Arxeologiya mutaxassisligi



Download 90,5 Kb.
bet1/4
Sana23.07.2022
Hajmi90,5 Kb.
#845032
  1   2   3   4
Bog'liq
kulolchilik kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI


TARIX FAKULTETI

70220401 - ARXEOLOGIYA MUTAXASSISLIGI



«O’rta Osiyo kulolchiligi tarixi» FANIDAN

« Antik va o‘rta asrlar davri kulolchiligi »
MAVZUSIDAGI



Bajaruvchi: 1-bosqich magistranti M. Xudoyorov
Tekshirdi: J.Mirzaaxmedov


REJA:
KIRISH _________________________________________ 3-5-bet
ASOSIY QISM: _____________________________________ 5-13-bet
1. Sopol buyumlarining insoniyat tarixidagi o’rni
2. Antik davr spool buyumlarining o’ziga xosligi
3. O’rta asrlardagi spool buyumlarining yaratilishidagi texnikasi
XULOSA ______________________________________________ 14-15-bet


ADABIYOTLAR RO’YXATI ______________________________ 16-bet

Kirish.
Ma’lumki, Vatanimiz hududi kishilik tarixi rivojining ilk bosqichlarini o‘z ichiga oluvchi tosh davri jamoalari moddiy madaniyatiga oid yodgorliklarga juda boy. Bu yodgorliklar tadqiqotlari natijalari mamlakatimiz hududlari jahon miqyosida antropogenez jarayoni sodir bo‘lgan tarixiy mintaqalar jumlasiga kirganligi («Farg‘ona odami», 1 mln, 200 ming yil), tosh asri rivojlanish bosqichlari barchasiga (paleolit, mezolit, neolit) oid yodgorliklar mavjudligi va ular tadqiqotida qo‘lga kiritilgan manbalar shu zaminda jamoalar uzluksiz, avtoxton tarzda ketma-ket rivojlangan madaniyat sohibkorlari bo‘lishganligi kabi ibtidoiy davr tarixi dolzarb muammolari echimini berdi. Respublikamiz mustaqilligi sharofati bilan tosh davri jamoalari madaniyati yangi qirralarining yoritilishi, yodgorliklarni yangicha ilmiy qarashlar va yondoshuvlar asosida atroflicha o‘rganishga keng imkoniyatlar yaratildi. Arxeologik tadqiqotlarda jahonning etuk ilmiy markazlari bilan hamkorlik ishlari yo‘lga qo‘yildi. Prezidentimiz Islom Karimov «Davlatimiz, mamlakatimizning haqqoniy ilmiy tarixini yaratish keng jamoatchiligimiz uchun g‘oyat muhim va dolzarb masalaga aylanishi lozim» degan o‘gitlari tadqiqotlarimiz uchun dasturil amal bo‘ldi1. Tarixiy jarayonlarni obektiv va tarixiylik nuqtai - nazaridan, birlamchi manbalarga tayangan holda xolisona yoritib berish tarix fani oldida turgan muhim, ma’suliyatli vazifalardan biri bo‘lib qoldi.
Xususan, Vatanimiz sarhadlarida tosh asri va u davr jamoalari madaniyati tizimida neolit jamoalariga oid yodgorliklar tadqiqotida qo‘lga kiritilgan manbalarning davr madaniyati o‘ziga xos xususiyatlari, jamoalarning iqtisodiy xo‘jalik va madaniy kashfiyotlari, o‘zaro madaniy aloqalar, madaniyatlar kelib chiqish tarixiy ildizlarini idrok eta bilishda naqadar ahamiyatli ekanligi bugungi kun tarix fani oldida turgan dolzarb muammolardandir. Ushbu manbalar jumlasiga neolit davri sopol idishlari ham kiradi va biz quyidagi satrlarda kaltaminor jamoalari madaniyatiga tegishli sopol idishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bayonini keltirmoqchimiz.
Hunarmandchilik - qadimdan jamiyat taraqqiyotining asosiy omillaridan biri sifatida ishlab chiqaruvchi xo‘jalikda muhim o‘ringa ega bo‘lgan. Mamlakatimiz xalqlari qadimgi davrlardanoq turli hunarmandchilik sohalari bilan shug‘ullanib kelganlar, bu borada o‘z maktablari va an’analarini, uslub va yo‘nalishlarini yaratganlar. Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyo va unga qo‘shni hududlarda sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy o‘zgarishlar butun O‘rta Osiyoda, shu jumladan, Sug‘dda ham urbanizatsion jarayonlarning kuchayishiga olib keldi.
Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur davr arafasida O‘rta Osiyo o‘ziga xos siyosiy tarqoqlikni boshdan kechirib, o‘ndan ortiq mayda davlatchalarga bo‘linib ketgan edi1. YOzma manbalar Sug‘dda muayyan mulklarning shakllanganligini tasdiqlaydi, jumladan, Xitoy yilnomalarida Sug‘d hududida Kan, SHы, Mi, Xe, Nashebo, An kabi kichik mulk(hokimlik)lar mavjudligi hamda ularning boshqaruvidagi ma’lum bir o‘ziga xosliklar tilga olinadi2. Dastavval Eftaliylar so‘ngra Turkiy xoqonligi tobeligida bo‘lsa-da, ayrim hollarda bu kabi mulklarning yangi ma’muriy markazlari vujudga keldi. Bu esa bir butun madaniy vohalarning bo‘linib ketishiga sabab bo‘ldi. Albatta, bunday holatga ilk o‘rta asrlar arafasidagi migratsion jarayonlar ham katta ta’sir o‘tkazdi. Jumladan, Markaziy Osiyoning dasht hududlari(“Buyuk cho‘l”)da ekologik vaziyatning og‘irlashuvi3 hamda O‘rta Osiyo hududining turkiy sulolalar hukmronligi ta’siriga tortilishi natijasida milodiy III-IV asrlardan boshlab mintaqa, jumladan, Sug‘d hududiga ko‘chmanchi chorvador qabilalarning kirib kelishi kuzatiladi. Eftaliylar va ayniqsa, Turkiy xoqonligi davrida bu jarayon yanada kuchayadi.
Turkiyada eramizdan avvlgi VIII-VII ming yilliklarga oid Neolit davri CHatalguyuk madaniyati manzilgohlarini uchratish mumkin. Zamon madaniyatiga oid sopol idishlari turli maqsadlarga ishlatilgan bo‘lsa, CHatalguyuk sopol idishlari faqat g‘alla saqlaydigan xumlardan iborat bo‘lgan. CHatalguyuk axolisi ibtidoiy dexqonchilik bilan shug‘ullangan asosan g‘alla maxsulotlarining istimol qilganlar. Bu borada CHatalguyuk qishlog‘i xonadonlarining bosib ketgan sichqon, kalamushlardan aziyat chekib kemiruvchilarga qarshi turli vositalardan, qatma-qat taqir chil suvoqdan foydalangan va g‘allaning sopol xumlardan foydalanish qo‘llanilgan. SHu bilan birga CHatalguyuk manzilgohida o‘choqlar bo‘yida ko‘plab sopol buyumlar topilgan. Bularni suv qaynatish texnalogiyasida fodalanilgan.
Sopol qoldirlar o‘choqda obdon qizigach, ularni olib meshga solingan suv ichida tashlanadi. Bir necha bor qizdirilgan sharlar tashlangandan so‘ng qaynaydi. Lekni neolit davri VII-VI ming yilliklar mobaynida sopol idish yasab undan taom pishirib istemol qilish texnalogiyasi ibtidoiy dexqonchilik markazlariga tarqab ketadi. Bu hodisa yirik tarixiy voqea ishlab chiqarish iqtisodiyotining negizlari dehqonchilik va chorvachilik texnalogiyalarining tarqashi bilan uzviy bog‘liq kechadi va shu jarayon moddiy madaniyat borasida mikrolitlar texnikasi tarqashi bilan birga yuz beradi. CHunki mikrolit texnikasiga asoslangan o‘roqlar ibtidoiy dehqonchilikning asosiy ishlab chiqarish qurollaridan biri bo‘lgan. U vosita ilk bobo dexqonlar turli g‘alla hosilining o‘rib olishgan. Ibtidoiy davrda dukkakli o‘simliklardan foydalanib ozuqalanganlar, sopol idishlar pishirganlar. SHu tarzda kulolchilik hunari shakllangan kulolchilik xunarining asosiy xususiyati uning xom ashyosi loy va tuproq er yuzining hamma mintaqalarida bor. SHu tarafdan xar bir qabila va urug‘, oila o‘z hojatlaridan kelib chiqgan holda zarur bo‘lgan sopol idishlar bilan o‘zlarining ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lganlar. Natijada xar bir qabila urug‘ oilaning kulolchilik mexnatlarining o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlari shakllanadi. Sopolning bir xususiyati tez sinadi. Sopol qozonlarning tagi esa tez kuyib teshiladi. Natijada yangi,yangi sopol idishlar yasalib kundalik hayotda kirib boradi.singanlari tashlanadi.
Kulolchilikning xususiyatlari – arxeologiya fanida bebaxo tarixiy manba sifatida xizmat qiladi. Sopol idishlarning turli alomatlari va belgilari xar bir manzil va madaniy qatlamning turli alomatlari va belgilari ni aniqlashtirishga yordam beradi.

Download 90,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish