Birjalarning davlat tomonidan tartibga solinishi va nazorat qilinishi



Download 28,2 Kb.
Sana02.06.2023
Hajmi28,2 Kb.
#948139
Bog'liq
Birja.mustaqil ish



Toshkent Davlat Iqtisodiyoti Universiteti Korporativ Boshqaruv Fakulteti KB-91 guruh talabasi
Burxonov Azizbekning
Birja va strategiyalar fanidan
Mustaqil ishi

Birjalarning davlat tomonidan tartibga solinishi va nazorat qilinishi



"Siz tanazzul yoki inqiroz paytida aktsiyalarni sotib olishingiz kerak, chunki hukumat vaziyatni foiz stavkalarini pasaytirish va likvidlikni kiritish orqali boshqaradi."
( Andrey Kostalani)

Ushbu inshoda men “Birjalarning davlat tomonidan tartibga solinishi va nazorat qilishinishi’’ mavzusi yuzasidan bir qancha o’rganishlar olib bordim va tahlillar amalga oshirdim. Va menda tahlil va izlanishlar davomidan bir qancha savollar tug’ildi va bir qancha javob topishga erishdim.


Bundan tashqari, mavzu yuzasidan menda bir qancha takliflar paydo bo’ldi. Esseda men eng yaxshi deb bilgan takliflarimdan biri ya’ni davlatning birja faoliyatiga aralashuvini baz’i bir tarmoqlarida kamaytirish kerak deb o’ylayman. Bu taklifni esseyim orqali ochib beraman.

Kalit so’zlar: Litsenziya, fond birjasi ,tovar xom-ashyo birjasi, aksiyadorlik jamiyati, Robert van der Burse

Kirish
Men esseni boshlanishi birjalarning faoliyati, turlari qanday ishlashi haqida ma’lumot berib o’tmoqchiman. Birja so’ziga ta’rif beradigan bo’lsak,Birja – oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan qoidalar asosida birja savdolarini tashkil etuvchi yuridik shaxs. bu sotuvchilar va xaridorlar uchrashadigan jarayon joy hisoblanadi. Birinchi birja XIII asrda belgiyaning Bryugge shahrida Robert van der Burse tomonidan ochilgan mehmonxonada tashkil etilgan. Tadbirkorning gerbida 3 ta hamyon aks ettirilgan edi va bu tasvir orqali birja so’zi kelib chiqgan. Asta sekinlik yirik birjalar dastlab yevropa keyinchalik esa AQSH va osiyoda ham ochila boshladi .
Birinchi birjalar tovar xom-ashyo birjalari sifatida ochilgan.Chunki o’rta asrlarda tovar ayirboshlash salmog’i ancha yuqorilagandi. Hozirgikunda biz internet hujumlaridan qo’rqqanimiz kabi o’rta asrlarda savdogorlar qaroqchilar qo’rqishgan. Shu sababli ular birjaga kelib shartnomaga ega bo’lishgani so’ng oldi-sotdini amalga oshirishgan.
Mana shunday qaroqchilar xavfini, investorlarning huqularini himoya qilish va savdolarning ishonchli va to’liq amalga oshirilishi uchun mamlakatlar birjalar faoliyatiga aralasha boshladilar. Birjalalarning investor va xaridor o’rtasidagi sog’lom munosabatni yaratish chora tadbirlarini kuchaytirdi.
Asosiy qism
Birinchi navbatda biz birjalarning davlat tomonidan tartibga solinishiga nazar tashlaydigan bo’lsak, birjalar mamlakat iqtisodiyotining eng muhim qismlaridan biri hisoblanadi. Birjalarga katta miqdorda moliyaviy kapital yig’iladi. Va bu kapitalining qonuniy taqsimlanishi davlatlar tartibga solib turishadi. Tovar xom-ashyo va fond birjalarining faoliyatini tartibga solish vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi. O’zbekistonda bu faoliyat bilan davlat tashkiloti bo’lgan  Kapital bozorini rivojlantirish agentligi amalga oshiradi. Valyuta birjasi faoliyatini tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi. Kapital bozorini rivojlantirish agentligi birjalarni litsenziyalash bilan ham shug’ullanadiga tashkilot hisoblanadi.
Bundan tashqari, birja faoliyati tartibga solishda davlat bir qancha jarayonlarni amalga oshiradi:

  • birjani va birja faoliyati ishtirokchilarini (yuridik shaxslarni) davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;

  • birja faoliyatini soliq solish bilan boshqarish;

  • birjaga doir qonunlarga rioya etilishi ustidan nazorat qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi;

  • Davlat tasarrufida bo‘lmagan tuzilmalarning birjalar va birja qatnashchilari faoliyatini ro‘yxatdan o‘tkazish va ularga litsenziya berish ishlariga aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi.

Birjani va birja faoliyati qatnashchilarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga to’xtaladigan bo’lsak, O’zbekiston nuqtai nazaridan kelib chiqib, Birjani davlat ro‘yxatidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi o‘tkazadi, birja faoliyati qatnashchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish esa “O‘zbekiston Respublikasidagi korxonalar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat ro’yxatidan o’tkazilganlik uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan davlat boji undiriladi.
Birjalar tashkil etila boshlanganda birja qoidalariga ko’ra savdalar nazorat qilingan. Lekin oxirgi 20 yil ichida davlat nazorati kuchaytirila boshlandi. Bunga sabab esa birja qoidalariga zid ravishda aksiyalarni suniy ko’paytirish yoki tushurish orqali birjaning yoki kompaniyani bankrotlik holiga tushurishigacha olib keluvchi va boshqa sabablarni sanab o’tish mumkin.
Birjalarni nazorat qilish davlatning nazorat organlari tomonidan olib boriladi. Davlat birjalarni soliq tizimi orqali ham tartibga solib turishi mumkin. Bu yo’l korxonalar va tashkilotlar dan olinadigan soliq tizmi orqali amalga oshiriladi.Birjalarda xaridorlar yoki investorlarga nisbatan qonunga xilov ishlab olib borilsa, davlat tartibga soluvchi va nazorat organlari tomonidan kerakli chora tadbirlar amalga oshiriladi.
Birja va birja a’zolari yoki hukumat o’rtasida kelishmovchilik yuz bersa, davlat sud-huquq tizimi qonunga muvofiq tarzda sud o’tkazadi va qonunni buzgan holda kerakli tarzda jazo beriladi. Ammo davlat idorasining xodimi birja faoliyatiga aralashiga huquqi yo’q, qonunlarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Birja bitimini ro‘yxatdan o‘tkazish va rasmiylashtirish birja savdolari natijalari bo‘yicha yozma yoki elektron shaklda amalga oshiriladi. Qimmatli qog‘ozlarga doir birja bitimlarini yozma ravishda rasmiylashtirish talab qilinmaydi.
Davlatning tartibga solishi va nazorat qilishi bo’yicha o’zimning bir qancha takliflarim mavjud.
Birinchisi, davlat birjalarning nazoratini ko’chaytirishdan ko’ra ularning faoliyatiga e’tibor qaratishi kerak. Birjalarni yetarlicha modernizatsiyalar bilan ta’minlashi va bir qancha imkoniyatlar yaratib berilishi kerak.
Ikkinchisi, birjalarning ma’lum qismini xususiy sektorga chiqarilishi maqsadga muvofiq deb o’ylayman. Xususiy sektordagi qismi foyda olish maqsadida xorijdan va mamlakat hududidan ko’p miqdorda investitsiya olib kelishi mumkin. Shundagina birja savdolarining tezligi oshishi va birja kapitali o’sishi mumkin.
Uchinchisi, nazorat qilish vaqtida shaffoflikni ta’minlashi lozim.

Xulosa
Xulosa qilib aytadigan bo’lsam, birja faoliyati shaffofligini va shartnomalarning to’liq va haqqoniy bajarilishi uchun davlat tomonidan tartibga solinishi va nazorat qilishi lozim. Davlat birjalarni bir qancha yo’llar orqali tartibga soladi :
sud-huquq tizimi;
soliq orqali;
Vazirlar mahkamasi;
va boshqa tartibga soluvchi organlar.
Agar davlat birjalar faoliyatini to’g’ri va qonunga muvofiq ravishda tartibga solib tursa va yetarli inflatruzmalarni yaratib bera olsa, birjalar faoliyati kengayishi va kapital oqimi o’sishi mumkin.


Foydalanilgan adabiyotlar: O‘RQ-375-son, Birjalar va birja faoliyati to‘g‘risida;
O’RQ-370-SON, “AKSIYADORLIK JAMIYATLARI VA AKSIYADORLARNING HUQUQLARINI HIMOYA QILISH TO‘G‘RISIDA”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni




Download 28,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish