Texnikaviy qurilish masalalari aholi yashash joylarida qurilishi uchun tanlangan hududlarning muhandislik-geologik sharoitlarini o’rganish, qurilish texnikasining darajasi va zamonaviy vositalarini aniqlash, transport va piyodalar harakatining oqilona tizimini hal etish, hududlarni obodonlashtirish (ichimlik suvi yetkazish, oqova suvlar o’tkazgich, issiq suv, gaz, elektr ta’minoti) va hokazolarni hal qilish bilan bog’liqdir.
Arxitekturaviy-badiiy masalalar shaharning umumiy arxitektura-rejali tuzilishini, ko’cha va shohko’chalar tarmoqlarini aniqlash, shahar alohida qismlarining funksional tuzilishini hal qilish, shu jumladan, markaz kompozisiyasini yechish bilan bog’liqdir.
Shaharlarning rivojlanish jarayoni murakkab va ko’p qirralidir. Bugun biz XXI asr arxitekturasi haqida o’ylashimiz lozim. Hozirgi zamon arxitekturasi faqatgina san’at yemas, balki fan va texnika birligi hamdir. Bilimning ko’p sohalari yutuqlarini arxitekturachalik yuqori darajada birlashtiradigan san’at yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: |