Ayupova M. Yu. Logopediya toshkent 2007



Download 2,99 Mb.
bet4/142
Sana20.03.2022
Hajmi2,99 Mb.
#504435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага (2)

Logopediyaning ahamiyati


Logopediya fan sifatida muhim nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. U tilning, nutqning ijtimoiy mohiyati, bolaning nutqi, tafakkuri va butun ruhiy faoliyatning chambarchas bog‘liqligi bilan belgilanadi.
Nutq vazifasi insonning muhim ruhiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Nutq rivojlanishi jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari, tafakkur qobiliyatlari shakllanadi. So‘zning ahamiyati o‘z-o‘zidan umumlashtiruvchi hisoblanadi va shu munosabat bilan o‘zida nafaqat nutq birligini, balki tafakkur birligini ham namoyon qiladi. Ular aynan o‘xshash emas va ma’lum darajada bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan holda paydo bo‘ladi. Lekin bolaning ruhiy rivojlanishi jarayonida murakkab, sifat jihatdan yangi birlik nutqiy tafakkur, nutqiy fikrlash faoliyati paydo bo‘ladi.
Nutqiy muomala qobiliyatini o‘zlashtirish o‘ziga xos insoniy, ijtimoiy aloqalar uchun zamin hozirlaydi. U tufayli bolaning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari shakllandi va oydinlashadi, uni aks ettirish shakllari takomillashadi.
Bolaning nutqni o‘zlashtirishi uning xatti-harakatlarini anglash, rejalashtirish va tartibga solishga imkon beradi. Nutqiy muomala faoliyatning turli shakllarini rivojlantirish va jamoa mehnatida ishtirok etish uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi. U yoki bu darajadagi nutq buzilishlari (nutq buzilishlarining xususiyatiga bog‘liq holda) bolaning barcha ruhiy rivojlanishlariga salbiy ta’sir etadi, uning faoliyatida, yurish-turishida aks etadi. Og‘ir nutqiy buzilishlar aqliy rivojlanishga, ayniqsa, bilish faoliyati oliy darajalarining shakllanishiga ta’sir etishi mumkin. Bu nutq va tafakkurning chambarchas bog‘liqligi, ijtimoiy, jumladan nutqiy aloqalarning cheklanganligi bilan bog‘langandir. Bu jarayonda bolaning atrof-muhitni idrok etishi amalga oshadi.
Nutq buzilishi, nutqiy muomalaning cheklanganligi bola shaxsining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, aslida bo‘lmagan ruhiy buzilishlarni, hissiy-irodaviy sohaning o‘ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqarishi, uning xarakteridagi salbiy fazilatlar (tortinchoqlik, qat’iyatsizlik, odamovilik, salbiylik, nomukammallik tuyg‘usi)ning rivojlanishi uchun yo‘l ochib berishi mumkin.
Bularning barchasi savodxonlikni egallashga, umuman o‘zlashtirishga, kasb tanlashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Demak, logopediya fanining ahamiyati bolaning nutqiy buzilishini bartaraf etish, shu bilan birga uning mukammal, har tomonlama rivojlanishini ta’minlashdan iboratdir.

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish