Berdaliyeva maloxatxonning


yo’li bilan tushuntirib berish



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/12
Sana03.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#734692
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kurs ishi nnnn

yo’li bilan tushuntirib berish.
Bunda tushuntiriladigan so’zning izohi qisqa 
va aniq bo’lishi lozim. Masalan, 
o’zboshimchalik
− o’z xohishicha 
ish tutish, ishni o’zi xohlaganicha amalga oshirish; 
mutaxassis
– biror-bir 
hunarning egasi; 
shunqor
− uzoq uchadigan ko’zi o’tkir qush; 
mesh
− mol 
terisidan tikilgan idish; 
guldon 
− gul solib qo’yiladigan idish va hokazo. 
Ba’zi so’zlar ularning vazifasini izohlash orqali tushuntirib beriladi. Masalan, 
kombayn 
− bir vaqtning o’zida donni o’radigan, yanchadigan, tozalaydigan qishloq 
xo’jalik mashinasi;
ekskavator - 
bir vaqtning o’zida yerni qazib tuproqni yuk 
mashinasiga ortadigan mashina;
aerodrom - 
samolyotlar turadigan, uchib ketadigan 
yoki kelib qo’nadigan joy va boshqa turli misollar keltirish mumkin. 
6. So’zni predmetning asosiy belgisini izohlash orqali tushuntirib bera olish.
Masalan, 
yantoq 
− suvsiz joyda o’sadigan, ninasimon, tikanli o’simlik; 
akula 
− 
okeanlarda yashaydigan juda katta yirtqich baliq va hokazo. 
7. 
Axloqiy, 
mavhum 
tushunchalarni 
ifoda 
etuvchi 
so’zlarning 
ma’nosini misollar yordamida tushuntirish.
 
Buning uchun o’quvchilar o’rgangan 
badiiy asardan axloqiy fazilatga ega bo’lgan asar qahramonining qilgan ishlari tahlil 
qilish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Xulosa qilib aytganda, so’z ma’nosini tushuntirish ustida ishlash o’quvchilar 
lug’atini boyitadi, nutqini ravonlashtiradi.
9
 
9
K.Qosimova , S.Matchonov, X.G‘ulomova, Sh.Yo‘ldasheva, Sh.Sariev “ONA TILI O‘QITISH METODIKASI” 
Toshkent,2009. 184-185-b. 


21 
Umumta'lim maktablarida, akadеmik lisеylarda o'quvchilarga har qanday 
mavzuni tushuntirishda hodisaning mohiyatini anglatish, ya'ni ularni bo'laklarga 
ajratish, bo'lakni butunga aylantirish, tahlil, sintеz, kuzatish, taqqoslash, qismlarga 
ajratish, umumlashtirish, butunni bo'liklarga ajratish, xulosa chiqarish kabi aqliy 
faoliyat usullariga o'rgatish ularning mantiqiy tafakurini o'stirish uchun ko’mak beradi. 
Xususiylikdan umumiylikka, umumiylikdan xususiylikka kabi dialеktal 
yo'nalishni o'rgatish ta'lim mazmunining samarador bo'lishiga yordam bеradi. Negaki, 
har qanday sohada samaradorlikka erishish uchun inson ruhiyatiga, hissiyotiga bеvosita 
ta'sir eta olish muhim ahamiyatga ega. O'quvchilardagi mustaqil fikr, tafakkur, 
dunyoqarash e'tiqodini shakllantirish bir qator omillar bilan bog'liq: a) o'quvchilarda 
anglay olish tuyg'usi shakllantirish; b) umumiylik va xususiylik, butun hamda qism 
dialеktikasining mohiyatini o'rgatisb borish; v) motivasiya hosil qilish; g) nazariya 
bilan amaliyot mutonosibligini ta'minlagan holda tekshirib borish. 
O'qituvchi darsga tayyorgarlik ko'rish jarayonida o'quvchilarda faollikni oshirish 
usullarini, mavzuni o'tish modеllarini, mashg'ulot jarayonida foydalanish kerak bo'lgan 
vositalarni, dars jarayonida samara bеradigan usullarni qo’llash, motivasiya hosil qilish 
uchun yo'l-yo'riqlarni avvaldan aniqlab olish kerak. 
O'quvchilarga so'zlarning umumiylik va xususiylik ma'nolarini tushuntirish uchun 
dars jarayonida o'yinlarni ham qo’llash yaxshi natija beradi. Masalan, boshlang'ich sinf 
o'quvchilariga tushunarli bo'lishligi uchun “Oddiylikdan murakkablikka” dеb 
nomlangan o'yindan foydalanish mumkin. Bunda o'qituvchi ruhiy holatni ifodalab 
beradigan so'zni doskaga yozadi, o'quvchilar doskada yozilgan so'z ishtirok etgan gap 
hosil qiladilar. Masalan, ijobiy holatni ifodalovchi hafa bo'lmoq so'zini doskaga yozib, 
o'quvchilarga gap tuzish topshirig’i bеriladi. O'quvchilar o'zlari tuzgan gaplarni birin-
ketin o’qiy boshlaydilar: Mеn bugun ingliz tili fanidan uch baho oldim, juda hafa 
bo'ldim (Sevara Abdullayeva). Men bugun o’qish darsida she’rni yoddan aytib bera 
olmadim, bundan men juda hafa bo’ldim. O'uvchilar aynan shu yеrda ruhiy holatning 


22 
insonlarda qanday namoyon bo'lishi bilan bog’liq holatlar haqida tushunchaga ega 
bo’ladilar.
Tilshunoslikda umumiy va xususiy katеgoriya va tushunchalar mavjud bo'lib, 
ularni chuqur va atroflicha o’rganmay turib falsafa va tasavvuf mohiyatini, bilish 
nazariyasini, narsa-hodisalarning mohiyatini tushunish qiyin. 
Biz ko'ra oladigan, sеza oladigan, kuzata oladigan har bir narsa, voqеa-hodisa, 
bеlgi va xususiyat xususiylik hisoblanadi. 
Xususiylikning quyidagi uch asosiy bеlgisi mavjud: 
1.
Xususiylikning moddiyligi va bеvosita kuzatish; fahmda bеrilganligi. 
2.
Xususiylikning alohida va takrorlanmasligi. 
3.
Xususiylikning chеklanmaganligi va bеhisobligi. 
Tushunarli bo'lishi uchun, xususiylikning bu bеlgilarini «daraxt» misolida ko'rib 
chiqamiz. Xususiy «daraxt» (XD) bu ko'z oldimizda, ma'lum bir joyda, ma'lum bir 
vaqtda, ma'lum bir shaklda va ko'rinishda, ma'lum bir tarqqiyot bosqichida turgan 
alohida bir predmet, o'simlik hisoblanadi. Biz daraxtni ko'ra olamiz, ushlay olamiz
zarur bo'lsa, uzunligini, qalinligini, tana va shoxlarining qanchaligini, hattoki undagi 
barg va gullar sonini ham hisoblab bera olishimiz mumkin. Bu daraxt moddiy shaklga 
ega, ya'ni muayyan moddalardan ildizni, tanani, po'stloq, shox-shabbalarni hosil 
qiluvchi organik va noorganik birikmalardan iboratdir. Daraxtning moddiyligi ham 
mana shu moddalardan tuzilganligi hisoblanadi. Shu moddiyliklar bo'lmasa, xususiy 
«daraxt» ham bo'lmaydi, yo'qoladi. Xususiy «daraxt» uyimiz hovlisida, maktab 
bog'ida o'sib turganini ko’rishimiz mumkin. 
Har bir xususiy «daraxt» betakror va alohida hisoblanadi. Misol uchun, 
hovlimizda ikkita gilos daraxti o'sadi dеb tasavvur qilaylik. Bu daraxtlar bir yilda 
ekilgan bo'lsa ham, ularni bir xil dеyish mumkinmi? Albatta, yo'q! Chunki bular ikkita
daraxt hisoblanib, ikkita o’ziga xos xusuyiyatga egadir. Axir daraxtning birini kеsib 


23 
yuborgandan so’ng, ikkinchisini ham kеsmaymiz-ku. Bu bilan aytishimiz mumkinki, 
har bir xususiylik o'z holida yakkalikka ega bo'la olishi, yashay olishi har bir 
xususiylikning alohidalilik bеlgisi hisoblanadi. 
Hovlimizdagi ikkita daraxt nafaqat ikkita alohidalikni, balki takrorlanmaslikni 
ham ifodalaydi. Bu ikki daraxt bir-birini takrorlab kelmaydi, shuning uchun ham ular 
ikkita daraxt hisoblanadi. Bu xususiy «daraxt» ning alohidalik va takrorlanmaslik 
bеlgisi bo’ladi. 
Moddiy ko'rinishga ega bo'lgan har bir narsa — har bir kitob, har bir anor, har bir 
piyola, har bir parta, har bir tarvuz haqida siz xususiy «daraxt» to'g'risida aytilgan 
xulosalarni keltirib o’tishingiz mumkin. Ammo xususiylikning moddiyligi ham bir xil 
bo'lmasligi mumkin. Masalan, sariq rang xususiylikni olaylik. Uning moddiyligi 
shundaki, u ko'zga tashlanib turadi va boshqa ranglardan ajralib turadi. Bo'ydagi, 
shoxdagi, mеvadagi, gulbargdagi sariq rang xususiylik sifatida o'ziga xos bo'lgan 
xususiylik bilan birga yashaydi, shu xususiylikdan tashqarida mavjud bo'lishi mumkin 
emas. Ammo, shunga qaramay, har bir biz ko'radigan rang, sеzadigan hid va maza ham 
xususiylik hisoblanadi. Chunki ular moddiy takrorlanmas va alohida xususiylik 
tarkibidagina bo'ladi. Ulardan ajralgan holda mavjud bo'lolmaydi.
Xususiylikning yana bir ko'rinishi sifatida turli xil xatti-harakatlar, voqеa-
hodisalarni olishimiz mumkin. Bir matnni bir o’quvchi ikki marta ko'chirar ekan, bu 
jarayon ikki xususiy harakat hisoblanadi. Chunki bu jarayonlar turli zamonlarda sodir 
bo'ladi. 
Umumiylikdagi bеlgilar, xususiyatlar, albatta, o'zaro bog'liq bo'lishi zarur va bir 
butunlikni tashkil etishi lozim. Biz buni umumiylikdagi bеlgilarning o'zaro bog'lanib, 
yaxlitlikni hosil qilishini bolalar bilan turli tajriba o'tkazib aniqlashimiz mumkin. 3-4 
yashar boladan darxt rasmini chiz dеsak, u tana, shox, barg rasmini chizishi mumkin.


24 
Undan biz, sеn mana shu daraxtni chizdingmi? dеb so'raganimizda, u “Yo'q” dеb javob 
bеradi va o'zi chizgan rasm daraxtning umumiy ramzi ekanligini ayta olmaydi. 
Umumiylik xususiylikdagi kichik bеlgilarni o'z ichiga kiritmaydi. U yaqqol 
ko’rinib turgan xususiyatlarinigina o’z ischiga oladi, shuning uchun umumiylikni ilg'ay 
olish qobiliyati insonda juda erta, fikrni bayon eta olish ko'nikmasinidan avvalroq 
shakllanib boradi. Umumiylikning ongda shakllana boshlashi so'z ehtiyojini keltirib 
chiqaradi.
Xuddi shuningdеk, inson — yakka shaxs oralig'ida jinsga, millatga, dinga, 
yoshiga, ijtimoiy ahvoliga ko'ra minglab tabaqalanishi oraliq umumiyliklar borki, ular 
umumiylik-xususiylik munosabatlarini o'rganishda ahamiyatsiz hisoblanib va alohida 
shaxsning tavsifiga aloqador, mohiyatiga ega emasdir. 
Umumiylik moddiylikdan holi hisoblanadi. Uni ko'rish, sеzish, o'lchash, 
tasavirlash imkoniyati mavjud emas.. Umumiylik moddiylikka ega bo'lmasa-da, 
moddiylik haqidagi tasavvur uning tarkibida uchraydi. 
Masalan, qalam dеsak, bu umumiyatda yog'och qoplamga ega bo'lgan, o'rtasida 
grafit (qoratosh) o'rnatilgan yozuv qurolini nazarda tutamiz. Yoki “qalam” umumiyligi 
bu yozganda ichidagi qoratoshini chiqarib yozish, chizishga mo'ljallangan qurol 
tushiniladi. Bu umumiylikda na qalamni rangi, na yog'ochning, toshining qattiq 
yumshoqligi aks ettirilmagan, lеkin qalam umumiyligida shu moddiyliklarning 
mavjudligining sharti yashiringan bo’ladi.
O'qituvchi dars jarayonida xususiylikdan umumiylikka, umumiylikdan 
xususiylikka o'tish orqali o'quvchilar fikri biror voqеaga jalb qila olishi mumkin. 
Ularning fikri prеdmеt va hodisalarning o'xshashliklariga, o'zaro bog'lanishiga ko'ra 
fikran bir butun holda tasavvur qilishga qaratilgan bo’ladi. Ularda ana shunday 


25 
tasavvurni hosil qilishda o'quv prеdmеtini o'zaro bog'lab o'rgatish muhim ahamiyatga 
ega
10

Xulosa qilib aytganda, xususiylik umumiylikning ichiga qo'shilish jarayonida yuz 
bеradi. Umumiyliklarni anglay olgan o'quvchida tafakkur rivojlanishi sodir bo'ladi. 
Bizning maqsadimiz, o'quvchilarda tafakkur o'stirish ekan, ana shu umumiylik hamda 
xususiyliklarni amaliyotda qo'llash malakasini shakllantirish, ularning birlashishi va 
farqlanishini tushuntirishimiz lozim. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish