Aliyeva sevinchning mumtoz tarixiy poetika fanidan tayyorlagan



Download 0,63 Mb.
bet1/2
Sana18.01.2023
Hajmi0,63 Mb.
#900139
  1   2
Bog'liq
1-mustaqil ish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
O LIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
O’ZBEK TILI VA ADABIYOTI
MUTAXASSISLIGI
2-BOSQICH MAGISTRANTI
ALIYEVA SEVINCHNING
MUMTOZ TARIXIY POETIKA
FANIDAN TAYYORLAGAN

MUSTAQIL ISHI

ALISHER NAVOIYNING “XAZONIN UL MAONIY” ASARINING “NAVODIR USH SHABOB” DEVONIDAGI G’AZALI.


358-BET. TOSHKENT-1963.

Ey quyosh, nevchun qoshingdin soyadek surdung meni,


Ravshan aylab jumlai olamni, kuydurdung meni.

Kuydurub, ey ishq o’ti, gardung’a sovurdung kulum,


Poyada oxir bu yanglig’ ko’kka yetkurdung meni.

Hajr o’ti tobi yana behol qildi nechakim,


Ey nasimi vasl, o’z holimg’a kelturdung meni.

Ishq man’ida so’zung chun hashv edi, bo’ldum xamush,


Qilma, ey voiz, gumonkim, yo’ldin ozg’urdung meni.

Nayladim, ey ishkim, bo’ldum o’lum mustavjibi,


Kim bu yanglig’ hajr jallodig’a topshurdung meni.

Vasling etting va’da, ammo hajringg’a qilding asir,


Ko’kka chekting, lek yerga oqibat urdung meni.

Ey Navoiy, vasl agar ro’zi emastur, chora yo’q.


Qilmading deb sa’y bas, ne ishga yozg’urdung meni.
Ramali musammani mahzuf
foilotun foilotun foilotun foilun
-V--/ -V--/ -V--/ -V-/
LUG’AT-
Gardun- falak, osmon, ko’k.
Hashv- ortiqcha so’z, mavzudan chetga chiqib aytilgan so’z.
Xamush- indamas, jim.
Mustavjib- 1. Loyiq, munosib , sazovor. 2. Sabab, bois.
Man’- taqiq, ta’qiqlash.
Ro’zi- kundalik ovqat, nasiba, tiriklik vositasi.
Sa’y- tirilish, harakat qilish, urinish.

Sharh va izohlar
Biz tahlil qilayotgan Alisher Navoiyning “meni” radifli ga’zali yetti baytli, mazmunan oshiqona g’azal hisoblanib, ma’shuqasidan ayrilgan oshiqning ruhiy holati, hajr o’tida azob chekishi tasviri keltirilgan.
Matla’ mashuqadan ayro oshiq holatini tasvirlashdan boshlanadi.
Ey quyosh, nevchun qoshingdin soyadek surdung meni,
Ravshan aylab jumlai olamni, kuydurdung meni.
Oshiq mashuqasiga murojat qilib, ey quyosh nimaga mani o’zingdan nari qilding, xuddi soyadek chetlatding, butun dunyoni charog’on qilib, bitta mani kuydiring deydi.
Baytda quyosh va soya so’zlari orqali tazod, ravshan aylamoq va kuydurmoq so’zlari orqali esa shartli tazod yuzaga kelgan.
Kuydurub, ey ishq o’ti, gardung’a sovurdung kulum,
Poyada oxir bu yanglig’ ko’kka yetkurdung meni.
Ey ishq o’ti meni kuydurib kulimni osmonga sovurding, oxiri poygakda kabi qilib, keyin ko’kka yetkazding.
Ikkinchi baytda, kuydurmoq va kul, gardun va ko’k so’zlari orqali tanosub, poyada va ko’k so’zlari orqali tazod, ey ish o’ti undalmasi yordamida istiora she’riy san’atlari qo’llangan.
Hajr o’ti tobi yana behol qildi nechakim,
Ey nasimi vasl, o’z holimg’a kelturdung meni.
Hajr o’ti meni yana ahvolimni behol qildi, nasim vasl meni o’z holimg’a kelturdi.
Baytda hajr va vasl so’zlari orqali tazod, behol va o’z holiga kelmoq so’zlari orqali shartli tazod, ey nasimi vasl jumlasi orqali istiora she’riy san’atlari keltirilgan.
Ishq man’ida so’zung chun hashv edi, bo’ldum xamush,
Qilma, ey voiz, gumonkim, yo’ldin ozg’urdung meni.
Ishq ta’qiqida so’zing ortiqcha edi, bo’ldim jim, ey voiz endi gumon qilmakim, meni yo’ldan ozdirding.
Baytda man’ va hashv so’zlari orqali tazod, ey voiz undalmasi orqali iltifot she’riy san’atlari keltirilgan.
Nayladim, ey ishkim, bo’ldum o’lum mustavjibi,
Kim bu yanglig’ hajr jallodig’a topshurdung meni.
Ey ishqim nima qilay o’limga loyiq bo’ldim, kim kabi meni hajr jallodiga topshirding meni.
Baytda o’lim va jallod so’zlari orqali tanosub, ey ishkim undalmasi orqali iltifot, hajr jallodiga kim kabi topshirmoq tashbih va tashxis she’riy san’atlari keltirilgan.
Vasling etting va’da, ammo hajringg’a qilding asir,
Ko’kka chekting, lek yerga oqibat urdung meni.
Vaslingni vada qilib, ammo hajrga asir qilding, ko’kka chiqarding, lekin oxir yerga urding.
Ushbu baytda vasl va hajr, ko’k va yer so’zlari orqali tazod, fikrdan qaytish orqali esa ruju she’riy san’atlari keltirilgan.
Ey Navoiy, vasl agar ro’zi emastur, chora yo’q.
Qilmading deb sa’y bas, ne ishga yozg’urdung meni.
Ey Navoiy vasl nasb emas ekan boshqa chora yo’q, harakat qilib ko’rmading deb meni nima ishlarga yozdirding meni.
Maqta’da ey Navoiy undalmasi orqali iltifot she’riy san’atlari keltirilgan.
ALISHER NAVOIYNING “XAZONIN UL MAONIY” ASARINING “NAVODIR USH SHABOB” DEVONIDAGI G’AZALI.
206-BET. TOSHKENT-1963.

Orazing shavqi damikim aylanur qonlig’ ko’ngul,


G’uncha yanglig’durkim, anda chirmashibdur bargi gul.

Anglamon: gulrang ruxsoringda maygun labmudur,


Yo topibdur ofarinish bazmida gul uzra mul.

Ayladi ko’nglum gadoliqkim diram yanglig’ tugan,


Qo’ydi ishqing yo zakoti husnung ehson qildi pul.

Telbarab qochqon qulungmenkim, soching af’isidin


Ham ayog’imda erur zanjiru ham bo’ynumda g’ul.

Ko’zlaringkim turku tojik o’ldi ko’nglum mulkida,


Zulm etar ul nav’ikim bir kishvar ahlig’a chug’ul.

Ne tafovut sifla eldin xorlig’ yo ihtirom,


Kim bahoyimdin erur teng xoh izzat, xohi zul.

Noma ko’p yozmish Navoiy, kimsa yo’q mahram magar,


Kim alar irsolig’a ham Tengri yetkurgay rusul.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish