Berdaq nomidagi qmu


O‘rta Osiyoga buddizmning kirib kelish



Download 398,92 Kb.
bet4/7
Sana24.04.2022
Hajmi398,92 Kb.
#579025
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'ZBEKISTON TARIXI MUSTAQIL ISHdocx

O‘rta Osiyoga buddizmning kirib kelish
Buddaviylik miloddan avvalgi IV-V asrlarda Shimoliy Hindistonda vujudga kelgan bo’lsa-da ,ko’p o’tmay sharqqa tomon keng tarqala boshladi. Rivoyat qilinishicha, Budda vafotidan so’ng uning jasadi kuydirilib, hoki sakkiz buddaviy jamoaga yuborildi. Uning hoki dafn etilgan joylarda buddaviylik stupalari(gumbazlari) barpo etildi.O’zi yuzaga kelgan Hindistondan hinduiylik ta’sirida siqib chiqarilgan buddaviylik boshqa mamlakatlarga keng tarqalib, jahon dini darajasiga chiqdi.Buddaviylik milodning I asrida Xitoy, IV asrida Koreya, VI asrida Yaponiya, VII asrida Tibet, XIII asrdan XVI asrgacha Mongoliya, XVII asrdan XVIII asrgacha Buratiya va Tuva, XIX-XX asrlarda amerika va Yevropa qit’alariga kirib brogan.O‘rta Osiyoga Buddaviylikning kirib kelishi Buddaviylik O’zbekiston janubining qadimgi va ilk o’rta asrlar tarixida chuqur iz qoldirgan din hisoblanadi. Mamalakatimiz hududida buddaviylik madaniyatiga oid yodgorliklarning ochilgani va o’rganilgani, yuksak darajali badiiy asarlar va buyumlarning topilgani ham bundan dalolat beradi.Buddaviylikning eng qadimgi mashhur yodgorliklari milodning III-I asrlariga mansub. VII asrning boshlarida Termizda o’nta buddaviylik manastiri (sangarama) va mimgta rohib bo’lgan. Markaziy Osiyoda V-VIII asrlarda buddaviylik o’rnini islom dini egallay boshladi.1927-yilda qadimiy Termizda buddaviylikka oid noyob yodgorliklar mavjudligi aniqlandi. Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasining (TAKE) ishlari natijasida Qoratepa va Chingiztepa balandliklarida ikkita buddaviylik manastiri bo’lganligi aniqlandi va grek-buddaviylik me’morchiligi va haykallarning parchalari topilgan o’nlab joylar qayd etildi.Ayirtom. Ayirtom Termizdan 7 km masofada, Amudaryoning qadimgi kechuvi yaqinida, tik qirg’oqning o’ng tomonida joylashgan.1933-yil arxeolog Mixail Yevgenyevich Masson tomonidan xom g’ishtdan qurilgan bino qoldiqlari, uning ichida esa haykal, tosh karnizlar, me’moriy buyumlar, toshdan yasalgan muqaddas yodgorliklar, musiqachilar va mutafakkirlar, ehson keltiruvchilarning shakllari tushirilgan haykallarning hoshiyali tosh plitalari topilgan .Qoratepa. Tepalik buddaviylik ruhoniylarining eng katta markazi hisoblangan va u Kushon imperiyasi davridagi Termizning tashqi devori himoyasi ostida, shahar tashqarisida joylashgan bo’lgan.Buddaning hayoti bilan bog’liq ko’plab voqealarga afsonaviy tus berilgan. Xususan, rivoyatlardan birida keltirilishicha, Budda 84 marta ruhoniy, 58 marta shoh, 24 marta rohib, 13 marta savdogar, 18 marta maymun, 12 marta tovuq, 8 marta g’oz, 6 marta fil, shuningdek, baliq, qurbaqa, kalamush, quyon qiyofalarida 550 marta qayta tirilgan. So’nggi marta xudolar uni insoniyatni to’g’ri yo’lga boshlashi uchun inson qiyofasida yaratganlar.1961-yildagi tadqiqot ekspeditsiyasi natijasida Qoratepa binolarining uch qavati topilgan. Asosiy majmuaning uch qismi g’arbdan sharqqa qarab deyarli to’g’ri tortilgan. Maxsus hovlida Budda qabrining timsoli bo’lgan “stupa” o’rnatilgan.
Fayoztepa. Qoratepa sharqidan sakson metr narida Fayoztepa ibodatxona- -monastiri majmuyi aniqlandi. Fayoztepa ibodatxonasi to’g’ri to’rtburchakdan iborat tuzilishga ega.Bino uchta teng qismga ajralgan, ularning har birida ichki hovli bo’lgan. Bir qismida yashash xonasini o’z ichiga olgan monastir(rohibxona) joylashgan. Unda rohiblar yashaganlar. Bundan tashqari, ovqatlanadigan xona, oshxona, non yopiladigan xona kabi yordamchi xonalar bo’lgan. Uchinchisi ibodatxonaga o’xshagan markaziy xona bo’lib, devorlari xom g’isht va paxsadan qurilgan, somonli loy bilan suvalgan va oqlangan.Dalvarzin tepa. Surxondaryo viloyati, so’rchi tumanida joylashgan. Buddaviylikka oid mazkur yodgorlik 1962-yilda aniqlangan.

Ushbu qadimiy shahardan tashqarida ham yana bir buddaviylik ibodatxonasi, vino tayyorlash qurilmalari hamda dafn qilish joyi topilgan.Mazkur shaharchadan Markaziy Osiyo hududlarida birinchi marta loydan yasalgan , yaxshi saqlangan Budda tasvirlangan va boshqa ko’plab haykalchalar, bezaklar, diniy marosim buyumlari va tangalar topilgan.Ibodatxonadagi Buddaning tik turgan haykali juda yaxshi saqlangan: uning ayoqlari mustahkam g’ishtin asosda turibdi, kiyimlarining burmalari aniq, bularning barchasi yorqin qizil rangga bo’yalgan. Budda sochlarining tubi, asosan, qora, tepasi qizil rangda. Xuddi shu rang bilan qosh ko’zlarining qorachiqlari chizilgan.Quva. 1957-yilda Farg’ona vodiysidagi Quva shahri vayronalarida arxitektura va haykaltaroshlikning ajoyib namunasi bo’lgan buddaviylik ibodatxonasi qoldiqlari topilgan. Ushbu materiallar Farg’ona viloyatida 7-asrda buddaviylik dini keng tarqalganini tasdiqlaydi.Bu davrda Markaziy Osiyoning boshqa hududlarida zardushtiylik dini, xususan, uning mahalliy diniy an’analarni o’ziga singdirgan shakli hukmron bo’lgan. Bugungi kunda yurtimizda buddaviylikning lamaizm yo’nalishi tarqalgan.Har bir millatning Budda ta’limotini o’z tilida o’qib-o’rganishi mumkinligi buddaviylikning turli hududlarga tarqalishiga zamin yaratgan. Milodning birinchi asrida buddaviylik butunlay boshqacha tus oldi. Budda ilohiylashtirilib, xudo darajasiga ko’tariladi va unga sig’ina boshlanadi.

Xulosa

1956-yilda dunyo buddaviylari o‘z dinlarining 2500 yilligini nishonladilar.


Hozirgi davrda buddaviylik Janubiy, Janubi-Sharqiy, Sharqiy Osiyo mamlakatlari – Shri Lanka, Hindiston, Birma, Tailand, Laos, Mo‘g‘uliston, Kambodja, Vetnam, Xitoy, Singapur, Butan, Nepal, Malayziya, Koreya, Yaponiya, qisman Yevropa va Amerika qit’asi, Rossiyaning Tuva, Buryatiya,
Qalmiqiston kabi hududlarida keng tarqalgan. 700 milliondan ortiq kishi buddaviylikning turli yo‘nalishlariga e’tiqod qilishadi.


Download 398,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish