Antropologiya va etnologiya



Download 106,87 Kb.
Sana16.03.2022
Hajmi106,87 Kb.
#494120
Bog'liq
yanvar


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
TA`LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI
O‘ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI
TARIX FAKULTETI “ANTROPOLOGIYA VA ETNOLOGIYA” KAFEDRASI


70230501”-Etnografiya, Etnologiya va Antropologiya mutaxassisligi


I bosqich magistranti Ergasheva Bahridil G`olibjonovnaning


o‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, pedagogik amaliyot va magistrlik


dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha


2020-2021-o‘quv yilining yanvar oyida qilgan ishlari


HISOBOTI
TOSHKENT-2021

  1. O‘quv metodik ishlar

2021 – 2022 – o‘quv yilining birinchi yarmida o‘zlashtirilayotgan fanlar:


  1. Ilmiy tadqiqot metodologiyasi

  2. Tarixiy rekonstruksiya masalalari

  3. Paleoekologiya va sivilizatsiya dinamikasi

  4. Madaniy antropologiya




  1. Ilmiy-tadqiqot ishlari

Ilmiy tadqiqot ishlari yuzasidan dala tadqiqoti uchun Andijon viloyatiga tashrif buyurib, Andijon Davlat Universtiteti sirtqi bo’lim talabalari va shahar aholisidan 150 dan ziyod so’rovnoma olishga muaffaq bo’ldim. So’rovnoma natijasini ilova qilaman(1-ilova) Kino-foto arxividan mavzu yuzasidan foto arxiv bilan tanishdim. O’zim uchun kerakli ma’lumotlarni yig’ib , taxlil qilyapman.

  1. Ilmiy-pedagogik ishlar

Kafedramiz mudiri PhD Bababekov A.D raxbarligida ilmiy seminarlarida ishtirok etib, ilmiy tadqiqot ishlari qanday ketayotgani haqida ma’ruza qildim. Semestr uchun belgilangan seminar mashg’ulotlarida ishtirok etdim va barcha fanlardan yakuniy nazoratni a’lo baxolarga topshirdim.


III.Magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash bo‘yicha
qilingan ishlar


  1. Tadqiqotni o‘tkazishga tayyorgarlik

Ilmiy rahbarim t.f.d., professor Ashirov A.A nazorati ostida “Zamonaviy o’zbeklar turmush tarzida reklamaning o’rni va roli ” mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqdaman.
Xususan ilmiy raxbarim ko’magida “Reklamaning bolalar va o’smirlar hayotiga va fikrlashiga ta’siri” mavzusida ilmiy maqola ustida ish olib boryapman.

  1. Ilmiy-tadqiqot ishlarini rejalashtirish

Ilmiy rahbarim t.f.d., professor Ashirov A.A bilan ilmiy-tadqiqot bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlarning ketma-ketligini yanada boyituvchi chet el manbalariga e’tibor qaratdik. Ilmiy rahbarim va kafedra professor-o‘qituvchilari bilan magistrlik dissertatsiyasi mavzusi doirasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirilishi usullarini va tanlangan usullarni asoslash yuzasidan kelib chiqib ilmiy-tadqiqot ishimni amalga oshirmoqdaman. Magistrlik ilmiy ishimning asosiy rejalaridan biri bo’lgan, reklamaning tarixi haqida adabiyotlar bilan tanishib chiqdim. Ularni ingliz va rus tilidan tarjima qildim.

  1. Tadqiqotni amalga oshirish: materiallarni yig‘ish va tahlil qilish (yoki tajriba-sinovlarini o‘tkazish)

“Zamonaviy o’zbeklar turmush tarzida reklamaning o’rni va roli ” mavzusini yoritishda turli adabiyotlarni tanishib, kerakli boblarini tarjima qildim. Shahar va qishloq hududlarda joylashgan reklama va e’lonlarni o’rganib, axborotchilar bilan suxbatlashdim


Ilmiy rahbar t.f.d., professor Ashirov A.A
Magistratura talabasi Ergasheva B.G’


1-ilova

Dala tadqiqoti davomida reklama haqidagi turli savollar bilan axborotchilarga murojaat qilinganda 156 nafar so’rovnoma ishtirokchilarining asosan yosh doirasi 25-56 yoshni tashkil etib, shulardan 52% ayollar bo’lib, deyarli 80% ishtirokchi kuniga 2 soatdan ortiq televizor ko’rmasligini ma’lum qildi. Ularning kasbi turli xil bo’lib, asosan vaqti uydan tashqarida ya’ni ish joylarida o’tishi bunga asosiy sabab qilib ko’rsatildi. So’rovnoma ishtirokchilarining asosiy qismi 75% reklama deganda axborot manbaini nazarda tutishlarini, reklama e’lonlari orqali turli yangi ishlab chiqarilgan maxsulotlardan xabardor bo’lishini va shu tarafdan uning qulayligini bildirdilar. Ishtirokchilarning asosiy qismi 62% reklama e’lonlarida berilgan maxsulotlardan asosan uy jixozlari, xo’jalik maxsulotlari, asosan ayollar turli kosmetika vositalarni xarid qilishini bildirdi. Bunda ayniqsa ijtimoiy tarmoqlardagi e’lonlar qulay kelishini va maxsulotni sinab ko’rish istagini paydo qilishini ta’kidladilar. Misol uchun turli oshxona jixozlari bunda asosiy o’rinni egallaydi (75%) Pandemiya tufayli internet do’konlarning mavqei oshganligini kiyim-kechak borasidagi tanlovlarning deyarli 80% turli telegram guruxlari orqali amalga xabardor bo’lib, keyin xarid amalga oshirilayotganini buni isboti sifatida keltirishimiz mumkin. So’rovnomada ishtirok etgan ayolarning deyarli 90% qismi kiyim tanlashda shunday yo’l tutar ekan. Shunigdek ko’ngilochar maskanlar, turli tadbirlarni, konsertlar haqidagi ma’lumotlar ham aynan reklama e’lonlari orqali olishi 85% ni tashkil etgan bo’lsa, bular haqida tanish-bilish va qarindoshlari orqali xabar topishi 8% ni tashkil etdi. Bundan ko’rinib turibdiki, televideniya, radio, ijtimoiy tarmoqlar ma’lumot tarqatishda yetakchilik qilmoqda.


Shuni ta’kidlab o’tish kerakki, turli dori vositalarining reklamasi ishonchga sazovor emas va bu tomoshabinning g’ashiga tegishini 86% ishtirokchi ta’kidladi. Shuningdek reklama e’lonlaridagi mentalitetga yot bo’lgan g’oya, video lavxalar, kiyimlar, soch turmaklarini qattiq tanqid qildilar (70%). Ayniqsa til o’rgatish kurslarining juda qisqa muddat ichida tilni o’rgata olishga bergan va’dalariga ishonmasliklarini ham keltirib o’tdilar(55%)
Download 106,87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish