Avesto haqida bilasizmi



Download 28,16 Kb.
bet2/4
Sana29.12.2021
Hajmi28,16 Kb.
#84710
1   2   3   4
Bog'liq
AVESTO HAQIDA BILASIZMI

ZUHUROT



Barcha payg’ambarlar, din peshvolarining sarguzashtlari favqulodda kechinmalar, ruhiy holatlar, ilohiy bashoratu karomatlar bilan to’lib-toshgan. Zardushtning dunyoga kelishi, zuhuroti ham ana shunday hollardan xoli emas.
Qo’hna Xorazmdagi Spitama qavmining sarboni Farohim xonadonida qizaloq tug’ildi. Uning ko’zida xurshidi raxshon huvaydo, yuzida esa mohi tobon paydo. Chaqaloqqa Dug’dova deb nom qo’ydilar. Ota-ona farzandini yeru ko’kka ishonmay, el ko’zidan pinhon tarbiyalay boshladilar. Qizcha ulg’aygan sari uning siymosidagi nur allaqanday sohir qudrat kasb etar, xonadonda qutu baraka ortib borardi. Nihoyat, 10 yoshga to’lgach, qiz volidasining ixtiyorisiz ostona hatlab ko’chaga chiqdi, unga el nazari tushdi. Xalq orasida g’avg’o ko’paydi: ba’zilar “bu qiz parizod” desa, boshqalar “naslini farishtalar ona botiniga o’rnatib ketgan” deyishdi. Qabih, johil kimsalar esa, “Bu jodugarlik timsoli, bu yurtga qabohat keltiradi, uni toshbo’ron qilib o’ldirish kerak” deyishdi. Ota esa ne qilarini bilmay, mahzun bo’ldi, yurakda g’am bilan ko’zi uyquga ketdi. Tush ko’rdi: tushida oq kiyimli bir mo’ysafid kelib shunday dedi: “Ey Farohim, o’rningdan tur! Bu qizning qatliga yo’l qo’yma, undan bashariyatni johiliyatdan qutqarib, saodatga eltuvchi o’g’lon tug’iladi. Qizni qabila sardoriga topshir” dedi-da, ko’zdan g’oyib bo’ldi. Uyqudan seskanib turgan Farohim yarim kechada qizini uyg’otib, qabila sardoriga eltdi va dedi:
- Ey birodari aziz, qizimning hayoti xavf ostida, avom omma uni o’ldirishni talab etmoqda. Sen buni tutingan qiz qilib ol, shoyad xonadoninggga saodat keltirsa,- dedi. Qizning yuzida allaqan day ilohiy nurni ko’rgan sardor “bosh ustiga” deb qabul etdi.
Shu-shu el qahridan qutulib, sardor mehrini qozongan Dug’dova yangi oila arzandasi bo’lib yashay boshladi, yuzini niqoblab yurdi. Rais xonadonida Purushasp otlig’ o’glon balog’atga yetmoqda edi. Yazdon pok yigit qalbida Dug’dovaga nisbatan mehr uyg’otdi. Natijada qiz 15, o’g’lon 17 yoshga kirganda ota-onalar ularning nikoh to’ylarini o’tkazishdi. Oilaning qut-baraka si ko’payib borar, qo’ylar-tuyalar qoshaloq tug’ar, yaylovlar sero’t, molar mo’l sut berardi. Niqoblangan Dug’dova ro’zg’or ishlariga sho’ng’ib ketgan: hali qo’ylarni yaylovga haydar, hali sigirlarni sero’t maydonlarga eltar, hali jun qirqishda faollik ko’rsatar edi.
Yazdoni pok tug’ilajak din dohiysining qismatini nurga yo’g’rishni istadi. Tangri farmoni bilan farishtalardan Amrdod vaXo’rdodlar osmonda giyohlardan Hum nomli suyuqlik yasab, uni yom g’ir orqali yerga ravona etdilar va yaylovlarda ajib giyohlar undi. Amrdod va Xo’rdodlarning bashorati bilan Purushasp oltita sigirni o’sha yaylovga olib chiqdi. Molar yangi unib chiqqan giyohlarni yeb, qorinlarini to’ydirishdi. Kechqurun Dug’dova mollarni sog’di va eru xotin sutdan to’yib ichishdi. Natijada osmoniy ruh tug’ilajak go’dak jismiga ko’chdi. Ma’lum vaqt o’tib, pok niynatli bir o’g’il tug’ildi. Unga Zardusht deb nom qo’ydilar. Bu taxminan eramizdan oldingi 623-yilga to’g’ri keladi, deydi olimlar. Chaqaloqning peshonasi do’ng, boshining orqasi yapas qiroq edi. U boshqa go’daklardek yig’lab emas, “qah-qah” urib tug’ilgan ekan. Uning tavalludi haqida “Avesto”ning Farvardin Yashtida quyidagi fikr mavjud: “Zardusht tug’ilishi bilan dunyo yashnab ketdi, gullar ochilib, daryolar mavj ura boshladi, butun mavjudot shodlik qo’shig’ini kuyladi. Barcha baland ovoz bilan “bizning ahvolimizni yaxshilaydigan peshvo Zardusht Spitamon tug’ildi” derdi. Uning ovozidan devlar, badkirdor odamlar, afsungaru yolg’onchilar, insu jinslar larzaga keldi, nola chekishdi, uni yo’qotish payiga tushishdi. Badhohlardan uch kishi onasi tashqariga chiqqanda chaqaloq yotgan xonaga o’t qo’yishdi. Butun uy kuyib kul bo’ldi. Ota-ona, qo’ni-qo’shnilar chirqirab qolishdi. Ammo Yazdon inoyati bilan Zardusht cho’g’lar ichida o’ynab o’tirardi. Shundan keyin badkirdor, jodugarlar sardori Davron Surun go’dakni yo’qotishga astoydil kirishib, uni mast buqalar orasiga tashlaydi, bir buqa tanasi bilan to’sib, bolani omon saqlaydi; boshqa safar bolani darranda bo’rilar to’dasiga ro’para qiladi. Yirtqichlar Zardushtdan yuz o’girib ketadi. Osmondan bir echki paydo bo’lib, bolani emizib to’ydiradi.
Nochor qolgan jodugar boshqa hiylalar o’ylab chiqarishga kirishadi.
Kunlardan bir kun Purushasp o’g’lini yetaklab borayotib sehru jodu pirlaridan biriga yo’liqadi. U go’dakka nigohi tushushi bilan bir yuqoriga, bir pastga, keyin esa, chor atrofga boqib, qaltirab ketadi. Purushasp undan so’radi:
- Ey Karp, ya’ni jodugarlar sardori, o’g’limni ko’rishing bilan bir pastga qarading, yana osmonga nigoh solding-u chor atrofni kuzatding. Buning ma’nosi nima?
- Buning ma’nosi shuki, - dedi Karp,- ko’kka qaraganimda bildimki, bu bolaning ruhi osmonga borib yetgan, unga ergashgan barcha odamlar jannatiy bo’ladilar. Quyiga qaraganimning boisi shundaki, bu go’dak faoliyati tufayli badkirdorlar, devu jodugarlar nobud bo’lib, do’zaxga mahkum etiladilar. Atrofga qaraganimning boisi shuki, bu og’lonning so’zlari yer yuzining barcha g’oshalarida e’tibor qozonadi, aytganlari hayot qonuni sifatida yetti iqlimda tan olinadi va qabul qilinadi.
Shundan so’ng Purushasp o’g’lining tarbiyasi bilan jiddiy shug’ullandi. Zardusht yeti yasharligi dan o’n besh yasharligigacha donishmand va sarboz Barzin Kuras qo’lida ta’lim oldi. Xususan, u ijtimoiy bilimlar, tabiatshunoslik, she’riyat sehri, notiqlik sanatini puxta egalladi; ustozi aytgan she’rlar, asotirlarni yod oldi, qabila bahodirlaridan jangovarlik, chavandozlikni o’rgandi. 16 yoshida Zardusht beliga oqil va jasur yigit sifatida “mardlik kamari”ni bog’ladilar. Bu orada bir necha muddat to’xtab turgan Turonu Eron janglari yana boshlanib ketdi. U ham ana shu jangler ning birida ishtirok etib, son-sanoqsiz kishilarning bekorga halok bo’lganlarini ko’rib, iztirob chekdi, yer yuzidan jangu jadal, zulm - zo’rlik, zulmat va yolg’on urug’ini qanday yo’qotib, xalq dardiga malham bo’lish, olamni rostlik, yaxshiligu nur bilasn bezash lozimligi xususida o’ylardi. Endi u nortuyalarni boqishdan tashqari otasi uyushtiradigan yig’inlarda, qavm mo’ysafidlarining bahslarida ishtirok etar, qabilalarda yurib, butparast, molparast, otashparast, toshparastu, tabiatpa rastlarning odatlari, e’tiqodu rasm-rusmlarini o’rganar, turfa dunyoqarashdagi peshvolarning gurunglari-yu va’zlarini tinglar, ba’zan esa diniy qarashlar zaminida yuz beradigan qirg’in-barot jangler guvohi bo’lardi. Bu hol, bir tomondan, Zardusht dunyoqarashini charxlab, tafakkuri ildiz larini baquvvat qilsa, ikkinchi tomondan esa, mavjud tuzum, uning nizomi, rasm-rusumiga nisba tan g’azabini qo’zg’atar edi. Uning nazarida o’zi yashayotgan makon johiliyat botqog’iga botgan, hayotni yolg’onchilik, firibgarlik, sehru-jodu, gazandalik, qabohat qurshab olgandek edi. Bundan tashqari e’tiqod bo’yicha bajarilishi majburiy bo’lgan har bir rsam-rusum, jumladan muayyan oilaning yiliga 1-2 marotabadan qurbonlik qilish odati, yer yuzida molu xol, parranda lar, hatto, odamlar zurriyotining tobora kamayib borishiga olib kelayotganligi Zardushtni o’yga toldirar, iztirob girdobiga tortardi.
 




Download 28,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish