Biotexnologiya asoslari


Tetrasiklinlar ishlab chiqarish



Download 1,37 Mb.
bet26/67
Sana28.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#587159
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67
Bog'liq
kerekli kitob dissertasiyy uchun-конвертирован

Tetrasiklinlar ishlab chiqarish. Tetrasiklinlar ham medisinada, ham oziqa preparatlari ishlab chiqarishda keng qo’llaniladi. Ular orasida qishloq xo’jaligi uchun 7-xlortetrasiklin (1) va 8 - oksitetrasiklin (2) asosida bir qator preparatlar sanoat miqyosida ishlab chiqariladi.
Xlortetrasiklinning sanoatdagi produsenti sifatida Actinomyces aurefasiens zamburug’i, oksitetrasiklinniki esa - Actinomyces rimosus hisoblanadi. Sanoat miqyosida 1 kg preparatda 20, 40, 80 g toza holdagi antibiotik, 3, 5, 8 mkg V12 vitamini bo’lgan biovit-20, biovit-40, biovit-80 turidagi xlorotetrasiklin oziqa preparatlari ishlab chiqarilmoqda.
Bundan tashqari preparatda mikroelementlar, yog’lar, oqsillar va mineral tuzlar bor. Agar rasiondagi 1 t oziqaga 15-20 g antibiotikli biovit qo’shilsa hayvonlar og’irligining o’sishi 30% gacha oshadi, oziqa sarflanishi esa o’rtacha 5-10% ga kamayadi. Preparatlar qishloq xo’jaligi hayvonlari va parrandachilikda o’stiruvchi stimulyatorlar sifatida qo’llanilib, ularning yaxshi o’sib rivojlanishi va oshqozon-ichak yo’llari va o’pka kasalliklari oldini oluvchi profilaktik vositalar uchun ishlatiladi.
Oksitetrasiklin chorvachilik uchun terravit-R (eruvchan) va terravit-K (oziqa) terravit-10, terravit-50 preparatlari malla rangdagi achchiq ta’mdagi kukun bo’lib, 1 kg preparatda 10, 50 g
toza holdagi antibiotik bor. 1 t oziqaga 15-20 g antibiotikli preparat qo’shilsa hayvonni og’irligi 10-15% ga oshib, shu miqdorda oziqa sarfi kamayadi.
Basitrasin ishlab chiqarish. Basilixinlar deb nomlanuvchi basitrasin oziqa preparati Bac.licheniformis mikroorganizmini sun’iy o’stirish yo’li bilan olinib, suyuq oziqa muhitining quritilgani bo’lib, sinkbasitrasinlar va har xil biologik aktiv moddalardan tashkil topgan. Basitrasinlar polipeptid antibiotiklar bo’lib, ular orasidan 10 ta individual formalar ajratilgan: A, A1, V, S, D, E, F1, F2, F3 va G. Basitrasinlar asosidagi tayyor preparat 37 % gacha basitrasin A dan iborat bo’ladi.
Basitrasin oziqa preparatlari 1 kg preparatda 10, 20, 30 g toza holdagi antibiotikning ruxli tuzi bo’lgan basilixin-10, basilixin-20, basilixin-30 nomlari bilan ishlab chiqariladi. Tayyor preparat achchiq ta’mli, kulrang-oq rangdan och-malla ranggacha bo’lgan kukundir.

Download 1,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish