Avesto haqida bilasizmi



Download 28,16 Kb.
bet3/4
Sana29.12.2021
Hajmi28,16 Kb.
#84710
1   2   3   4
Bog'liq
AVESTO HAQIDA BILASIZMI

YALOVBARDOR



Shuning uchun Zardusht ruhida allaqanday sokinlik paydo bo’la boshladi. Buni sezgan Puru shasp kunlardan bir kun o’g’liga “senga nima bo’lyapti” ma’nosida nigoh tashladi.
- Men haqiqat yo’liga kirgan bandaman. Haqni izlamoqdaman. Bu yo’ldan meni hech kim va hech narsa qaytara olmaydi!- xitob qildi Zardusht. Bu nogahoniy fikrdan hangu mang bo’lib qolgan ota “churq” etmadi. O’sha kuniyoq Zardusht “yolg’onchilik, palidlik va zulmat qoplagan” muhitni tark etib, Sablon tog’iga chiqib ketadi. U 20 yil g’orda meva, giyoh ildizlari, parranda go’shtini tanovul qilib yashadi: o’n yil yakka tangri Ahuramazdoni kashf etish uchun tafakkur ummoniga g’arq bo’ldi, o’n yil Yazdonni madh etuvchi surud-gimnlar yaratdi. Ayrim tadqiqot chilar “Avesto” tarkibiga kirgan “bir million she’r” (Pliniy) xuddi shu davrda ijod qilingan, degan xulosaga kelishgan.
Yigirma yillik riyozatdan so’ng kunlardan bir kun chashma bo’yida o’tirganida hotifdan quyidagi mazmunda vahiy keladi: “Ey, Spitamon farzandi. Men hamma mo’tabarlardan seni mo’tabbaroq qilib yaratdim va seni o’zimga mehribon qildim. Xalq huzuriga boradigan vaqt yetdi. Tur, uzlat manzilini tark et, zamon ahlini rostlik, yaxshilik va haqiqat sari da’vat etish vaqti keldi!” Ana shu vaqtda Zardusht 39 yoshda edi. U vahiy tufayli tafakkur osmonini tark etib, tog’dan tushib, yagona Tangri kashshofi, uning payg’ambari sifatida chorvadorlar va hunarmandlar, savdogaru ziyolilar orasida ko’pxudolilikning zarari, yakka xudolikning afzalligi xususida va’zlar aytdi, da’vatlar qildi, nutq so’zladi. Ko’pxudolikning kasofatini anglab yetgan lar, xususan, hunarmandlar (chunki ular jondor qurbonlik qilish odatidan zada bo’lishgandi) unga ko’plab ergasha boshlashdi. Bundan tashqari irqiy mojaro va qirg’inlardan bezor bo’lgan chorva dorlar ham unga qo’shilishdi. Bu yo’lda unga ammavachchasi Madiyunmoh hamroh bo’ldi va yaqindan ko’maklashdi. Zardusht eski din va udumlarning jamiyat hamda hayot taraqqiyotiga to’g’anoq bo’layotganini, ko’p udumlar inson erki, yaratuvchilik qudratini kishanlab qo’yganini aniq dalillar bilan isbotlab berar, Yazdonni pok nomidan rostlik, yaxshilik, xushbaxtlik, ma’ri fatu saodat yo’lini ravshanroq ko’rsatishga intilardi, tangri nuri va mehri ularni haq yo’liga hidoyat etishini uqtirardi. “Sizlar hozir sajda qilayotgan xudolar xarsang tosh bo’lagi, har xil butalar, yog’ochlardan boshqa narsa emas. Yagona Tangri Ahuramzado esa, sizlarga teran aql va farosat bergan”- derdi so’zining oxirida Zardusht.
Kundan-kunga Zardushtning obro’si oshib, eski e’tiqodga muxoliflikda yurgan butun-butun guruhlar unga ergasha boshladi. Bu yangi oqim butun Xorazm bo’ylab yoyila boshladi. Shahru qishloqlarda yangi din tarafdorlari targ’ibot va tashviqot ishlari bilan jiddiy shug’ullandilar. Spitama urug’i va unga qo’shni qavmlar to’la mazdoparastlikka o’tdi. Zardusht shu yerdan turib butun jarayonni boshqarib borardi. Tez orada bu xabar Turon hokimi Arjaspga yetib boradi. Ommaviy tus olayotgan bu harakat oqibatidan xavfsiragan hokim Zardushtni tutib, dorga osish haqida farmon chiqaradi. Buning ustiga “zulm, sehru joduni kasb qilib olgan devsifat” ko’pxu dolik tarafdorlari ham Zardushtga qarshi kuch to’playotgan edilar.
 



Download 28,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish