Andijon davlat universiteti umumiy pedagogika kafedrasi ijtimoiy pedagogika



Download 5,49 Mb.
bet2/210
Sana28.01.2023
Hajmi5,49 Mb.
#904432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210
Bog'liq
majmua 2022 yil Ijtimoiy ped

1.1-rasm. Bolaning jamiyatga chiqish chizmasi – sotsializatsiya (ijtimoiylashuvi)

Fan sifatida ijtimoiy pedagogika xususiyatlarini tushunish uchun u nimani o‘rganishini aniq ob’ekti va mavzui. Biz ularni bu yangi ilmiy soha ajralib chiqqan pedagogika bilan solishtirishda aniqlaymiz. Yodimizdaki, pedagogikani o‘rganish ob’ekti – bola, Mavzui ‘sa bola tarbiyasi va ta’limi qonuniyatlari hisoblanadi. Unda ijtimoiy pedagogika ob’ekti bo‘lib ham bola, uni o‘rganish mavzusi bola ijtimoiylashuvi (sotsializatsiyasi) hisoblanadi.




1.2-rasm. Ijtimoiy pedagogikaning pedagogika va sotsiologiya bilan o‘zaro ta’siri chizmasi
Ijtimoiy pedagogika fanining maqsadi va vazifasi- pedagogik sotsiologiya faning maqsadi jamiyatdagi har bir shaxsning hayotida uchraydigan ijtimoiy muammolarni bartaraf etish va hal qilishdan iborat. Ta’lim va tarbiya masalalari bilan shug’ullanish, keksalar, qariyalar, kasal va boquvchisini yo’qotganlar, mehribonlik uyida tarbiyalanayotgan bolalar holidan xabar olish. Shu jumladan foxishabozlik, narkomaniya va qonunbizarlikka qarshi ko’rashish. Bu illatlardan jamiyatni, ayniqsa kelajak avlodni himoya qilish zarur.
Ijtimoiy pedagogika faning vazifasi quyidagi 4 bosqichni o’z ichiga oladi.

      1. Bolani va o’smirni haqiqatgo’y qilib tarbiyalash va voyaga yetkazish;

      2. Shaxsning mustaqil fikrlay olishi, muammoga duch kelganida uni mustaqil ravishda hal qila olishi va o’z munosabatini bildirishi;

      3. Atrofdagi kishilar bilan erkin va madaniy holda muomala qilishni orgatish;

      4. Hayotdagi o’z oldiga qo’ygan maqsad va vazifalarini ongli ravishda tushunishga o’rgatish;

O’zbekistonda ijtimoiy pedagogikani tiklash va uni yangi bosqichga ko’tarish uchun xorijiy mamlakatlar tajribasini o’rganish, bu sohadagi ilmiy bilimlar va milliy tadbirlarni rivojlantirish bu jarayon davomida yo’zaga keladigan muammo va qiyinchiliklarni tahlil qilish ham katta ro’l o’ynaydi.
Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarining rivojlanish tarixi juda yaqin. Eng avvalo, ularni odamlarga alohida g’amshurlik va e’tibor talab etadigan madaniy- tarixiy anana birlashtirib turadi. Ijtimoiy pedagogika va ijtimoiy ishlarda raxm- shavkat, «hayriya», «yordam» kabi tushunchalar juda ko’p ishlatiladi. Ammo ularning aniq ifodalangan o’ziga xos jihatlari ham bor, mamlakatimizning dastlabki rivojlanish bosqichida ular rasman tan olingan institut sifatida namayon bo’ldi, masalan, ijtimoiy ishlar aholini ijtimoiy himoyalash sohasida rivoj topdi, ijtimoiy pedagogika esa, yuqorida ta’kidlanganidek, ta’lim tizimida va yoshlar ishlari bo’yicha qo’mita muassasalarida rivojlandi. Ijtimoiy pedagogik va ijtimoiy xodimlar faoliyati asta-sekin kengayib, biri ikkinchisini to’ldira bordi. Ishlarini uzviy ravishda qilish, ya’ni ma’naviy-mafko’raviy, ma’rifiy faoliyatini pedagogika bilan birga olib borish uchun zarur haroit yaratish lozim. Bu ijtimoiy pedagogika sohasidagi yangi ijtimoiy buyurtma bo’lib, tadqiqot ishlarini yo’lga qo’yishda haqiqiy jo’shqinlik kasb etadi.
Ko’pgina mustaqil fanlarning birlashib bir obektni har xil nuqtai nazardan o’rganganda integratsiya muammosi ko’zatiladi. Masalan, pedagogikaning boshqa fanlar bilan tiknashishi natijasida yana mustaqil fanlar yo’zaga keldi. Falsafa bilan ta’lim falsafasi, sotsiologiya bilan ta’lim va tarbiya sotsiologiyasi, psixologiya bilan pedagogik psixologiya.
Ijtimoiy pedagogika pedagogikadan ajralib chiqdi. Uning kuzatuv markazida pedagogikada o’rganladigan barcha jarayonlar namoyon bo’ladi.
Ijtimoiy pedagogika alohida fan va amaliy faoliyat sohasi sifatida bolaning ijtimoiy muhitda rivojlanishi (sotsiumda rivojlanishi) bilan shug’ullanadi.
Sobiq Sho’ro’lar davrida ijtimoiy pedagogika tushunchasi deyarli qo’llanilmadi. Ijtimoiy pedagogikani ijtimoiy falsafada inson, muhit va tarbiya, shaxsning shakllanishi, o’qitish, insonning tug’ilganidan to umrining oxirigacha faqat tashqi omillar ta’sirida bo’ladi deb tushintiriladi.
Ijtimoiy pedagogika tarbiyalash jarayonini, shaxs sotsialogiyasin amaliy va nazariy tomonidan ko’rib chiqadi. U inson xulq-atvorining tashqi muxit ta’sirida o’zgarishini yoki mos kelishini o’rgatadi, bu shaxsni ijtimoiylashtirish deyiladi.
Hozirgi davrda ijtimoiy pedagogika - «bu barcha yoshdagi va ijtimoiy tabaqadagi odamlarni, maxsus Ushbu maqsad uchun tashkil qilingan muassasalarda ijtimoiy tarbiyalashni o’rganadigan pedagogikaning sohasi hisoblanadi» (A.V.Mudrik).
V.D. Semyonov ta’kidlashicha, «ijtimoiy pedagogika yoki muxit pedagogikasi yondosh fanlarning ilmiy yutuqlarini o’zaro bog’laydigan va ularni ijtimoiy tarbiya amaliyotida foydalanadigan ilm sohasi hisoblanadi».
Ijtimoiy pedagogika yosh davrlar pedagogikasi, pedagogika tarixi, ijtimoiy falsafa, ijtimoiy psixologiya fanlari bilan chambarchas ravishda rivoj topmoqda.
«Ijtimoiy pedagogika» talim sotsialogisi, tarbiya sotsialogiyasi va hozirgi davrdagi jamiyatdagi tarbiyaning o’ziga xos xususiyatlarini o’rganishni o’z ichiga oladi.
Ho’zirgi davr ijtimoiy pedagogikasi, insonparvarlik, bolalarga bo’lgan talab va hurmatning birligi, ya’ni birga ishlashish bo’lib hisoblanadi. Shaxsga yordam berish, zo’ravonliklarni oldini olish ijtimoiy pedagogikaning asoslaridan biri hisoblanadi.
Bola rivojlanishi haqida tushuncha- Inson rivojlanishi – juda murakkab jarayon. U tashqi ta’sirlar hamda ichki kuchlar ta’sirida sodir bo‘ladi. Tashqi omillarga insonni o‘rab turgan tabiiy va ijtimoiy muhit, shuningdek bolalarda muayyan xislatlarni shakllantirish bo‘yicha maqsadga yo‘naltirilgan faoliyat kiradi. Ichki omillarga ‘sa biologik, irsiy omillar kiradi.
Rivojlanish jarayonida bola faoliyatning har xil turlariga jalb qilinadi (o‘yin, mehnat, o‘quv, sport va b) va muloqotga kiradi (ota-ona, tengdoshlar, begona kishilar va b. bilan). Bunda u o‘ziga xos bo‘lgan faollikni namoyon ‘tadi. Bu muayyan bir ijtimoiy tajribani ‘gallashga yordam beradi.
Bola rivojlanishining har bir davri uchun faoliyat turlaridan biri asosiysi, etakchisi bo‘ladi. Bir tur boshqasi bilan almashtiriladi, biroq har bir faoliyatning yangi turi oldingisining ichida yuzaga keladi.
Bola tug‘ilishidan boshlab normal rivojlanishi uchun muloqot muhim ahamiyatga ega. Faqatgina muloqot jarayonida bola inson nutqini o‘zlashtirib olishi mumkin. Bu o‘z navbatida bola faoliyatida va atrof-muhitni bilish va o‘zlashtirishda etakchi vazifani bajaradi.
SHaxs rivojlanishi harakatlantiruvchi kuchlari bo‘lib bola ehtiyoji va uni qoniqtirish imkoniyati o‘rtasida yuzaga keladigan qarama-qarshiliklar hisoblanadi.
Insondagi biologik va ijtimoiy omillar – bu bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan ikki parallel chiziqlar emas. Har bir shaxsda ular shunday chambarchas qo‘shilib ketadiki, ularning farqlari shunday turli-tumanki, tadqiqotchilar bola rivojlanishi asosida ikki o‘ta muhim bo‘lgan omilni irsiyat va muhitni ajratadi. Ular (irsiyat va muhit) inson rivojlanishi manbalari va shartlari hisoblanadi.

Download 5,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   210




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish