Bolalarni nutqini o’stirish



Download 31,55 Kb.
bet1/4
Sana06.03.2022
Hajmi31,55 Kb.
#485082
  1   2   3   4
Bog'liq
203 гуруҳ учун НЎ курс иши мавзулари


2-kurs Maktabgacha ta’lim yo’nalishi talabalari uchun “Bolalarni nutqini o’stirish” fanidan kurs ishlari mavzulari





Kurs ishi mavzusi

Таlabaning ismi sharifi




203-guruh uchun

1

Tevarak atrof bilan tanishtirish va nutq o`stirish







2

Suhbat turlari va uning mazmuni







3

Dialogik va monologik nutq xususiyatlari







4

Badiiy adabiyot nutqni rivojlantirish vositasi







5

Badiiy asarni sahnalashtirib ko’rsatish usullari.







6

Bolalarni savod o’rganishga tayyorlash







7

Tarbiyachining nutq madaniyati va kommunikativ mahorati







8

Maktabgacha ta’lim muassasalari va oilada nutq о‘stirish bо‘yicha metodik ishlar







9

Maktabgacha yoshdagi bolalarda ravon nutqni shakllantirishning nazariy asoslari







10

Tarbiyachi nutqiga qo‘yiladigan talab (to‘g‘rilik, aniqlik, ifodalilik).







11

Bolalar lug’atiga yangi so’zlar kiritish







12

Maktabgacha yoshdagi bolalarni ahloqiy tarbiyalash usullari







13

Bolalarda syujetli-rolli o’yinlarni shakllantirish







14

Turli yosh guruhlarida badiiy adabiyot bilan tanishtirish
uslubiyoti







15

Adabiy asarlarni qayta hikoya qilish







16

Bolalar bilan so'zlashish — dialog nutqni hakllantirishning
asosiy uslubi







17

Bolalar nutqining tovush madaniyatini tarbiyalash uslubiyoti







18

Bolalarning kundalik nutqidagi grammatik xatolarni tuzatish







19

Bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish va lug'at ustida ishlash uslubiyoti







20

Bolalar nutqini rivojlantirishda ta’limiy o'yin
va mashg'ulotlar, ularga qo'yiladigan talablar







21

Multimedia texnologiyalaridan foydalanish metodikasi







22

Turli yosh guruhlarda rasmga qarab hikoya tuzishga o’rgatishning vazifalari va uslubiyoti.







23

Turli yosh guruhlarda bolalarni o’yinchoqlarga qarab hikoya tuzishga o’rgatish uslulari







Kirish'>Мактабгача ёшдаги болаларга қайта ҳикоя қилишга ўргатиш усуллари


M U N D A R I J A:


Kirish..........................................................................................................3-5
I-bob.Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni shakllantirishning pedagogik-psixologik asoslari...................................
1.1.Bolalarni og’zaki nutqqa o’rgatishning ilmiy-metodik jihatlari...................
1.2.Maktabgacha yoshdagi bolalarda qayta hikoya qilishni shakllantirishning mazmuni..............................................................................................................


II-bob.Мaktabgacha yoshdagi bolalarda qayta hikoya qilishni shakllantirish metodikasi........................................................................................................


2.1. Maktabgacha yoshdagi bolalarda qayta hikoya qilishni shakllantirishusullari, yo’llari va vositalari...................................................................
2.2. Кatta guruhi bolalarni qayta hikoya qilib berishga o’rgatish usullari.............

Xulosa........................................................................................................


Tavsiyalar....................................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.................................................................
Ilovalar.........................................................................................................


Kirish
Mavzuning dolzarbligi: Ma’naviy barkamol, komil inson tarbiyasi hozirgi kunning eng muxim dolzarb masalalaridan biridi. Har bir inson rivjlanishida, boshqa kishilar bilan muloqot qila olishida nutq asosiy omil hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida o‘z fikrini ta’sirchan yetkazishda tushunarli, mantiqiy, aniq, ravon nutqqa ega bo‘lgan kadrlarni tayyorlash kabi masalalar dolzarb bo‘lib kelmoqda.
Ma’lumki, uzoq o‘tmishga yega bo‘lgan o‘zbek xalqi ta’lim-tarbiyaga oid boy merosga yega bo‘lib, avlodlarda insonparvarlik, kamtarlik, mehnatsevarlik, do‘stlik, mehr- oqibat, birodarlik, odoblilik kabi umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalab kelgan. SHarq mutafakkirlarining ta’lim-tarbiyaga oid asarlari ham ana shu boy merosning tub negizini tashkil yetadi. Lekin, mustabid tuzum davrida bu durdona asarlardan, undagi odob-axloqqa oid fikrlardan yetarlicha foydalana olmadik.
Shunki, milliy istiqlol tufayli o‘zbek xalqining ham ko‘kragiga shabada tegdi. Tariximizga, madaniyatimizga yangicha nazar bilan qaray boshladik. SHuningdek, o‘z yechimini kutayotgan muammolarni ijobiy hal qilishga bel bog‘ladik.
Barcha sohalar singari ona tilimiz va u bilan bog‘liq muammolar ham asta- sekin yechimini topmoqda.
Nutq madaniyati jamiyat madaniy taraqqiyoti, millat ma’naviy kamolotining muhim belgisidir. Mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy islohotlar davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi deb ye’lon qilingan bugungi kunda nutq madaniyati masalalari har qachongidan ham dolzarblik kasb yetadi.
O‘zbek adabiy tili va uning normalarini ilmiy o‘rganish ham o‘zbek nutqi madaniyati sohasi uchun nihoyatda muhimdir. Adabiy tilning rivojlanish qonuniyatlarini, adabiy til me’yorlarining umumiy holatini, undagi turg‘un va noturg‘un hodisalarni chuqurroq tekshirmay turib adabiy tilning nutq madaniyati haqida gapirish aslo mumkin yemas.
Respublikamizning «Davlat tili» haqidagi qonuni, «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa hujjatlarida ma’naviy-ma’rifiy tarbiya, til masalalariga alohida ye’tibor berilgan. Har qanday kadr, yeng avvalo, o‘z ona tilining chinakam sohibi bo‘lmogi lozim. Birinchi Prezidentimiz I.A. Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisining 1997 yil 29 avgustdagi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida: «O‘z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon, go‘zal va lo‘nda ifoda yeta olmaydigan mutaxassisni, avvalambor, rahbar kursisida o‘tirganlarni bugun tushunish ham, oqlash ham qiyin»-deb ta’kidlaydi.1
Darhaqiqat, nutq madaniyati hozirgi davr dolzarb muammolaridan biridir. Bu muammoni hal yetish umummadaniyatimiz taraqqiyoti, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassasalarida, oliy o’quv yurtlarida, o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida, o‘rta maktablar va umuman mashg’ulot, dars o‘tish jarayonini yaxshilash bilan ham bog‘liq. CHunki yosh avlodga notiqlik san’ati sirlarini o‘rganish, o‘z fikrini bayon qilayotgan har bir til vositasini kerakli va lozim bo‘lgan o‘rinda qo‘llash, mantiqan barcha sohada xizmat qiluvchi har bir mutaxassis uchun, umuman, har qanday madaniyatli kishi uchun hayotiy zarurat deb hisoblanishi kerak.
Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’limning birinchi bo’g’ini hisoblanib, u maktabda o’qish uchun tayyor, sog’lom bolani tarbiyalashni ko’zda tutadi. Bolani maktabda muvaffaqiyatli ta’lim olishga tayyorlashda, unga ona tilining barcha boyliklarini egallab olish uchun tegishli bolani yoshiga mos ravishda shart-sharoitlar yaratish maktabgacha ta’lim muassasalari vazifalarining asosini tashkil etadi.
Maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog’lom va yetuk, shu bilan birga maktabga tayyorlagan holda shakllantirish maqsadini ko’zlaydi. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunning 11-moddasida: “Bu ta’lim 6-7 yoshgacha oilada, bolalar bog’chasida va mulk shaklidan qat’iy nazar, boshqa ta’lim muassasalarida olib boriladi”,- deb ta’kidlangan. Darhaqiqat, ta’lim-tarbiya qanchalik erta boshlansa, uning samarasi shunchalik erta namoyon bo’ladi va insonning butun hayot tarziga ijobiy ta’sir qiladi.
Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, ta’lim-tarbiya jarayonini tarbiyachilar tomonidan to’g’ri tashkil etilishi, mas’ul shaxslar tomonidan uni nazorat qilinishining afzalligini ta’minlash, maktabgacha yoshdagi bolalar ota-onalarining oilada bola tarbiyasi bilan shug’ullanishi uchun qulaylik yaratish maqsadida "Bolajon" tayanch dasturi, “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturi, Maktabgacha ta’lim Kontseptsiyasi hamda Maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo’yiladigan Davlat talablari asosida ishlab chiqildi.
Yuqorida qayd etilayotgan bizning bitiruv malakaviy ishimizda bolalar nutqini ravon qilib tarbiyalashda maktabgacha yoshdagi bolalarda monologik nutqni shakllantirishdamaktabgacha ta’lim muassasalari o’rni, masalasini tadqiqot ob’ekti qilib o’rganishdan iborat.

Download 31,55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish