Bog’ot Tumanidagi 13-son maktabning biologiya o’qituvchisi Matyoqubova Ma’muraning 5-sinf o’quvchilari uchun Botonika fanidan konspekti



Download 0,98 Mb.
bet15/59
Sana22.11.2022
Hajmi0,98 Mb.
#870218
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
Bog'liq
5-9 синф биология дарс ишланмалари

O’quvchilarni baholash. Darsda faol qatnashgan o’quvchilar rag’batlantiriladi (baholanadi).

  • Uyga vazifa:o’qib kelish.


    5 -sinf Sana _________
    Tasdiqlayman_________ O’IBDO’. _______________________
    Darsning mavzusi: Hujayraning tiriklik belgilari. Hujaralarni o’sishi va bo’lishi.
    Darsning ta’limiy maqsadi: O’quvchilarga hujayraning tiriklik belgilari. Hujaralarni o’sishi va bo’lishi haqidagi tushunchalarni berish, ko’nikmalarni shakllantirish.
    Darsning tarbiyaviy maqsadi: Tinchlikni e’zozlash, shukronalik, keksalarni qadrlash. O’quvchilarni dunyoqarashlarini kengaytirish, ekologik tarbiya berish. Kasbga yo’natirish. Tabiatni asrashga o’rgatish.
    Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning tirik organizmlar, ularda boradigan hayotiy jarayonlar haqidagi bilimlari, darslik ustida mustaqil ishlash, guruhlarda ishlash, mustaqil fikrlash ko’nikmalarini rivojlantirish.
    Darsning turi: Yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi, o’quvchilar egalagan bilimlarni nazorat qiluvchi dars.
    Dars shakli. Yangi pedtexnologiyalar asosida (Loyhalash va boshqa interfaol metodlar)
    Darsning jihozi: Darslik, albom, ko’rgazmali qurollar, mavzuga oid rangli plakat(rasm)lar, mikropreparatlar, mulyajlar, didaktik materiallar, texnika vositasi.

    1. Tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash. Darsni o’quvchilardan kun, sana, oy, yil fasli, kun yangiliklarini aniqlashdan boshlanadi.

    2. O’tgan mavzuni mustaxkamlash.

    1. O’simliklar hujayrasi qanday asosiy qismlardan iborat?

    2. Hujayralar qobig‘i qanday vazifani bajaradi?

    3. Mag‘izning asosiy vazifasi nimalardan iborat?

    1. Yangi mavzu bayoni: Yuqorida aytilganidek, o‘sim lik hujayralari qaysi organga tegishliligiga qarab shakli, hajmi va joylashishiga ko‘ra bir-biridan farq qiladi. Hujayralardagi bu farq o’simliklar turiga va yashash sharoitiga bog’liq.


    Hujayralarning xilma-xilligini ko'rish uchun o'simliklarning turli organlaridan preparat tayyorlash kerak .




    Hujayra shakllari:

    1. ovalsimon; 2— yumaloq; 3— ko‘p burchakli; 4— naysimon; 5—to'g'ri to'rtburchakli; 6— tuksimon.

    Hujayralarga xos muhim biologik xususiyatlardan biri ularning o'sishi va bo'linishidir. Hujayralarning o'sishini mikroskopda kuzatish ancha murakkab bo‘lsada, lekin ku­zatish mumkin.
    Tabiiyki, yosh hujayralar ancha mayda bo'lib, o'sgan sari yiriklasha boradi. Shuni aytish kerakki, har bir hujayra ma’lum o'lchamgacha o'sadi. 0‘sish jarayonida o‘simliklarning ayrim hujayralari shaklini o'zgartirmagani holda, ko'pchilik hujayralar shaklini ma’lum darajada o‘zgartiradi. Hujayralarning qobig'i yoshiga qarab qalinlashadi. Qari hujayralarda vakuol sitoplazmaga qaraganda ko'proq joy egallaydi. Bu belgi yosh va qari hujayralarni ajratish imkonini beradi. Vaqt o'tishi bilan qari hujayralarda sitoplazma va mag'iz butunlay yo‘qolib, ularning o'rnini suv yoki havo egallaydi, natijada ular nobud bo‘ladi.
    Bo'linadigan hujayralarda dastlab mag'iz yiriklashadi, so‘ng ikkiga ajraladi va ular maxsus parda bilan qoplanadi. Bu davrda sitoplazmada ham to'siq paydo bo'lib, ona hujayrani teng ikkita yosh hujayraga ajratadi. Hujayra bo'linishi bilan undagi plastidalar ham teng ikkiga ajralib, yosh hujayralarga o'tadi. Hosil bo'lgan yosh hujayralar o'zidagi oziq moddalar hisobiga o'sishda davom etadi. Ular ona hujayra o'lchamiga yetgach, yana yosh hujayralarga bo'linadi. Shunday qilib, o'simliklarning o'sishi hujayralarning bo'linib ko'payishi va o'sishi hisobiga boradi.


    1. Download 0,98 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish