Axborot va kodlash nazariyasi asoslari



Download 9,46 Mb.
bet9/105
Sana25.01.2022
Hajmi9,46 Mb.
#410288
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105
Bog'liq
axborot kodlash oquv qol 2016

Diskret kanal turlari. Sinxron va asinxron diskret kanallar bo‘lishi mumkin.

Sinxron diskret kanallarda xar bir birlik element kiritilishi aniq belgilangan vaqt momenti bajaradi va ular faqat izoxron signal uzatishga mo‘ljallangan.

Asinxron kanal bo‘ylab ixtiyoriy turdagi signal-izoxron, anizoxron signallarni uzatish mumkin, shu sababli ular «tiniq» nomini olganlar. Sinxron kanallar esa «tiniq emas».

Diskret kanal axborot uzatish tezligi bilan tavsiflanadi va bit/s da o‘lchanadi. Diskret kanalning boshqa xarakteristikasi - telegraflash tezligi V dir. To‘rt turdagi signallar mavjud:



  1. Uzluksiz vaqtning uzluksiz signali.

  2. Diskret vaqtning uzluksiz signali.

  3. Uzluksiz vaqtning diskret signali.

  4. Diskret vaqtning diskret signali.

Uzluksiz vaqtning uzluksiz signallari qisqacha uzluksiz (analog) signallar deb ataladi. Mavjud ko‘plab mumkin bo‘lgan uzluksiz qiymatlarning ixtiyoriysini qabul qilishi, ixtiyoriy momentda o‘zgarishi mumkin (2.1-rasm). Bunday signallarga barchaga ma’lum bo‘lgan sinusoidal signallar ham kiradi.

2.1-rasm. Uzluksiz signal.

Diskret vaqtning uzluksiz signallari ixtiyoriy qiymat qabul qilishi mumkin, faqat oldindan belgilangan (diskret) ma’lum t1, t2, t3... momentlarda o‘zgaradi (2.2-rasm).

2.2-rasm. Diskret vaqtning uzluksiz signali.

Uzluksiz vaqtning diskret signallarining farqi shundaki, ular ixtiyoriy momentda o‘zgarishi mumkin, ammo ularning kattaligi ruxsat etilgan (diskret) qiymatni qabul qiladi (2.3-rasm)


2.3-rasm. Uzluksiz vaqtning diskret signali.


Diskret vaqtning diskret signallari (qisqacha diskret signallar) (2.4-rasm) diskret vaqt momentida faqat ruxsat etilgan (diskret) qiymat qabul qilishi mumkin.

2.4-rasm. Diskret signal.


Diskret xabarni signalga o‘zgartirgich chiqishida tashkil qilinayotgan signal qoidaga ko‘ra axborot parametri bo‘yicha diskret xisoblanadi. Ma’lumot uzatish texnikasida bunday signallar ma’lumotlarning raqamli signali (MRS) deb nomlanadi (2.5-rasm).



2.5- rasm. Ma’lumotlarning raqamli signali.

Xabarni o‘zgarishini ifodalovchi ma’lumot signal parametri ma’lumot signalning taqdim etuvchi (axborot) parametri deb ataladi. 2.5-rasmda taqdim etish parametri amplituda bo‘lgan va bu parametrning qiymati ko‘pligi ikkitaga teng (u+U1 va u+0) bo‘lgan MRS tasvirlangan. Signalning taqdim etish parametri xolatining aniqlangan qiymati aniqlovchi pozitsiyasi bo‘ladi.

Signal aniqlovchi pozitsiyasi almashinish momenti aniqlovchi moment (AnM) deyiladi.

Signal ikki qo‘shni aniqlovchi momenti orasidagi vaqt intervali aniqlovchi vaqt intervali (AnI) deyiladi. Xabarning qanday ko‘rinishda ekanligiga va signal tashuvchining parametrlariga qarab xabarlar ketma-ketligi diskret kanalga yoki ma’lumotlar uzatuvchi kanalga kelib tushadi.

Diskret kanal aloqa kanali va signal xosil qiluvchi qurilmalardan tashkil topgan. Signal xosil qiluvchi (SXQ) qurilmalarda ma’lumot signallari telekommunikaiya kanallari orqali uzatilishi uchun mos shaklga keltiriladi va diskret signallarning parametrlari bilan aloqa kanallari parametrlarini moslashtiradi. Shu bilan birga qabul qismida qayta xosil qilish (oldingi xolatiga qaytarish) ni amalga oshiradi. Diskret kanal va xatolardan ximoyalovchi qurilmalar majmuasi ma’lumot uzatish kanalini tashkil qiladi. Xatolardan ximoyalovchi qurilmalar, to‘sqinlar natijasida ma’lumot signallarida sodir bo‘ladigan xatolar sonini kamaytirish uchun ishlatiladi.

2.6-rasmda ma’lumotlar uzatish tizimining strukturaviy sxemasi keltirilgan.




2.6-rasm. Ma’lumotlar uzatish tizimining strukturaviy sxemasi.

Diskret ma’lumotlarni uzatish tizimi (DMUT) - xabar manbai va qabul qiluvchi orasida ma’lumotlar oqimini ta’minlab beruvchi texnik vositalar majmuasidir. DMUTni asosiy uch tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:

- xabar manbai

- DMU kanali;

- xabar iste’molchi.

DMUT ikki tomonlama axborot almashinuvini ta’minlovchi tizim bo‘lib o‘zida bir yoki undan ko‘p xabar manbai va iste’molchisi, uzatuvchi qurilmalar, qabul qiluvchi qurilmalar va aloqa liniyalaridan tashkil topgan. Xabarning qanday ko‘rinishda ekanligiga va signal tashuvchining parametrlariga qarab xabarlar ketma-ketligi diskret kanalga yoki ma’lumotlar uzatuvchi kanalga kelib tushadi. S’HQ qurilmalarda ma’lumot signallari telekommunikatsiya kanallari orqali uzatilishi uchun mos shaklga keltiriladi va diskret signallarning parametrlarini aloqa kanallari bilan moslashtiradi. Shu bilan birga qabul qismida qayta hosil qilish (oldingi holatiga qaytarish)ni amalga oshiradi. Diskret kanal va XHQ majmuasi ma’lumot uzatish kanalini tashkil qiladi. Xatolardan ximoyalovchi qurilmalar, to‘sqinlar natijasida ma’lumot signallarida sodir bo‘ladigan xatolar sonini kamaytirish uchun ishlatiladi.


Download 9,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish