Aybsiz aybdor bo’lgan



Download 16,06 Kb.
Sana22.06.2022
Hajmi16,06 Kb.
#691259
Bog'liq
Aybsiz aybdor


Aybsiz aybdor bo’lgan
Zamon rivojlangani sari kishilar o‘rtasida muloqot vositalarining turlari ham ortib bormoqda. Internet atalmish jahon axborot tarmog‘ida suzib yurgan son-sanoqsiz ma’lumotlarning biri to‘g‘ri, biri qing‘ir maqsadni ko‘zlagan bo‘lsa, yana biri kimnidir sha’ni va qadr-qimmatini kamsitishga, badnom qilishga “xizmat qiladi”. 
So‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali bir shaxsga nisbatan boshqa shaxs yoki guruhlar tomonidan tuhmat qilish holatlari tez-tez uchrab turibdi.
Xo‘sh, tuhmat o‘zi nima, unga qonunlarimizda qanday jazo belgilangan? Ushbu maqolada bular haqida qisqacha to‘xtalamiz.
Tuhmat nima?
Bila turib boshqa shaxsni sharmanda qiladigan uydirmalar tarqatish, sha’ni, qadr-qimmatini kamsitilishiga olib keluvchi yolg‘on ma’lumotlar berish tuhmat hisoblanadi.
Tuhmat deya atash uchun quyidagi uch belgi bo‘lishi lozim:
• tuhmat qilayotgan shaxs o‘zining tarqatayotgan ma’lumoti yolg‘on ekanligini oldindan biladi;
• ma’lumot boshqa jismoniy va yuridik shaxsga nisbatan qaratilgan bo‘ladi;
• tarqatilayotgan bu ma’lumotlarda shaxsni yoki tashkilotni sharmanda qilish ehtimoli mavjud bo‘ladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudning plenum qaroriga ko‘ra, tuhmat deganda yuridik yoki jismoniy shaxslarning sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini pastga uruvchi ma’lumotlarni ommaviy axborot vositalarida, xizmat ta’rifnomalarida, ko‘pchilik oldida so‘zlaganda, mansabdor shaxslar nomiga yozilgan arizalarda yoki boshqa, shu jumladan og‘zaki bo‘lsa ham bir necha shaxsga yoxud bir kishiga xabar qilish tushuniladi.
Bunday ma’lumotlarni shaxsning o‘ziga aytish – ma’lumot tarqatish deya hisoblanmaydi. Badnom etuvchi deya, sha’ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro‘sini oyoqosti qiluvchi, obro‘ni to‘kuvchi ma’lumotlar deya belgilangan. 
Ishdagi kamchiliklarni, jamoat va ish joylaridagi, turmushdagi fe’l-atvorini tanqid qiluvchi, haqiqatga to‘g‘ri keladigan ma’lumotlarga shaxsni badnom qiluvchi ma’lumotlar deb hisoblanmaydi. Tarqatilayotgan ma’lumot rost bo‘lsa, bu tuhmat hisoblanmaydi.
Tuhmat uchun javobgarlik qanday?
Amaldagi qonun hujjatlarida tuhmat qilgan shaxsga nisbatan uning og‘irlik darajasiga qarab ikki xil – ma’muriy va jinoiy javobgarlik belgilangan. 
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 40-moddasiga ko‘ra, tuhmat qilganlik, ya’ni bila turib yolg‘on, boshqa bir shaxsni sharmanda qiluvchi uydirmalarni tarqatganlik uchun eng kam ish haqining yigirma baravaridan oltmish baravarigacha miqdorda jarima belgilanishi mumkin. Tuhmatga oid ishlar bo‘yicha surishtiruv huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ko‘rib chiqiladi. Tuhmat qilgan shaxsga nisbatan jazo esa tegishli ma’muriy sudning qaroriga muvofiq qo‘llaniladi.
Ma’muriy sudning qaroriga asosan tuhmat qilganlikda ifodalanuvchi ma’muriy huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan shaxs bir yil ichida ushbu harakatni takror sodir etsa, unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi mumkin. 
Jinoyat kodeksining 139-moddasi birinchi qismiga ko‘ra, tuhmat u uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil ichida takroran sodir etilsa, jinoiy qilmish deya baholanadi. Buning uchun eng kam oylik ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan bog‘liq jazo qo‘llanilishi mumkin.
Agar tuhmat qilish nashr qilish yoki boshqacha usulda ko‘paytirilgan matnda yoxud ommaviy axborot vositalari orqali amalga oshirilgan bo‘lsa, bu qilmishni va uning uchun javobgarlikni yanada og‘irlashtiradi. Bunday holatda bir yilgacha bo‘lgan muddatga ozodlikdan mahrum qilish bilan qo‘llanilishi mumkin. 
Bordiyu, shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat sodir etishda ayblab yoki og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan holda yoxud xavfli retsidivist tomonidan yoki g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilinsa, uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. 
Agar shaxs tuhmatda ayblanayotgan bo‘lsa, buni surishtiruvchi, tergovchi, prokuror tomonidan aybi isbotlanishi lozim va bunga sud baho beradi. Bajarilgan xatti-harakatning tuhmat ekanligini isbotlash esa ma’lum vaqt talab qiladi.
Download 16,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish