Ayupova M. Yu. Logopediya toshkent 2007


LOGOPEDIYA FANINING NAZARIY VA METODOLOGIK ASOSLARI



Download 2,99 Mb.
bet3/142
Sana20.03.2022
Hajmi2,99 Mb.
#504435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142
Bog'liq
Ayupova M Логопедия кутубхонага (2)

I BO’LIM

LOGOPEDIYA FANINING NAZARIY VA METODOLOGIK ASOSLARI


I BOB. LOGOPEDIYA FANINING MAQSADI, VAZIFALARI.
LOGOPEDIYA FANINING BOSHQA FANLAR BILAN ALOQASI.
LOGOPEDIYANING METODOLOGIK ASOSLARI.
FAN SIFATIDA LOGOPEDIYANING TAMOYIL VA METODLARI.
Logopediya bu – nutq buzilishlari haqidagi maxsus ta’lim va tarbiya vositasida nutq buzilishlarini o‘rganish, tuzatish va oldini olish haqidagi pedagogik fandir. Logopediya nutq faoliyati buzilishining sabablari, mexanizmlari, alomatlari, oqimlari tarkibini o‘rganadi. Shuning uchun uni maxsus pedagogika sirasiga qo‘shadilar.
«Logopediya» termini grekcha logos (so‘z, nutq), peydeo (tarbiyalayman, o‘qitaman) so‘zlardan tashkil topgan bo‘lib, tarjimada to‘g‘ri «nutqni tarbiyalash» ma’nosini anglatadi.
Fan sifatida logopediya nutq nuqsonini tuzatish, nutqiy faoliyati zaiflashgan shaxslarni o‘qitish va tarbiyalash jarayoni hisoblanadi. Logopediyani o‘rganish ob’ekti – nutq nuqsoniga ega bo‘lgan shaxs. Adabiy tilda qabul qilingan nutq normasidan biroz bo‘lsa ham chetga chiqish – bu nutq nuqsoni deb hisoblanadi.
Zamonaviy logopediya strukturasi maktabgacha yoshli, maktab bolalar logopediyasi, o‘smirlar va katta yoshdagilar logopediyasiga bo‘linadi.

Logopediya fanining maqsadi, vazifalari


Logopediyaning asosiy maqsadi nutqida nuqsoni bor shaxslarni o‘qitish, tarbiyalash va qayta tarbiyalashning ilmiy asoslangan tizimini ishlab chiqish, Shuningdek, nutq nuqsonining oldini olishdan iboratdir. Logopediya fani optimizm va chuqur insonparvarlik bilan yo‘g‘rilgandir. U nutqida nuqsoni bor bolalarning shaxs sifatida har tomonlama rivojlanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratib beradi.
I.P. Pavlovning birinchi va ikkinchi signal sistemalari orasidagi o‘zaro ta’sir haqidagi, shartli reflektorlik aloqalarining shakllanish qoidalari haqidagi nazariyalari, P.K. Anoxinning funksional tizimlar haqidagi ta’limoti, ruhiy funksiyalarni dinamik tarzda cheklash haqidagi ta’limot (I.M. Sechenov, I.P. Pavlov, A.R. Luriya) va nutq faoliyatining zamonaviy neyropsixolingvistik nazariyalari haqidagi ta’limot logopediyaning tabiiy-ilmiy, psixofiziologik asosidir.
I.P. Pavlov ta’limotiga muvofiq nuqt bosh miyaning murakkab psixologik funksiyasini, uning ikkinchi signal tizimini o‘zida namoyon etadi. Bu esa signallarning signali sanaladi. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari bir-biri bilan uzviy bog‘langandir. Ikkinchi signal tizimi birinchi tizim asosida shakllanadi. Ammo keyinchalik ikkinchi signal tizimining birinchi signal tizimiga tartibga soluvchi ta’siri namoyon bo‘ladi. So‘z alohida xususiyatning signali, umumlashtirish, mavhumlashtirish qurolidir. Birinchi va ikkinchi signal tizimlari orasidagi o‘zaro murakkab aloqalarni hisobga olish nutq buzilishini tuzatish, buzilgan nutq va nutqsiz funksiyalarning o‘rnini bosish ustida samarali logopedik ish olib borish uchun imkoniyat yaratadi.
Logopediya fanining quyidagi vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  1. Nutq buzilishining turli shakllarida nutq faoliyatining ontogenezini o‘rganish.

  2. Nutq buzilishlarining keng tarqalganligi, alomatlari va darajalarini aniqlash.

  3. Nutqiy faoliyati buzilgan bolalarning o‘z-o‘zidan va biror maqsadga qaratilgan rivojlanish dinamikasini, Shuningdek, nutqiy zaiflikni ularning shaxs sifatida yetishuviga, ruhiy rivojlanishiga, turli ko‘rinishdagi faoliyatlarini namoyon qilishga, o‘zlarini tutishlariga ta’sirini aniqlash.

  4. Rivojlanishida turli xil farqlar bo‘lgan bolalarda (eshitish, ko‘rish, fikrlash qobiliyatining hamda tayanch harakat apparatining buzilishi hollarida) nutqning shakllanishi va nutq buzilishlari xususiyatini o‘rganish.

  5. Nutq buzilishining kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, tuzilishi va alomatlarini aniqlash.

  6. Nutq buzilishlarining pedagogik tashxisi, metodlarini ishlab chiqish.

  7. Nutq buzilishlarini tartibga solish.

  8. Nutq buzilishini bartaraf etish tamoyillari, differensiyalashgan metodlari va vositalarini ishlab chiqish.

  9. Nutq buzilishining oldini olish metodlarini takomillashtirish.

  10. Logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish.

Logopediyaning yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarida uning ham nazariy, ham amaliy yo‘nalishlari belgilab berilgandir. Uning nazariy tomoni – nutq buzilishlarini o‘rganish, hamda ularning oldini olish, aniqlash va tuzatishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqishdan iborat. Amaliy tomoni – nutq buzilishining oldini olish, aniqlash va bartaraf etishni o‘z ichiga oladi. Logopediyaning nazariy va amaliy vazifalari bir-biriga chambarchas bog‘langandir.
Qo‘yilgan vazifalarni hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak:

  1. fanlararo aloqalardan foydalanish va nutq hamda undagi nuqsonlarni o‘rganuvchi ko‘plab mutaxassislar (psixologlar, neyropsixologlar, neyrofiziologlar, tilShunoslar, pedagoglar, turli ixtisosdagi vrachlar va boshqa kishilar)ni hamkorlikda ish olib borishga jalb etish;

  2. nazariya sohasidagi yangiliklarni amaliyotga tezroq tatbiq etish uchun fan va amaliyot o‘rtasidagi aloqalarni, nazariy va amaliy muassasalar orasidagi hamkorlikni ta’minlash;

  3. nutqning buzilishini o‘z vaqtida aniqlash va bartaraf etish tamoyillarini amalga oshirish;

  4. nutq buzilishining oldini olish uchun aholi o‘rtasida logopedik bilimlar targ‘ibotini olib borish.

Yuqoridagi vazifalarning bajarilishi logopediyaning ta’sir kuchini belgilaydi. Logopedik ta’sir etishning asosiy yo‘nalishi nutqning rivojlanishi, nuqsonli nutqni tuzatish va nuqsonlarning oldini olishdan iborat. Logopedik ish jarayonida sezuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish; uni harakatga keltiruvchi kuch, ayniqsa, nutqqa ta’sir etuvchi harakatlarni bilish, ayniqsa, tafakkur faoliyatini, xotira, diqqat jarayonlarini rivojlantirish; Shuningdek, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, yaxshilash bilan bir vaqtda bola shaxsini tarkib toptirish; ijtimoiy muhitga ta’sir etish nazarda tutiladi.
Logopedik jarayonni tashkil etish nutq buzilishini to‘g‘rilash bilan bir qatorda psixofizik nuqsonlarni ham tugatish yoki yengillatish uchun sharoit yaratadi. U pedagogik ta’sir qilishning muhim maqsadi bo‘lgan shaxsni har tomonlama kamol toptirish imkonini beradi.

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   142




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish