Andijon viloyati, Izboskan tumani tinchlik mfy hududining aero-ortofotoplanini tuzish



Download 15,08 Mb.
bet1/4
Sana23.04.2022
Hajmi15,08 Mb.
#576996
  1   2   3   4
Bog'liq
2 5407082019974812981



Mavzu:” Andijon viloyati, Izboskan tumani tinchlik MFY hududining aero-ortofotoplanini tuzish ”
Mundarija.
Kirish……………………………………………………………..2

Kurs ishing asosiy maqsad va vazifasi………………………5

O’rganilayotgan hudud to‘g‘risida ma’lumot……………..7

Kurs ishing asosiy hisob kitob qismi………………………..10

Xulosa……………………………………………………………20

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati…………………………..21
1. Kirish.
Bugungi kunga kelib geoaxborot tizimlari haydovchilarga, piyodalarga sun’iy yoʻldoshlar bilan aloqa qilgan holda geofazoviy ma’lumotlar oʻrni toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni qayta ishlash orqali turli marshrutlarni navigatsiya qilishda, eng yaqin, eng qulay yoʻllarni izlab topishda qulaylik tugʻdirmoqda. Bir qarashda oddiy uyali telefonimiz orqali bunday ma’lumotlarni kartada bemalol olishimiz oson koʻrinadi, ammo bu qulaylik ortida geoaxborot tizimi qonunqoidalarini toʻgʻri qoʻllash kabi ishlar koʻlami yotadi. Albatta, bunday ulkan miqyosdagi ishni bajarish uchun, avvalambor, ishonchli ma’lumotlar, tajribali mutaxassislar, har xil texnologiyalar va ularni tasvirlash uchun juda koʻp miqdorda qogʻoz mahsulotlari talab etiladi. Bundan tashqari, bu ishni amalga oshirish uchun juda koʻp vaqt kerak boʻladi. Bu ishlarni bir tizimga solish va tahlil qilish uchun esa avtomatlashgan tizim zarur. Bunday tizimning kerakligini his qilgan davlatlardan birinchisi Kanada boʻlib, Kanada atrof-muhitni rivojlantirish vazirligi tomonidan oʻsha paytda geoaxborot tizimi tushunchasi kiritildi, keyinchalik esa kompyuter texnologiyalari takomillashuvi bilan chambarchas bogʻliq holda geoaxborot tizimini rivojlantirish davom ettirib kelinmoqda. Yuqorida keltirilgan ishni soddalashtirish, mutaxassislar ishtirokini kamaytirish, vaqtdan yutish va albatta kamxarajat sarf qilish uchun bizga zamonaviy kompyuter dasturlari va texnologiyalari yordamida avtomatlashgan tizim – Geografik Axborot Tizimi zarur boʻladi. Geoaxborot tizimining asosiy vazifalari – bu fazoviy ma’lumotlarni yigʻish va qayta ishlash orqali avtomatlashgan raqamli ma’lumotlar bazasini yaratish, uni kelgusida tahlil qilish va bosmaga chiqarish uchun saqlashdan iborat. Geoaxborot tizimining vazifasini faqatgina kompyuter orqali raqamli karta ishlab chiqarish deb tushunish toʻgʻri emas, chunki ushbu tizim orqali olingan ma’lumotlar tahlil etilib, muhim qarorlar qabul qilishda ham qoʻllaniladi. Bu tizim bizga an’anaviy usulda yaratiladigan jadval ma’lumotlardan farqli ravishda ma’lumotlar soʻrovi, turli qatlamlarni birlashtirish kabi operatsiyalarni bajarish imkonini beradi
Geografik axborot tizimi yoki geoaxborot tizimiga olimlar turlicha ta’rif berishgan. Masalan, J.Berri shunday ta’rif beradi: “Geografik axborot tizimi – bu
ma’lumotlarni boshqarish, kartografik tasvirlash va tahlil qilish uchun yaratilgan ichki pozitsiyalashgan fazoviy axborot tizimidir”. Bu ta’rif unchalik toʻliq emas, chunki unda inson axborot tizimining muhim bir elementi sifatida koʻrsatilmagan, vaholanki, inson barcha axborot tizimida mutaxassis, kuzatuvchi va tahlilchi sifatida muhim rol oʻynaydi. Demak, insonning bevosita qatnashuvi GATda muhim rol oʻynaydi va quyida K.Chang tomonidan berilgan ta’rifni toʻliq va tushunish uchun osonroq deyishimizga asosimiz bor, ya’ni: “Geografik axborot tizimi – bu geofazoviy ma’lumotlarni toʻplash, saqlash, izlash, tahlil qilish va tasvirlashga moʻljallangan kompyuter tizimidir”. Yuqoridagi ta’rifga yanada soddaroq koʻrinish beradigan boʻlsak, unda geoaxborot tizimi bu dasturiy apparat va inson faoliyatining geografik ma’lumotlarni saqlash, boshqarish va tasvirlashga moʻljallangan kompleks tizimdir, degan xulosa kelib chiqishi mumkin. Keltirilgan fikrlarni umumlashtirgan holda quyida eng aniq ta’rifni bersak boʻladi: “Geoaxborot tizimi – bu asosiy vazifalari tabiat va jamiyat hodisalarining geofazoviy ma’lumotlarini maxsus vositalar yordamida toʻplash, saqlash, boshqarish, tahlil qilish, modellashtirish va tasvirlashdan iborat boʻlgan mutaxassis va tahlilchilar boshqaruvi ostidagi umumlashgan dasturiy tizimdir”. Geoaxborot tizimiga yana turlicha ta’riflar keltirish, u haqidagi muhokamalarni davom ettirish mumkin, biroq barcha ta’riflarning zamirida yuqorida keltirilgan asosiy ma’no yotadi. Shuning uchun keltirilgan ta’rifni bosh ta’rif deb qabul qilish mumkin. Yuqorida berilgan ta’rifdagi fazoviy-geografik ma’lumotlar turkumi deganda barcha yer toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, jumladan koordinatalarni, yer uchastkalari chegaralarini, ular joylashgan joy to’g’risidagi ma’lumotlarni, joyning huquqiy va iqtisodiy ma’lumotlarini hamda ko’plab muhim bo’lgan fazoviy ma’lumotlarni tushunish lozim. Hozirgi kunda axborot tizimining ushbu boʻlimi jadal sur’atlar bilan oʻsib borishi natijasida u nafaqat texnik sohalarda, balki hayotimizning turli ijtimoiy sohalarida ham qoʻllanilib kelmoqda.
GATning qoʻllanilish sohalari keng boʻlib, u turli holatlarda, jumladan sogʻliqni saqlashda yangi klinika va shifoxonalarni geografik jihatdan mos va aholiga qulay qilib joylashtirish jarayonida, yuk tashish bilan shugʻullanadigan korxonalar uchun yoʻl marshrutlari va jadvallarini tuzish hamda aniqlashda, avtomobil yoʻllarini quruvchi korxonalarga yangi trassa va yoʻllarni loyihalashda eng maqbul variantni tanlash paytida, shuningdek, davlat fondidagi yerlarni toʻgʻri va oqilona hisoblashda, fermerlar uchun yangi yerlarni oʻzlashtirishda, yerlarninig holatini aniqlash va ular toʻgʻrisida yetarli ma’lumot olishda juda qoʻl keladi. Bugungi kunga kelib geoaxborot tizimlari haydovchilarga, piyodalarga sun’iy yoʻldoshlar bilan aloqa qilgan holda geofazoviy ma’lumotlar oʻrni toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni qayta ishlash orqali turli marshrutlarni navigatsiya qilishda, eng yaqin, eng qulay yoʻllarni izlab topishda qulaylik tugʻdirmoqda. Hoziigi vaqtda kosmik s'yomka mate- riallaridan foydalanish keng tarqalgan. Kosmik s'yomka mate - riallardan o‘rganilayotgan obyekt to‘g‘risida operativ ma'lumotlar olish va maxsus kartografiyani tuzishda qo'llaniladi. «Fotog- rammetriya* fani obyekt to‘g‘risidagi ma'lumotni aerosuratda tasvirlangan obyektni formasi, o'lchami, joylashishiga qarab aniqlaydi.
Aeros'yomka aerosurat materiallarini ishlab chiqish metodi va hosil qilinadigan mahsulot turiga qarab uch turga boladi: Konturli aeros'yomka. Bunda suratga olinadigan maydon bo‘yicha o'zaro parallel bo'lgan marshrutlar tanlanadi. Ushbu s'yomkada ma’lum vaqt oralig‘ida aerosuratlarni bir-birini qoplashi va belgilangan qoplanish foizidan oshmasligi hisobga olinadi. Hosil bo‘lgan aerosurat fotografik plan hisoblanmaydi. Bunga sabab suratni deformatsiyasi, qiya uchish va joy relyefi va boshqa omillar ta'sir qiladi.
Fotoplan hosil qilish uchun aerosuratlar bir xil masshtabga keltiriladi ya’ni transformatsiyalanadi. Agar aerofotoapparatning optik o‘qi buyurilgan yo‘nalishda 3’dan oshsa perespektivali aeros'yomka deyiladi.
Kartografik maqsadlarda asosan planli aeros'yomka amalga oshiriladi. Aeros’yomka ko‘p marshrutli, marshrutli va yakka marshrutli bo‘ladi.


Download 15,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish