Arxeologlar qadim zamonlarda odamlar yashagan manzilgohlarda qazishma ishlarini amalga oshiradilar. Antropologlar



Download 241,85 Kb.
bet4/5
Sana13.02.2022
Hajmi241,85 Kb.
#446411
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5415680213788922635

Eslab qoling!
Ilk Paleolit → mil.avv. 1 mln. – 100 ming yil.
O‘rta Paleolit → mil.avv. 100–40 ming yil.
So‘nggi Paleolit → mil.avv. 40–12 ming yil.
Mezolit→ mil.avv. 12-7 ming yil.
Neolit → mil.avv. 6–4 ming yil.
Eneolit→ mil.avv. 4–3 ming yillik o’rtalari
Bronza→ mil.avv. 3-ming yillik o’rtalari – 2 ming yil.
Temir→ mil.avv. 1-ming yillikdan to hozirgi kungacha





2-§. Eng qadimgi odamlarning rivojlanish bosqichlari

Odam qanday paydo bo‘lganligi haqida ilmiy, diniy, afsonaviy va dunyoviy naqllar mavjud bo‘lib, biz bu masalani ilmiy asosda, antropologiya va arxeologiya ma’lumotlariga tayangan holda o‘rganamiz.


Yer yuzidagi dastlabki odamlar qaddi-qomatini tik tutib yurgani, mehnat qurollarini yasash va ularni ishlatishni bilgani uchun hayvonot dunyosidan farqlanib turishgan.
Olimlar turli mintaqalardan o‘ta sodda tosh mehnat qurollari yasashni biladigan eng qadimgi odam suyaklari qoldiqlarini topib o‘rganganlar, jumladan, Janubiy Afrikadan avstralopitekSharqiy Afrikadagi Zinj vodiysidan zinjantrop Yava orolidan (Indoneziya) pitekantropXitoy hududidansinantrop  shuningdek, GermaniyadanneandertalFransiyadagi Kromanyon g‘oridanhozirgi qiyofadagi odamkromanyon suyaklari topilgan.

Yer yuzida iqlim iliq bo‘lgan davrlarda odamlarning makonlari kichik daryolar yoki buloqlar yaqinidagi tepaliklarda joylashgan. Ilk paleolitning oxirlariga kelib Buyuk muzlik davri boshlandi. Ibtidoiy odamlar o‘ta qattiq sinovga duch keldi. Bu hol odamlarni yangicha turmush sharoitiga moslashishga undadi. Bunday paytda kuchlilargina yashab qolgan.


Tarix fanida enq qadimgi odamlar ibtidoiy odamlar deb ataladi. Ularning makonlari Afrika, Osiyo va Yevropaning ko‘pgina hududlaridan topilgan. O‘rta Osiyoda toshdan yasalgan qadimiy mehnat qurollari Farg‘ona vodiysidagi Selungur makonidan va Toshkent vohasidagi Ko‘lbuloq manzilgohidan ham topilgan. Bular qo‘pol tosh qurollar bo‘lib, ularning bir tomoni urib o‘tkirlangan. Arxeologiya fanida bu tosh qurollar chopperlar deb nomlangan.
Mehnat qurollari odamlarga yegulik topish uchun kerak bo‘lgan. Dastlabki mehnat qurollari sodda edi. Uchi o‘tkirlangan tosh va tayoq bilan qurollangan odam hayvonlarni ovlagan, uchi o‘tkir tayoq yordamida o‘simliklarning iste’molga yaroqli ildizlari va ildizmevalarini kovlab olgan.
Tabiat insonga nimani in’om etsa, odam shuni olgan, topgan yeguligi bilan qanoatlangan. Shuning uchun ham kishilarning eng qadimiy mashg‘uloti bo‘lgan termachilik va ovchilik o‘zlashtiruvchi xo‘jalik deb ataladi.

Boysun tog‘laridan topilgan Teshiktosh g‘ori o‘rta paleolit davri madaniyatining jahonga mashhur yodgorligi hisoblanadi. Teshiktosh g‘oridan tosh qurollari va ularning parchalari, tog‘ echkisi, kiyik, yovvoyi ot, qoplon, quyon, mayda kemiruvchilar, shuningdek, qushlarning suyaklari topilgan. Teshiktosh g‘orida topib tekshirilgan, tosh asriga mansub 8 – 9 yashar neandertal bolaning suyak qoldiqlari eng mashhur topilmadir.


Bola jasadi qabrga ko‘milgan. Jasad atrofiga tog‘ echkisi shoxlari qadab chiqilgan. Murdaning dafn etilishi dastlabki diniy e’tiqodlar bilan bog‘liq bo‘lgan


Mehnat faoliyati, tevarak olam haqida to‘plangan bilimlar asta-sekin insonning fikrlash qobiliyati va tafakkurini o‘zgartirib bordi. Odamlar o‘zlariga tushunarsiz bo‘lgan hodisalar haqida o‘ylay boshladilar: kun bilan tun, yil fasllari almashishi, vulqonlar otilishi, yer qimirlashi va boshqa tabiat hodisalari odam e’tiborini o‘ziga tortgan. Ana shu hodisalarning sabablarini tushuna olmagan inson momaqaldiroq, yashin, shamol, yomg‘ir kabi tabiat kuchlariga sig‘ina boshladi



Download 241,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish