Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni


Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish manbalarini aniqlash va moliyalashtirish sxemasini ishlab chiqish



Download 6,3 Mb.
bet17/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

Investitsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish manbalarini aniqlash va moliyalashtirish sxemasini ishlab chiqish.

Loyihaviy moliyalashtirish investitsiyalarni moliyalashtirishning maxmus mexanizmi resurslar manbalarini tahlil qilish va baholash, moliyalashtirishning o‘ziga xos tamoyili va usullari, sinditsiyalashtirilgan kreditni qoplashning o‘z shartlari, loyihalarni boshqarish usullariga ega. bunday moliyalashtirish subzayomlar asosida qarzlarni shakllantirish va subkreditlar berish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Loyihaviy moliyalashtirish asosini korporativ manfaatlar mushtarakligi negizida ishtirokchilarning o‘zaro murakkab moliyaviy munosabatlari tashkil qiladi.


Loyihaviy moliyalashtirish, odatda, jahondagi turli mintaqalarda qo‘shma korxonalar, ular sho‘‘balarini tashkil qilish maqsadida yirik xarajatlarni moliyalashtirishni ko‘zda tutadi. Bunda loyihalarni moliyalashtirish asosiy faoliyatdan alohida, xarajatlarni moliyalashtirish uchun katta mablag‘larni jalb etish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Loyihaviy moliyalashtirishning bunday mexanizmi yordamida kreditlash rikslari minimallashtiriladi. Loyihaviy moliyalashtirishda qarz bevosita loyiha tashabbuskoriga emas, balki sinditsiyalashgan kredit ishtirokchilari nazoratida bo‘lgan institutga beriladi, u esa o‘z navbatida mablag‘larni loyihani amalga oshirish uchun javobgar bo‘lgan sho‘‘ba korxonaga yoki qo‘shma korxonaga o‘tkazadi. Sinditsiyalashgan kreditni beruvchi institut, odatda, loyiha natijasi bo‘yicha mahsulotni kelajakda etkazib berish hisobidan avans to‘lovlarni amalga oshiradi. Bu mahsulotni kontrakt bo‘yicha moliya institutidan bosh (ona) kompaniyaning boshqa korxonasi sotib oladi.
Loyihaviy moliyalashtirishning moliyaviy sxemalarini ikkita turga ajratish mumkin: parallel moliyalashtirish; bosqichma-bosqich moliyalashtirish.
Parallel moliyalashtirishning quyidagi afzalliklari mavjud, ya’ni loyihaviy moliyalashtirishning parallel moliyalashtirish shakli banklarga bir tomondan me’yorlarga amal qilgan holda kredit berish imkoniyatini bersa, ikkinchi tomondan kredit risklarini pasaytiradi. Ko‘p hollarda loyihani moliyalashtirish tashabbuskori sifatida nufuzga ega bo‘lgan tijorat bankining yoki halqaro moliya institutlarining ishtirok etishi qarzdorning o‘z vaqtida kreditni qaytarishiga qo‘shimcha kafolat beradi. Kredit shartnomasiga qilingan qo‘shimchalarda agar qarzdor moliyalashtirishda ishtirok etayotgan biror kreditor oldidagi to‘lov majburiyatini bajarmasa bosh kreditor kreditni muddatidan oldin undirib olish huquqiga ega bo‘ladi.
Investitsiya loyihalarini hamkorlikda (qo‘shma) moliyalashtirishning quyidagi ko‘rinishlari (shakllari) mavjud?, ya’ni hamkorlikda moliyalashtirishning ikki shakli ko‘p qo‘llaniladi:
- mustaqil parallel moliyalashtirish, bunda har bir bank qarz oluvchi bilan kredit shartnomasi tuzadi va investitsiya loyihasida o‘ziga tegishli bo‘lgan qismini moliyalashtiradi (subloyiha);
- ko‘pchilik bo‘lib hamkorlikda moliyalashtirish, bunda barcha kreditorlar to‘planib bitta sindikatga birlashadilar; yagona kredit shartnomasi tuziladi; kredit shartnomasini tayyorlash va imzolashni bank-menedjer amalga oshiradi; keyingi bosqichda kredit shartnomasini amalga oshirish ustidan nazoratni (ayrim xollarda investitsiya loyihasini umuman amalga oshirishni) hamda zarur hisob-kitob operatsiyalarini sindikat tarkibidagi maxsus bank-agent ma’lum miqdordagi komission haq e’vaziga amalga oshiradi.
Investitsiya loyihalarini bosqichma-bosqich moliyalashtirishning o‘ziga xos xususiyati, asosan, birinchi sinf toifasidagi banklarda investitsiya loyihalarining ekspertizasi bo‘yicha tajribali mutaxasislarning mavjudligi, bank olamida yuqori nufuzga egaligi tufayli loyihalarni kreditlashtirish bo‘yicha ko‘plab arizalar kelib tushadi. Biroq, yirik banklar ham har doim bu loyihalarni ularning balansiga salbiy ta’sir etishi mumkinligiyoki boshqa sabablar oqibatida moliyalashtira olmaydi. SHuning uchun ko‘p hollarda bu banklar loyihani kreditlashtirishning tashabbuskori sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Investitsiya loyihasini samaradorligini baholagani uchun va kredit shartnomasini ishlab chiqqani uchun tashabbuskor bank komission haq oladi. Kredit berilgandan so‘ng tashabbuskor bank shartnoma bo‘yicha qarzdorga nisbatan o‘z talabini boshqa kreditorga beradi.
Loyihaviy moliyalashtirish (sindikatlashgan kreditlar)da mijozning kredit bo‘yicha to‘lov majburiyatlariga ta’minot sifatida quyidagilarni aytish mumkin:

      • bank kafolatlari;

      • loyihada mahsulot sotishdan tushumning ajratilishi;

      • turli ko‘rinishdagi davlatning qo‘llab-quvvatlashi: "stendbay" rezerv kreditlari, subordinatsiyalashgan qarzlar, kafolatlar va ishonchnomalar va boshqalar.

Kredit ta’minoti moliyalashtirishning quyidagi bosqichlarida quyidagi hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi:

        • kafolat xati;

        • 3-shaxs topshiriq shartnomasi;

        • garov majburiyati va boshqalar.

Ta’minotni rasmiylashtirish kredit shartnomasini rasmiylashtirishning har bir bosqichida amalga oshiriladi. Yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirish manbalari 3 xil ko‘rinishda bo‘ladi (rasm). Bular:

  • jalb qilingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirish.

  • o‘z mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish.

  • qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish.

Yirik investitsion loyihalarni jalb qilingan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirish loyihaning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab har xil bo‘ladi.
Ustav kapitalini shakllantirish bu tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakliga bog‘liq bo‘ladi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatda ustav kapital ta’sischilar hisobidan shakllantiriladi. Aksiyadorlik jamiyatlarda aksiyadorlar tomonidan sotib olingan jamiyatning barcha aksiyalari nominal qiymati yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Jamiyatning barcha oddiy aksiyalari narxi bir xil bo‘lishi shart. Jamiyatning ustav kapitali uning kreditorlari oldidagi qarzlarini jamiyatdagi mulklarning minimal hajmi bilan kafolatlaydigan bo‘lishi kerak. Jamiyat oddiy aksiyalarni sotishdan tashqari bir yoki bir necha xil imtiyozli aksiyalar ham sotishi mumkin.
Ustav kapitalini pul mablag‘i, mulk to‘lovi, mulkiy huquq, qimmatli qog‘ozlar bilan shakllantirish mumkin. Ustav kapitali - bu aksiyadorlik jamiyatining iqtisodiy fundamenti. Agar aksiyadorlik jamiyati va uning aktivlari yo‘q bo‘lib qolsa, unda jamiyatdan qoladigan - bu ustav kapitaldir. Ayni vaziyatda aksiyadorlik jamiyatini tugatish komissiyasi aksiyadorlarning qo‘lidagi aksiyalar miqdori bo‘yicha hisoblashadi.
Ustav kapitalining o‘zgarishlari faqat aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga asosan o‘zgartiriladi. Bu yig‘ilishda quyidagi masalalarni ko‘rib chiqish mumkin:
- ustav fondini ko‘paytirish va qo‘shimcha aksiyalar chiqarish. Bu kabi echimga faqat ustav kapital to‘liq shakllantirilgandan so‘nggina kelish mumkin. Jamiyat zararni qoplash uchun ustav kapitalini oshirishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
- ustav kapitalini kamaytirish yoki o‘zlari tomonidan chiqarilgan aksiyalarning ma’lum bir qismini bekor qilishi, hamda chiqarilgan aksiyalar sonini o‘zgartirmasdan nominal qiymatini kamaytirish;
- ustav kapital hajmini saqlab qolgan holda aksiyalarning nominal qiymatini bo‘lishi va kamaytirishi.
Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi ustav kapitalini kamaytirish yoki ko‘paytirish bo‘yicha qaror qabul qilsa, ushbu qarorga asosan aksiyadorlik jamiyati ham o‘z navbatida o‘zining ustav kapitalini kamaytiradi yoki ko‘paytiradi.
Xalqaro tajribalar va shu bilan birga mamlakatimizda orttirilgan iqtisodiy tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, ustav kapitalini ko‘paytirish bu jamiyatning investitsiya qilish imkoniyatlarini ochib beradi, ya’ni investor katta ishonch bilan o‘zining mablag‘ini investitsion loyihaga tikadi. Ustav kapital investitsion loyiha samarasizlikka yuz tutganda, investorning ushbu loyihaga tikkan mablag‘ini qisman yoki to‘liq qaytarish imkoniyatini beradi. SHuning uchun bunday hollarda ustav kapitali tashkilotning kafolat rolini ham o‘ynaydi.
Ustav kapitalini shakllantirish hamma vaqtlarda ham muhim rol o‘ynaganligi sir emas, lekin bozor munosabatlariga o‘tilayotgan bir vaqtda faqatgina ustav kapitalini shakllantirish bilan yirik loyihalarni moliyalashtirib bo‘lmaydi.
O‘z mablag‘i hisobidan moliyalashtirish.
O‘z mablag‘i hisobidan moliyalashtirish tashkilotning bozor munosabatlarida samarali faoliyat yuritishi orqali amalga oshiriladi. Bu kabi tamoyillar mahsulot ishlab chiqarishda zararlarni to‘liq qoplangandan so‘ng ishlab chiqarishni rivojlantirish, texnik bazalarni kengaytirish uchun yo‘llanadi. Bundan shuni anglash lozimki, loyiha o‘zining joriy kapital xarajatlarini o‘zi manbalari orqali qoplashi kerak.
Resurslarni investitsiya qilishdan asosiy maqsad, bu ishlab chiqarishdan sof daromad olish, ya’ni sof tushumning mahsulot tannarxidan oshgan qismini olish tushuniladi. Foyda va amortizatsiya ajratmasi ishlab chiqarishga biriktirilgan aylanma mablag‘larning natijaviy hosilasi hisoblanadi. Bu mablag‘lar korxonaning o‘z mablag‘i hisoblanib, tashkilotning bu moliyaviy resursdan foydalanish imkoniyatlarini izlashga majbur qiladi. Foyda va amortizatsiya ajratmalarini optimal ravishda ishlatishda korxona ko‘pincha ishlab chiqarishni yangilash va kengaytirish yo‘lini tanlaydi. Korxona ixtiyorida qoladigan foyda - bu uning moliyaviy talablarini moliyalash manbasi hisoblanadi. Uni ishlatilishiga ko‘ra ikki xil turga ajratish mumkin: jamg‘arish va iste’mol. Korxona foydasining istemolga yoki jamg‘armaga qanday mutanosib ravishda taqsimlanishi korxonaning kelajakdagi faoliyatiga bog‘liq bo‘ladi.
Jamg‘arishga ajratilgan amortizatsiya ajratmasi va foyda korxonaning ishlab chiqarish salohiyatiga ilmiy texnikaviy yangiliklarni kiritish, moliyaviy aktivlarni shakllantirish va boshqa korxonalarning ustav kapitalida qatnashish uchun moliyaviy resurs bo‘lib hisoblanadi. Foydaning boshqa bir qismi korxonani ijtimoiy rivojlantirish maqsadida jamg‘ariladi. Bundan tashqari foydaning yana bir qismi boshqa korxonalar bilan moliyaviy munosabatlarini keltirib chiqaruvchi hisoblanadigan iste’molga sarflanadi.
Zamonaviy xo‘jalik yuritishda foyda va amortizatsiyani taqsimoti har doim ham maxsus pul fondlarga yo‘naltirilishi kuzatilmaydi. Korxona ixtiyorida qoladigan foydadan uchun maxsus jamg‘armaga amortizatsiya ajratmalari taqsimlanmaydi, lekin korxonaning moliyaviy resurslar oldidagi foydani taqsimlanish mohiyati o‘zgarmasdan qoladi.
Xo‘jalik yuritish davrida korxonalar moliyaviy munosabatlari qanchalik sof iqtisodiy ko‘rinishga ega ekanligi korxonalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarning bir qator tamoyillariga bog‘liq bo‘ladi. Ularning tamoyillari quyidagicha bo‘lishi mumkin: moliyaviy faoliyat yuritishda mustaqil bo‘lishi, o‘z - o‘zini moliyalashtirishi, moliyaviy faoliyatning yakuniy holatiga qiziqishi, uning natijalariga javobgarlik, korxonaning moliyaviy faoliyat yuritishi ustidan nazorat qilish.
Maqsadli fondlar odatda korxonaning olgan sof foydasini taqsimlashdan shakllantiriladi.
1. Jamg‘arish fondi.
Xo‘jalik yurituvchi sube’ktga bu fond yangi texnikalar, aylanma resurslarni, asosiy vositani yoki yangi mol-mulkni shakllantirish imkoniyatini beradi. O‘z imkoniyatlari orqali jamg‘arish fondini o‘stirishga erishishi bilan xo‘jalik yurituvchi sube’kt o‘zining yangi mulklarini yarata boshlaydi. U shu bilan birgalikda yangi mulklarni yaratish bo‘yicha operatsiyalar xo‘jalik yurituvchi sub’ektning jamg‘arish fondiga zarar etkazmasligini ta’minlaydi.
2. Amortizatsiya ajratmasi.
Amortizatsiya ajratmasini belgilanishidan maqsad ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarni ta’minlab turishdir.
Amortizatsiya ajratmasi moliyaviy resurslarning doimiy manbasi hisoblanadi. Amortizatsiya ajratmasi faqat asosiy vostilarning qiymatini ishlab chiqarilayotgan mahsulot va xizmatlarga to‘liq o‘tkazilgunga qadar ajratiladi. Amortizatsiya ajratmasi to‘g‘ri chiziqli usulda, tezlashtirilgan usulda va bajarilagan ish hajmi usulida bo‘lishi mumkin. O‘zbekistonda har uch xildagi amortizatsiya hisoblash usuli yo‘lga qo‘yilgan. Bu hisoblash usullarini xo‘jalik yurutuvchi sube’kt mustaqil ravishda moliyaviy holatiga qarab belgilaydi.
3. Rezerv fondi.
Rezerv fondi xo‘jalik yurituvchi sube’kt faoliyati tugash holatlari yuz berganda o‘zining kreditorlari oldidagi qarzlarni to‘lash maqsadida tuziladi. Aksiyadorlik jamiyatlari, kooperativlar, chet el investitsiyasi qatnashgan korxonalar uchun rezerv fondlari tuzish shart bo‘lib hisoblanadi. Rezerv fondlar ajratmasi quyidagi ko‘rsatkichlar bilan chegaralangan. Aksiyadorlik jamiyatlari uchun ustav kapitalini 10 foizidan, boshqa tashkilotlarni ta’sischilarini ruxsati bilan 25 foizgacha, shu bilan birga ushbu rezerv qilinayotgan summa soliqqa tortilayotgan summaning 50 foizidan oshib ketmasligi kerak.
O‘z mablag‘i hisobidan moliyalashtirish usuli orqali moliyalashtirish ko‘pchilik vaqtlarda loyihaning (GES) ba’zi bo‘limlarini ishga tushirishi ba’zi bir bo‘limlarining qurilishi boshlanadi. Ba’zi hollarda shu kabi loyihalarga ham mablag‘lar etishmay qolishi kuzatiladi. SHu sabablarga ko‘ra investor loyihani o‘z vaqtida sifatli ishga tushirish uchun jalb qilingan mablag‘larni olishga majbur bo‘ladi.
Qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish. Qarz mablag‘lari hisobidan moliyalashtirishni asosan ikki katta bo‘limga bo‘lib o‘rgansak maqsadga muvofiq bo‘ladi, ya’ni obligatsiya chiqarish yo‘li bilan moliyalashtirish va sinditsiyalashtirilgan kredit yo‘li bilan moliyalashtirish.
Jamiyat o‘z nizomida ko‘rsatilgan tartibda obligatsiyalarini va boshqa qimmati qog‘ozlarini chiqarish huquqiga ega. SHuningdek jamiyat yana ushbu chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni qonunda ko‘rsatilgan tartibda tarqatish va sotish xuquqiga ham ega. Jamiyat nizomida boshqa shartlar ko‘rsatilmagan bo‘lsa jamiyat boshqaruv kengashi (kuzatuv kengashi)ning qaroriga asosan tarqatiladi. Jamiyat obligatsiya chiqarish huquqiga ega. Obligatsiya - egasiga obligatsiyaning nominal qiymati (obligatsiyaning nominal qiymati va foizi)ni muddati kelgandan so‘ng talab qilish huquqini beruvchi qimmatli qog‘ozdir. Obligatsiya chiqarish uchun qaror qabul qilinganda uning shakli, muddati va boshqa qaytarish shartlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Obligatsiya nominal qiymatga ega bo‘lishi kerak. Jami chiqarilgan obligatsiyalarning nominal qiymati jamiyatning ustav fondidan yoki uning ta’minot qiymatidan oshib ketmasligi. Obligatsiyani ustav fondi to‘liq shakllangan holdan keyin chiqariladi. Jamiyat chiqarilgan obligatsiyalarni bir vaqtda yoki seriyasi bo‘yicha ma’lum muddatlarda qaytarishni mo‘ljallab chiqarishi mumkin. Obligatsiyani pul shaklida yoki mulk shaklida qaytarish mumkin. Bu holat obligatsiya chiqarish shartlarida ko‘rsatib o‘tilishi kerak bo‘ladi. Jamiyat ma’lum bir mulkiy ta’minot yoki uchinchi shaxslarning kafilligi ostida obligatsiyalar chiqarishi mumkin. Ta’minotsiz obligatsiyalar chiqarish uchun jamiyat shakllanganligiga kamida uch yil bo‘lishi kerak. SHu bilan birga kamida oxirgi ikki yillik rentabelli balansga ega bo‘lgan bo‘lishi kerak. Obligatsiyalar nomli va nomsiz bo‘lish mumkin. Nomli obligatsiyalar chiqarganda uning reestri yuritilishi kerak bo‘ladi. Obligatsiya egasining istagiga qarab, uni muddatidan oldin uni to‘lashini talab qilish xuquqiga ega. SHu sababli obligatsiya chiqarilishi jaryonida qaror qabul qilishda obligatsiya egasini muddatidan oldin to‘lashini talab qilganda unga to‘lov summasi va foizini to‘lash shartlari ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak. Obligatsiya emissiyasi yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirishda samarali bo‘lavermaydi (4.3-jadval).

Download 6,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish