B. N. Sirliyev a. Beknazarov d. N. Arziqulov



Download 149,6 Kb.
bet41/49
Sana21.06.2022
Hajmi149,6 Kb.
#686947
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi a k a d e m I y

Referent guruh. O‘z norma va tushunchalari bilan shaxsning ijti- moiy munosabatlarga kirishishda, xulq-atvorlarini boshqarishda va namoyon bo‘lishida yetakchi ta’sir etuvchi guruh referent guruh deb ataladi. Bu atamani birinchi marta 1942 yil amerikalik psixolog X. Xaymen muomalaga kiritgan. Shaxs yuqori baholaydigan guruh- dagi norma va munosabatlar, ularning yurish-turishi, xulq-atvori uning ichki mezoni bo‘lib qoladi. Shaxs nafaqat o‘z xulq-atvorini, balki boshqalarning xulq-atvorini ham shu andaza orqali baholaydi. Har bir guruhda kishilar o‘rtasidagi munosabatlar 2 xil ko‘rinishda kechadi:

  1. bevosita, ya’ni bir-birini yoqtirish yoki yoqtirmaslik asosida;

  2. bavositalik asosida, bunda guruhdagi shaxslararo munosabatlar guruh faoliyati maqsadidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.

Amerikalik sotsiologlar referent guruhlarning bir necha turlarini farqlaydilar.
Normativ guruhlar. Shaxs bu guruhdagilarni ma’qullaydi, ularga amal qilishga hamisha tayyor bo‘ladi. Bunday guruhlarga, birinchi navbatda, oilani, diniy yoki milliy uyushmalarni, kasbiy guruhlarni ki- ritish mumkin. Masalan, o‘zbek xalqi uchun dasturxon atrofiga o‘tir- gan zahoti yuziga fotiha tortish, mezbonlarning mehmonlarga «xush kelibsizlar» deyishlari norma hisoblanadi va har bir oilada shunday harakatlarga nisbatan ijobiy ustanovka shakllanadi.
Qiyoslash guruhlari. Shaxs bu guruhga kirishga, uning ma’qulla- shiga muhtoj bo‘lmaydi, lekin o‘z harakatlarini yo‘lga solishda unga asoslanadi.
Negativ guruhlar. Shaxs ularning xatti-harakatlaridan ataylab voz kechadi. Chunki bunday guruhlar uning shaxsiy qarashlaridan mutlaqo farq qiladi.
Diffuz guruh stixiyali, tasodifan to‘plangan va shaxslararo muno- sabatlar bevositalik asosida qurilgan kishilar birligidir. Bu guruhlar miqdori bir necha kishidan minglab kishini tashkil qilishi mumkin, masalan, avtobus bekatida to‘planib turgan odamlar diffuz guruhiga kiradi. Diffuz guruh ma’lum vaqt saqlanib tursa, guruhiy tabaqalanish boshlanadi, ya’ni lider ajralib chiqadi.
Guruh ma’lum ijtimoiy faoliyat maqsadlari asosida to‘plangan, muloqot ehtiyojlari qondiriladigan insonlar uyushmasidir. Demak, gu- ruh uchun ikkita asosiy mezon mavjud: biror-bir faoliyatning bo‘lishi hamda u yerda odamlarning o‘zaro muloqoti uchun imkoniyatning mavjudligi.
Guruhlarning turlari. Kundalik hayotda shaxs muloqotda bo‘ladi- gan, vaqtini birgalikda o‘tkazadigan kishilar guruhi ham turli xil bo‘- ladi. Masalan, agar odamlar ko‘chada tasodifiy hodisaning tomoshabi- ni bo‘lib turishgan bo‘lsa, ularni psixologiya tilida guruh emas, olo- mon deb atashadi. Haqiqiy guruh uchun o‘sha odamlarning barchasiga aloqador umumiy faoliyat va hamkorlik qilish, bir-birlariga ta’sir ko‘r- satish imkoniyati bo‘lishi kerak.
Amerikalik psixolog C. Kuli hamkorlikning darajasiga ko‘ra, gu- ruhlarni birlamchi va ikkkilamchi turlarga bo‘lib o‘rganishni taklif etadi. Birlamchi guruhda shaxslararo o‘zaro ta’sir yuzma-yuz, bevosi- ta ro‘y beradi. Masalan, oila davrasida, sinfda hisobchilar xonasida o‘tirganlar birinchi guruhga misoldir.
Ikkinchi guruhdagi odamlarning har doim ham bevosita muloqot- da bo‘lish imkoniyatlari bo‘lmaydi. Ular o‘rtasidagi munosabat va o‘zaro ta’sir bilvosita bo‘ladi.
Jamoa - maqsadlari jamiyat maqsadiga mos keladigan umumiy faoliyat bilan birlashgan odamlar guruhi. Jamoa o‘spirin va yoshlar- ning shaxsini shakllantirish uchun eng qulay shart-sharoitlar yaratila- digan birlik hisoblanadi. Oila jamoasi, maktabdagi o‘quv-tarbiya jamoasi, korxona jamoasi, nihoyat kechagi maktab o‘quvchilari o‘rta ma’lumot olganidan keyin borib qo‘shiladigan mehnat jamoalari shun- day bir ijtimoiy muhit hisoblanadiki, unda shaxsning voyaga yetishi va har tomonlama rivojlanishi yuz beradi.

  1. Jamoa va guruhlarda shaxslararo munosabat

Guruhga kiruvchi odamlar bir-birlariga va guruhning faoliyatiga nisbatan bir xil nuqtai nazarda bo‘lmaydilar. Guruhning har bir a’zosi o‘zining ishchanligi va shaxsiy fazilatlariga, o‘z maqomiga, ya’ni uning guruhda tutgan o‘rni haqida dalolat beradigan, mustahkamlab qo‘yilgan huquq va burchlariga, uning xizmatlari va fazilatlarini guruhning tan olishi yoki olmasligini aks ettiradigan nufuziga binoan guruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida muayyan mavqeiga ega bo‘ladi.
Psixologiyada guruh ichidagi tabaqalanishning ikkita asosiy tizimi - sotsiometrik va referentometrik afzal ko’rish va tanlashlar alohida ajralib turadi.
Amerikalik psixolog J. Moreno guruhlarda shaxslararo afzal ko‘- rishni aniqlash usulini va emotsional afzal ko‘rishni qayd qilish texni- kasini taklif etadi. Buni u sotsiometriya deb atadi. Sotsiometriya yor- damida shaxslararo birgalikdagi harakat jarayonida guruh a’zolarida namoyon bo‘ladigan afzal ko‘rishlarning, befarqlik yoki xush ko‘r- maslikning miqdoriy me’yorini aniqlash mumkin. Sotsiometriya gu- ruh a’zolarining bir-birini xush ko‘rishi yoki xush ko‘rmasligini aniq- lashda keng qo‘llaniladi. Guruh a’zolarining o‘zlari bunday munosa- batlarni anglab ola olmasliklari va ularning mavjudligi yoki mavjud emasligi haqida o‘zlariga hisob bermasliklari mumkin.
Sotsiometrik usulning negizida «Sen kim bilan birga bo‘lishni xohlaysan» degan to‘g‘ridan-to‘g‘ri savol turadi. U kishilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning xohlagan jabhasiga tatbiqan qo‘yilishi mum- kin. Qoida tariqasida, tanlashning ikki yo‘nalishi - birgalikda mehnat qilish sohasidagi va vaqtichog‘lik qilish sohasidagi yo‘nalishlari tav- siya qilinadi.
Bu o‘rinda tanlashning maqbulligi darajasiga (benihoya istak bor- ligi, bajonidilligi, befarqligi, unchalik istamayotganligi, sira ham istak yo‘qligi) aniqlik kiritilishi va tanlash uchun tavsiya qilinadigan shaxs- lar soni cheklangan bo‘lishi ham mumkin. Tanlashlarni tanlash mat- ritsasiga tushirish chog‘ida yanada tahlil etish o‘zaro xush ko‘rish va xush ko‘rmasliklarning murakkab tarzda chatishib ketganligini va qa- rama-qarshi tomonlar o‘rtasidagi oraliq bo‘g‘inlarning butun iyerar- xiyasini ko‘rsatib beradi.
Shunday savol tug‘iladi: guruhdagi o‘zaro munosabatlarning sotsiometriya metodi uchun yashirin bo‘lib qoladigan, lekin bu mu- nosabatlarning faqat tashqi jihatini oddiy kuzatuvga qaraganda ancha tez va aniqroq ko‘rsatib bera oladigan haqiqiy ichki rivojlanishni qanday aniqlash mumkin? Guruh ichidagi o‘zaro birgalikdagi harakat- ning tashqi manzarasi guruh a’zolari o‘rtasidagi teran munosabatlar- ning oqibati sifatida qaralishi mumkin, lekin sotsiometriya afzal ko‘- rish va yakkalanib qolishning sabablarini aniqlamaydi.
Har qanday guruh tuzilishiga ko‘ra guruh a’zolari nufuzi va ma- qomining o‘ziga xos darajasini aks ettiradi. Uning yuqori qismidan re- ferentometrik va sotsiometrik tarzda tanlanadigan shaxslar o‘rin oladi, eng orqada esa noreferent va sotsiometrik jihatdan surib chiqarilgan individlar turadi. Mazkur iyerarxiya zinapoyasining eng yuqori bosqi- chida guruhning peshqadami (lideri) joylashadi.

Download 149,6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish