Andijon mashinasozlik instituti «avtomatika va elektrotexnika» fakulteti «axborot texnologiy



Download 21,45 Mb.
bet99/201
Sana31.12.2021
Hajmi21,45 Mb.
#209604
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   201
Bog'liq
КТТ

Laboratoriya mashg’uloti №8

Mavzu: IP – adreslanish sxemasini loyixalash va qo’llash. Statik NAT ni sozlash va tekshirish.

Ishning maqsadi: IP – adreslanish sxemasini loyixalash va qo’llash. Statik NAT ni sozlash va tekshirishni o’rganish.

Topshiriq

Nazariy qismni o’rganish.

IP – adreslanish sxemasini loyixalashni o’rganish

Statik NAT ni sozlash va tekshirishni o’rganish

Berilgan ish bo’yicha hisobot tayyorlash



Tashkiliy tuzilma tarmoqning yaxlit tashkil qilinishini, ya`ni uning vazifalari, elementlarning asosiy xususiyatlari va aloxida tizim osti axborot tarmoq segmentlari sifatida qo`llaniladigan unsurlarning tuzilma komponentlariga birlashtirishning kompozitsion tamoyillarini aks ettiradi. Tarmoq elementlari, ularning vazifalari va xususiyatlari. Umumiy xolda xar qanday tarmoqning elementlari punktlar va ularni bog`lovchi liniyalar xisoblanadilar. Tarmoq punktlari oxirgi va tugun punktlarga bo`linadi. Oxirgi punktlarda (OP) (endpoints) tarmoqning terminal uskunalari xamda OP funktsional vazifalarini belgilovchi axborot resurslari va ishchi tizimlar joylashadi. Masalan, OP tarmoqqa,telekommunikatsion xizmatlarga kirishni ta`minlash yoki tarmoqning turli segmentlarini birlashtirish uchun ishlatiladi. Yuqoridagi ikkita xolatda OP kirish tuguni (access node) deb ataladi. Foydalanuvchilarning tarmoqqa kirishida, muvofiq OP terminal qurilmasi foydalanuvchi vazifasiga ko`ra, axborot kiritish-chiqarish xamda axborotni qayta ishlash funktsiyasini bajaradi. 11 Telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish uchun foydalanuvchining tarmoqqa kirish imkonini beruvchi punkt-xizmat tuguni (service node) deb yuritiladi. Ularda foydalanuvchilar kirishi uchun abonent-tarmoq interfeyslari (User Network Interface, UNI) va tarmoq bilan o`zaro bog`lanish uchun xizmat tuguni interfeysi (Service Node Interface) amalga oshirilgan. Turli segmentlarni birlashtiruvchi OP da chegara kommutator, kiritishchiqarish mul`tipleksori yoki turli telekommunikatsion texnologiyalar tarmoqlarini birlashtirishda tarmoqlararo o`zgartirgich (shlyuz) vazifasini bajaruvchi maxsus uskunalar o`rnatilishi mumkin. Tugun punkti (node point) yoki tarmoq tuguni (node) bu ikki va undan ortiq aloqa liniyalari birlashgan punkt va ushbu punkt ma`lumotlar oqimi yo`lida oraliq punktdir. Tarmoq tugunida bir paytda yoki xar xil paytda turli vazifalar amalga oshiriladi, ulardan asosiysi kommutatsiya, kontsentratsiya, mul`tipleksorlash va marshrutizatsiyadir. Kommutatsiya (switching)-marshrutizatsiya sxemasiga muvofiq tarmoqda axborot oqimlarini taqsimlashda tugunda birlashadigan liniyalar o`rtasida aloqa o`rnatish jarayoni. Kommutatsiya operativ (aloqa seansi mobaynida) va uzoq muddatli (krossli), ya`ni tugunda birlashadigan liniyalarni krosslash yo`li bilan amalga oshiriladigan bo`ladi. Kontsentratsiya (concentration)-liniyaning samarali yuklanishini ta`minlash maqsadida quvvatli chiqish oqimiga erishish uchun bir necha kirish axborot oqimlarini birlashtirishdir. Mul`tipleksorlash (multiptxing)-liniyaning o`tkazish qobiliyati resursning ma`lum qismini axborot oqimining xar biriga berish yo`li bilan bitta liniyadan bir necha axborot oqimlarini uzatishni ta`minlab beradi. O`rnatilgan bu taqsimlash uzatilayotgan axborot yo`qligida xam saqlanib qoladi, ya`ni bu erda kontsentratsiya vazifasi mavjud emas. 12 Marshrutizatsiya (routing)-adres axborot va marshrutlar trassasi jadvali asosida tarmoqning ikki punkti o`rtasida yo`l qidirish jarayoni. Aloqa liniyalari signal shaklida axborot oqimlarini uzatishni ta`minlab beradi va umumiy xolatda signal tarqatish muxitini va uni taqsimlash rejimida ishlatishga imkoniyat beruvchi uskunalar majmuasini o`z ichiga oluvchi qurilmalardir. Fizikaviy muxit juft mis simlar, optik tola,efir bo`lishi mumkin. Muxit turiga bog`liq ravishda aloqa liniyalari simli va simsizga ajratiladi. Simli liniyalarga signal sun`iy tashkil qilingan yo`naltiruvchi muxitda tarqaladigan, masalan, ximoyalangan qobiqqa ega simlar(kabel` aloqa liniyalari) kiradi. Kabel` aloqa liniyalarida uzoq masofani ta`minlash maqsadida, ma`lum intervalda kuchaytirgich punktlari tashkil qilinadi. Optik tolali aloqa liniyalari xam simli xisoblanadi, ularda tarqalish muxiti sifatida dielektrik material, xususan, yupqa shisha tolalar ishlatiladi. Ularning afzalligi konstruktsiyasida defitsit bo`lgan mis, alyuminiy, qo`rg`oshinning yo`qligidir. Tarmoq tuzilmasi komponentlari. Tarmoq elementlari birlashishning nisbatan mustaqil tuzilma komponentlarga –tarmoq segmentlariga-birlashishi tamoyillari odatda segment miqyosi, uning bajarayotgan vazifasi, ishlatilayotgan telekommunikatsion texnologiyasi bo`yicha tasniflanadi. Tarmoqni segmentatsiyalashning asosiy vazifasi segment ichidagi oqim ulushini maksimallashtirish va segmentlar orasidagi oqimlar ulushini kamaytirishdir.

Windows operatsion tizimida tarmoq sozlamalarini o’rnatish Kompyuterlarning o‘zaro axborot almashinish imkoniyatlarini beruvchi qurilmalar majmuiga kompyuter tarmoqlari deyiladi. Tarmoqning asosiy imkoniyatlari tarmoqqa ulangan kompyuterlar va axborot ashyolariga bog‘liq bo‘ladi. Axborot ashyolari deganda arxiv, kutubxona, fondlar, ma’lumotlar ombori va boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar yig‘indisi tushuniladi. Tarmoqdagi kompyuterlarda saqlanayotgan axborot ashyolariga ushbu tarmoqqa ulangan boshqa kompyuterlar yordamida kirish mumkin. Windows operatsion tizimida tarmoq sozlamalarini o’rnatish quyidagi ketma-ketlik asosida amalga oshiriladi:

1. Windows operatsion tizimi ishga tushiriladi

2.Kompyuter bo’limiga o’tilib, u yerda СЕТ tugmasi bosiladi



3 . Hosil bo’lgan oynada ” ИЗМЕНЕНИЕ ПАРАМЕТРОВ АДАПТЕРА “ tugmasi bosiladi





IP adreslar IP adres o‘zi nima?

Tarmoqdagi kompyuter (mashina)larni identifikatsiyalash yo‘li.Unikal identifikator IP adresdan foydalanish: Boshqa kompyuterga ulanishda foydalaniladi; Fayl hamda xabarlarni uzatishga ruxsat beradi. Tarmoqda ikki qurilma bir-biri bilan ma’lumot almashishi uchun maxsus adreslardan foydalanishadi. IP adres har bir qurilmaga internet tarmog‘iga ulanish uchun beriladigan maxsus 0 va 1 ketma-ketligidagi manzil. IP adreslar oktetlardan tashkil topadi. IP adreslarning uzunligi uning turiga qarab 32 bit yoki 64 bit bo‘lishi mumkin. Har bir oktet 8 bitdan tashkil topgan. - IPv4 (internet protocol version 4) - IPv6 (internet protocol version 6). IP adres strukturasi IP adres 4 ta qismdan tashkil topgan; Har bir qism 8 bit uzunlikka ega (demak uning umumiy uzunligi 32 bit! ekan); Har bir qism 0-255 diapazonda bo‘ladi; Masalan,128.35.0.72 Ushbu 4 ta qismlar kompyuter va tarmoqning o‘zini tavsiflaydi; Xost qismi tarmoq administratori tomonidan o‘rnatiladi. IPv4 adres maydoni 2 32 yoki 4,294,967,296 IP-adres formatlari IPv4. IP-adres 4-versiyada 32-bitdan iborat. 4-versiya IP-adreslarini 0 dan 255 gacha bo‘lgan nuqtalar bilan ajratilgan 4 ta o‘nlik sonlar ko‘rinishida yozish qulay, masalan, 192.168.0.3. IPv4 32 bitli 4 oktetdan tashkil topgan maxsus adres. IPv4 ikki qismga bo‘linadi: chap qismi tarmoqni, o‘ng ismi tugun tugun (host) nomerini belgilaydi. Tarmoq va tugun qismlarini ajratib olish uchun tarmoq osti maskasi ishlatiladi. Uning uzunligi ham 32 bitdan iborat. Tarmoq osti maskasining vazifasi adresdagi tarmoq qismini ko‘rsatuvchi bitlar sonini aniqlashdir. YAna shuni ta’kidlash kerakki, avvalo sizning kompyuteringiz 127.0.0.1 adresga ega bo‘ladi (ya’ni, kompyuteringiz tarmoqqa ulanmagan va sizga IP-adres berilmagan holatda). IPv6. IP-adres 6-versiyada 128-bitdan iborat. Raqamlar ikki nuqta bilan ajratilgan (masalan, 2001:0db8:85a3:0000:0000:8a2e:0370:7334). Adres boshidagi nollarni tushirib qoldirish mumkin. Ketma-ket kelgan nollar guruhini tushirib qoldirish mumkin, ularning o‘rniga ikki ikki nuqta yoziladi (fe80:0:0:0:0:0:0:1 ni fe80::1 ko‘rinishida yozish mumkin). Adresda bunday o‘zgartirishni bir marta bajarish mumkin. IP-adres 32-bitli (IPv4) yoki 128-bitli (IPv6) ikkilik raqamidan iborat bo‘ladi. IP-adresni (IPv4) nuqtalar bilan ajratilgan to‘rtta o‘nlik raqamlar bilan yozish qulay, masalan, 192.168.0.1 (yoki 128.10.2.30 – adresning o‘nlik raqamlardagi ko‘rinishi, 10000000 00001010 00000010 00011110 – ikkilik raqamlardagi ko‘rinishi).

IP-adres adreslarning asosiy turi bo‘lib, uning asosida IP protokolining tarmoq sathi paketlarni tarmoq o‘rtasida uzatadi. IP-adres kompyuter va marshrutizatorlarni konfiguratsiyalash vaqtida administrator tomonidan belgilanadi.



A klassdagi IP adreslar juda katta tarmoqqa mo‘ljalllangan. Bunda faqatgina birinchi oktet tarmoq identifikatsiyasi uchun ishlatiladi. Qolgan 3 (uch) oktet tugunlarni belgilash uchun. Birinchi oktetdagi eng kichik va eng katta qiymatlar 0 va 127. 00000000.XXXXXXXX.XXXXXXXX.X**X..0.Y.Y.Y. 01111111.X**X.X***X.X***X 127.Y.Y.Y B klassdagi IP adreslar o‘rta kattalikdagi tarmoqlarda ishlatiladi. Bu holatda birinchi ikki oktet tarmoqni, qolgan ikii oktet tugunni identifikatsiyalaydi. Birinchi oktetning birinchi biti har doim 10 dan boshlanadi. Qolgan olti bit 1 va 0 raqamlarining istalgan kombinatsiyasidan tashkil topishi mumkin. O‘nlik sanoq tizimida eng kichik adres 128 dan boshlanib, eng katta chegarasi 191 da tugaydi: 10000000.X*X.X*X.X*X 128.Y.Y.Y 10111111.X*X.X*X.X*X 191.Y.Y.Y C klass IP adreslari eng ko‘p qo‘llaniluvchi adreslardan bo‘lib, kichik tarmoqlar uchun ajratilgan. Bu klass adresining birinchi okteti 110 dan boshlanadi. Oxirgi chegarasi 11011111, ya’ni 192 dan 223 gacha: 11000000.X*X.X*X.X*X 192.Y.Y.Y 11011111.X*X.X*X.X*X 223.Y.Y.Y

A klassdagi IP adreslar juda katta tarmoqqa mo‘ljalllangan. Bunda faqatgina birinchi oktet tarmoq identifikatsiyasi uchun ishlatiladi. Qolgan 3 (uch) oktet tugunlarni belgilash uchun. Birinchi oktetdagi eng kichik va eng katta qiymatlar 0 va 127. 00000000.XXXXXXXX.XXXXXXXX.X**X..0.Y.Y.Y. 01111111.X**X.X***X.X***X 127.Y.Y.Y B klassdagi IP adreslar o‘rta kattalikdagi tarmoqlarda ishlatiladi. Bu holatda birinchi ikki oktet tarmoqni, qolgan ikki oktet tugunni identifikatsiyalaydi. Birinchi oktetning birinchi biti har doim 10 dan boshlanadi. Qolgan olti bit 1 va 0 raqamlarining istalgan kombinatsiyasidan tashkil topishi mumkin. O‘nlik sanoq tizimida eng kichik adres 128 dan boshlanib, eng katta chegarasi 191 da tugaydi: 10000000.X*X.X*X.X*X 128.Y.Y.Y 10111111.X*X.X*X.X*X 191.Y.Y.Y C klass IP adreslari eng ko‘p qo‘llaniluvchi adreslardan bo‘lib, kichik tarmoqlar uchun ajratilgan. Bu klass adresining birinchi okteti 110 dan boshlanadi. Oxirgi chegarasi 11011111, ya’ni 192 dan 223 gacha: 11000000.X*X.X*X.X*X 192.Y.Y.Y 11011111.X*X.X*X.X*X 223.Y.Y.Y


Download 21,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish