Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni



Download 6,3 Mb.
bet63/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

Rk=Z/UMR (3)18
Bunda Rk – risk koeffitsienti; Z – maksimal mumkin bulgan zararlar summasi; UMR – o‘z moliyaviy resurslar xajmi.
Formuladagi Rk≤0,3 – riskning mumkin bo‘lgan darajasi; Rk≥0,7 – investorni bankrotlikka olib keluvchi risk koeffitsienti.
Ikkinchi tamoyilning amalga oshirilishi investorning risk ehtimolligi miqdori va oqibatlarini aniqlab olgan holda riskni pasaytirish usullari to‘g‘risida qaror qabul qilinishini talab etadi.
Uchinchi tamoyilning amal qilinishi loyihadan ko‘riladigan zarar hajmi nisbatan yuqori bo‘lgan hollarda riskdan (tavakkal qilishdan) bosh tortish zarurligi bilan anglanadi, ya’ni oz samara uchun ko‘p narsadan voz kechish kerak emas.
Investor uchun uning manfaatiga mos bo‘lgan loyiha uni amalga oshirishdagi yuzaga keluvchi risklarning to‘liq bartaraf etilganidir. Loyihaning iqtisodiy samaradorligini aniqlashda muqobil loyihalarni taqqoslama tahlil etishning ahamiyati juda kattadir. Loyhalarning taqqoslama tahlili, hatto, ularning qaysi biri eng kam riskli, yuqori foydali, tez qaytimli, kafolatlangan daromadli, hayotiyligi ishonchli investitsiya loyihasi ekanligini aniqlashga imkon beradi. Bunday tahlil investorning moliyalashtirishga loyiq haqiqiy raqobatbardosh loyihani aniqlashi va tanlashiga imkon beradi.
Investitsiya risklarini pasaytirish usullari quyidagilardan iborat:
- risklarni diversifikatsiyalash;
- risklarni sug‘urtalash;
- risklarni loyiha qatnashchilari o‘rtasida taqsimlash;
- risklar uchun moliyaviy zahiralar ajratish.
- qo‘shimcha ma’lumotlar va axborotlarga ega bo‘lish.
Risklarni diversifikatsiyalash bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan turli xil faoliyatlar o‘rtasida risklarni taqsimlash xisoblanadi. Diversifikatsiya turli xil faoliyatlar o‘rtasida investitsiyalarni taqsimlash asosida riskning bir qismidan qutulish imkonini beradi (investitsiya portfelini shakllantirish).
Investitsiya portfelini shakllantirishda risklarni taqsimlashning quyidagi shakllari mavjud:
- tovar va xizmatlar, faoliyat turlari bo‘yicha diversifikatsiyalash;
- iste’molchilarni diversifikatsiyalash;
- mol etkazib beruvchilarni diversifikatsiyalash;
- loyiha qatnashchilarni diversifikatsiyalash.
Risklarni sug‘urtalash bu risklardan og‘ish hisoblanib, bunda mukofot evaziga risklarni sug‘urta kompaniyalariga berish orqali risklarni pasaytirish hisoblanadi. Sug‘urtalashda mulkni sug‘urtalash hamda baxtsiz xodisalardan sug‘urtalash amalga oshiriladi. Mulkiy sug‘urtalashning quyidagi shakllari mavjud:
- moddiy yo‘qotishlar va zararlardan himoya qilish maqsadida pudrat qurilishlarini sug‘urta qilish;
- moddiy yo‘qotishlar va zararlardan himoya qilish maqsadida dengiz yoki havo transportlari orqali tashilayotgan yuklarni sug‘urta qilish;
- moddiy yo‘qotishlar va zararlardan himoya qilish maqsadida pudrat va subpudrat tashkilotlariga tegishli bo‘lgan asbob uskunalarni sug‘urta qilish.
Baxtsiz hodisalardan sug‘urta qilishning quyidagi shakllari mavjud:
- qurilish qatnashchilari tana jarohatlari, shaxsiy zarar yoki mulkiy zarar ko‘rganlarida bosh pudrat tashkilotlari faoliyatini himoya qilish maqsadida umumiy fuqorolik javobgarligidan sug‘urta qilish;
- loyihalashtirish jarayonida arxitektorlik va texnik nuqtai nazardan xatolarga yo‘l qo‘yilganda loyihalarni boshqarishda kamchiliklar kelib chiqqanda bosh pudrat tashkilotini moddiy javobgarlikdan sug‘urta qilish.
Risklarni loyiha qatnashchilari o‘rtasida taqsimlash moliyaviy reja va shartnoma xujjatlarini ishlab chiqish davomida amalga oshiriladi. Risklarni sifat va miqdor jihatdan taqsimlash mumkin. Risklarni sifat jihatdan taqsimlashda loyiha qatnashchilari ularga tegishli bo‘lgan u yoki bu risklarni ko‘paytirib yoki kamaytirgan holda qaror qabul qiladilar. Lekin bunda, masalan, investorlarga qanchalik yuqori risklar taqsimlanishi ko‘zda tutilsa, shunchalik ularni loyihaga jalb qilish qiyinroq bo‘ladi.
Risklarni miqdor jihatdan taqsimlashda yuqorida ko‘rib o‘tilgan risklarni tahlil qilish usullari qo‘llaniladi. Masalan, “Qarorlar daraxti” usulida har bir bosqichda hech bo‘lmaganda ikki tomon ishtirok etadi: sotuvchi va sotib oluvchi, buyurtmachi va buyurtmani amalga oshiruvchi. Buyurtmachi shartnomada ko‘rsatilgan ishlarni o‘z vaqtida hamda sifatli qilib bajarilgan holda shartnoma qiymatini kamaytirishga harakat qiladi; buyurtmani bajaruvchi esa, maksimal foyda olishga harakat qiladi. Bunda risk darajasi ikki tomon uchun ham mos kelishi kerak.
Riskni orqali ko‘rilgan zararlarni qoplash moliyaviy zahiralarni tashkil etishni ko‘zda tutadi. Ko‘zda tutilmagan zararlarni qoplash uchun moliyaviy zahiralarni tashkil etish orqaligina loyihani amalga oshirishda vujudga keladigan uzilishlarni bartaraf etish mumkin.
Moliyaviy zahiralarni tashkil etishda quyidagilarni aniqlash lozim:

    • ko‘zda tutilmagan harajatlarni qoplash uchun kerakli bo‘lgan mablag‘ miqdori;

    • ko‘zda tutilmagan harajatlarni qoplash uchun kerakli bo‘lgan zahiraning tarkibi;

    • belgilangan zahiralardan foydalanish maqsadlari.

Moliyaviy zahiralar ko‘zda tutilmagan harajatlarni qoplash uchun qo‘shimcha mablag‘larni ajratish orqali tashkil etiladi. Mustaqil Davlatlar Hamdustligining ayrim davlatlari sharoitida (masalan, Rossiya Federatsiyasida) moliyaviy zahiralar loyihani amalga oshirish harajatlarining 20 % ini tashkil etadi, chet ellarda bu 5 % ga teng19.
Moddiy zahiralar maxsus zahiralar tashkil etishni, masalan, ma’lum bir davr mobaynida loyiha bo‘yicha ishlab chiqarish uzilishlarsiz amalga oshirilishi uchun xom ashyo va materiallar zahiralarni tashkil etishni anglatadi.
Informatsion zahiralar deganda, qo‘shimcha ma’lumotlar va axborotlarga ega bo‘lish tushuniladi. Bunday zahiralarga ega bo‘lishdan maqsad, loyiha parametrlarini aniqlashtirish hamda loyihaning ishonchliligi va samaradorligini oshirishdan iborat. Noaniqlik sharoitida investitsion qarorlar ma’lumotlarning yo‘qligi yoki ma’lumotlarning etarli emasligi sharoitida qabul qilinadi va shu sababli investor loyihaning kelajakdagi prognozini to‘g‘ri belgilash maqsadida hamda loyihaning risklilik darajasini pasaytirish maqsadida ko‘proq axborotlarga va kengroq ma’lumotlarga ega bo‘lishni istaydi. Axborotlar sifatini oshirish, aniq ma’lumotlarga ega bo‘lish qo‘shimcha xarajatlarni keltirib chiqaradi. SHuning uchun loyihani tavsiflovchi ko‘rsatkichlarning ishonchliligini oshirish imkoniyati bilan bu ma’lumotlarni olishga ketgan xarajatlarni taqqoslash lozim20.



Download 6,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish