Бизнес ҳуқуқи модулиданOraliq nazorat ishi. Kazus №3


-modda. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat



Download 19,48 Kb.
bet2/2
Sana10.07.2022
Hajmi19,48 Kb.
#771829
1   2
Bog'liq
Biznez huquqi kazus

4-modda. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan xo‘jalik jamiyati qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat deb hisoblanadi. Bunday ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha o‘ziga tegishli mol
mulklari bilan hamma uchun bir xil bo‘lgan va qo‘shgan hissalari qiymatiga nisbatan jamiyatning ta’sis hujjatlarida belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo‘ladilar.
Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat ishtirokchilari javobgarligining eng yuqori miqdori qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatning ustavida nazarda tutiladi.
Ishtirokchilardan biri bankrot bo‘lib qolganida uning qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat majburiyatlari bo‘yicha javobgarligi, agar jamiyatning ta’sis hujjatlarida javobgarlikni taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo‘lmasa, boshqa ishtirokchilar o‘rtasida ularning qo‘shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.1
Jumladan O’zbekiston Respublikasi Fuqorolik kodeksining quyidagi moddasida ham shunday tarif berilganini korishimiz mumkindir demak MCHJ larni tashkil etishning ham o’z tartib qoidalari qonun bilan asoslangandir
62-modda. Mas’uliyati cheklangan jamiyat
Mas’uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan jamiyat tan olinadi. Mas’uliyati cheklangan jamiyatning ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javobgar bo‘lmaydilar va jamiyat faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlari qo‘shgan hissalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar.
Jamiyatning o‘z hissasini to‘la qo‘shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo‘yicha har bir ishtirokchi hissasining to‘lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo‘ladilar.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning firma nomi jamiyatning nomini, shuningdek “mas’uliyati cheklangan” degan so‘zlarni o‘z ichiga olishi kerak.
Mas’uliyati cheklangan jamiyatning huquqiy mavqeyi, uning ishtirokchilarining huquq va burchlari ushbu Kodeks hamda boshqa qonunlar bilan belgilanadi.
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
Davlat organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyati subyektlari bo‘lishi mumkin emas.2
_________________________
1.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
MAS’ULIYATI CHEKLANGAN HAMDA QO‘SHIMCHA MAS’ULIYATLI JAMIYATLAR TO‘G‘RISIDA1
2.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIK KODEKSI 62-moddasi 2


2.MCHJ ga a’zo bo’lish tartibi.
Ma`sulyati cheklangan jamiyatga yuridik va jismoniy shaxslar a`zo bo`lishi mumkin. Mas`ulyati cheklangan jamiyati davlat ro`yxatidan o`tgandan keyin jamiyat tuzilgan hisoblanadi. Mas`ulyati cheklangan jamiyati ishtirokchilri uning majburiyatlari bo`yicha javobgar bo`lmaydi va jamiyat faoliyati bilan bog`liq zarar uchun o`zlari qo`shgan hissalari doirasida javobgar bo`ladi. Agar tadbirkor Mas`ulyati cheklangan jamiyatiga qo`shgan hissasidan tashqari boshqa mablag`i yoki tadbirkorligi bo`lsa unga daxl qilinmaydi.Demak davlat amaldorlarining Masuiyati cheklangan jamiyatga a’zo bo’lish istaklari qondirilmaydi biz buni quyidagi O’zbekiston Respublikasi Masuliyati cheklangan hamda qo’shimcha masulyatli jamiyat to’g’risidagi qonunning 7-moddasida ham ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
7- modda
Yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning ishtirokchilari bo‘ladilar.
Qonunda ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning jamiyatda ishtirok etishi taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, jamiyatning ishtirokchilari bo‘lishga haqli emaslar.
Jamiyat bir shaxs tomonidan ta’sis etilishi mumkin bo‘lib, u jamiyatning yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir ishtirokchisi bo‘lgan jamiyatga aylanishi mumkin.
Jamiyat yagona ishtirokchi sifatida bitta shaxsdan iborat boshqa jamiyatga ega bo‘lishi mumkin emas, bir aksiyadordan iborat aksiyadorlik jamiyati jamiyatning yagona ishtirokchisi bo‘lgan hollar bundan mustasno.
Jamiyat ishtirokchilarining soni ellik kishidan oshmasligi lozim.
Agar jamiyat ishtirokchilarining soni ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan me’yordan oshib ketsa, jamiyat bir yil ichida aksiyadorlik jamiyati yoki ishlab chiqarish kooperativi etib qayta tuzilishi kerak. Agar ko‘rsatilgan muddat davomida jamiyat qayta tuzilmasa va jamiyat ishtirokchilarining soni belgilangan me’yorga qadar kamaymasa, u yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning talabiga binoan sud tartibida tugatilishi kerak.
Jamiyat ishtirokchilari o‘rtasida murosasiz ziddiyatlar sababli qaror qabul qilish uchun yetarli ovozlar soni mavjud bo‘lmaganligi tufayli jamiyatni boshqarish masalalari yuzasidan kelishuvga erishish mumkin bo‘lmagan taqdirda, nizoli vaziyat sud tartibida hal etiladi.3
___________________
3.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI MAS’ULIYATI CHEKLANGAN HAMDA QO‘SHIMCHA MAS’ULIYATLI JAMIYATLAR TO‘G‘RISIDA 7-moddasi.

Demak korib turganimizdek Iqtisod vazirligida ishlovchi С.Умаров Davlat amaldori bo’lgani uchun MCHJ ga azo bola olmaydi agar u jismoniy yoki yuridik shahs bolganida uning arizasi qabul qilinar edi va kazusda berilgan jamiyat azolarining 30 kishilik vajlari ham noqonuniy hisoblanar edi chunki yuqorida korganimiz kabi MCHJ larda 50 kishigacha shaxslar a’zo bo’lib kirishlari mumkindir.




3. MCHJ ning faoliyatini kengayishi va ustav fondi haqida.
Agar jamiyat ishtirokchilarining soni ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan me’yordan oshib ketsa, jamiyat bir yil ichida aksiyadorlik jamiyati yoki ishlab chiqarish kooperativi etib qayta tuzilishi kerak. Agar ko‘rsatilgan muddat davomida jamiyat qayta tuzilmasa va jamiyat ishtirokchilarining soni belgilangan me’yorga qadar kamaymasa, u yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organning talabiga binoan sud tartibida tugatilishi kerak.
Yuqorida Masulyati cheklangan va qo’shicha masulyatli jamiyatlar to’g’risidagi qonunning 7– moddasidan parcha keltirib o’tilgan bo’lib undan shuni anglash mumkinki jamiyat azolarining soning ortishi uning ortishiga olib keadi va bu jamiyat aksiyadorlik jamiyatiga aylanadi ekan.
Har bir jamiyatning o’z ustaf fondi bolib uning holati yuqorida nomi keltirilgan qonunning 14-moddasiga binoan quyidagicha bolar ekan.
14-modda. Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) tarkibi
Jamiyat ishtirokchisining jamiyat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining miqdori foizlarda yoki kasr ko‘rinishida belgilanadi. Jamiyat ishtirokchisi ulushining miqdori uning ulushi nominal qiymati bilan jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) nisbatiga teng bo‘lishi kerak.
Jamiyat ishtirokchisi ulushining haqiqiy qiymati jamiyat sof aktivlari qiymatining uning ulushi miqdoriga mutanosib bo‘lgan bir qismiga mos bo‘ladi.
Jamiyatning ustavi bilan jamiyat ishtirokchisi ulushining eng yuqori miqdori, shuningdek jamiyat ishtirokchilari ulushlarining nisbatini o‘zgartirish imkoniyati cheklab qo‘yilishi mumkin. Bunday cheklashlar jamiyatning ayrim ishtirokchilariga nisbatan belgilanishi mumkin emas. Ko‘rsatib o‘tilgan qoidalar jamiyat ta’sis etilayotganda uning ustavida nazarda tutilishi, shuningdek jamiyat ishtirokchilari umumiy yig‘ilishining jamiyat barcha ishtirokchilari tomonidan bir ovozdan qabul qilinadigan qaroriga binoan jamiyatning ustaviga kiritilishi, o‘zgartirilishi va undan chiqarib tashlanishi mumkin.4
______________________
4.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI MAS’ULIYATI CHEKLANGAN HAMDA QO‘SHIMCHA MAS’ULIYATLI JAMIYATLAR TO‘G‘RISIDA III BOB. JAMIYATNING USTAV FONDI (USTAV KAPITALI)
14-modda. Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) tarkibi

Xulosa
Xulosa o’rnida shuni aytib o’tish mumkinki Iqtisodiyot vazirligi hodimi Tadbirkorlik faoliyati va Turli jamiyatlarga azo bolishi mumkin emas Yani davlat amaldorlari faoliyati davomida boshqa haq to’lanadigan va moddiy manfat keltiradigan faoliyat bilan shug’ullanishlari mumkin emas. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari togrisidagi qonunning 4-moddasida ham aytib otilgan bu haqda aytib o’tilgan


Masulyati cheklangan jamiyatga a’zolikka keladigan bo’lsak jamiyat ishtirokchilari soni 30 tadan amas 50 tagacha yetishini biz yuqorida berilgan qonun moddasida ko’rib chiqdik agar vazirlik hodimi emas oddiy fuqaro bo’lganida hohlagan jamiyatia a’zo bo’lishi mumkin bo’lardi, keyin bu jamiyat ishtirokchilarining soni 50 tadan oshib ketsa Aksiyadorlik jamiyatiga aylanishini ham bilib oldik demak vazirlik hodimining kiritgan a’zolik to’g’risidagi murojatiga kazusdagi jamiyat a’zolari noqonuniy vaj bilan vazirlik hodimiga rad javobini berishgan deb hisoblasak bo’ladi. Vazirlik hodimining ushbu jamiyatga a’zo bilish uchun manapolyaga qarshi kurashish qo’mitasidan ruhsat olishi ham shart emasdir umuman hech kim turli jamiyatlarga a’zo bo’lish uchun hech qandey organ yoki davlat tashkilotidan ruhsat olishi majburiy deb o’ylamayman,men bu haqda hech qaysi qonundan asos topa olmaganim uchun aytyabman MCHJ ga a’zo bo’lish ihtiyoriy va qonun bilan taqiq qoyilmasa kerak faqat ayrim shaxslar bundan mustasnodir.
Umumiy hulosa o’rnida shuni aytish mumkinki Vazirlik hodimi MGHJ ga a’zo bo’lishi mumkin emas, shu o’rinda jamiyat a’zolari ham yolg’on malumotlar asosid vazirlik hodimini jamiyatdan uzoqashtirishga harakat qilishgan.

Foydalanilgan adabiyotlar


1.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
MAS’ULIYATI CHEKLANGAN HAMDA QO‘SHIMCHA MAS’ULIYATLI JAMIYATLAR TO‘G‘RISIDA1
2.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING FUQAROLIK KODEKSI 62-moddasi
3.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI MAS’ULIYATI CHEKLANGAN HAMDA QO‘SHIMCHA MAS’ULIYATLI JAMIYATLAR TO‘G‘RISIDA 7-moddasi.
4.O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI MAS’ULIYATI CHEKLANGAN HAMDA QO‘SHIMCHA MAS’ULIYATLI JAMIYATLAR TO‘G‘RISIDA III BOB. JAMIYATNING USTAV FONDI (USTAV KAPITALI)
14-modda. Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) tarkibi
Download 19,48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish