«audit» kafedrasi «Ichki audit» fanidan


davlat soliq xizmati organlari



Download 1,3 Mb.
bet3/56
Sana20.07.2022
Hajmi1,3 Mb.
#830359
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
Ички аудит маъруза матни

davlat soliq xizmati organlari;

  • bojxona organlari;

  • moliya organlari;

  • boshqa majburiy tulovlarni undirish vazifasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari.




    1.2. Moliyaviy nazoratni tashkil qilish shakllari va usullari
    Davlat moliyaviy nazoratning amal qilish sohasiga ko’ra quyidagilardan iborat.

    1. Davlat moliyaviy nazorati

    2. Nodavlat moliyaviy nazorat

    Davlat moliyaviy nazorati davlat boshqaruvi va ijroiya organlari tomonidan qonuniy asosda tegishli vakolatlar doirasida amalga oshiriladigan nazorat turidir.
    Umumdavlat moliyaviy nazorati butun mamlakat miqyosida tegishli vakolatlarga ega bo’lgan iqtisoslashgan davlat nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi . Xo’jalik aloqalarining kengayishi hususiyatlarining va davlat tasarrufidan chiqarilishi jarayonlarini jadallashuvi natijasida turli mulk shakllariga asoslangan korxona-tashkilotlarning paydo bo’lishi xo’jalik faoliyatlarining erkinlashuvi nodavlat moliyaviy nazoratning shakllanishini va rivojlanishiga turtki bo’ldi. Nodavlat moliyaviy nazoratni quyidagicha guruhlash mumkin:

    • Xo’jalik ichki moliyaviy nazorati

    • Jamoat moliyaviy nazorati

    • Dahlsiz (mustaqil) moliyaviy nazorati

    Xo’jalik ichki moliyaviy nazorati xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya-iqtisodiy hizmatlari tomonidan sub’ektning moliyaviy faolitini: pul mayulag’larining harajatini buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritishi faoliyatini korxonaning davlat, moliya-bank muassalari xamkorari va o’z xodimlari oldidagi moliyaviy majburiyatlarni bajarish holatlari korxonalarning likvididlik darajasini, moliyaviy barqarorligini nazorat qiyindir. Xo’jalik ichki moliyaviy nazoratini amalga oshirishda ichki auditning ahamiyati katta.
    Ichki audit – bu firma ichidagi auditorlik xizmati bo’lib, bosh firma markazida faoliyat ko’rsatish bilan bir qatorda filiallar va bo’linmalar tarkibida ham faoliyat qilishi ichki auditni faoliyat qilishi mumkin.
    Ichki auditni faoliyati korxonalarda moliya-xo’jalik faoliyatini takomillashtirish, to’g’ri va oqilona boshqaruv qarorlarini qabul qilishga ko’maklashish hamon minimal mavjud resurslardan foydalangan holda maksimal foydalilik va rentabegillikni ta’minlashga qaratilgan.
    Ichki moliyaviy nazorat tizimi aniq xo’jalik yurituvchi sub’ektlar hamda byudjet tashkilotlari va muassasalarining rahbarlari va funksional tuzilmalari tomonidan amalga oshiriladigan kundalik ish-faoliyatning ajralmas qismidir. Ammo moliya huquqiga oid adabiyotlarda ushbu tizimning mohiyati asosan “umuman korxonalar, ularning ayrim tuzilmaviy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarish va xo’jalik faoliyatini xo’jalik yurituvchi sub’ektning o’z buxgalteriyasi, moliya bo’limi va ayrim iqtisodiy xizmatlari tomonidan tekshirish1”dan iborat deb, u “ichki xo’jalik nazorati” atamasi bilan belgilangan. Shunday qilib, ichki moliyaviy nazorat tizimidan uning juda muhim bo’g’ini, xususan, byudjet tashkilotlarining o’z huquqiy maqomiga ko’ra xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga kirmaydigan tegishli xizmatlari tomonidan amalga oshiriladigan moliyaviy faoliyat hisobga olinmagan.
    Ichki xo’jalik nazorati xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning turli resurslari va potentsialini saqlab qolish va ulardan samarali foydalanishda, ularning moliyaviy faoliyatida qonunchilik va intizomga rioya etilishini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi. Biroq davlat manfaatlarini himoyalash nuqtai nazaridan byudjet tashkilotlarida ichki moliyaviy nazoratni tegishli tarzda tashkil etish bundan kam bo’lmagan, muayyan ma’noda esa, bundan ham ko’proq ahamiyatga egadir, chunki bu davlat byudjetidan ajratiladigan mablag’larni xarajat qilishda qonunchilik va intizomga rioya etilishini ta’minlash bilan bog’liqdir. Shu sababli moliyaviy nazorat umumiy tizimida faqat xo’jalik ichki nazoratini uning bir qismi sifatida ajratish o’zini to’liq oqlamaydi. Ichki moliyaviy nazorat tizimi to’g’risida gapirish to’g’riroq bo’lur edi, chunki bu nazorat xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, umuman byudjet tashkilotlari va muassasalari va ularning ayrim tuzilmaviy bo’linmalari moliyaviy faoliyati ustidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, byudjet tashkilotlari va muassasalarining o’z maxsus xizmatlari (buxgalteriya, moliya bo’limlari) tomonidan moliyaviy munosabatlarda qonunchilik va intizomga rioya etilishi masalalari bo’yicha o’tkaziladigan tekshiruvdan iborat.
    Daxlsiz (mustaqil) moliyaviy nazorat auditorlik faoliyati asosidagi nazorat bo’lib uning asosiy maqsadi xo’jalik sub’ektlarida yuritalayotgan buxgalteriya hisobotlarining aniq va to’g’riligini aniqlash va ular tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy xo’jalik operatsiyalarining qonuniy va me’yoriy-huquqiy xo’jaliklarga mosligi haqida hulosalar berishdan iborat. Mustaqil moliyaviy nazoratni mahsus auditorlik firmalari va idoralari amalga oshiradilar.
    O’zbekiston Respublikasining auditorlik faoliyati to’g’risidagi qonunida (2000 yil 26 may, yangi tahriri)2 audit deganda, auditorlik tashkilotlarining auditorlik tekshiruvlarini o’tkazish va boshqa kasbiy xizmatlarni ko’rsatish bo’yicha tadbirkorlik faoliyati tushuniladi. Auditning ushbu ta’rifi uning mazmun-mohiyati va maqsadini to’liq ochib bera olmaydi.
    Jahon amaliyotida audit yangilik bo’lmay, faoliyatning barcha sohalarida qo’llaniladi. O’zbekistonda iqtisodiy sub’ektlarning moliyaviy axborot foydalanuvchilari ehtiyojini ta’minlaydigan, uning to’g’riligini tasdiqlaydigan shaklda mustaqil moliyaviy nazoratning yuzaga kelishi nisbatan yangi institut hisoblanadi. Shu bilan birga, bizning mamlakatimizda audit anchagina keng qo’llanilmoqda. Hozir to’liq aytish mumkinki, O’zbekistonda audit qaror topdi va u tobora ko’proq rivojlanib bormoqda. Xalqaro namunalar hisobga olingan holda, auditning qonunchilik va boshqa me’yoriy bazasi yaratildi, uni amalga oshirish usullari takomillashtirilib borilmoqda.
    Auditorlarning maslahat faoliyati tashkilotlar moliyaviy mexanizmini optimallashtirish, moliyaviy oqimlar nazorat tizimi, buxgalteriya hisobi, soliq bazalari va hokazoni tashkil etish va yuritishga yordam beradi. Auditorlar ushbu xizmatlarni nodavlat sektor tashkilotlari faoliyati ustidan nazoratni kuchaytirish maqsadida davlat tomonidan ham, moliyaviy axborot foydalanuvchilari tomonidan ham amalga oshiradilar.
    Audit majburiy va tushubbusli bo’lishi mumkin. Agar tashabbusli tekshiruv iqtisodiy sub’ektning qarori bo’yicha amalga oshiriladigan bo’lsa, majburiy audit uning xohish-irodasi va istagiga bog’liq bo’lmagan va qonunchilikda belgilangan hollarda majburiy tartibda o’tkaziladi. Har yili majburiy audit tekshiruvi:
    - aktsiyadorlik jamiyatlari;
    - banklar va boshqa kredit tashkilotlari;
    - sug’urta tashkilotlari;
    - investitsion va boshqa fondlar, yuridik va jismoniy shaxslarning to’planma mablag’lari, ularning boshqaruvchi kompaniyalari;
    - yuridik va jismoniy shaxslarning ko’ngilli ajratma mablag’lari ularning asosiy manbalari bo’lgan xayriya va boshqa ijtimoiy jamg’armalar;
    - hosil bo’lish manbalari qonunchilikda ko’zda tutilgan, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan majburiy ajratmalardan iborat bo’lgan byudjetdan tashqari jamg’armalar;
    - ustav fondida davlatga tegishli ulushi bo’lgan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda o’tkazilishi shart.
    Majburiy auditorlik tekshiruvi buyurtmachisi sifatida xo’jalik yurituvchi sub’ekt ishtirok etadi. Auditorlik tashkilotini tanlash mulk egasi, xo’jalik yurituvchi sub’ekt qatnashchilari (aktsiyadorlari) umumiy majlisi bilan kelishiladi. Majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishidan bosh bortish xo’jalik yurituvchi sub’ektdan eng kam ish haqining ellik barobari miqdoridagi jarima undirib olinishi hamda uning rahbarining qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortilishiga sabab bo’ladi. Jarima to’lash xo’jalik yurituvchi sub’ektni majburiy auditorlik tekshiruvi o’tkazilishidan ozod etmaydi.
    Auditning asosiy tamoyili uning mustaqilligi bo’lib, bunda asosan tekshirilayotgan sub’ektning moliyaviy hisoboti to’g’risidagi kasbiy fikrini ifodalashda biror tomonning ta’siri ostida bo’lishdan uning ozod ekanligini tushunish lozim. Shu bilan birga, yana shuni hisobga olish kerakki, audit barcha mamlakatlarda etarli darajada qattiq tartibga solinadi.
    O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi qonunini amalga oshirish, auditorlik tekshiruvlarining roli va maqomini oshirish, soliq va boshqa nazorat organlari tomonidan auditorlik xulosalari hisobini yuritishni ta’minlash maqsadida so’nggi vaqtlarda bizning mamlakatimizda auditorlik faoliyatini amalga oshirish tartibiga jiddiy o’zgartirishlar kiritildi3.
    Xususan, belgilab qo’yildiki, buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish ishlari auditorlik tashkiloti tomonidan amalga oshiriladigan mikrofirmalarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati soliq organlari va boshqa nazorat organlari tomonidan majburiy tarzda tegishli auditorlik tashkilotlari jalb etilgan holda tekshiriladi. Bunda moliyaviy hisobotning to’g’riligi uchun auditorlik tashkiloti javobgar hisoblanadi.
    Tartiblar to’g’risida bir necha nizomlar tasdiqlangan:
    a) soliq va boshqa nazorat organlarining auditorlik xulosalari hisobini yuritish;
    b) majburiy auditorlik tekshiruvlarini o’tkazishdan bosh tortganligi uchun xo’jalik yurituvchi sub’ektlardan jarima undirib olish;
    v) auditorlik faoliyatini amalga oshirish uchun auditorlik tashkilotlariga litsenziyalar berish.
    Moliyaviy-xo’jalik nazorati shakllarini talqin etishda har qanday reallik ikki tomonining o’zaro bog’liqligini aks ettiruvchi umumiy kategoriyalar sifatidagi mazmun va shaklning o’zaro aloqasi, munosabatidan kelib chiqish kerak. Shuni hisobga olgan holda, moliyaviy nazorat shakllari deganda, nazorat funktsiyalarini bajarish uchun yo’naltirilgan nazorat harakatlarini aniq ifodalash va tashkil etish usullarini tushunmoq kerak.
    Shakl hamma vaqt mazmunga aks ta’sir ko’rsatganligi sababli, nazoratning eng samarali shakllarini tanlab olish, muayyan bir xo’jalikni yuritish vaziyatlari va iqtisodiyotni boshqaruv ayrim bo’g’inlarini hal etuvchi vazifalarning qo’llanish sohalarini aniq chegaralab olish muhim. Moliyaviy nazorat shakllari sifatida dastlabki, joriy va keyingi nazoratni ajratish mumkin. Ular bir-biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, bu bilan nazoratning uzluksizligini aks ettiradi. Ushbu tasnifga nazorat harakatlarini ularni amalga oshirish vaqtiga qarab aniq ifodalanishi va tashkil etilishining ayrim tomonlari asos qilib olingan.
    Moliyaviy nazoratning shakllarini quyidagi mezonlar bo’yicha klassifikatsiya qilish qabul qilingan:

    • amalga oshirilish reglamenti;

    • o’tkazilish vaqti;

    • nazoratning sub’ektlari;

    • nazoratning ob’ektlari.

    Amalga oshirilish reglamenti bo’yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin:

    • majburiy (tashqi);

    • tashabbuskor (ichki).

    Yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy faoliyati ustidan majburiy (tashqi) nazorat qonun asosida amalga oshiriladi. Bular, asosan tashqi, mustaqil nazoratchilar tomonidan amalga oshiriladigan soliq tekshiruvlariga, byudjet resurslaridan maqsadli foydalanish ustidan nazoratga, korxona va tashkilotlarning moliya-buxgalteriya hisobotlari ma’lumotlarini majburiy auditorlik tasdiqlanishiga va hokazolarga tegishli bo’lishi mumkin.
    Tashabbuskor (ichki) moliyaviy nazorat moliyaviy qonunchilikdan kelib chiqmasada, taktik va strategik maqsadlarga erishishda moliyaviy boshqaruvning ajralmas qismi hisoblanadi.
    O’tkazilish vaqti bo’yicha moliyaviy nazoratning shakllari quyidagilarni o’z ichiga oladi:

    • dastlabki;

    • joriy (operativ);

    • navbatdagi (kelgusi, so’nggi).

    Dastlabki moliyaviy nazorat moliyaviy operatsiyalarning sodir bo’lishidan oldin amalga oshiriladi va moliyaviy xatoliklarning oldini olish yoki ularni ogohlantirishda muhim ahamiyatga ega. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag’larning tejamsiz va samarasiz sarflanishining oldini olish uchun xarajatlarning moliyaviy jihatdan asoslangan bo’lishini ko’zda tutadi. Makrodarajada bunday nazoratga misol sifatida mamlakat iqtisodiy taraqqiyotining makroiqtisodiy ko’rsatkichlari bashoratlari asosida barcha darajadagi byudjetlarni va nobyudjet fondlarining moliyaviy rejalarini tuzish va tasdiqlash jarayonini ko’rsatish mumkin. Mikrodarajada esa ular moliyaviy rejalar va smetalar, kredit va kassa arizalari, biznes-rejalarning moliyaviy bo’limlari, bashorat balanslarini tuzish, hamkorlikdagi faoliyat to’g’risida shartnoma va hokazolardan iborat bo’lishi mumkin.
    Joriy (operativ) moliyaviy nazorat pul bitimlari, moliyaviy operatsiyalar, ssuda va subsidiyalarni berish va hokazolarning sodir bo’lish vaqtida amalga oshiriladi. Moliyaviy nazoratning bu shakli mablag’larni olish va ularni sarflash jarayonida vujudga kelishi mumkin bo’lgan qonunbuzarliklardan ogohlantiradi, moliyaviy intizomning mustahkamlanishiga va pul hisob-kitoblarining o’z vaqtida amalga oshirilishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu erda buxgalteriya xizmatlari katta ahamiyat kasb etadi.
    Navbatdagi moliyaviy nazorat moliyaviy hisobot va buxgalteriya hujjatlarini tahlil va taftish qilish yo’li bilan amalga oshirilib, uning bu shakli iqtisodiy sub’ektlar moliyaviy faoliyatining natijalarini, taklif etilgan moliyaviy strategiya amalga oshirilganligining samaradorligini, moliyaviy xarajatlarni ularning bashoratlari bilan qiyoslanishini va hokazolarni baholashga mo’ljallangan.
    Nazoratning ob’ektlariga muvofiq ravishda moliyaviy nazoratning quyidagi shakllari mavjud:

    • byudjet moliyaviy nazorati;

    • nobyudjet fondlar ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;

    • soliqlar bo’yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;

    • valyuta operatsiyalari ustidan amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;

    • kredit operatsiyalari bo’yicha moliyaviy nazorat;

    • sug’urta faoliyati bo’yicha moliyaviy nazorat;

    • investitsion faoliyat bo’yicha amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat;

    • pul massasi ustida amalga oshiriladigan moliyaviy nazorat va boshqalar.

    Moliyaviy nazoratni amalga oshirish jarayonida uning quyidagi metodlaridan foydalaniladi:

    • tekshiruv;

    • tadqiq etish;

    • nazorat;

    • moliyaviy holat tahlili;

    • monitoring;

    • taftish.

    Amaldagi qonunchilikda tekshiruvlarning belgilangan barcha turlari ta’rifi berilgan:
    tekshiruv nazorat organlari tomonidan xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonunlar va boshqa qonunchilik hujjatlarini ijro etishlari ustidan bir marta o’tkaziladigan nazoratdir;
    qisqa muddatli tekshiruv - nazorat organlari tomonidan bir ish kuni davomida o’tkazilib, xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy-xo’jalik faoliyati bilan bog’liq bo’lmagan tekshiruv;
    kompleks tekshiruv - bir bir vaqtda ikki yoki bir necha nazorat organlari tomonidan o’tkaziladigan tekshiruv;
    rejadan tashqari tekshiruv - nazorat organlari tomonidan qonunchilikda ko’zda tutilgan hollarda yillik (choraklik) reja-grafikka kiritilmagan ravishda o’tkaziladigan tekshiruv (jumladan qisqa muddatli tekshiruv);
    qarshi tekshiruv turli xo’jalik yurituvchi sub’ektlar yoki bir xo’jalik yurituvchi sub’ektning turli bo’linmalarida bo’lib, yagona operatsiya bilan bog’liq bo’lgan hujjatlarni o’zaro solishtirishdan iborat bo’lgan tekshiruvdir.
    Barcha turdagi tekshiruvlarni moliyaviy nazoratning samarali usullari sifatida tan olib, ularning ahamiyatini kamsitmagan holda, shuni qayd etish zarurki, taftish alohida ahamiyat kasb etadi. Moliyaviy nazoratning mazkur usuli o’zining maqsadi va obyektlari nuqtai nazaridan ham, moliya intizomini samarali ta’minlay olishi jihatidan ham eng muhim nazorat bo’lib hisoblanadi.
    Qonunchilikda taftishning huquqiy maqomi mustahkamlab qo’yilgan. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining davlat nazorati to’g’risidagi qonunga muvofiq taftish xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliya va soliq masalalari bo’yicha qonunchilikka rioya etishlari, soliq organlari, davlat statistika organlari va banklarga taqdim etiladigan hisob yuritish va hisobotlari to’g’riligini nazorat etish maqsadida ularning buxgalteriya, moliyaviy va boshqa hujjatlarini tekshirishdan iboratdir.
    Taftishlarni o’tkazish tartibi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1999 yil 4 yanvardagi 1-sonli yo’riqnomasi bilan tartibga solinadi. Ushbu me’yoriy hujjat taftishlarning maqsad va vazifalari, ularni tashkil etish va o’tkazish, ularning natijalarini rasmiylashtirish hamda aniqlangan moliya intizomini buzishlar va kamchiliklarni bartarf etish bo’yicha chora-tadbirlar qabul qilish tartibini belgilaydi.
    Taftishning asosiy vazifalari tekshiruv ob’ektiga qarab farqlanadi. Moliya organlarining ish-faoliyatini taftish qilish vaqtida quyidagilar tekshiriladi:
    - byudjetlarni tuzish, ko’rib chiqish va ijro etish tartibiga rioya etilishi;
    - byudjetda ko’zda tutilmagan chora-tadbirlar uchun sarflangan qo’shimcha xarajatlarning qonuniyligi;
    - moliya organlari iqtisodiy va nazorat ishlarining ahvoli, byudjet muassasalarining moliyaviy-xo’jalik faoliyati to’g’risidagi hisobotlarni tahlil etish bo’yicha ishlar, moliya oranlari tomonidan iqtisodiy va nazorat ishlari rejasining bajarilishi, yuqori moliya organlari topshiriq, vazifalarining o’z vaqtida va sifatli bajarilishi;
    - moliya organi apparatini saqlash uchun xarajatlar smetasining ijrosi, moliya organida buxgalteriya hisobining ahvoli va hisobot tuzishning to’g’riligi;
    - moliya organlariga moliya organlari xodimlarining xatti-harakatlari ustidan kelib tushgan shikoyatlar hamda moliya intizomi buzilganligi to’g’risida fuqarolardan tushgan ariza va xatlarni ko’rib chiqishga doir ishlarning ahvoli va boshqalar.
    Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini taftish qilish vaqtida mablag’lar va moddiy boyliklar saqlanishi hamda to’g’ri sarflanishi, buxgalteriya hisobi va hisobotining to’g’riligi, moliya intizomiga rioya etilishi tekshiriladi va hokazo.
    Byudjet muassasalari taftish qilinayotgan vaqtda smeta belgilash hisob-kitoblarining asoslanganligi, smetalarning ijrosi va mablag’larning maqsadli ishlatilishi, mablag’larning tejamli sarflanishi va saqlanishini ta’minlash, moliya-byudjet intizomiga rioya etilishi va buxgalteriya hisobini yuritish va hisobot tuzish to’g’riligi, byudjetdan tashqari maxsus mablag’larni hosil qilish va ularni to’g’ri xarajat qilish qonuniyligi masalalari va boshqalarni tekshiriladi.
    Taftishlar o’tkazish muddatlari va taftishchi guruhlar tarkibi har bir taftishning aniq vazifalari hamda taftish qilinayotgan muassasalarning o’ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan, oldinda to’rgan ishlar hajmini hisobga olgan holda belgilanadi. Taftishlar va tekshiruvlar o’tkazish muddati chegarasi 30 kun miqdorida belgilangan.
    Taftish natijasida aniqlangan moliya intizomiini buzishlar va ishdagi kamchiliklar to’g’risida dalolatnoma tuzilib, unga guruh rahbari, tekshirilayotgan muassasa rahbari va bosh hisobchi imzo chekadilar. Dalolatnoma bo’yicha e’tiroz yoki boshqa fikrlar yuzaga kelgan holda, uni imzolagan rahbar va bosh buxgalter imzo yonida o’z fikri, qo’shimcha tushuntirishini yozishadi hamda dalolatnoma imzolangan kundan boshlab besh kundan kechiqtirilmagan holda yozma ravishda tushuntirish xatini taqdim etishadi.
    Dalolatnoma bo’yicha tekshirilayotgan tashkilotning taftish bilan aniqlangan faktlarida bevosita aybdor deb hisoblangan boshqa mansabdor shaxslari ham, zarur bo’lgan hollarda esa, ushbu tashkilotda ilgari ishlab ketgan rahbar va bosh hisobchi ham (aniqlangan tartibbuzarlik ular ishlagan davrga tegishli bo’lsa) tushuntirish xati beradilar. Tushuntirish xatlarida bayon etilgan faktlarning to’g’riligi tekshirilishi va ular bo’yicha yozma ravishda xulosa berilishi kerak.
    Aniqlangan faktlar bo’yicha tartibbuzarliklarni bartaraf etish yuzasidan, taftish muddati tugashini kutmasdan, zudlik bilan qaror qabul qilish yoki suiiste’mollikda aybdor bo’lgan shaxslarni javobgarlikka tortish zarur; bunda alohida dalolatnoma tuziladi, mansabdor shaxslar esa, aniqlangan faktlar bo’yicha zarur bo’lgan tushuntirish xatlarini berishlari shart.
    Oraliq dalolatnomalar kassalarni taftish qilish natijalari bo’yicha ham tuziladi. Bu dalolatnomalar tekshiruvchilar va tegishli mansabdor shaxslar hamda pul mablag’lari va moddiy boyliklarning saqlanishi uchun mas’ul bo’lgan moddiy javobgar shaxslar tomonidan imzolanadi. Oraliq dalolatnomaning bir nusxasi tekshirilayotgan tashkilotning dalolatnomaga imzo chekkan mansabdor shaxsiga beriladi. Oraliq dalolatnomada bayon etilgan faktlar taftish umumiy dalolatnomasiga kiritiladi.
    Taftish dalolatnomasi bayonida aniqlangan faktlar qat’iy xolisona bo’lishi, tushunarli va aniqligiga rioya etilishi shart. Tekshirilayotgan tashkilot moliyaviy faoliyati to’g’risida hujjatlar bilan tasdiqlanmagan turli xulosa va taxminlar taftish dalolatnomasiga kiritilishiga ruxsat berilmaydi. Taftish natijalari oshkor etilib, xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va muassasalarga ular haqida axborot beriladi.
    Taftish o’tkazish vaqtida xo’jalik boshqaruvining barcha darajalarida ko’p tomonlama faoliyatning tekshirilishi munosabati bilan taftish turlarini aniq tasniflash, tasnif belgilarini ilmiy asoslangan holda tanlash zarurati tug’iladi.
    Mazmuni bo’yicha taftishlar hujjatli va faktik taftishlarga bo’linadi. Hujjatli taftish o’tkazilayotgan vaqtda hujjatlar, ayniqsa birlamchi pul hujjatlari (hisobvaraqlar, to’lov qaydnomalari, hisobotlar, smetalar va hokazo) tekshiriladi. Faktik taftishda nafaqat hujjatlar, balki pul mablag’lari va moddiy boyliklarning mavjudligi ham tekshiriladi. Bunday taftish jarayonida moddiy boyliklar yo’qlama qilinadi, nazorat o’lchovlari o’tkaziladi va hokazo.
    Belgilash usuliga ko’ra taftishlar rejali va rejadan tashqari bo’lishi mumkin. Rejali tekshiruvlar bir yil (bir chorak)ga mo’ljallangan reja-grafiklar asosida o’tkaziladi. Bunday tekshiruvlarni o’tkazish va tasdiqlangan reja-grafiklarga tuzatishlar kiritish to’g’risidagi takliflar nazorat organlari tomonidan O’zbekiston Respublikasining Respublika Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengashiga taqdim etiladi. Nazorat organlari obyektlarni, ular faoliyatining mezonlari va o’ziga xos tomonlari hisobga olingan holda, ishlab chiqilgan tekshiruvlar reja-grafigiga kiritish uchun ularni sinchiklab tanlab oladilar. Ushbu takliflar asosida tekshiruvlarning yillik (choraklik) reja-grafiklari, ularda kompleks tekshiruvlar ajaratilgan holda, ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.
    Rejadan tashqari tekshiruvlar (jumladan qisqa muddatli tekshiruvlar) nazorat organlari tomonidan O’zbekiston Respublikasining “Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatini davlat nazorat etish to’g’risida”gi qonuni 12-moddasiga muvofiq ravishda quyidagi hollarda o’tkaziladi:
    - O’zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlaridan kelib chiqqan holda tekshiruvlarni o’tkazish zarurati tug’ilganida. Bunda, agar Hukumat qarorida tekshiriladigan xo’jalik yurituvchi sub’ektning nomi aniq belgilangan bo’lsa, Respublika Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash yoki uning viloyat komissiyasidan rozilik olish talab qilinmaydi;
    - nazorat organiga xo’jalik yurituvchi sub’ektning qonunlarni yoki qonuchilikning boshqa hujjatlarini buzganligi faktlari to’g’risida qo’shimcha ma’lumotlar kelib tushgan holda. Korxona, tashkilot, muassasalar va fuqarolardan kelib tushgan, tartibbuzarlik faktlari aniq asoslangan va hujjatlar bilan tasdiqlangan holda ko’rsatilgan ma’lumotlar qo’shimcha ma’lumotlar bo’lib xizmat qilishi mumkin;
    - favqulodda hodisalar yuzaga kelishining oldini olishda;
    - sanitariya-epidemiologiya sharoitlari yomonlashganida hamda qo’shni davlatlardan yuqumli kasalliklar olib kelinishi va tarqalish ehtimoli yuzaga kelgan hollarda.
    Respublika Nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi kengash va uning viloyatlardagi komissiyalari ishchi organlari taqdim etilgan buyurtmalarga asosan tegishli nazorat organlari bilan birgalikda mazkur tekshiruvlarning asoslanganligini o’rganib chiqadi, muvofiq ravishda Kengash va uning viloyat komissiyalariga tegishli o’zgartirishlar kiritadi, ular esa, rejadan tashqari tekshiruvni o’tkazish yoki o’tkazmaslik to’g’risida qaror qabul qiladi.
    Rejadan tashqari tekshiruvni o’tkazish yoki o’tkazmaslik to’g’risidagi qaror, ariza kelib tushgan kundan boshlab ikki haftalik muddatdan kechiqtirilmagan holda qabul qilinadi va qaror yoki xat shaklida rasmiylashtirilib, muvofiq holda Kengash raisi (yoki uning topshirig’i bo’yicha o’rinbosari) yoki viloyat komissiyasi raisi tomonidan imzolanadi hamda nazorat etuvchi organga jo’natiladi.
    Taftishlarni nazorat dasturi mazmuni bo’yicha tasniflash birinchi darajali ahamiyatga eadir. Bu belgi bo’yicha taftishlar kompleks (yalpi) va mavzuviy taftishlarga bo’linadi.
    Nazoratga va taftishga oid nashr etilgan adabiyotlarda kompleks taftish tushunchasining turli talqinlari uchrab, ular uning samaradorligi va afzalliklarini baholashga qarshi qo’yilgan. Mualliflarning ko’pchiligi bu taftishni o’tkazishda turli kasbdagi mutaxassislar ishtirok etishini mezon deb hisoblaydilar. Bizning Respublikamiz qonunchiligi bo’yicha bunday mezon bir vaqtda ikki va undan ortiq nazorat organlari tomonidan taftish o’tkazilishi hisoblanadi.



    Download 1,3 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish