Amaliy mashg`ulot №8 Moddaning namligini o`lchash asboblarini o`rganish Ishdan maqsad



Download 1,07 Mb.
bet1/2
Sana04.03.2022
Hajmi1,07 Mb.
#482891
  1   2
Bog'liq
2 5208750940030504700


Amaliy mashg`ulot №8


Moddaning namligini o`lchash asboblarini o`rganish


Ishdan maqsad: namlik datchiklarining ishlash printsipini, konstruktsiyasini, qo'llash sohasini o'rganish va uni avtomatik boshqarish usullarini tadqiq qilish.
Kerakli asboblar va uskunalar: DHT11 va DHT22 namlik datchigi, rele, Arduino UNO kontrolleri, komрyuter, ijrochi mexanizm, o`tkazgichlar.



Qisqacha nazariy ma`lumotlar
Gazlar, suyuq muhit va qattiq jismlarning namligi kimyo, oziq-ovqat, neft-gaz, metallurgiya, to`qimachilik sanoatida va boshqa sanoat tarmoqlaridahi hamda qurilishdagi ko`pgina texnologik jarayonlarning muhim ko`rsatkichlaridan hisoblanadi.
Har qanday jismda namlikning mavjudligi uning absolyut hamda nisbiy namligi bilan xarakterlanadi.
Gazning absolyut namligi deyilganda normal sharoitlarda 1,0 m3 gaz arlashmasidagi suv bug`ui massasi tushuniladi. Absolyut namlikning birliklari, g/m3 yoki kg/m3.
Nisbiy namlik deyilganda 1,0 m3 arlashmadagi suv bug`i massasi (hajmi)ning shu haroratdagi 1,0 m3 arlashmadagi suv bug`ining maksimal massasi (hajmi)ga nisbati tushuniladi. Nisbiy namlik o`lchovsiz kattalik, ba`zan u foizlarda hisoblanadi.
DHT11 va DHT22 datchiklari Arduino UNO kontrolleri yordamida ko`рgina sohalardan gazlar namligini o`lchashda keng qo`llaniladigan o`lchov asbobi hisoblanadi. Ko'pincha ob-havo stantsiyasi va turli xil texnologik jarayonlarda qo'llaniladi. Ushbu amaliy mashg`ulotda datchiklardan qanday foydalanishni, Arduino Uno, kontrolleriga qanday qilib to'g'ri ulanishni, bilib olish imkoniyatlari mavjud. Ushbu datchiklar o'zlarining maxsus tezligi va aniqligi bilan ajralib turmasada, lekin ulardan foydalanish oson, ularning mavjudligi va arzonligi tufayli dastlabki loyihalarida xavfsiz foydalanish mumkin.
DHT11 va DHT22 datchiklarining xarakteristikalari va ulanish sxemalari. O`lchov asbobi ikki qismdan iborat - sig'imli harorat datchigi va gigrometr. Birinchisi haroratni o'lchash uchun ishlatiladi, ikkinchisi gaz namligi uchun. O`lchov asbobiga o`rnatilgan modul analogdan raqamliga o'tkazishni amalga oshiradi va mikrokontroller tomonidan o'qiladigan raqamli signalni ta`minlab beradi.
Ko'pgina hollarda, DHT11 yoki DHT22 ikkita versiyada mavjud: metall kontaktli plastik korpus ko'rinishidagi yoki datchik sifatida elementlari bilan tayyor modul bo`yicha tuzilgan. Ikkinchi varianti haqiqiy tizimlarda ishlatish ancha oson va yangi boshlanuvchilar uchun tavsiya etiladi.
DHT11 datchigi
Iste'mol toki - 2,5 mA (ma'lumotlarni o`zgartirishning maksimal qiymati);
20% dan 80% gacha bo'lgan namlikni o'lchaydi. Xatolik 5% gacha bo'lishi mumkin;
U haroratni 0 dan 50 C darajagacha (aniqlik 2%) o'lchashda qo'llaniladi.
Gabarit o'lchamlari: uzunligi 15,5 mm; kengligi 12 mm; 5,5 mm balandlikda;
Elektr ta'minoti - 3 dan 5 voltgacha;
Vaqt birligi uchun bitta o'lchov (sekund). Ya'ni, chastota 1 Hz;
4 ta ulagich konnektori bor. Oraliq masofa masofa 0,1.

8.1-rasm. DHT11 va DHT22 namlik va haroratni o`lchovchi asbob

DHT22 datchigi


Elektr ta'minoti - 3 dan 5 voltgacha;
O`zgartirish paytida maksimal tok - 2,5 mA;
0% dan 100% gacha bo'lgan namlikni o'lchashga mo`ljallangan. O'lchov aniqligi 2% dan 5% gacha;
O'lchanayotgan harorat – minimal “-40”, maksimal – “125” daraja Selsiyni tashkil etadi. (o'lchov aniqligi - 0,5);
Qurilma 2 soniyada bitta o'lchovni amalga oshirish imkoniyati bor. Chastotasi 0,5 Hz gacha;
Gabarit o'lchamlari: uzunligi 15,1 mm; kengligi 25 mm; 5,5 mm balandlikda;
4 ta ulagich mavjud. Oraliq masofa - 0,1.
Arduino UNO kontrollerida DHT11 harorat va namlik datchik ishlatilganda, qurilma DHT22 ga qaraganda kamroq aniq qiymatlarni beradi. Analog o'lchangan qiymatlarning kattaroq diapazoniga ega, ammo narx mos keladi. DHT22 harorat va namlik datchigi, uning analogi kabi, bitta raqamli chiqishga ega, shuning uchun siz har 1-2 soniyada bir martadan ko'p bo'lmagan natijalarni olish mumkin.
DHT11ni o`lchov asbobini Arduino UNO kontrolleriga ulash.
DHT11 datchikni ulash uchun quyidagi qismlar kerak bo'ladi (4 ta metall kontaktli ko'k "panjara" plastik quti):
Arduino platasi (yoki mikrosekundlarda vaqtni qo'llab-quvvatlaydigan boshqa mikrokontroller);
Doska (maket breadboard);
10 kOm nominal qarshilik;
Rele va ijrochi mexanizmlar.
DHT11 datchigining kontaktlarining tavsifi:
Iste`mol manbai;
Ma'lumotlar chiqishi;
Ishlatilmaydi;
Yerga (GND).
Namlikni o`lchovchi asbob panjaraning yon tomonida va "oyoqlari" pastki qismida joylashgan bo'lsa, pinlar chapdan o'ngga raqamlangan. Datchikning to'g'ri ishlashi uchun signal chiqishi va quvvat manbai o'rtasida 10 kOm qarshilik ulangan bo'lishi kerak.

8.3-rasm. DHT11 namlik va haroratni o`lchovchi asbobni kontrollerga ulanish sxemasi.

Agar o`lchov asbobi tayyor sensor moduli bilan birga mahkamlangan bo'lsa, uni Arduino UNOga ulash juda soddalashtirilgan: VCC ni + 5V ga, GND ni yerga, uchinchi kontaktni Arduino platasidagi istalgan bo'sh pinga ulash mumkin. Keyin pin raqami tuzilgan dasturda ko'rsatilishi kerak. Shunday qilib, datchikni turli Arduino platalariga ulash mumkin: Uno, Arduino Mega, Arduino Nano, Pro Mini va boshqalar.


Sensor moduli quyidagicha ulanadi:


Download 1,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish