Bob. Diplomatik huquqning xalqaro huquq tizimida tutgan o‘rni



Download 116,97 Kb.
bet4/18
Sana31.12.2021
Hajmi116,97 Kb.
#224154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
DIPLOMATIK VA KONSULLIK HUQUQI

Diplomatik huquq — davlatning tashqi aloqalari sohasida faoliyagg yurituvchi organlari maqomi va funksiyalarini tartibga soluvchi normalar yig‘indisini ifodalovchi xalqaro huquq sohasidir.

Diplomatik huquq tizimi diplomatiyaning asosiy shakllariga:



  • birinchidan, diplomatik vakolatxonalar yoki tuzilgan shartnomaning bajarilishini ta’min etishga xizmat qiluvchi davlatlarning maxsus missiyalari tomonidan amalga oshiriladigan ikki tomonlama diplomatiya;

  • ikkinchidan, xalqaro konferensiya va xalqaro tashkilotlar sessiyalarida davlatlar delegatsiyalari tomonidan amalga oshiriladigan ko‘p tomonlama diplomatiya;

  • uchinchidan, xalqaro tashkilotlar xuzuridagi davlatlarning doimiy vakolatxonalari tomonidan amalga oshiriladigan diplomatiya mos keladi.

Keng ma’noda olganda, siyosat negizi muayyan hokimiyatni xalqaro munosabatlarning u yoki bu sohasi bo‘yicha xalqaro sahnada (davlat hokimiyatini yoki davlat hukmronligini) qo‘lga kiritish, saqlab turish va undan foydalanish muammosidan iborat ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi munosabatlar bilan bog‘liq faoliyat sohasidir. O‘z navbatida, davlat aholining xalqaro hamjamiyatda ishtirok etishi, vakilligini taqdim etishi va o‘z manfaatlarini himoya qilishi uchun zarur shakl kasb etgan jamiyat siyosiy tashkiloti sifatida namoyon bo‘ladi.

Davlatning tashqi siyosiy faoliyati ijtimoiy faoliyatning o‘ziga xos mazmun kasb etuvchi shakllaridan biridir. U davlatning muayyan organlari bilan davlat siyosiy manfaatlarini ro‘yobga chiqarish bo‘yicha, avvalambor, xalqaro munosabatlarning turli sohalarida hukmronligini qo‘lga kiritishi, saqlab turish va undan foydalanish bo‘yicha shunga vakil qilingan shaxs o‘rtasidagi sa’y-harakatlar mujassamligini o‘zida namoyon etadi.

Ayni chog‘da, bunday faoliyatni e’tirof etilgan xalqaro normalarga rioya qilmay turib, amalga oshirib bo‘lmaydi. Xalqaro huquq normalari va prinsiplari, diplomatiya faoliyati jarayonida shakllanar ekan, davlatlarning barcha asosiy guruhlari uchun maqbul bo‘lgan kompromiss- murosa ko‘rinishida ko‘zga tashlanadi. Shu bois, ular aslida ham sinfiy mazmun kasb etmaydi. Davlatning o‘z tashqi siyosatini xalqaro huquqda yo‘l qo‘yiladigan maxsus diplomatik tadbirlar, usullar va uslublar yordamida amalga oshirish nazariyada diplomatiya, deb ataladi.

Keng ma’noda, «diplomatiya» tushunchasi davlatlar o‘zaro munosabatlarini o‘rnatadigan va saqlab turadigan, bir-birlari bilan aloqalarni yo‘lga qo‘yadigan hamda siyosiy yoki yuridik kelishuvlarni shu ishlar uchun maxsus vakillar orqali ro‘yobga chiqaradigan barcha vositalarni qamrab oladi. Shu ma’noda, diplomatiya bir-biri bilan qurolli nizo holatida bo‘lgan davlatlar o‘rtasida mavjud bo‘lishi mumkin. Ammo bu tushuncha iqtisodiy va harbiy nizolarning moddiy jihatdan ko‘ra, do‘stona bo‘ladimi yoxud dushmanlik maqsadidami, yuzaga keladigan munosabatlarga ko‘proq taalluqlidir.

Tor ma’noda olganda, diplomatiya – xalqaro muzokaralar yuritish san’atidir. Diplomatiya doirasi va shakli xalqaro huquqda belgilanadi. Shu bilan birga, diplomatiya xalqaro huquq normalarini yaratish va joriy etish vositasi ham hisoblanadi.

Tashqi siyosat, diplomatiya va xalqaro huquqning xalqaro munosabatlar tizimidagi uzviy birligi hamda o‘zaro bog‘liqligi xuddi ana shunda namoyon bo‘ladi.

Odatda diplomatiya doimiy diplomatiya vakolatxonalari almashinuvi bilan bog‘liq va bunday doimiy (yoki hech bo‘lmaganda, muntazam) vakolatxona davlatlarga BMT va boshqa yirik hukumatlararo tashkilotlarga o‘z a’zoligini moddiylashtirishi uchun zarur. Bundan tashqari, maxsus missiyalar (yoki ad hoc diplomatiyasi) hamda davlatlarning konferensiyalarida ad hoc (ya’ni muayyan munosabat bilan) vakillari mavjud bo‘ladi.

Diplomatiya aloqalarini tartibga soluvchi xalqaro huquq normalari davlatlarning uzoq yillik amaliyoti natijasida ishlab chiqilgan va nafaqat ushbu amaliyotning o‘zi bilan, balki milliy huquqning qonunchilik hujjatlari va sud qarorlari bilan ham tasdig‘ini topadi. Ushbu sohaga oid huquq endilikda ma’lum darajada Diplomatik aloqalar to‘g‘risida Vena konvensiyasi (1961-yil) bilan kodifikatsiyalangan. Ushbu konvensiya o‘zining qoidalarida «to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘zda tutilmagan» masalalarni tartibga soladigan xalqaro odat huquqi normalarini chetlab o‘tadi va tabiiyki, davlatlar u yoki bu qoidani shartnomaviy tartibda yoxud xulq- atvorga asoslangan sukutli bitim yo‘li bilan o‘zgartirish borasida erkindir.

Tashqi aloqalar bo‘yicha davlat organlarining maqomi va funksiyalariga taalluqli (boshqacha qilib aytganda, davlatlararo rasmiy munosabatlarni o‘rnatish va amalga oshirish tartibini me’yorga solib turuvchi) xalqaro huquqiy normalar tizimi xalqaro huquqiy amaliyotda diplomatiya huquqi, deb ataladi.


Download 116,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish