Asoslari fanining maqsadi va vazifalari


Qishloq xo’jaligida ta’mirlash  sohasini rivojlanish  bosqichlari



Download 176,8 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/9
Sana31.12.2021
Hajmi176,8 Kb.
#247794
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Маъруза 1

Qishloq xo’jaligida ta’mirlash  sohasini rivojlanish  bosqichlari. 

 

Mamlakatimizda  qishloq  xo’jalik  texnikalarini  remont  qilish  sanoati,  asosan,  o’tgan 

asrning  birinchi  choragidan  boshlab  shakllangan  va  u  bevosita  sobiq  Ittifoq  remont  sanoati 

bilan bog’lik ravishda rivojlanib keldi. Qishloq xo’jaligidagi eng birinchi remont ustaxonalari 

oddiy  tokarlik  stanoklari  yoki  xorijdan  olib  kelingan  «Krauze»  rusumli  kombinatsiyalangan 

stanoklar,  shuningdek,  oddiy  temirchilik  asbob-uskunalari  bilan  jihozlangan  edi. 

Ixtisoslashgan  remont  korxonalaridagi  maxsus  ta‘mirlash-xizmat  ko’rsatish  uskunalari  ham 

turli chet el firmalari tomonidan yetkazib  berilgan. Faqatgina gayka kalitlari va otvyortkalarni 

ustaxonalarda ishchilarning o’zlari tayyorlaganlar. 

Ikkinchi  jahon  urushi  oldidan  (1939-40  yillar)  qishloq  xo’jaligida  mashinalardan 

foydalanish,  texnik  xizmat  ko’rsatish  va    remont  qilish  usullari  va  texnologiyasi  bir  oz 

takomillashdi,  ishlatiladigan  uskunalar  va  apparatlar  murakkablashib,  jamoa  va  davlat 

xo’jaliklari, MTS lar, ta‘mirlash korxonalarida mexanizator va remontchi ishchilar ta‘mirlash 

soxasidagi ishlarida juda katta tajriba ortira boshladilar. Ushbu tajribalarni umumlashtirish va 

boshqalarga  o’rgatish  zarurati  kelib  chiqqan  edi.  Bu  muammolarni  hal  etish  uchun  ilmiy 



tadqiqot ishlari ko’lamini kengaytirish, uni o’tkazish usullarini takomillashtirish talab etilardi. 

Ana  shu  maqsadlar  uchun  mamlakatning  texnika  jami  o’quv  yurtlarida  bir  necha  yangi 

kafedralar (mashinalar remonti, mashina-traktor parkidan foydalanish) tashkil qilindi. 

Ikkinchi  jahon  urushidan  keyingi  yillarda  mamlakat  qishloq  xo’jaligini  tez  suratlarda 

mexanizatsiyalashuvi, ishlab chiqarishning barcha tabaqalarida texnikani keng  joriy yetilishi, 

remont-xizmat  ko’rsatish  ishlarining  ham  takomillashtirishni  va  bu  ishlarning  hajmini 

ortishini,  mashinalarni  remont  qilish  uchun  zarur  shart-sharoitlarni  yaratilishini  qat‘iy  talab 

etadi. 


1947  yildan  e‘tiboran  qishloq  xo’jaligida  kuchli  moddiy-texnika  bazasi  (mashinalarga 

texnik xizmat ko’rsatuvchi va ularni remont qilish ustaxonalar, zavodlar va boshqa vositalar) 

yaratilishga  kirishildi.  Ta‘kidlash  lozimki,  shu  vaqtlarda  qishloq  xo’jaligi  texnikalariga  oid 

remont-xizmat  ko’rsatish  ishlari  texnik  xujjatlarsiz  bajarilar  edi.  Shu  sababli,  bu  ishlarni 

samarali bo’lishi mumkin emas edi, chunki muayyan (bir) ta‘mirlash-texnologik jarayonning 

o’zi turli ustaxonalarda, turlicha va ko’pincha noto’g’ri bajarilgan, remont sifati nisbatan past 

bo’lgan. 

Remont qilishning o’sha vaqtda yagona, eng ilg’or texnologiyasiga o’tishini ta‘minlash 

uchun  texnik  xujjatlar  zarur  bo’lib  qoldi.  Ana  shunday  xujjatlar  RosNITI  (sobiq  GOSNITI) 

tomonidan  ishlab  chiqildi.  1949-1953  yillarda  katta  nusxada  nashr  etgan  qishloq  xo’jaligida 

mashinalarni  remont  qilishning  namunali  texnologiyasining  umumiy  2200  bosma  varaqdan 

iborat  35  ta  albom  va  kitoblarni  o’z  ichiga  olgan.  Bu  texnologiya  bir-birini  to’ldiruvchi 

materiallarning nashr etgan g’oyat katta to’plamidan iborat bo’lgan. 

Ushbu texnologiyaga asosan, o’sha vaqtning o’zida mashinalarni remonti uchun mehnat 

sarfi,  ta‘mirlashda  talab  etiladigan  materiallarni  sarflash  normativlari,  shuningdek,  

mashinalarni  qishloq  xo’jaligida  foydalanishda  sarflanadigan  ehtiyot  qismlar  normativlari 

ham  ishlab  chiqilgan  edi.  Shunday  tartibda  ishlab  chiqilgan  texnik  xujjatlar  va  ko’rsatilgan 

normativlarning  afzalligi,  mashinalarni u  yoki  bu ustaxonalarda umumiy texnologiya  hamda 

normativlarga muvofiq ta‘mirlash samarali bo’lishini ta‘minlangan. 

Odatda,  yagona  (umumiy)  texnologiya  va  belgilangan  noromativlar  shaklidagi  texnik 

xujjatlarga  amal  qilib  ish  yuritgan  ustaxonalarda  remont  ishlari  bilan  band  ishchilar  soni  va 

mashinalarni remont qilish  vaqti qisqargan,  mehnat unumdorligi oshgan,  ishchining  ish  xaqi 

barqarorlashgan,  remont  sifati  yaxshilangan  va  uning  harajatlari  kamaygan,  ishlab  chiqarish 

madaniyati ortgan. 

Umumiy  texnologiya  samaradorligining  eng  asosiy  afzalligi  shundaki,  yuzlab-minglab 

ishchilarni kasb mahoratini oshirish imkonini bergan, ta‘mirlash ishlarini to’g’ri usullar bilan 

bajarishga  tez  o’rgatib  borilgan.  Ammo,  bu    davrga  kelib,  jamoa  va  davlat  xo’jaliklarining 

moliyaviy  ahvoli  yaxshilanib,  o’zlari  ko’plab  texnikalar  sotib  ola  boshladilar,  natijada  MTS 

(Mashina-traktor stantsiyalari) lar tugatila boshlandi. 

1958  yilda  MTS  lar  tugatilgandan  so’ng  qishloq  xo’jalik  texnikasi  remontiga    oid  va 

ularga  texnik  xizmat  ko’rsatish  ishlarini  tashkil  etishda  va  raxbarlik  qilishda  ayrim 

noaniqliklar paydo bo’ldi. Ushbu noaniqliklarga  barham  berish  maqsadida, 1961  yilda  sobiq 

Ittifoq  hukumatining  qarori  bilan  Butunittifoq  «Soyuzselxoztexnika»  birlashmasi  tashkil 

etildi. 


Адабиётлар: 

1.  Yo’ldоshеv  Sh.U.  Mashinalar  resursidan  foydalanish  asoslari  va 

muammolari (muammoli ma’ruzalar to’plami). - Tоshkеnt, 2009 y. - 34 b. 

2.  В.М.Саньков.  Эксплуатация  и  ремонт  мелиоративных  и 

строительных машин. М.: Агропромиздат, 1986.-399 б. 

3. В.М.Саньков ва бошқалар. Практикум по эксплуатации и ремонту 

мелиоративных и строительных машин. М.:Колос, 1981 – 208 б.  

 

 



 

Download 176,8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish