Bakalavriatning o`zbek filologiyasi yo`nalishi uchun



Download 0,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/29
Sana02.03.2022
Hajmi0,55 Mb.
#477432
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29
Bog'liq
2 5215264476978222239

Karimov I. A
. Adabiyitga e‟tibor – ma‟naviyatga, kelajakka e‟tibor. 17-18-betlar 


qardosh xalqlar ruhiga yaqinlashtirdi. N.Pogodin, Hamid Olimjon, Uyg`un va 
S.Abdullalarning "O`zbekiston qilichi", Mirtemir va V.Smirnovning "Ona" 
dramalari shular jumlasidandir. 
O`zbek adabiyotiga 60-yillarda kirib kelgan bir guruh ijodkorlar uning sifatini 
yaxshilashga, yangi ohang va ruh olib kirishga harakat qildilar. Bular E.Vohidov, 
A.Oripov, R.Parfi, H.Xudoyberdiyeva, O.Hojiyeva, M.Jalil, J.Kamol singari 
shoirlar, O`.Umarbekov, X.To`xtaboyev, U.Nazarov, M.Mansurov, O‟.Hoshimov, 
Sh.Xolmirzayev kabi yozuvchilar A.Ibrohimov, M.Boboyevdek dramaturglar 
edilar. 30 yillar lirikasida asosan mehnat mavzusi yetakchi o‟rinni egallagan, 
ijodkorlar lirik qahramonning ijtimoiy burchini qo`llashga ko`proq e‟tibor bergan 
bo`lsalar, 50- yillarda haybarakallachilik, ritorik murojaat ustunlik qilgan, 60-
yillarning o‟rtalaridan boshlab she'riyatda tuyg`ular rang-barangligi, inson ruhini 
teran ifodalash kabi fazilatlar ro‟yobga chiqdi. E‟tiborli tomoni shundaki, har bir 
shoir o`zining xalq oldidagi mas‟uliyatini anglab yetdi, unga nimalar haqda aytib 
berilish yo‟llarini izladi... 
G‟afur G‟ulom XX asr o‟zbek adabiyotining yorik namoyandasi.U o‟zbek 
she‟riyati, badiiy publisistikasi, feletonchiligi, yumoristik qissachiligi va 
tarjimachilik rivojiga katta hissa qo‟shgan so‟z san‟atkori hisoblanadi. 
G‟afur G‟ulom 1903-yil 10-mayda Toshkentning Qo‟rg‟ontegi mahallasida 
tug‟ildi. Otasi G‟ulom Mirza Orif o‟g‟li va onasi Toshbibi Yusuf qizi o‟qimishli, 
fors tilini bilgan, adabiyotni sevgan odamlar bo‟lishgan. Zehnli G‟afurning savodi 
erta chiqqan. To‟qqiz yoshidan Navoiy, Hofiz, Sa‟diy, Fuzuliy asarlarini sevib 
mutolaa qiladi. Uylariga Xislat, Shomurod kotib, Muqimiy, Furqat, Muhyi kabi 
shoirlarning kelib turishini aytadi. Otasi “Mirza”, “G‟ulom” taxalluslarida she‟r 
yozganini va “Bayozi Mirza” degan kitobi borligini ham aytadi. Ota-onasi juda 
erta o‟tib ketadi, ukalari va singillari bilan yolg‟iz qoladi. U oilani boqish uchun 
turli ishlarni qiladi. Avval boshlang‟ich maktabda o‟qidi, keyin 8 oylik rus-tuzem 
maktabida o‟qidi. Salkam 45 yillik ijodi davomida G‟.G‟ulom ko‟pdan-ko‟p she‟r, 
doston, ocherk, feleton, hajviya, hikoya, qissa va tarjimalarni e‟lon qildi. Ular 
yuzdan ortiq to‟plam va kitoblarda jamlanib, bosilib chiqdi. 
“Mushtum”, “Yer yuzi” jurnallarida, “Sharq haqiqati”,”Qizil O‟zbekiston” 
(hozirgi “O‟zbekiston ovozi”) gazetasida adabiy xodim va maxsus muxbir bo‟lib 
ishladi. Rudakiy, Sa‟diy, Firdavsiy, Bedil va Navoiyning forscha she‟rlarini tarjima 
qildi. “Dinamo”(1931), “Tirik qo‟shiqlar”(1932) dastlabki she‟riy to‟plamlari, 
“Jo‟rabo‟za”, “Yigit”(1931), “Kulgi hikoyalar”(1932) nasriy to‟plamlari chiqdi. 
“Netay”, “Tirilgan murda”,”Yodgor”,”Shum bola” asarlari mashhur. L. Bat “Shum 
bola” asari haqida so‟zlab, “Mohiyat jihatdan chuqur milliy ruhdagi bu asar Mark 
Tvenning “Tom Soyyerning sarguzashtlari”, Dikkensning ba‟zi romanlariga 
yaqindir”, degan edi. 
“Kuzatish”,”Sen yetim emassan”,”Vaqt”,”Sog‟inish” kabi urush vaqtida 
yozilgan she‟rlari shoir nomini dunyoga tanitdi. 1943-yilda O‟zbekiston Fanlar 
akademiyasining haqiqiy a‟zosi etib saylandi. O‟zbekiston xalq shoiri G‟.G‟ulom 
1966-yil 10-iyunda vafot etdi. 1999-yilda Prezident farmoniga binoan “Buyuk 
xizmatlari uchun” ordeni bilan taqdirlandi. 2003-yilning may oyida shoir 
tavalludining 100 yilligi mamlakatimizda keng nishonlandi.


NAZORAT SAVOLLARI: 
1. Prezidentimizning adabiyotga, ma‟naviyatga doir qanday asarlarini bilasiz? 
2. “Yangi o‟zbek adabiyoti ” fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat? 
3. O`zbek adabiyotining yangilanish davri qaysi yillarni o`z ichiga oladi? 
4. Moslashuv davri o`zbek adabiyotiga qaysi yillar kiradi? 
5.Sokinlik davri o`zbek adabiyotiga-chi? 
6.Istiqlol davri o`zbek adabiyotiga-chi? 
7.Ushbu davrlar adabiyotida qanday o`ziga xos xususiyatlar bor? 
8. G‟afur G‟ulom ilk tahsilni kimdan oldi? 
9. Uning ilk she‟ri yozilish tarixini bilasizmi? 
10.Shoir she‟rlarida falsafiylik deganda nimani tushunasiz? 
11. Shorning qaysi she‟rlarini yod olgansiz? 
12. Qaysi nasriy asarlarini o‟qigansiz? 
13. Qaysi asarlari kinolashtirilgan? 

Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish