«audit» kafedrasi «Ichki audit» fanidan


- MAVZU. ICHKI AUDITNING ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI



Download 1,3 Mb.
bet8/56
Sana20.07.2022
Hajmi1,3 Mb.
#830359
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56
Bog'liq
Ички аудит маъруза матни

2- MAVZU. ICHKI AUDITNING ME’YORIY-HUQUQIY ASOSLARI
REJA:
2.1. Ichki nazoratni tashkil etish uchun xalqaro talablar
2.2. O’zbekiston Respublikasida ichki auditni tartibga solish
2.3. Ichki auditorni sertifikatlash tartibi


Adabiyotlar ro’yxati

    1. O’zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to’g’risida”gi Qonuni (yangi tahriri) 2000 y. 26 may. (o’zgartirishlar bilan).

    2. Karimov N.F. Tijorat banklarida ichki audit. Monografiya.–Toshkent: 2006. –120 b.

    3. Евдокимова А.В., Пашкина И.Н. Внутренний аудит и контроль финансово-хозяйственной деятельности организации: Практическое пособие/. – М.: Издательстко-торговая корпорация «Дашков И К», 2010,-208с.

    4. Пугачёв В.В. Внутренний аудит и контроль. Организация внутреннего аудита в условиях экономического кризиса: учебник. -М.: Дело и Сервис, 2010. – 224 с.

    5. Сотникова Л.В. Внутренний контроль и аудит. Учебник. -М.: ЗАО «Финстатинформ», 2000. – 239 с.

    6. Аудит: учебник / под ред. Булыги Р.П. –М.: “ЮНИТИ – ДАНА”, - 2009 г. – 431 стр.

    7. Подольский В. Аудит. Учебник. – М.: Изд. Юрайт, 2010 г. – 605 стр.

    8. Tulaxodjaeva M.M., Ilxomov Sh.I., Axmadjonov K.B. va boshqalar Audit. Darslik. II jild. O’z.R. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. -Toshkent: NORMA, 2008.-320 b.

    9. Tulaxodjaeva M.M., Ilxomov Sh.I., Axmadjonov K.B. va boshqalar Audit. Darslik. II jild. O’z.R. Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti. -Toshkent: NORMA, 2008.-320 b.

    10. Internet saytlari:

http://www.aicpa.org,
http://www.accountingweb.com,
http://www.gaap.ru,
http://www.auditinfo.ru


2.1. Ichki nazoratni tashkil etish uchun xalqaro talablar
Ichki nazoratni tashkil etish tizimi har qanday kompaniyani boshqarish tizimining tarkibiy qismidir. Shunday bo’lishiga qaramasdan XX asr oxirigacha ichki nazorat tizimi (INT) ni tashkillashtirish bo’yicha me’yoriy talablar mavjud emas edi.
Tashqi auditorlarning vijdonsiz bajargan ishlari, bankrot bo’lgan kompaniyalar hisob-kitobi bo’yicha yolg’on xulosalar bilan aloqador qator xalqaro mojarolar ichki auditni tashkil etish va boshqa nazorat shakllari muammolarini dolzarb qilib qo’ymoqda.
MISOL
V1ootberg olib borgan tadqiqotiga ko’ra 1996 yildan 2002 yilgacha G’arbda 673 ta yirik bankrot hodisalari ro’y bergan bo’lgan va auditorlar 54% holatlarda nochor kompaniyalarning bankrotlikkacha bo’lgan ishlari holati to’g’risida ijobiy xulosa berganlar. So’nggi yillarda bo’lib o’tgan ettita bankrotning beshtasi, shu jumladan Eprop, Global Crossing Ltd. va Kmart Sorr.da ularning auditorlar ijobiy xulosa bergan hisobotlaridan keyin darhol ro’y bergan. Dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqaruvchi System Software Associates Inc., uning ustidan AQShning (Securities and Exchange Commission - SEC) qimmatbaho qog’ozlar va birja komissiyasi moliyaviy soxtalashtirish gumoni asosida tekshiruv olib borayotgan bir paytda auditorlik kompaniyasi (KRMG)ning ijobiy xulosasini olishga muvaffaq bo’lgan.
1998-2002 yillardagi o’nta yirik bankrotlar oqibatida aktsionerlar 119,8 mlrd AQSh dollaridan mahrum bo’lganlar.
Sarbeyns-Oksli qonuni va AQSh qimmatli qog’ozlar va birjalar bo’yicha komissiyasi yoki kompaniyalar hisobotini nazorat qilish bo’yicha Kengash tomonlaridan chiqarilgan yoki ular qo’llab-quvvatlash bo’yicha boshqa me’yoriy hujjatlar talablariga muvofiq kompaniyalar rahbariyati har yili moliyaviy hisobotni ichki nazorati samaradorligini baholashi, baho natijalari to’g’risida hisobot berishi va mustaqil auditorlarni audit bahosini tekshirishga jalb etishi lozim. Bu talablar Fond birjalari to’g’risidagi 1934 yilgi Qonunga muvofiq, AQSh qimmatli qog’ozlar va birjalar bo’yicha komissiyasida ro’yxatga olingan aktsiyalarga yoki qarzdorlik qimmatli qog’ozlarga ega bo’lgan va aktsiyalari amerika fond bozorlaridagi savdoda qatnashadigan kompaniyalarga taalluqlidir.
Agar kompaniya o’z aktsiyalarini London birjasiga joylashtiradigan bo’lsa ham unga taxminan shunday talablar qo’yiladi. Emissiya qilinishi va London fond birjasi listingiga kiritilishi uchun kompaniya-emitent korporativ boshqarish va ichki nazorat sohasidagi bir qator talablarga javob berishi lozim.
Bu talablar Korporativ boshqarishning Birlashgan kodeksi (Combined Code of Corporate Governance)da kompaniyani qoniqtiradigan amaliyotning eng yaxshi tamoyillari shaklida belgilangan. Har yili kompaniya-emitent yillik hisobot tarkibida Kodeks talablariga muvofiqlikni, shu jumladan muayyan tamoyillarning bajarilish usullarini yoki bajarilmayotganligi sabablarini ochib beradi.
XX asr oxirlarida korporativ moliyaviy salohiyatlarga mablag’lar beruvchi investorlar tavakkalchilikni kamaytirish ehtiyoji AQShda 1985 yilda quyidagi beshta professional o’z-o’zini boshqaruvchi tashkilotlarning ishtiroki va mablag’lari asosida ishonchsiz moliyaviy hisobot bilan kurashuvchi, o’zining birinchi rais Jeyms S.Treduey, yoki Treduey Komissiyasi nomi bilan ma’lum bo’lgan milliy komissiya tashkil etilgan:
- Sertifikatlangan jamoat buxgalterlari Amerika instituti;
- Hisob-kitob va hisobot bo’yicha Amerika assotsiatsiyasi;
SOSOning asosiy postulatlaridan biri direktorlar kengashi, ham menejmentning korxonaning tavakkalchiliklarni ham hisobga oluvchi ichki nazoratini yaratish hisoblanadi.
Ilgari, menejment oldida korporatsiya mulkdorlari qo’ygan maqsadlariga erishishni ta’minlash vazifasi turgan bo’lib, ichki nazorat uchun alohida talablar qo’yilmagan. Kompaniya quyidagi uch maqsad bajarilishini ta’minlashi lozim bo’lgan:

  • operatsiyalarning tejamliligi va samaradorligini;

  • moliyaviy hisobot haqqoniyligini;

  • faoliyatning qonunchilik va boshqaruvchi organlar talablariga muvofiqligini.

Endilikda kompaniyalar ichki nazorat tizimi (INT)ni ishlab chiqishda SOSO metodologiyasiga rioya qilishlari lozim bo’lib, uning asosiy talablari quyidagi tezislarda ifodalangan:

  • INT auditorlarga tushunarli bo’lgan shaklda hujjatlashtirilgan bo’lishi lozim;

  • INT samarali amal qilishi lozim;

  • Kompaniyada INT samaradorligini baholash amallari doimiy ravishda amalga oshirilishi kerak.

INT taftish (reviziya)dan farqli vaqtincha emas, balki doimiy jarayondir. Taftish yiliga bir marta majburiy o’tkazilishi shart, shuningdek, jamiyatning taftish komissiyasi tashabbusi, umumiy aktsionerlar yig’ilishi qarori bilan, kuzatuv kengashi yoki 10%dan ortiq aktsiyalarga ega aktsioner talabi bilan o’tkazilishi mumkin. Ichki nazorat tizimining yo’qligi, jamiyatning moliyaviy-xo’jalik faoliyatini faqat taftish komissiyasi tomonidan yiliga bir marta yoki audit chegarasida tekshirishga olib keladi. Bu esa mulkdorlarga ma’lumot kamligini bildiradi. Bu esa qo’yilgan maqsadlardan og’ishishga olib keladi. Shuning uchun ham qonunchilik talablaridan qat’iy nazar korxonalar INTni yaratishga harakat qiladilar.
COSO tamoyillari 2001 yilda paydo bo’lgan xalqaro auditorlik standartlari (XAS)ni yangi nashriga asos bo’ldi. Gap shundaki, auditorlarga qo’yiladigan talablar kuchayishiga g’arbdagi auditorlarning birlamchi reaktsiyasi, auditorlik xizmatlari narxini oshirishdan iborat bo’ldi. Auditorlik xizmati narxlaridagi o’zgarishlarni kamaytirish, shuningdek, auditorlik xizmatini ish sifatiga ta’sir qilmasdan xizmat haqini kamaytirish uchun ham standartlarga o’zgartirish kerak bo’lib qoldi.
XASni yangi tahririni ishlab chiqish korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatini nazorat muhitini va mavjud tavakkalchilik og’ishishlarini hisobga olishni taqozo etdi. Moliyaviy hisobotdagi xatoliklarni oldini olish uchun INTni auditorlik tadbirlari va baholangan tavakkalchilik o’rtasidagi bog’liqlik bilan tahlil qilishga imkoniyat berdi. Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bu XASlarini 2004 yil 15 dekabrdan boshlangan hisobot davri uchun kiritdi. Bu XASlaring kiritilishi deyarli boshqa barcha XASlariga qo’shimcha va tuzatishlarni kiritilishiga sabab bo’ldi.
INTni o’rganish va tahlil qilishga doir auditor majburiyatlari yangi XASlarida yangicha talqin qilindi. Quyida eski 400 XAS va 12 AFMSda, shuningdek yangi ISA 315da ichki nazorat tizimiga qanday ta’rif berilganini ko’rib chiqamiz.
Ko’rinib turibdiki, “eski” standartlarda INTga birinchi navbatda, iqtisodiy sub’ekt manfaatlariga yo’naltirilgan tadbirlar yig’indisi sifatida qaralsa, yangi tahrirda mijozlarga ishonchli moliyaviy hisobot taqdim etish hamda korxona rahbarlari tomonidan biznes-tavakkalchiliklarni INT yordamida kamaytirish imkoniyatini mavjudligiga urg’u berilgan.
Yangi INT beshta tarkibiy qismdan iboratdir: ilgari mavjud bo’lgan tarkibiy qismlarning nomlari ham o’zgargan. Tasnifning bunday o’zgarganligining sababi shundaki, XASning rivojlanishiga AQShda qabul qilingan audit tizimi ta’sir ko’rsatgan, zero aynan amerikalik auditorlar tomonidan INT tarkibiy qismlarining mazkur tasnifi ko’zda tutilgan.

Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish