Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V


K I R I S H Tarixga  murojaat  qilar  ekanmiz,  bu  xalq



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

K I R I S H

Tarixga  murojaat  qilar  ekanmiz,  bu  xalq 

xotirasi  ekanligini  nazarda  tutishimiz  kerak. 

Xotirasiz  barkamol  kishi  bo'lmaganidek,  o ‘z 

tarixini  bilmagan  xalqning  kelajagi  ham  b o ‘l- 

maydi.

Islom   K A R IM O V

Milliy  istiqlol  o ‘zbek  xalqining  orzusi,  armoni  edi.  0 ‘zbekiston 

mustaqilligining  q o ig a   kiritilishi  eng  ulkan  g ‘alaba,  uning  qadriga 

yetish,  mustahkamlash,  avaylab  saqlab  qolish  muhim  vazifa. 

Har  qanday  mamlakatning  qudrati,  uning  mustaqilligi,  davlat 

chegaralarining  daxlsizligi  o ‘sha  mamlakat  fuqarolarining  o ‘z 

yurtiga  mehr-muhabbatli  qilib  tarbiyalanganliklari,  milliy  istiqlol 

uchun  kurashda  zarur  b o is a  jon  fido  qilishga  ham  tayyor  b o iishdek 

oliyjanob  fazilatlarga  ega  boiishliklariga  bogiiqdir.  Bu  fazilatlami 

xalqimiz,  eng muhimi, yurtimiz kelajagi b o ig a n  yoshlar ongida qaror 

toptirish  va  shakllantirishda  Vatan  tarixining  o ‘mi  va  imkoniyatlari 

cheksizdir.

Vatan  tarixini  amalda  qanday  b o ig a n   b o isa ,  shunday  xolisona 

o ‘rganish  imkoniyatiga  ega  b o id ik .  Sobiq  sovet  hokimiyati 

yillarida  kommunistik  partiya  yurgizgan  siyosatning  natijasi  sifatida 

0 ‘zbekiston  maktablari,  o ‘rta  maxsus  va  oliy  o ‘quv  yurtlarida  Vatan 

tarixini  o ‘qitish masalasiga umuman e ’tibor berilmadi.

Sovetlar  hokimiyati  yillarida  mamlakatimizning  haqiqiy,  tom 

m a’nodagi  tarixi  xolisona yaratilmadi.  Maktablar  va  o ‘quv yurtlarida 

o ‘qitilgan  darslik  va  adabiyotlarda  ona  tariximiz  soxtalashtirildi. 

Natijada  o ‘zbek  xalqining  m a’naviy  hayotiga  putur  yetdi,  xalqning 

siyosiy  ongi  o ‘tmaslashdi,  ijtimoiy-siyosiy  voqealarga  befarqlik, 

loqaydlik  hissi  kuchaydi.  Chunki  mustamlaka  asoratiga  solingan 

xalqlami  siyosiy qorongilik  va zulmatda  saqlash y o ii  bilangina ular 

ustidan hukmronlikni o ‘matish mumkin edi.



К   I R I SH

5

Chor  Rossiyasi  va  sobiq  sovet  mustamlakachilari  qariyb  130 



yillik  hukmronligi  davomida  o ik a m iz  xalqlari  o ‘rtasida  ruslashtirish 

siyosatini  olib  bordilar,  xalqimizni  tarixidan,  o ‘z  ona  tilidan,  dinidan 

judo  qilish  y o ‘lini  tutdilar,  shaklan  milliy,  mazmunan  sotsialistik 

madaniyat  bayrog‘i  ostida  milliy  urf-odatlarimiz,  axloq-odob  va 

madaniyatimizga xuruj  qildilar.  0 ‘zbekistonni Markazning xomashyo 

yetkazib  beruvchi  bazasiga  aylantirdilar.  Kommunistik  partiya 

bunday  siyosatni  sobiq  Ittifoq  hududidagi  barcha  respublikalarda  va 

sotsialistik ham do‘stlik mamlakatlarida yurgizgan.

Ikkinchi  jahon  urushidan  keyin  sobiq  Ittifoqning  barcha 

respublikalariga,  sotsialistik  ham do‘stlik  mamlakatlariga  Markaz­

ning  buyrug‘i  yuborilib,  unda  turli  mavzularda  ko‘rsatmalar 

belgilandi.  Xususan  buyruqlardan  birida  quyidagi  jum lalar  ham 

bor  edi.  «Mahalliy  aholi  orasidan  yetishib  chiqqan  rahbarlaming 

ommaviy  chiqishlarida  milliy  bo‘yoq  berilishga  yo‘l  qo‘yiladi, 

ammo  u  millatning  o ‘sishiga,  birlashuviga  xizmat  qilmasligi  kerak. 

Boshlang‘ich  va  o ‘rta  maktablarda,  o ‘rta va  oliy  oquv  yurtlarida  o ‘ta 

e ’tibor  qozongan  o ‘qituvchilar  ishdan  chetlashtirilishi  lozim  b o ‘ladi. 

Ulaming  o ‘miga  biz  tomondan  belgilangan  kishilami  qo‘yish  kerak. 

Tarix  darslarida  o ‘tmishdagi  siyosatdonlardan  kimlar  vatan  ravnaqi 

uchun  xizmat  qilishgani  yoki  xizmat  qilishga  umnishgani  haqida 

gapirish  mumkin  emas,  e ’tibomi  faqat  podsholar  zulmi  va  ularga 

qarshi  qaratilgan xalq kurashiga burmoq lozim bo‘ladi...»

Kommunistik  partiyaning  yurgizgan  bunday  ulug‘  davlatchilik 

mafkuraviy  siyosati  xalqimiz  va  millatimiz  taqdiri  uchun  ayanchli 

oqibat  va  natijalarga  olib  keldi.  Vatan  tarixini  bilmaslik  o ‘zbek 

xalqining 

milliy 

qadriyatlari 

va 

urf-odatlaridan 



uzoqlashish 

oqibatida  jamiyatda  shunday  avlod  vakillari  shakllandiki,  ulaming 

aksariyatida  milliy  ong  va  milliy  g ‘urur  tushunchalari  so‘nib  ketdi. 

Ulaming  ongida  0 ‘zbekiston  taqdiriga,  o ‘zbek  millati  taqdiriga, 

madaniyatimiz,  tariximiz  va  tilimiz,  dinimiz  taqdiriga  loqayd  va 

befarqlik  munosabatlari  g ‘oyasi  ustuvor  mavqeni  egalladi.  Millat 

istiqboli  uchun  vaziyat  shu  darajada  halokatli  nuqtaga  yetdiki, 

0 ‘zbekiston  Respublikasi  o ‘zining  davlat  mustaqilligiga  erishgandan 

keyin  ham,  o ‘z  taqdirimizni  o ‘zimiz  hal  qilish  imkoniyatiga  ega 

bo‘lganimizdan  so‘ng  Vatan  tarixini  o ‘qitishga  qarshi  kurash  y o iin i 

tutuvchilar  ham  bo‘ldilar.  Ular  o ‘z  «g‘oyalari»ni  asoslashga  intilib, 

« 0 ‘zbekiston  tarixini  jahon  xalqlari  tarixi  bilan  birga  qo‘shib 

o ‘qitish kerak»,  « 0 ‘zbekiston tarixi  —  bu maktab  fani»,  «Oliy o ‘quv



6

VATAN  TARIXI

yurtlarida  0 ‘zbekiston  tarixining  o ‘m iga  0 ‘zbekistonning  ijtimoiy- 

siyosiy  tarixini  o ‘qitish  lozim»,  «Jahon  xalqlari  tarixini  o ‘qitishga 

o ‘tish  darkor»,  «Oliy  o ‘quv  yurtlarida  umuman  0 ‘zbekiston  tarixini 

o ‘qitishga  ehtiyoj  yo‘q»  kabi  fikrlami  o ‘rtaga  tashladilar.  Albatta, 

bu  milliy  g ‘oyasizlik  milliy  g ‘aflat  va  milliy  vijdon  inqirozining  tub 

o ‘zagida  o ‘z  ona  tarixidan  bexabarlik  yotadi.  Bu  esa  qullik,  tobelik 

va mustamlaka muteligining asosiy ayanchli k o ‘rinishidir.

Darhaqiqat,  qullik,  tobelik  va  mustamlaka  muteligi  asorati 

g ‘oyalaridan  ozod  b o iish   uchun  milliy  ongni,  tafakkumi,  milliy 

vijdonni  shakllantirmoq  kerak.  Buning  uchun  ona  xalqimizning 

haqiqiy,  tom m a’nodagi tarixini yaratmoq lozim.

Tarix  b o iib   o ‘tgan  tarixiy  voqea  va  hodisalami  tahlil  qilish, 

fikrlash  va  ulardan  hayotiy  xulosalar  chiqarish  asosida  dasturiy 

harakatlar  yoilanm asini  belgilashga  yordam  beradi.  Milliy  o ‘zlikni 

anglashda,  milliy  birlikni  shakllantirishda,  shajaramiz  u lu g iig i  va 

pokligini  bilishda,  dono  xalqimizning  jahon  xalqlari  orasida  tutgan 

o ‘miga  baho  berishda,  uning  boy  hayotiy  tajribalaridan  kengroq 

foydalanishda,  xalqimizning  oliyjanob,  hurriyatparvar  va  erkparvar 

an’analarini  izchil  o ‘rganish  va  uni  yanada  boyitishda,  xullas, 

barkamol,  haqiqiy  inson  shaxsini  yaratishda  Vatan  tarixining 

o ‘m i  benihoya  kattadir.  Vatan  tarixi  mustaqil  davlatimiz  ijtimoiy 

hayotida  faol  qatnasha  oladigan,  idrokli  va  qobiliyatli,  o ‘zining 

tarixiy  ildizlarini  anglashga  qodir,  yurtiga,  Vataniga,  ona  xalqiga 

cheksiz  mehr-muhabbat  his-tuyg‘ulari  bilan  to iib   toshgan  avlodni 

kamol  toptirish,  ulaming  ongida  milliy  istiqlol  tafakkuri  va  harbiy 

vatanparvarlik  g ‘oyalarini  shakllantirish  qurolidir.  Shu  boisdan 

0 ‘zbekiston  Prezidenti  Islom  Karimov  Vatan  tarixini  o ‘rganish,  uni 

bolalar bog‘chalaridan tortib  to  oliy  o ‘quv  yurtlariga  qadar yoshlarga 

o ‘qitish  masalalariga  shaxsan  e ’tibor  berib,  katta  g ‘am xo‘rlik  qilib 

kelmoqda.

Yurtboshimizning  «Tarixiy  xotira  tuyg‘usi  to iaq o n li  ravishda 

tiklangan,  xalq  bosib  o ‘tgan  y o i   o ‘zining  barcha  muvaffaqiyat  va 

zafarlari,  yo ‘qotish  va  qurbonlari,  quvonch  va  iztiroblari  bilan  xolis 

va  haqqoniy  o ‘rganilgan  taqdirdagina  chinakam  tarix  b o ia d i1»,  deb 

aytgan  fikrlari  nihoyatda  katta  metodologik,  konseptual  ahamiyatga 

egadir.


Ислом Каримов.  Юксак маънавият —  енгилмас куч. — Т.: «Маънавият», 2008.

97-бет.



К   I R  I SH

7

«Vatan  tarixi»  mualliflari  qadimiy  jonajon  tariximizni  imkoni 



boricha har tomonlama yoritishga harakat qildilar.

Mazkur  qo‘llanmani  yaratishda  0 ‘zbekiston  tarixiga  oid 

yaratilgan  asarlar,  yozma  manbalardan  ijodiy  foydalanildi.  Ayni 

paytda jonajon  tariximizni  yaratishda  beg‘araz  ilmiy  xolislik,  biror- 

bir  mafkuraning  ustuvorligiga  sun’iy  y o ‘l  qo‘ymaslik  va  tariximizga 

insonparvarlik  ko‘zi  bilan  qarash  g ‘oyasiga  amal  qilindi.  Vatan 

tarixini  o ‘rganish  va  yoritishda  uning  davrlarini  ilmiy  asosda  to ‘g ‘ri 

belgilash ham katta ahamiyatga ega.

Ushbu  kitobda  sobiq  marksizm-leninizm  ta ’limotiga  asoslangan 

formatsiyalarga  bog‘lab  o ‘rganish  o ‘miga  yangicha  sivilizatsion 

yondashuvga  asoslangan  metodologiya  tamoyillariga  amal  qilishga 

harakat qilindi.

Vatan tarixini  quyidagi  katta davrlarga bo‘lish  tavsiya etildi:

1.  Ibtidoiy jam oa davri.

2.  0 ‘zbekiston  hududidagi  eng  qadimgi  va  qadimgi  davlat  tuzil- 

malari.


3.  0 ‘rta asrlar davri.

4.  Turkiston  Rossiya  imperiyasi  bosqini  va  mustamlakachiligi 

davrida.

5.  0 ‘zbekiston  sovetlar hokimiyati  davrida.

6.  0 ‘zbekistonning o ‘z mustaqillik va taraqqiyot y o ‘li.

Bu katta davrlami  o ‘z navbatida bir necha kichik davrlarga b o iib  

o ‘rganilishi maqsadga muvofiqdir.

0 ‘rta  Osiyo,  jumladan,  0 ‘zbekiston  tarixini  davrlashtirishda 

quyidagi omillami  e ’tiborga olish joizdir:

1.  Har  bir  davrda  jamiyat  iqtisodiy  asosini  harakatlantiruvchi 

kuchlar kimlar edi?

2.  Mulkka egalik qilishning xarakteri qanday boig an ?

3.  Jamiyat  ijtimoiy  hayotining  m a’naviy  asosini  qanday  mafkura 

tashkil  etgan?

Ana shu uch omilga tayanib 0 ‘zbekiston tarixi xronologik davriy 

tizimda 8  davrdan iboratligi  asoslangan:

1.  Ibtidoiy to‘da davri.

2.  Ibtidoiy  urug‘chilik  jamoasi  va  mulk  egaligining  shakllanish 

davri.

3.  Ilk o ‘rta asrlar davri.



4.  Rivojlangan o ‘rta asrlar davri.

5.  0 ‘zbek xonliklari davri.

6.  Rossiya imperiyasi mustamlakachiligi davri.



8

VATAN  TARIXI

7.  0 ‘zbekiston tarixining «Sovetlar davri».

8.  CTzbekistonning milliy istiqlol,  demokratik davlat va fuqarolik 

jamiyati  qurish davri.

«Yuqorida qayd etilgan har bir davr, —  deb yozadi A.Asqarov,—  

o ‘z  navbatida  bir  necha  tarixiy  bosqichlardan  iborat  b o iib ,  ular 

haqidagi  tegishli  tafsilotlar  hamda  ulaming  mazmun-mohiyati  tarix 

fanida  hozirgacha  amal  qilib  kelinayotgan  davrlashtirish  prinsiplari 

bilan qiyosiy o ‘rganib  chiqildi».

Vatan  tarixini  yaratish  va  o ‘rganishda  quyidagi  manbalar  asos 

b o iish i  lozim:

1.  Arxeologik  va  etnografik  manba  va  materiallar,  yozma 

manbalar —  «Avesto»,  mixxat,  fors  yozuvlari,  qadimgi yunon,  xitoy, 

hind, rim va vizantiya tarixchilarining asarlari1.

2.  U lug‘  ajdodlarimiz —  buyuk allomalar va dono  mutafakkirlar, 

tarixchilar,  shoirlar, yozuvchilar qoldirgan  asarlar.

3.  Turli  hujjatxonalarda  saqlanayotgan  qoiy o zm a  asarlar,  huj- 

jatlar,  ashyolar.

4.  Kutubxonalarda  saqlanayotgan  yozma  kitoblar,  ilmiy,  badiiy 

memuar asarlar,  darsliklar,  qoiyozm alar,  risolalar,  to ‘plamlar.

5.  Muzeylarda  saqlanayotgan  ko ‘rgazma  zallari  hujjatlari, 

birinchi navbatda arxeologiyaga oid qazilma yodgorliklari.

6.  Muzey-shaharlar,  tarixiy obidalar, yodgorliklar.

7.  Kino,  fono,  foto hujjatlar va hokazolar.

Ikki  daryo  —  Amudaryo  va  Sirdaryo  o ra lig i  va uning  atrofidagi 

barcha  yerlar  bu  hududda  azal-azaldan  yashab  kelayotgan  o ‘zbek, 

q irg iz ,  qozoq,  tojik,  turkman  va  qoraqalpoq  xalqlarining  vatanidir. 

Ulaming  istiqboldagi  taqdiri  ham,  tarixi  ham  birdir.  Bas,  shunday 

ekan,  0 ‘rta  Osiyo  hududida  yashab  kelayotgan  barcha  xalqlar 

ulug‘  va  mushtarak  baxt-saodatga  faqat  o ‘zaro  mustahkam  birlik  va 

hamkorlik orqaligina yetisha oladilar.

«Vatan tarixi»  fani oldida quyidagi  dolzarb masalalar turadi:

Bunda  «Birinchi  navbatda  milliy  madaniyatimiz,  xalq  m a’na­

viy  boyligining  ildizlariga  e ’tibor  berish  zamr,  —   deb  ko ‘rsatdi 

Islom  Karimov.  —   Bu  xazina  asrlar  davomida  misqollab  to ‘plan- 

gan.  Tarixning  ne-ne  sinovlaridan  o ‘tgan.  Insonlarga  og‘ir  damlar- 

da  madad  b o ig an .  Bizning  vazifamiz  —   shu  xazinani  ko‘z

1 Кадимги тарихчилар У рта Осиё хдкида. Терма парчалар. «ЮРИСТ-МЕДИЯ МАРКА-

ЗИ». -  Т., 2008.




K I R I S H

9

qorachig‘imizdek  asrash  va  yanada  boyitish1».  Ayni  ana  shu 



m a’naviy  boyligimizning  durdonalaridan,  tamal  toshlaridan  biri  mil­

liy  tariximizdir.  Prezidentimiz  iborasi  bilan  aytganda  biz  yoshlami 

Vatanimizning  chin  tarixi  bilan  qurollantirishimiz,  qurollantirishimiz 

va yana qurollantirishimiz lozim.




Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish