Avesto haqida bilasizmi



Download 28,16 Kb.
bet4/4
Sana29.12.2021
Hajmi28,16 Kb.
#84710
1   2   3   4
Bog'liq
AVESTO HAQIDA BILASIZMI

HIJRAT VA SUIQASD

 Hayoti xavf ostida qolgan Zardusht qahraton qishda 300 tarafdorlari bilan ko’p sarsonliklardan so’ng Balxga boradi, u yerdan Seistonga o’tib, shimoliy Eronga yo’l oladi. Bir necha yil Tabrizu Yazd va boshqa viloyatlarga yurib, o’z g’oyalarining mukammal shakllantirilishi va keng xalq ommasi orasida yoyilishiga erishadi. Qo’hna rivoyatlarga ko’ra, Zardusht va uning ulamolari oq libos kiyib yurishar ekan. Kunlardan bir kun u 30 kohin bilan Eron shohi Gushtasp qabuliga boribdi. Shoh payg’ambarlik da’vo qilayotgan zardushtdan o’z aqidalarini aniq tushuntir4ib berishni so’rabdi. Zardusht har ikki olamning yaratuvchisi Yazdoni pokni ta’riflab nutq so’zlabdi, o’zining tangri yuborgan elchiligini uqtiribdi. Shunda shoh “Qani o’sha dinning ramzi?” deb so’rabdi. Zardusht qo’ynidan bir jom chiqarib havoga otib, ushlab olgan ekan, jomdan nur taralibdi. Bexosdan shoh boshchiligidagi barcha a’yonlar boshlarini sajdaga egishibdi.


Shunday bo’lsa ham Gushstasp Zardusht va uning hamrohlarini yana imtihon qilmoqchi bo’libdi. U donishmand vaziri Jomaspni chorlab debdi:
-O’ttizta sara donishmandlarni yig’ib, mana bu payg’ambarlik da’vo qilayotganlarning sheriklari bilan bahslashib, obdon sinanglar-chi, nima karomat ko’rsatar ekan. Shunday qilib, tun bo’yi donishmandlar ilohiyot, tabiat va koinot, turli qavmlar va elatlarning e’tiqodi masalalari bo’yicha bahslashishibdi. Eronliklar zardusht boshchiligidagi turonliklarning ilmiy qudratiga tan berishib, birinchi bo’lib Jomasp hakim yangi dinni qabul qilibdi. Shundan so’ng Gushstasp va uning saroy ahli yagona tangri Yazdoni pokni tan olishibdi; shoh farmoni bilan butun Eron mamlakati hududida mazdoparastlik e’tiqodi joriy etilibdi.
Xuddi mana shu davrda dastlabki qismlari – daftarlari turonzaminda yaratilgan “Avesto” zar dusht va kohinlar tomonidan to’la tartib etiladi, muqaddas obida sifatida bir necha nusxada ko’chirilib, xalq orasida tarqatiladi. Yigirma bir nask (qism)dan iborat “Avesto”ning bizga qadar besh kitobigina yetib kelgan, xolos.
Zardushtning shimoliy eronda panoh topgani va u aso slogan yangi din eron zaminda joriy etilga nini eshitgan arjasp g’azablanadi. Turonshoh zardushtni hibsga olib, jo’natish haqida Gushstasp ga talabnoma yuboradi. Rad javobini olgach, u Rogirso boshchiligidagi 300 ming lashkar bilan eronga hujum uyushtiradi. Tengsiz jangda Gushstaspning ukasi jahonpahlavon zarir, shoh o’g’il laridan Ardasher, Hurmuzd, Navzar, Shidasp, Badxusravlar o’ldiriladi, shahzoda isfandiyor asir olinib, zindonga tashlanadi. Arjasp Balx, seiston, nimro’z shaharlarini g’orat qilib, hadsiz o’lja laru asirlar bilan Xorazmga qaytadi. Seiston jangida Zardusht ham bevosita ishtirok etadi.
Oradan ko’p o’tmay, Arjasp ikkinchi marotaba Gushstaspga qarshi lashkar tortib, zardusht bilan shohni qo’lga tushirishga qasd qildi. Dastlab u Seistonga hamla qilib, shohning otasi, munkayib qolgan Luhraspni qo’lga tushiradi va qatl etadi. Ammo zindondan qutilgan temirtirnoq Isfan diyor katta lashkar bilan jangga kirib, arjasp qo’shinini toru mor etadi, o’zini o’ldiradi. Natijada Turon zaminda ham yangi mazdoparastlik dini joriy etiladi. Ma’lumki, Gushstasp yangi dinni qabul qilgach, zardusht maslahati va nazorati ostida shaharu qishloqlarda ibodatxonalar qurish haqida farmon chiqaradi. Nohiyalardagi ibodatxonalar “otashgog’”, markaziy shaharlardagisi esa “Otashkada” deb ataladi. Ana shunday otashkadalardan biri Balxda quriladi. Zardusht uning ochilish marosimida ishtirok etadi va ibodat paytida ko’pxudolik tarafdori, arjaspning lashkarbo shilaridan bo’lmish Bratarvaxsh tomonidan chavaqlab o’ldiriladi. Bu mudhish suiqasd eramizdan oldingi 554-yilning saratonida sodir bo’lgandi. O’shanda Zardusht 77 yoshda edi. Zardusht din peshvosi bo’lish bilan birga katta oila boshlig’I ham edi. Uning Istavatr, Uruvatr, Xurchitra nomli o’g’illari, Frini, Trini va Puruchisto nomli qizlari bo’lgan. Eng muhimi zardusht johiliyat, zulm, qabohat, tabiatparastlik, butparastlik, molparastlik, ashyoparastlikka qarshi kurashib, nisbatan dunyoviy, insoniy, ma’rifiy g’oyalarni o’zida mujassam etgan yakka Tangrini kashf etdi; yangi e’tiqod zaminida yaxshi xulq, yaxshi hatti-harakat va yaxshi amal bilan bog’liq ijodiy mehnat g’oyasi yotardikim, bu bashariyatning barcha zamonlardagi eng oily niyatidir. Shuningdek, Zardusht zamonida sharob tayyorlash va sharobxo’rlik, ko’pxotinlilik qat’iyan man’ etilgan edi.

Download 28,16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish