Andijon mashinasozlik instituti «avtomatika va elektrotexnika» fakulteti «axborot texnologiy



Download 21,45 Mb.
bet11/201
Sana31.12.2021
Hajmi21,45 Mb.
#209604
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   201
Bog'liq
КТТ

6.Kesh xotira vazifalari.

Kompyuterning asosiy xotirasi o’z ichiga vaqtincha operativ xotira xamda doimiy xotirani oladi. Operativ eslab qoluvchi qurilma yoki operativ xotira kompyuterda ishlashda informatsiyani saqlovchi asosiy vositadir. Kompyuterda qayta ishlanishi lozim bo’lgan xar qanday ma’lumotlar avvalo operativ xotiraga joylangan bo’lishi kerak. Operativ xotirada oraliq va yakuniy natijalar xam saqlanadi. Bundan tashqari, barcha ish bajaruvchi dasturlar operativ xotirada joylashgan bo’ladi. Kompyuter ishini tezligi operativ xotira tezligi bilan to’g’ridan to’g’ri bog’liq, yani bunda informatsiyaning vaqtinchalik xotirada protsessorga joylanishi va aksincha protsessordan operativ xotiraga qayta joylanishi nazarda tutiladi. Shuning uchun operativ xotira tezligini orttirish kompyuterlar ishlab chiqarish sanoatida asosiy yo’nalishlardan biri xisoblanadi. Operativ xotira shunday yaratilganki, elektr manbasi uzilganda undagi barcha ma’lumotlar avtomatik tarzda o’chirilib ketadi. O’chik xolda turgan kompyuterda informatsiya tashqi magnit tashuvchilarda saqlanadi, kompyuter yoqilganida esa ma’lumotlar bu tashqi magnit tashuvchilaridan operativ xotiraga qayta yozilishi mumkin.

Kesh xotira qurilmasi kompyuter ishga tushirilgandagi boshlang’ich dasturni xamda bir qator yordamchi operatsion tizim dasturlarini o’z ichiga oladi. Xususan, doimiy xotirada kiritish-chiqarish bazaviy dasturlar saqlanadi.

Kesh xotira bir necha blokdan iborat bo’lishi mumkin. OX integral sxemadan iborat, bu sxema triggerlar davomiyligiga ekvivalentdir. Trigger - bu shunday qurilmaki, u ikki xolatdan birida bo’lishi mumkin: bir yoki nol.

Kesh xotira xam integral sxema, ammo unda dasturlar bog’lanishlar bilan shifrlanadi, elektrik potentsiallar bilan emas.

7.Boshqa turdagi hisoblash sistemalari bilan bog’lanish imkoniyatlari

Hozirgi paytga kelib kompyuterlar tizimlari va tarmoqlari – axborot-hisoblash tizimlari sifatida ishlatilib, boshqa turdagi hisoblash sistemalari bilan bog’lanish imkoniyatlari ma’lumotlarni o’lchash, yig’ish, saqlash, qo’llash va jarayonlarni boshqarish vazifalari uchun qo’llanilmoqda. Shuning uchun mikroprotsessorni axborot tizimlari terminlarini si­nonim terminlar deb hisoblab ma’ruzalarni davom ettiramiz.

Kompyuter tizimi axborot almashinish-hisoblash jarayonlarini amalga oshirish uchun tashkil qilingan, tarkibida bitta yoki bir nechta kompyuterlari yoki protsessorlari bo’lgan, hamda o’zining programma ta’minoti va tashqi qurilmalari bo’lgan bir tizimdir.

Bitta kompyuterli kompyuter tizimiga misol qilib axborotlarni tele­ishlash tizimini keltirish mumkin. Aslida esa kompyuter tizimlari va tarmoqlari de­ganda, ko’p mashinali va ko’p protsessorli hisoblash tizimlarining variant­lari tushunilgan. Hozirda bunday tizimlar – superkompyuterlar deb ata­ladi.

Avvalgi kompyuter tizimlari va tarmoqlari asosan hisoblash amallarini parallel ba­jarish yo’li bilan tezkorlik va ishonchlilik kabi ko’rsatgichlarni yaxshilash maqsadida qurilgan.

Hozirda keng qo’llanilayotgan kompyuter tizimlari va tarmoqlari uchun esa – foydala­nuvchilarga har-xil ko’rinishdagi axborotni yig’ish, saqlash va kerakli joyga yetkazib berish xizmatlarini yaxshilash va uning sifatini oshirish hisoblanadi. Bu yerda keng qo’llanilayotgan kompyuter tizimlari va tarmoqlari deganda ko’pchilik foydalanuvchilar bevosita muloqot qiladigan quyi qatlamda joy­lashgan kompyuter tizimlari va tarmoqlari nazarda tutilmoqda. Yuqori qatlamdagi kompyuter tizimlari va tarmoqlari foydalanuvchilari bo’lib, alohida olingan foydalanuv­chilar emas, balki operatorlar, administratorlar va shularga o’xshash tizim yoki tarmoqning normal ishlashini ta’minlab turuvchi foydalanuvchilar tu­shiniladi. Bular qatoriga tarmoqlarning birlashgan joylaridagi, ya’ni tu­gunlaridagi superkompyuterlarning ishini nazorat qilib turuvchilar ham kiradi. Xozirda hisoblashlar tezkorligini va tizimning ishonchliligini oshirish esa ko’p protsessorli kompyuter tizimlari va tarmoqlari hisoblangan anna shu superkompyuterlar uchun muhim vazifalar qatoriga kiradi.

8.Funktsiyalar orasidagi aloqalar tiplari.

Kompyuter tizimlarida funktsiyalar orasidagi aloqalar tiplari jamiyatni axborotlashtirishning eng asosiy mezoni axborot tuzilmalarini yaratish xisoblanadi. Kompyuter tizimlari va tarmoqlari axborot tuzilmalarining funktsiyalari orasidagi aloqalarni o’zaro bog’lovchi asos hisoblanadi. Aytish mumkinki superkompyuterlarning funktsiyalari orasidagi aloqalarning tiplari bu mashinalarning yig’indisi bo’lib, operatsion tizim dasturiy taminoti foydalanuvchi va dasturiy qo’llanmalarning umumiy "bir butunligini" tashkil etadi. Super kompyuterlarning meynfreymlardan asosiy sifat farqi, markaziy protsessor tizimidir. U parallel xisoblashlarni amalga oshirishga mo’ljallangan. Meynfreymda bir necha protsessor qamrab oladi, biroq ular xar biri o’z fukitsiyasini bajaradi. Super kompyuterning protsessori bir vaqtning o’zida turli protsessorlar bilan amalga oshirish mumkin bo’lgan xisoblashlarni beradi va shu yo’l bilan bir necha barobarga vaqtni qisqartiradi. Bunday parallel xisoblashlarni amalga oshirish texnik va matematik jixatdan o’ta murakkabdir. Bunga erishish uchun yangi texnologik yechimlarni va yangi operatsion tizimlarni yaratish va yangi dasturlash tillarini yaratish va bir qator matematik muammolarni hal etishga to’g’ri keldi. Super kompyuterlarning imkoniyatlari murakkab ilmiy xisoblashlar soxasi bo’lgan koinot tadqiqotlari, aviatsion texnologiyalarida va super katta baza ma’lumotlariga xizmat ko’rsatishda o’z yechimini topdi.


Download 21,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish