniyatini  cheklaydi.  Ammo  unutmaslik 

kerakki,  Qo’shilmaslik  harakati  bu  tashkilot  emas,  o’ziga  xos  bo’lgan  bir  siyosiy 

birlashmadir.  Harakatning  qattiq  institualizasiyasi  –  «kichik  BMT»  aylanishi  avval 

boshdanoq  uning  tanazzulga  uchrashiga  olib  kelishi  mumkin  edi.  Bir  narsa  aniqki, 

shu  xildagi  davlatlararo  birlashma  belgilangan  parametrlarda  bir  marta  va  umrbod 

ishlay  olmaydi. 

 

Zamonaviy  Qo’shilmaslik  harakati  bu  Janubning  past  va  o’rta  darajada 



rivojlanayotgan  davlatlarini  birlashtirgan  birlashma,  uyushma.  Aynan  shu  hol 

uning  uzoq  muddatldar yashab kelishining va xalqaro maydonda o’z o’rnini saqlab 

kelishining  omili  bo’ilb  kelmoqda.  Bugungi  Qo’shilmaslik  xarkatining  xalqaro 

nufuzi  (prestiji)  haqida  shuni  aytish  mumkinki,  jahonning  aksariyat  rivojlangan 

davlatlari  tamonidan  harakat  tan  olindi.  Jumladan,  Buyuk  Britaniya,  Germaniya, 

Fransiya,  Italiya,  AQSh,  Kanada,  Yaponiya,  janubiy  Koreya,  Avstraliya,  Yangi 

Zelandiya  va  Xitoy  singari  davlatlar  Qo’shilmaslik  harakatida  kuzatuvchi 

maqomini  olgan.

74

 

 




Download 0,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish