Bobur n o m id a g ia n d ijo n davlat universiteti ru stam bek shamsutdinov, shodi k a rim o V



Download 11,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/253
Sana31.12.2021
Hajmi11,52 Mb.
#219543
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   253
Bog'liq
2 5467894839875994463

To‘rtinchidan,  «Vatan  tarixi»ning  boshidan  oxiriga  qadar 

singib  ketgan  asosiy  g ‘oya —  otashin  vatanparvarlik,  baynalmilallik, 

insonparvarlik kabi ulug‘  fazilatlarga qaratilmog‘i kerak.

Beshinchidan,  «Vatan  tarixi»  mustaqil  davlatimiz  siyosiy, 

iqtisodiy,  madaniy-ijtimoiy  qadriyatining  yanada  mustahkamlanishi 

va  ravnaq  topishiga  xizmat  qilishi,  davr  va  zamon  bilan  hamnafas 

bo‘lm og‘i ayni muddaodir.



O ‘zbekiston  tarixi fanining predmeti

Tarix  —   jamiyatdagi  har  qanday  rivoj lanish  jarayonini  aks 

ettiruvchi  fandir.  Tarix  —   insoniyat  tamaddunlari  rivoj i,  jam iyat  va 

davlatlar o ‘tmishi,  taraqqiyotini  o ‘rganuvchi  fandir.

0 ‘z  navbatida  har  bir  mamlakat  va  uning  xalqi  uzoq  va  yaqin, 

o ‘ziga  xos,  betakror  tarixiga  egadir.  Shu  jumladan,  o ‘zbeklar  va 

ulaming  ona  Vatani,  davlati  0 ‘zbekistonning  ham  o ‘z  tarixi  bor. 

0 ‘zbeklaming  milliy  tarixi  ham  g ‘oyatda  boy,  sermazmun,  salobatli, 

jozibalidir.  Bu o ‘rinda Amir Temur shunday aytgan:

«Biz kim —  Mulki Turon, Amiri Turkistonmiz.  Biz kim —  mam- 

lakatlaming eng qadimi va eng ulug‘i,  turkning bosh b o ‘g ‘inimiz'».

M a’lumki,  hozirgi  o^zbeklaming  ajdodlari  sug‘dlar,  baqtriylar, 

xorazmiylar  va  sak  qabilalari  b o ig a n ,  turkiylar  bronza  davridayoq 

Turonda yashaganlar.

«Bizning  qadimiy va go‘zal  diyorimiz nafaqat  Sharq,  balki jahon 

sivilizatsiyasi  beshiklaridan  biri  b o iganini  xalqaro  jamoatchilik

Бобоев X.  Узбек давлатчилиги тарихи.  I-китоб.  Т.:  «Фан». 2004, 30-31-бетлар.



К  I R I  SH

11

tan  olmoqda  va  e ’tirof  etmoqda.  Bu  tabarruk  zaminda  ne-ne  buyuk 



zotlar,  olim-u  ulamolar,  siyosatchi  va  sarkardalar  yetishib  chiqqani, 

umumbashariy  sivilizatsiya  va  madaniyatning  uzviy  qismiga 

aylanib  ketgan  dunyoviy  va  diniy  ilmlaming,  ayniqsa,  islom  bilan 

b o g iiq   bilimlaming  tarixan  eng  yuqori  bosqichga  ko‘tarilishida  ona 

yurtimizda  tug‘ilib  kamolga  yetgan  ulug‘  allomalaming  xizmatlari 

beqiyos  ekani  bizga  ulkan  g ‘urur  va  iftixor  bag ish lay d i» 1,  —   deb 

yozadi Prezident Islom Karimov.

Ana  shunday  qadimiy  va  buyuk  mamlakat  deb  atalmish 

Vatanimizning  tarixini,  tabarruk  zaminimizda  ko‘p  ming  yillar 

davomida  yashab,  kurashib,  bunyodkorlik  va  ijod  qilib  kelayotgan 

xalqimiz  o ‘tmishini,  ayni  «Vatan  tarixi»  fani  o ‘rgatadi.  Bu  fanning 

predmeti  0 ‘zbekiston  hududidagi  xalqlaming  eng  qadimgi  zamon- 

lardan  to  hozirgi  kunlargacha bosib  o ‘tgan  uzoq  va murakkab  tarixiy 

y o iin i,  buyuk  bunyodkorlik,  ijtitmoiy-iqtisodiy,  siyosiy,  madaniy, 

m a’naviy hayotini xolisona o ‘rganishdan,  tushuntirishdan  iboratdir.

Bu  fan  predmeti  doirasiga  ajdodlarimizning  turmush  tarzi, 

bosqinchilarga  qarshi  kurashi,  yurt  mustaqilligi  uchun  jang-u 

jadallari, uzluksiz mehnat faoliyati,  dini, yozuvi,  ilm-u fani,  adabiyoti 

va  san’ati  kiradi.  Shuningdek,  0 ‘zbekiston  tarixi  fani  o ‘zbeklaming 

elat,  millat  b o iib   shakllanish  jarayonini,  ajdodlarimiz  milliy 

an’analarini,  ulaming  ichki  va  tashqi  siyosatini  o ‘rgatadi.  «Vatan 

tarixi»  xalqimizning  mustaqil  taraqqiyot  y o iig a   kirishi,  istiqlol 

y o ilarid a milliy,  huquqiy davlatchilik qurilishi,  demokratik davlat va 

fuqarolik jamiyatini  yaratish,  erkin  bozor  iqtisodiyotini  qurish, jahon 

hamjamiyatidagi tutgan o ‘mi va rolini  o ‘rgatadi.

Hozirgi  kunda 0 ‘zbekiston tarixi  fani  xalqimiz tarixini  haqqoniy 

aks  ettiruvchi  fan  sifatida  muhim  ahamiyat  kasb  etmoqda.  Shu  bois 

mamlakatimizning  barcha  oliy  o ‘quv  yurtlarida,  akademik  litseylar, 

kasb-hunar  kollejlari  va  um um taiim   maktablarida  0 ‘zbekiston 

tarixi  fani  o ‘qitilmoqda.  Bu hoi yosh avlodni  o ‘z ona Vatani  tarixi va 

madaniyatini  mukammal  o ‘rganish,  binobarin,  o ‘z  milliy  ongi,  milliy 

mafkurasini,  milliy  vijdonini  kamol  toptirish  uchun  zamin  yaratadi. 

Prezident  Islom  Karimov  ta’biri  bilan  aytganda,  tarix  fani,  ayniqsa, 

0 ‘zbekiston  tarixi  fani  «Millatning  haqiqiy  tarbiyachisiga  aylanib 

bormoqda.  Buyuk  ajdodlarimizning  ishlari  va  jasoratlari  tarixiy

И слом  Каримов.  Ю ксак  маънавият  —   енгилмас  куч.  Тошкент.:  Маънавият,

2008.  30-бет.



12

VATAN  TARIXI

xotiramizni  jonlantirib,  yangi  fuqarolik  ongini  shakllantirmoqda. 

Axloqiy  tarbiya va ibrat manbayiga aylanmoqda»1.

Vatanimiz  tu pro gida  sodir  bo'lgan  tarixiy  voqealar  va 

jarayonlam i  aks  ettirgan  manbalarsiz  chin  tarixni  bayon  etish, 

yaratish  mumkin  emas.  Shu  bois  har  qanday  tarix  mustahkam, 

ishonchli  manbaviy  bazaga  asoslanib  yoziladi,  tahlil  etiladi.  Tarixiy 

manbalaming  ikki  turi  b o iib ,  ulaming  biri  moddiy  manbalar, 

ikkinchisi  esa yozma manbalardir.

Moddiy  manbalarga  ajdodlardan  bizgacha  yetib  kelgan  mehnat 

qurollari,  idish-tovoqlar,  tanga-pullar,  harbiy  qurol-aslahalar  kira- 

di.  Ular  qadimgi  va  o ‘rta  asrlarga  oid  arxeologik  yodgorliklari —  

uy-joylar, 

qal’alar, 

shaharlar  xarobalari, 

qabrlar  qoldiqlarida 

topib  tekshiriladi.  Bu  singari  moddiy  tarixiy  manbalar  qoldiqlari 

arxeologlar tomonidan ko‘plab  miqdorda topilgan.

Ishlab  chiqamvchi  xo‘jaliklar  (dehqonchilik,  chorvachilik, 

hunarmandchilik),  savdo-sotiq  munosabatlari  yuzaga  kelib  rivoj 

topgan  sivilizatsiya  davri  tarixini  o'rganishda  yozma  manbalar 

birinchi  darajali  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu  davr  manbalarining  soni 

va  sifati  kishilik  jamiyatining  m a’naviy  kamoloti,  xususan,  yozuv 

va  xat-savodning  yuksakligiga  qanchalik  tarqalgani  va  yozma 

manbalaming  saqlanish  holatiga  bog'liq  b oig an .  Shu  boisdan  biz­

ning  davrimizgacha,  ayniqsa,  qadimgi  yozma  manbalar  oz  saq- 

langan  b o is a ,  keyingi  tarixiy  davrlar  uchun  xos  hisoblangan  tosh, 

sopol,  taxtaga  va  qog‘ozga  bitilgan,  shuningdek,  bosma  asarlar  keng 

tarqalgan.  Manbalar  shartli  ravishda  8  turkumga  boiinadi:  yozma, 

ashyoviy,  etnografik,  lingvistik,  toponimik,  og‘zaki  (folklor),  kino, 

fono va fotomateriallar.

Vatanimiz  tarixini  o ‘rganishda  yunon  va  rim,  xitoy,  turkiy, 

fors,  arab  manbalarining  ahamiyati  benihoya  kattadir.  Ayniqsa, 

o ‘zbek  xalqining  o ‘rta  asrlardagi  tarixini  o ‘rganishda  mahalliy 

muarrixlarimiz tomonidan bitilgan nodir  qoiyozm alar muhim tarixiy 

manba b o iib  xizmat qiladi.

Ayni  vaqtda  yetakchi  tarixchi  olimlarimiz  tomonidan  musta- 

qillik  yillarida  yaratilgan  asarlar,  o ‘quv  qoilanm alar,  darsliklar, 

monografik  tadqiqotlar,  hujjat  va  materiallar  to ‘plamlari  Vatan 

tarixini  yangicha  ruhda  yoritishda  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Bu 

manba  va  asarlaming  eng  muhimlari  «Vatan  tarixi»ning  I,  II,  III

Ислом  Каримов.  Узбекистон  XXI  аср  бусагасида:  хавфсизликка  тахдид, 

баркарорлик  шартлари  ва  тараккиёт  кафолатлари.  Тошкент.:  Узбекистон,  1997. 

140-бет.



К  I R I S H

13

kitoblarining  oxirida,  foydalanilgan  adabiyotlar  ro ‘yxati  boMimida 



berilmoqdaki, ulami o ‘qish, o ‘rganishni muhtaram talabalarga tavsiya 

etamiz.



Download 11,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   253




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish