Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi “loyihaviy moliyalashtirish” fanidan ma’ruza matni


Investitsion tovarlar bilan ta’minlash va pudrat ishlarini amalga oshirishda risklarni boshqarish



Download 6,3 Mb.
bet65/71
Sana11.12.2022
Hajmi6,3 Mb.
#883577
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71
Bog'liq
Loyihaviy moliyalashtirish Ma\'ruza matni 2022-23

3. Investitsion tovarlar bilan ta’minlash va pudrat ishlarini amalga oshirishda risklarni boshqarish

Risklarni boshqarishning turli usullari mavjud bo‘lib, ularning barchasi risklarning ta’sir darajasini pasaytirishga va undan ko‘riladigan zararlarni kamaytirish yoki to‘liq bartaraf qilishga xizmat qiladi.


Risklar ob’ektiv va sub’ektiv omillar ta’sirida yuzaga keladi. Tom ma’noda olib qaralganda, ichki yoki tashqi ta’sirga ega bo‘ladimi, bundan qat’iy nazar, ularning aksariyati sub’ektiv omillar natijasida vujudga keladi. SHuning uchun ham risklarni pasaytirishda sun’iy pasaytirish yo‘llaridan foydalanish eng maqbul ish hisoblanadi.
Risklarni suniy pasaytirish yo‘llarini izlab topish va ishlab chiqishni taqozo qiladi. Risk darajasini pasaytirish yo‘qotishlar ehtimolligi va hajmini qisqartirishga olib keladi. SHunga ko‘ra, risklarni pasaytirishda qo‘llaniladigan quyidagi usullar mavjud:

  • riskdan qochish;

  • riskni o‘z zimmasiga olish;

  • riskni sug‘urtalash;

  • riskni transfer qilish;

  • riskni birlashtirish;

  • diversifikatsiyalash;

Risklar darajasini pasaytirishda axborotning o‘rni muhim bo‘lib, risk-menejmentda mazkur omil asosiy rol o‘ynaydi. Korxonalarda axborotlar etishmasligi va cheklanganligi sharoitida, qabul qilinadigan har bir qaror riskli bo‘lishi mumkin. SHuning uchun ham har bir korxona axborotlarni to‘liq, ishonchli va aniqligi sharoitida sotib olishga tayyor turadi. Bu, ayniqsa, raqobat sharoitida qo‘l keladi. Agar axborotlar to‘liq va etarli bo‘lsa, risklarni aniq bashorat qilish va pasaytirish yo‘llarini ishlab chiqish mumkin bo‘ladi. SHu sababdan ham axborot haqiqiy va qimmatli tovarga aylanadi. Uni sotib olish ko‘pgina yutuqlar garovi hamdir.
Korxonalarda foydani ko‘paytirishning eng muhim omili to‘g‘ri tanlangan investitsiya qarori asosida kapitalni samarali joylashtirishdan iborat bo‘lib, mazkur jarayonda o‘ziga xos risklar mavjud bo‘lsa-da, albatta, yangi texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarishlarning tashkil etilishi yuqori foydani qo‘lga kiritishning asosiy garovi hisoblanadi. Vaholanki, risk yuqori bo‘lgan joyda foyda olish darajasi ham yuqori bo‘ladi.
Investitsiyalar qaytimi uzoq yillar davomida ta’minlanishi sababli uning real qiymati o‘zgarishi yuzaga keladi. Bu esa investitsiyalarning diskont stavkasi asosida qoplanish holatini o‘rganishni talab qiladi.
Korxonalarda investitsiyalash kapital sarfining tarkibi, yo‘nalishi, muddati, miqdori bo‘yicha aniq hisob-kitoblariga asoslangan, moliyaviy-iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy, ekologiya, texnik va texnologik, yuridik kabi jihatlari bo‘yicha kompleks o‘rganib chiqilgan va tahlil qilingan loyiha asosida amalga oshirilar ekan, risklarni pasaytirish ham aynan loyiha qo‘lamida amalga oshirilishi talab etiladi.
Korxonalar foydasi shakllanishiga ta’sir etadigan risklarni pasaytirish uchun investitsiya loyihalarida risklarni hisobga olish va baholash muhim o‘rin tutadi, chunki investitsion faoliyat foyda shakllanishining asosiy qismi hisoblanadi. Bunda investitsiyalarning amalga oshirilishi va samaradorligi diskont ko‘rstakichi bilan bevosita bog‘liqligi, undagi risklarni, ham diskont stavkasini hisobga olgan holda baholash juda muhimdir.
Umuman olganda, investitsiya loyihasi bo‘yicha risklarni pasaytirishga imkon beruvchi barcha tadbirlarni shartli ravishda 4 ta guruhga ajratish mumkin:
- risklarni loyiha qatnashchilari orasida taqsimlashga imkon beruvchi diversifikatsiyalash;
- loyiha risklarini sug‘urtalash, bu jarayon iqtisodiyotimizning bozor munosabatlariga o‘tish davri sharoitida o‘zining birinchi qadamlarini qo‘ymoqda;
- loyihalarni amalga oshirish jarayonida kutilmagan holatlarga ajratmalar ulushini ko‘paytirish;
- risklarni berish yoki taqsimlash.
Korxonalar foydasi shakllanishiga ta’sir etadigan alohida risklar ta’sirini yo‘qotish yoki yumshatish uchun bir qancha usullar qo‘llanilishi mumkin. Korxonalarda foyda shakllanishiga ta’sir etuvchi risklarni kamaytirish tadbirlarini tahlil qilish jarayonida rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish va o‘z iqtisodiy muhitimizga uni tatbiq etish kerak, deb hisoblaymiz.
Quyida biz korxonalari uchun muhim bo‘lgan va o‘z kundalik ishlab chiqarish jarayonida to‘qnashadigan, hamkorlar va kadrlar bilan bog‘liq bo‘lgan risklarni pasaytirish yo‘llarini ko‘rib chiqamiz. Masalan, kichik biznes korxonalarining hamkorlar bilan bog‘liq riskni pasaytirishda xorijiy mamlakatlar tajribasidan foydalansa bo‘ladi. Birinchi navbatda, xo‘jalik shartnomalari bo‘yicha risklarni pasaytirish uchun har qanday bitimni tuzishda tadbirkor ko‘zda tutilayotgan hamkorni sinchiklab tekshirishi lozim.
AQSH biznesmenlari tomonidan hamkorlarning insofliyligi, ularning kreditga layoqatliligi “5” si qoidasi asosida baholanishi kuzatiladi. Kichik biznes korxonasi menejeri o‘z hamkorlari haqida quyidagilarni bilishi lozim:
- xarakteri – hamkorning shaxsi, uning biznes olamidagi reputatsiyasi, olingan majburiyatlarga javobgarligi va uni bajarishga tayyorligi;
- moliyaviy imkoniyatlari – joriy pul tushumlari yoki aktivlarni sotishdan tushgan tushumlar imkoniyati;
- mulki – kapitalining miqdori va tuzilishi;
- ta’minoti – kredit olishda garov tariqasida taqdim etiladigan aktivlar turlari, likvidligi, qiymati;
- umumiy shart-sharoitlari – iqtisodiy kon’yunkturasi holati va boshqa tashqi omillar.
Rossiyada tadbirkorlar, eng avvalo, kontragentning real moliyaviy holati va kompaniya ishining real tarixi, uning bozordagi mavqei tarixi bilan qiziqishadilar. Rossiya bozorida eng birinchilardan bo‘lib tadbirkorlik tuzilishi haqida axborotlar taqdim etuvchilardan Dun&Bradstreet korporatsiyasi hisoblanadi. Firma tomonidan taqdim etiladigan axborot xizmatlari tarkibida o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oluvchi: firmaning moliyaviy barqarorligini baholash bilan moliyaviy mablag‘larning umumiy hajmi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; firma ishini yurituvchi banklar va boshqa moliyaviy muassasalar ro‘yxati; hisob to‘lovlari muddatlari ko‘rsatilgan holda to‘lovlarning ijro etilishi aniqligi to‘g‘risidagi ma’ulmotnoma; firmaning moliyaviy holati va o‘sha tarmoqdagi boshqa firmalar bilan to‘lovlarni bajarish aniqligini taqqoslash kabi salohiyatli hamkor yoki mijozning biznes reputatsiyasi va moliyaviy holati to‘g‘risida biznes-ma’lumotlarni taqdim etish xizmatlari yotadi.
Korxonalarning foydasiga ta’sir etadigan risklarni pasaytirishning yana bir ichki usuli, bu korxonada olib boriladigan moliya-xo‘jalik faoliyatini rejalashtirish va prognozlashtirishdir. Samarali rejalashtirish va prognozlashtirish iqtisodiy tebranishlarni vaqtida bilishi hamda ularga yoki bozor kon’yunkturasining o‘zgarishlariga moslashish imkonini beradi va buning natijasida riskning salbiy oqibatlari darajasini kamaytirishga olib keladi.
Boshqa omillardan yana biri, hozirgi kunda shartnomalar bajarilishini nazorat qilish texnologiyalari ham risklarni kamaytirishga imkon beradi, ya’ni shartnomada ko‘zda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish bosqichlarini kuzatib borish, ma’lumotlarni solishtirish asosida bosqichma-bosqich tahlil etilishi hamda to‘lovlarni amalga oshirishdan oldin kontragentlar bilan tasdiq almashuvini o‘tkazilishi ayni shunga xizmat qiladi. Bu jarayonining umumiy ko‘rinishi quyidagi rasmda tasvirlangan.
Risklarni boshqarishda korxonaning sof foydasi hajmining o‘zgarishiga baho berish, foydaning ko‘paygan yoki kamayganligiga mahsulot (ish, xizmat)lar sotishdan va boshqa faoliyatlardan erishilgan natijaning ta’sir etishini aniqlash, foydaning shakllanishi va ishlatilishining asoslanganligin tekshirish, foyda hajmining ko‘payish yo‘llari va omillarini belgilash kabi omillar muhim o‘rin tutadi.
Respublikamiz amaliyotida korxonalar investitsion loyihalarini moliyalashtirish risklarini boshqarishda sezilarli muammolarning mavjudligi va uni hal qilish bugungi kunning dolzarb masalalaridan hisoblanadi.
Korxonaning moliyaviy holatini va iqtisodiy jihatdan adekvatliligini aniqlashda risklarning omilli tahlilini amalga oshirish muhim o‘rin tutadi. Har bir operatsiya turi bo‘yicha risklarni tahlil qilish, ularning risk darajasini baholash va yuzaga kelish sabablarini aniqlash ularni kamaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish imkonini beradi.
Xulosa qilib aytganda, korxonalar foydasining shakllanishiga ta’sir etuvchi omillarni, uning asosiy o‘zagini tashkil etuvchi risklarni baholash va boshqarish uslubiyotini hamda kamaytirish tadbirlarining amaliy samaradorligini tahlili asosida tegishli tavsiyalar ishlab chiqish va takomillashtirish yo‘nalishlarini aniqlash g‘oyat muhim masala hisoblanadi.

Download 6,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish