Berdaq nomidagi qmu



Download 398,92 Kb.
bet1/7
Sana24.04.2022
Hajmi398,92 Kb.
#579025
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O\'ZBEKISTON TARIXI MUSTAQIL ISHdocx


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
BERDAQ NOMIDAGI QMU



" Sirtqi Bo‘lim Tarix kafedrasi "
"O’zbekiston tarixi " fanidan

REFARAT

Bajardi: Tarix (mamlakatlar va yo‘nalishlar bo‘yicha) yo‘nalishi


I kurs 102-guruh talabasi

Qabul qildi: Djalgas Toreniyazov


QMU-2022



Qadimgi yozuvlar haqida
( Xorazm , Kushon, Baqtriya, Eftal yozuvlari tarixi )


Reja:

1.Qadimgi Xorazm yozuvlari paydo bo'lishi,
2.Qadimgi Kushon yozuvlari paydo bo'lishi,
3.Qadimgi Baqtriya yozuvlari paydo bo'lishi,
4.Eftal yozuvlari paydo bo'lishi,
5. Foydalanilgan adabiyotlar

Shimoliy Xorazmda “Katta Aybuyir-qal’a” yodgorligidan xum qorniga yozilgan oromiy yozuvi nusxasi topilgan. Bu O’rta Osiyodagi oromiy yozuvining eng qadimgi namunasi bo’lib, ushbu xum mil.avv.IV asrga oid. Unda nima yozilganligi noma’lum, chunki u o’qilmagan. Mahalliy aholi oromiy alfavitidan foydalanib, qadimgi Xorazm tiliga moslab kashf etgan xorazmiy yozuvining namunasi mil.avv. IV asrning oxiri-III asr boshlariga oid yodgorlik Qo’yqirilgan qal’adan topilgan, u atigi bitta so’zdan, ya’ni sopol parchasiga yozilgan “ASPABAREK” so’zidan iborat bo’lib, u otliq askar, sipohiy degan ma’noni beradi.Xronologik jihatdan, navbatdagi xorazmiy yozuvi milodiy I-VIII asrlar oralig’ida zarb etilgan qadimgi Xorazm tangalarida uchraydi. Tangalarda Vazamar, Artamax, Sanobar degan qadimgi Xorazm podsholarining nomlari yozilgan.Uchinchi guruh yozuvlar Tuproq qal’adagi qadimgi Xorazm podsholarining arxividan topilgan. Ular teriga, yog’ochga va g’isht taxtakachlarga yozilgan 114 parcha xo’jalik hujjatlari, kirim-chiqim hisobi va boshqalar bo’lib, milodiy III-IV asrlarga tegishli.


Kushon davlatida yashagan xalqlarning o‘zaro madaniy va savdo-sotiq aloqalari tufayli O‘rta Osiyoda qadimgi oromiy yozuvi keng tarqaladi. Bu yozuv G‘arbiy Osiyoda paydo bo‘lib, alifboga asoslangani tufayli o‘zlashtirish ancha oson bo‘lgan. Qadimgi Termiz yodgorliklarini o‘rganish natijasida oromiy yozuvi asosidagi kushon -baqtriya alifbosidagi yozuv namunalari topilgan. Kushon mamlakatida yana kushon shaklli yozuvi mavjud bo‘lgan, bunda harfl ar burchakli, to‘rtburchak va aylana shaklida yozilgan. Kushon podsholigida yozuv qadimdan mavjudligini Surxko‘tal (Afg‘onistondagi Qunduz shahri yaqinida) yodgorligidan topilgan
yunon alifbosidagi kushon bitiklari ham tasdiqlaydi. Amudaryoning quyi oqimida, Zarafshon va Qashqadaryo vohalarida oromiy alifbosi asosidagi xorazmiy va so‘g‘diy yozuvlari ham keng tarqalgan edi. Yozuvning turli ko‘rinishlariga oid topilmalar Kushon podsholigining jahondagi ko‘plab davlatlar bilan keng ko‘lamdagi aloqalaridan guvohlik beradi.
Diniy e’tiqod Kushon davlati tashkil topayotganda Baqtriya,
So’g’diyonaning asosiy aholisi zardushtiylik dinida edi. Kanishka
hukmronligi davrida Hindistonning bir qismi qo‘shib olinib, yaqindan aloqalar o‘rnatilgach, Kushon davlati hududiga kirib kelgan buddaviylik dini zardushtiylik bilan birga milodiy VIII asrgacha O‘rta Osiyoda saqlanib qoldi. Aynan Surxon vohasi orgali buddaviylik O‘rta Osiyo bo‘ylab tarqala boshladi.
Tangalardagi yozuvlarga asoslanib aytish mumkinki, Kanishka davrida yunon alifbosi baqtriya tiliga moslashtirilgan. Tangalarning yuzasiga yunon tilidagi yozuvlar o‘rniga baqtriya tilidagi yozuvlar yozdirilgan. Yunon alifbosi asosida baqtriya yozuvining shakllanishi Kanishka davridan avvalroq Vima Kadfiz davrida paydo bo‘lgan deyish hanuzgacha o‘z tasdig‘ini topgani yo‘q. Baqtriya tilidagi so‘zlarni yozishda yunon alifbosining tanlanishi eramizning birinchi asrlarida Baqtriyada ellinistik an’analarning, yunon madaniyati va tilining mustahkam o‘rin topganligidan dalolat beradi. Baqtriya nomlarini yunon harflari orqali aks ettirishga bo‘lgan urinish Kanishkagacha bo‘lgan davrdayoq boshlangan. Yunon harflaridan nafaqat nomlarni va mansablarni yozishda, balki yunon tilida bo‘lmagan so‘zlarni yozishda foydalanila boshlangan. Natijada yunon harflari orqali yunon tilida bo‘lmagan tovushlarni aks ettiradigan belgilar tizimi – baqtriya alifbosi yaratilgan. X.Yunker, E.Xersfeld va R.Kyuriel asarlarida baqtriya yozuvi yunon kursiv yozuvlaridan kelib chiqqan deb e’tirof qilingan edi. Baqtriya yozuvi paleografiyasiga R.Kyuriel, A.Marik, X.Xumbax, R.Gyobl, I.Gershevich va V.A.Livshislarning asarlarida maxsus bo‘limlar ajratilgan. Baqtriya yozuvining ikki turi – monumental va kursiv turlari ajratib ko‘rsatiladi. Monumental yozuvlarga belgilarning o‘zaro ulanmasligi, harflarning burchakli (qirrali) va dumaloq shaklda yozilishi xos bo‘lib, bu so‘zlarni o‘qishda yengillik tug‘diradi. Kursiv yozuv so‘zdagi harflar biri ikkinchisiga ulanib yozilish uslubidir. Bunda o‘qish ancha mushkullik tug‘diradi. Monumental yozuv kushonlar davri yodgorliklari uchun xosdir. Bu yozuv namunalarini Surx-ko‘tal va Dilberjindan topilgan matnlarda ko‘rish mumkin. Kursiv usulda yozish tendensiyasi monumental yozuvlarga nisbatan kuchayib boradi. Va nihoyat, Eftaliylar davriga kelib, kursiv yozuv uslubi tamoman g‘alaba qiladi. Ba’zi muhrlarda ham kursiv, ham qirrali yozuv shakli qo‘llanilgan. Rivojlangan baqtriya kursiv yozuvi Eski Termez - Qora-tepa budda monastir devorlarida, kushon-sosoniy va eftaliy tangalarida, Uruzgandagi devor yozuvlarida va Tochi vodiysidan topilgan bitiklarda uchraydi. Buyuk Kushonlardan keyingi davr tangalardagi yozuvlarda kursiv usulga o‘ta boshlagan. Bu yozuvlarni o‘qish nihoyatda qiyin edi. Kushon-sosoniy skifat tangalaridagi, kidariy va eftaliylar tangalaridagi, sosoniy tangalaridagi eftalit va arab-eftalit tangalaridagi yunon alifbosiga borib taqaluvchi kursiv yozuvli yozuvlar turlicha talqin qilinadi. Tangalardagi unvonlar va shaxs nomlari o‘rta eroniy til holatini aks ettiradi, boshqalari esa hind va turk tilidan kelib chiqqan. Mavjud yozuvlar orqali eftaliylar tili to‘g‘risida aniq fikr aytish qiyin, lekin shunga qaramasdan tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, baqtriya tili eftaliylarga qarashli bo‘lgan Toxariston viloyatida ham ma’muriy boshqaruv doirasida amal qilgan. Toxariston esa turkiy yobg‘ular tomonidan boshqarilgan. Kushon-sosoniy tangalari Cunningham 1893, Herzfeld 1930, Lukonin 1967), A.Bivar (Bivar 1968) kabi olimlar tomonidan o‘rganilgan. Keyingi paytda o‘zbek olimlaridan G‘aybulla Boboyorov bu sohada ish olib bormoqda.
Muhrlarda va gemmalarda baqtriya yozuvlari saqlanib qolgan. Bularning na’munalari Angliya, Afg‘oniston, Pokiston, Hindiston va boshqa mamlakatlarning muzeylarida va kolleksiyalarida saqlanmoqda. Mazkur matnlarni Bivar “Korpus ironayazichnix nadpisey” kitobining jildlaridan birida nashr qildirgan(Bivar 1968). Leningraddagi Ermitajda saqlanayotgan gemma-muhrda bitilgan baqtriya yozuvlarini B.Ya.Staviskiy 1961, 1962-yillarda nashr qildirgan edi. Aksariyat yozuvlar kursivda bitilgan, lapidar yozuvlari juda kam. Quyida baqtriya yozuvli gemma na’munalaridan bir nechtasida o‘qilgan ismlarni va mansablarni keltiramiz:
Asbarobido - “kavaleriya boshlig‘i”, ahmoniylarning ma’muriy boshqaruv tilidagi asbar tarixan aspabara “otda yuruvchi”, “suvoriy” so‘zidan olingan.
Borsogoigo – “Burzgo o‘g‘li” atamasi V.A.Livshisning fikriga ko‘ra kushonshoh Varaxran davriga taalluqli.
Findofarris“zabt etuvchi, g‘olib farr”. Farr tushunchasi farraxlik, baxtlilik demakdir. Zero, Farr samoviy, ilohiy baxt ma’nosidagi farishtaning nomidir.
Freixoadeo (freya-xvatavea – fdtcn. Frey- azizam, yoqimtoyginam, dr.ir. xva-tavya- hukmdor).
Gemmalardagi ba’zi unvonlar g‘arbiy erondan olinganligi aniqlangan.Baqtriya yozuvli muhr va gemmalarni A.Bivar bilan X.Xumbax to‘plagan. Unga qadimgi Panjikent xarobalaridan topilgan kursiv yozuvdagi oltita bulla parchalaridagi yozuvni ham qo‘shish mumkin.
Syuan Szyan va XII asr arab muallifi as-Sama’nining ma’lumotlariga ko‘ra, baqtriya tilida juda ko‘p adabiyotlar va yozma manbalar bo‘lgan. Bu qo‘lyozma boyliklardan faqat bir nechta bo‘laklargina, hammasi bo‘lib 50 qatorcha yozuv saqlanib qolgan, lekin u ham bo‘lsa to‘liq emas. Paleografik va arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra, eng qadimgi yozuv bu IV asrga taalluqli “London parchasi” yoki “Lou-Landan topilgan fragment” deb nomlanib, u A.Steyn tomonidan Sharqiy Turkistondagi Lou-Lan xarobalaridan topilgan va F.Tomas nashr qildirgan. Bu bo‘lak o‘n qator yozuvdan iborat, uning na boshi va na oxiri bor.1905-yilda A. Fon Le-Kok Sharqiy Turkistonning Turfan vodiysidagi Tuyok daryosi vohasidagi ibodatxona xarobalaridan qog‘oz, beresta va pal’ma barglariga yozilgan manixey, xristian va budda qo‘lyozmalarini topgan. Ular orasida yettita “oq xunlar” yoki eftaliylarning yozuvlari ham bo‘lgan. O‘sha joyda topilgan VIII-IX asrlar qo‘lyozmalari va boshqa ashyoviy materiallar, baqtriya yozuvlari “Berlin (eftalit) fragmentlari” yoki Berlin muzeyi hind san’ati obidalari nomi ostida saqlanmoqda.Baqtriya hududidan baqtar yozuvidagi birinchi topilma 50-yillarning boshiga to‘g‘ri keladi. Bu davr Amudaryoning o‘ng sohilida (Tojikiston va O‘zbekistonning janubida) olib borilgan arxeologik tadqiqotlar bilan bog‘liq. Birinchilar qatoriga 1951-yilda Dushanbedan topilgan xumning og‘ziga yozilgan bitik parchasini kiritish mumkin. Unda yagona so‘z – harflari o‘zaro ulanmagan holda (lapidar usulda)“zado” so‘zi bitilgan. Buning ma’nosi “daraxt yelimi” demakdir. 1952-yilda Ko‘lob viloyatining Dashtijum tumanidan bronza qo‘ng‘iroqcha topilgan. Unda yunon harfiga o‘xshash bo‘lgan 17 (yoki 18) belgidan iborat yozuv o‘yilgan edi. Bu yozuv hanuzgacha o‘qilmagan. Shuni ta’kidlamoq kerakki, Baqtriya hududidan shunga o‘xshash bir qator yozuvlar topilgan bo‘lib, hanuzgacha o‘qilmaganlari mavjud. B.I.Marshak Varaxsha devoridagi rasmga e’tiborni jalb qilgan. Rasmda olim filga tashlanayotgan afsonaviy qush - grifonning qanotlari patlarida yunon harflariga o‘xshash belgilarni ko‘rgan, lekin hanuzgacha uni tushunib yetilmagan.Arxeologik tadqiqotlar natijasida Markaziy Afg‘onistondan baqtriya epigrafik yodgorliklari hamda Qandahorning shimoliy-g‘arbidagi Uruzganda qoya yozuvlari ham topilgan. Bu yozuvlar 1954- yilda nashr qilingan. Noshirlar bir-biridan uzoq bo‘lmagan toshga o‘yilgan ikkita kursiv xatini topishgan. Matnlarning boshidagi birinchi belgilari bir xil bo‘lgan, lekin oxiri bir-biridan farq qilgan. Ikkinchi yozuvni A.Bivar quyidagicha tarjima qilgan: “Ilohiyvor va shuhratli Zabul shohi Mixira (qul)” va hujjatning sanasini eramizning 500-yili bilan belgilagan. Sanaga oid ba’zi so‘zlar hali aniqlanmagan. Mauo “oy” so‘zi aniqroq o‘qilgan. Birinchi yozuvni quyidagicha miurod (o) mafuo zinigo – Quyosh va oy himoyasida deb o‘qish tavsiya qilingan. Baqtriya yozuvi bo‘yicha dastlabki nashr Surx-Ko‘tal tepaligidan qazib topilgan Kushon davriga oid ibodatxona majmui asosida yaratildi. Uni fransuz arxeologiya missiyasi boshlig‘i Daniel Shlyumberje rahbarligida Raul Kyuriel e’lon qildi. “Palameda yozuvi”ning birinchi ikki qatori sharqiy Eron yoki shartli ravishda “toxar” tiliga mansub deb aytadi. Va nihoyat, 1957-yilda “Katta Surx-Ko‘tal yozuvi” ochildi. Topilgan yozuv to‘liq saqlangan. Matn 25 qatordan iborat bo‘lib toshtaxtaga o‘yib tushirilgan. 1958 -yildayoq A.Marik ushbu yodgorlik haqida maqola e’lon qildi. U yodgorlik yozuvini “Baqtriya tili”da ekanligini aniqladi, lekin uni “eteo-toxar” deb nomlashni taklif qildi. Toshtaxtadagi yozuv mazmunini V.B.Xenning to‘g‘ri va ravon tarjima qilib, tushuntirib berdi. Barcha grammatik paradigmalari, bog‘lovchilar, yordamchi so‘zlar, so‘z turkumlari, sintaksis qurilmalarini o‘rganib, V.B.Xenning Surx-Ko‘tal yozuvi “qurilish” xotiranomasi ekanligini angladi. Milodiy 31 yilda Surx-Ko‘tal ibodatxonasi hovlisida qurilgan va ta’mirlangan suv inshooti quduq bilan bog‘liq ekan. Bu tarjimalarning to‘g‘riligini esa arxeologik topilmalar isbotlagan.A.Marik va V.B.Xenningdan keyin X.Xumbax o‘z tarjimalarini kitob shaklida chop ettirgan. Lekin uning farazlari ilmiy jihatdan asosli emas edi. Ya’ni X.Xumbaxning fikricha, yozuv – Qadimgi Eron tilida zardushtiylar ilohi Mitraga bag‘ishlangan madhiyalar emish. 1958-1959-yillarda Surx-Ko‘talda oldingi topilgan yodgorlikning ikki nusxasi topildi. Avvalgidan farqli ravishda nusxalarning xulosa qismi va so‘zlari alohida yozilgan. Dastlab bu nusxalar E.Benvenist tomonidan o‘rganilgan. Surxko‘tal yodgorligidan topilgan barcha toshtaxta yozuvlar paleografiyasi bo‘yicha R.Gyobl maxsus izlanishlar olib borgan. Izlanishlar natijasi unchalik ishonchli emas edi. R.Gyobl va X.Xumbaxning noto‘g‘ri tarjimasi bo‘yicha Gershevich tanqidiy maqola e’lon qildi.Katta Surxko‘tal yozuvining uchta nusxasidan tashqari, Surxko‘tal ibodatxonasidan “Tugatilmagan yozuv”, “Devoriy yozuv”, “Palameda yozuvi” bo‘laklari (unda faqat so‘nggi uch qator yozuvlar saqlanib qolgan) ham topilgan.Baqtriya tilidagi yodgorliklarning yomon saqlanganligi, uni o‘qish va tarjima qilish bilan bog‘liq bir qancha muammolarni o‘rtaga qo‘ygan. “Katta Surxko‘tal yozuvlari” yaqingacha yagona manba hisoblanar edi. Quyida yozuvning lotin harflarga o‘girilgan transliteratsiyasini va olimlar guruhlari V.B.Xenning, I.Gershevich, V.A.Livshis, N.Sims-Villiams, Yan Xarmattalar tomonidan amalga oshirilgan tarjimani keltiramiz.

Eftaliylarning ma‟naviy madaniyatiga doir ma‟lumotlar juda kam. Shu bilan birga ularning qaysi tilda muloqot qilganliklari ham olimlar tomonidan juda kam o‟rganilgan. Shu davrga oid saqlanib qolgan manbalarga ko‟ra eftaliylar tili turk, eron tillaridan yoki qandaydir noma‟lum bir tildan shakllanganligi olimlar tomonidan e‟tirof etilgan. Eftaliylar davlati tarkibiga kirgan turli hududlarda eftaliy tili bilan birgalikda, yana turli tillarda so‟zlashganlar. Jumladan so’g’d tili keng muomalada bo‟lib, unga oid xujjatlar Sharqiy Turkistondan ham topilgan. So‟g‟d tilidan tashqari xorazm yozuvi keng qo‟llanilgan. Tohariston va shimoliy-g‟arbiy Hindistonda kxaroshti, sosoniylarga chegaradosh bo‟lgan hududlarda esa pahlaviy yozuvi ishlatilgan. Baqtriycha alfavit mutahassislarning fikricha IV asrda eftaliylartomonidan qabul qilingan bo‟lib, aslida yunon yozuvi asosida rivojlangan va Yunon-Baqtriya davlati davrida butun Baqtriya hamda unga yondosh hududlarda keng qo‟llanilgan. Keyinchalik bu yozuv Kushon davlatining rasmiy yozuvi bo‟lib, undan eftaliylarga o‟tgan. Lekin eftaliy yozuvlari kushon va baqtriy yozuviga ko‟ra o‟zining kursivligi jihatidan farqlanib turadi, bu esa mutaxassislar uchun uni o‟qishda qiyinchilik tug‟diradi. Shuni ta‟kidlab o‟tish joizki baqtriya yozuvida 25 ta harf bo‟lib, 24 tasi yunon belgilari va bittasi eramizning I asrida qo‟shilgan. Eftaliylar yozuvining kushon yozuvi bilan aloqadorligi Avreliy Steynning Lou-Landa (Sharqiy Turkiston) topgan qo‟lyozma parchalarini kushon va eftaliy tangalarining bir-biriga solishtirib ko‟rishi natijasida isbotlandi. Bu esa yozuvning eftaliylar davrida Sharqiy Turkistonda keng qo‟llanilganligidan dalolat beradi. Eftaliylar yozuvi haqida VII asrda Markaziy Osiyoda bo‟lgan Syuan Szyan ham ma‟lumot berib, bu yozuv 25 harfdan iborat bo‟lganligi va gorizontal holda chapdan o‟ngga qarab o‟qilishini aytib o‟tgan.Eftaliylar davriga oid qo‟lyozma parchalari hamda tangalardagi bitiklardan tashqari yana o‟sha davrga oid sopol parchalari hamda devoriy suratlardagi qisman saqlanib qolgan yozuvlarni ham keltirish mumkin. Jumladan, Zangtepadan (Termiz) topilgan sopol parchasidagi oltita harfdan iborat yozuv, Qora-tepadan (Eski Termiz) topilgan sopol parchasidagi yozuv, Afrosiobdagi (Samarqand) ikki qator kursiv.

Adabiyotlar:
1.Freyman A. A., Хорезмийский язык, [ч.] 1, М. — Л., 1951;
2.Bogolyubov M. N., Местоимения в хорезмийском языке, «Краткие сообщения института народов Азии», 1963, в. 67;
3.Henning W. В., The structure of the Khwarezmian verb, «Asia Major», new series, 1955, v. 5, p. 1;
4.Humbach Н., Neue chwaresmologische Arbeiten, «Zeitschrift der Deutschen Morgenlandischen Gesellschaft», 1973, Bd 123, H. 1.



Download 398,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish