Arxitektura



Download 2,84 Mb.
bet1/98
Sana30.12.2021
Hajmi2,84 Mb.
#91943
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98
Bog'liq
shaharsozlik nazariyasi asoslari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OILY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
MIRZO ULUG’BEK NOMIDAGI SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI
ARXITEKTURA” FAKULTETI

QISHLOQ ARXITEKTURASI” KAFEDRASI

Shaharsozlik nazariyasi asoslari” FANIDAN
MA’RUZALAR MATNI
Ta’lim yo’nalishi- 5341000 “Qishloq hududlarini arxitekturaviy rejalashtirishni tashkil etish”

Qishloq arxitekturasi” kafedrasi



assistenti: Mamatqulov O’.


SAMARQAND 2013

MA’RUZA №1
Mavzu: Kirish
Ma’ruza rejasi:

  1. Kirish.

  2. Shaharsozlik haqida tushuncha.

  3. Shahar haqida tushuncha.

  4. Shaharsozlik va arxitektura.

  5. Shaharlarning rivojlanish jarayoni.



TAYANCH SO’ZLAR:

Aholi joylashuvi - ma’lum bir hududda shaharlar joylarining joylashuvi.

Bosh reja — obyekt rejasining asosiy chizmasi bo’lib, loyihachining fikrlarini ifodalaydi va ishchi loyiha uchun asos hisoblaniladi.

Geologik tuzilishi - hududning neotektonik faolligi va seysmikasi, stratigralik va litologik komplekslarning borligi, ularning tuzilishi, yoyilish qonuniyatlari va quvvati nuqtai nazaridan tahlil qilinadi. Tahlil uchun tektonik, geomorfologik, geologik va boshqa geologiya fondidagi materiallardan foydalaniladi.

Ko’kalamzorlashtirish - landshaftni qayta tiklash, qishloq joylarida, sanoat muassasalari atrofida o’rmon himoya chiziqlarini yaratish, ko’cha va magistrallar bo’ylab, turar-joy va kichik tuman chegaralarida, bog’ va parklarda ekinlar ekish bo’yicha muhandislik va agrotexnik tadbirlar yig’indisi.

Sanoat hududi - sanoat korxonalari, ularning transport va ombor xo’jaliklari, yordamchi inshootlar va muassasalar bilan band bo’lgan hudud.

Tumanni rejalashtirish - iqtisodiy yoki ma’muriy tumanni kompleks hududiy-xo’jalik tuzilishini loyihalash va uning xalq xo’jaligi tarmoqlarini, shaharlar va qishloqlarni optimal joylashuvini hamda aholi mehnati va dam olish uchun qulay shart-sharoitlar yaratib berishni ta’minlovchi tarxiy tarkibiy shakllantirish.
Kirish.Arxitektura eng qadimiy san’at turidir. Odam o’zi uchun birinchi turar joy qurgandan boshlab arxitektorlik kasbi shakllana boshlagan. Odamlar alohida turar joylardan asta-sekin yashash manzillari, so’ngra shaharlar qurishga o’ta boshlaganlar.

Arxitektor- keng soha mutaxassisi. U san’at, zamonaviy texnika fan va iqtisodiyotni yagona birlikka birlashtirishi hamda bilim doirasini doimo kengaytirib borishi lozim.

Arxitektor loyihada bino va inshootning barcha jihatlarini nazarda tutishi kerak. Bunda u kelajak avlodlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilishini ham unutmasligi lozim.

Shaharsozlik keng mazmunga ega tushuncha. U ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish bilan bog’liq bo’lgan aholi yashash joylarini tashkil qilish muammolari hamda aholi turmush tarzi bilan aloqador bo’lgan turar joylarni yaratish masalalarini ham o’z ichiga oladi.

Shaharsozlik-bu ijtimoiy-iqtisodiy, sanitariya-gigiyenik, texnik qurilish, transport va arxitektura-badiiy masalalarni birgalikda xal qiluvchi shahar va aholi yashash joylarini rejalashtirish va qurish nazariyasi va amaliyotidir. Shaharsozlik- aholi yashash joylari va aholini joylashtirish tizimining urbanizasiyalashgan muhiti shakllanishida kompleks va ko’p tomonlama ishlab chiquvchi jarayon hisoblanadi. Shaharsozlik faoliyatining obyektiga rejaviy hududlar va aholi punktlari, turar joy tumanlari va sanoat, dam olish hududlari va shahar hududining boshqa rejalashtirish elementlari kiradi.

Shahar - bu bir-birlari bilan bog’liq bo’lgan turli xil korxona va zavodlar majmuasidan iborat. Har kuni shahar minglab tonna xomashyo va oziq ovqatlar iste’mol qiladi, minglab tonna sanoat va boshqa chiqindilarni chiqaradi. Shahar- bu qudratli muhandislik xo’jaligi. Bu yuzlab km suv o’tkazgich quvurlari, elektr quvvati bilan ta’minlash, qozonxonalar, oqova suvlarni tozalash inshootlari. Shahar- bu moddiy va ma’naviy madaniyat durdonalari yaratilib kelingan taraqqiyot o’chog’idir.




Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   98




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish