Bob. Diplomatik huquqning xalqaro huquq tizimida tutgan o‘rni


Diplomatik vakolatxona va diplomatik korpus



Download 116,97 Kb.
bet7/18
Sana31.12.2021
Hajmi116,97 Kb.
#224154
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
DIPLOMATIK VA KONSULLIK HUQUQI

Diplomatik vakolatxona va diplomatik korpus.


Diplomatik vakolatxona - davlatlar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni boshqaradigan elchixona yoki missiya. Elchi boshqaradigan Diplomatik vakolatxona — elchixona, vakil yoki doimiy ishlar vakili boshqaradigan Diplomatik vakolatxona — missiya deb ataladi.

Diplomatik vakolatxona 16—18-asrlarda Yevropada vujudga kelgan. Diplomatik vakolatxona elchi ayirboshlagan davlatda oʻz davlati nomidan muzokaralar olib boradi, vakillik joylashgan davlatning hayoti toʻgʻrisida bundagi vakolatxona (elchixona, missiya)lar haqidagi qonun yoʻl qoʻygan doirada maʼlumotlar toʻplaydi, har ikkala davlat oʻrtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy-texnikaviy aloqalarning rivojlanishiga yordamlashadi, oʻz davlati hamda fuqarolarining huquq hamda manfaatlarini qoʻriqlaydi.

Diplomatik vakolatxona faoliyatiga rahbarlik qiladigan elchi diplomatik imtiyoz va immunitetga ega. Diplomatik vakolatxonaning huquqiy mavqei Diplomatik munosabatlar toʻgʻrisidagi 1961 y.gi Vena konvensiyasi, ikki tomonlama bitimlar, shuningdek, Diplomatik vakolatxona joylashgan davlat ichki qonunlari bilan belgilanadi. Xalqaro tashkilotlar huzuridagi (jumladan, kuzatuvchilar missiyasidagi) vakilliklar ham Diplomatik vakolatxonaning bir turi boʻlib, uning huquqiy mavqei Davlatlarning universal tusdagi xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlari boʻyicha vakilligi toʻgʻrisidagi 1975 y.gi Vena konvensiyasida belgilab berilgan.

Diplomatik munosabatlarni o‘rnatish va vakolatxonalar ta’sis etish davlatlar o‘rtasidagi bitimga muvofiq amalga oshiriladi. O‘zaro diplomatiya munosabatlarining o‘rnatilishi har doim ham o‘z-o‘zidan vakolat- xona ta’sis etishga olib kelavermaydi.



Diplomatik vakilni tayinlash va qabul qilish tartibi akkreditatsiya qilish deb ataladi. Vakolatxona boshlig‘i tayinlanishiga qadar yuboruvchi davlat uning shu lavozimga tayinlanishi to‘g‘risida qabul qiluvchi mamlakatning roziligini (agreman) olishi zarur. Qabul qiluvchi mamlakat sababini izohlamagan holda agreman berishga rozi bo‘lmasligi mumkin. Vakolatxona a’zolari prinsip jihatidan akkreditatsiya qiluvchi davlatning fuqarolari bo‘lishi kerak.

Agreman olganidan va rasmiy ravishda tayinlanganidan keyin vakolatxona boshlig‘iga uning o‘zi mansub davlat rahbari imzolagan ishonch yorlig‘i, ya’ni umumiy mazmundagi vakolatnoma beriladi. Akkreditatsiya qilish ana shu ishonch yorlig‘ini qabul qiluvchi davlat rahbariga topshirish bilan nihoyasiga yetadi va shundan keyin vakil o‘z vazifasini ado etishga kirishishi mumkin.



Diplomatik vakolatxonalarning turlariga elchixona va vakolatxona, ulardan quyiroq darajada esa missiya kiradi. Vakolatxona darajasi odatda tegishli davlatlar o‘rtasidagi munosabatlar holati qandayligiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda farqlanishlar huquqiy emas, protokol jihatidangina ahamiyat kasb etadi.

Vena konvensiyasida vakolatxona boshliqlari uch toifadan iborat ekani qayd etilgan: qabul qiluvchi davlat davlatlar rahbarlari huzurida akkreditatsiya qilingan elchilar va vakillar; tashqi ishlar vaziri huzurida akkreditatsiya qilingan ishonchli vakillar.

Elchixonaga favqulodda va muxtor elchi, missiyaga esa vakil yoxud ishonchli vakil rahbarlik qiladi. Ishonchli vakilni muvaqqat ishlar bo‘yicha vakildan farqlash joiz, chunki muvaqqat ishlar bo‘yicha vakil elchi yo‘qligida elchixonani vaqtincha boshqarib turishi mumkin.

Maxsus missiya 1969-yilgi Maxsus missiyalar to‘g‘risidagi konvensiyada davlatning maxsus masalalarni hal etuvchi yoxud maxsus topshiriqni bajaruvchi muvaqqat vakolatxonasi sifatida belgilangan.

Diplomatik vakolatxonaning asosiy vazifasi vakil qilib yuboruvchi davlatning vakolatxona joylashgan davlatda vakillik qilishidir. Shuning asosida quyidagi boshqa vazifalar kelib chiqadi: qabul qiluvchi mamlakat hukumati bilan muzokaralar olib borish, o‘z fuqarolari va yuridik shaxslari manfaatlarini himoya qilish, qabul qiluvchi mamlakatdagi shart- sharoitlar va voqea-hodisalar to‘g‘risida o‘z hukumatiga axborot berib borish, iqtisodiyot, madaniyat, fan sohasida hamkorlikni rivojlantirish.


Download 116,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish