Book · June 020 citations reads 3,563 author: Some of the authors of this publication are also working on these related projects



Download 2,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/181
Sana23.04.2022
Hajmi2,84 Mb.
#577544
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   181
Bog'liq
INVESTITSIYA LOYIHALARINI BOSHQARISH3

Loyiha strategiyasini aniqlash 
Loyiha strategiyasini aniqlashda uchta asosiy konseptual muammolar o’rganib 
chiqilishi lozim. Loyiha strategiyasini tuzishda hamma vaqt bozor segmentatsiyasi 
ham aniqlanishi asosiy o’rinda turadi. 


38 
Loyiha strategiyasi tanlanganda, TIAni tuzish bir nechta alternativlarni ham 
ko’rib chiqish lozim. Bunday alternativlarni baholashda quyidagi savollarga e’tibor 
qaratish kerak. 

birinchi navbatda, TIA uchun qo’yilgan muammolarni bu alternativlar 
qaysi pog’onada va qay darajada bajara oladi. 

alternativ strategiyalar moliyasi qanday ahvolda (daromadlilik, investitsion 
kapital uchun daromad). 

qanday xavflar bu alternativ-strategiyalarga ta’sir etishi mumkin. (siyosiy, 
ekologik, moliyaviy va boshqalar). 
Bu alternativlar asosida ularning eng mukammali tanlanib, TIAni tuzishda eng 
maqbul variantdan foydalaniladi. 
2.2. Loyiha bo’yicha investitsiya strategiyasini ishlab chiqish tamoyillari 
va bosqichlari 
 
Investitsion strategiyalar uzoq davomli jarayonlarni o’zida aks ettiradi va shu 
bilan birgalikda belgilangan istiqbollarda amal qilishi kerak. Ushbu istiqbolli 
mo’ljallangan faoliyat yo’nalish shakli o’zida investitsion strategiyalarni ishlab 
chiqish jarayonini aks ettiradi. Kompaniya faoliyatining strategiyasi va investitsion 
strategiyalari tushunchalari iqtisodiy nazariyaga bundan 40 yillar ilgari kirib kelgan. 
Buning asosiy sababchisi jamiyat qarashlarining rivojlanishi va ilmiy texnika 
rivojidir. Shunday qilib, 
investitsiya strategiyasi deganda
, uzoq muddatli investitsiya 
faoliyati maqsadlarini tashkil etish tizimi va bu maqsadga erishish uchun samarali 
yo’lni tanlash tushuniladi. 
Zamonaviy iqtisodiy adabiyotlarda strategik faoliyat terminiga nisbatan 2 xil 
yo’nalish mavjud. 
Birinchi yo’nalish namoyondalari uni uzoqqa mo’ljallangan maqsad tizimi va 
undagi istiqbolga erishish jarayoni sifatida, ikkinchisi esa, buni huddi qaror qabul 
qilish uchun qoidalar to’plami sifatida, o’z faoliyatini tartibga soladigan yoki o’z 


39 
maqsadiga erishish vositasi deb hisoblaydilar
2
. Mantiqan o’ylab qaraganda strategiya 
uzoqqa mo’ljallangan va belgilangan maqsadlar shuningdek, istiqbol yo’llarini ishlab 
chiqish shu bilan birgalikda amalga oshirish jarayonidir. Investitsion strategiya bu 
uzoqqa mo’ljallangan investitsion faoliyat tizimi va samarali yo’llarini tanlashdir. 
Kompaniyalarning investitsion faoliyatdagi strategik boshqaruv, shuningdek, 
uning investitsion strategiyasini ishlab chiqish jarayoni ushbu investitsion kompaniya 
portfelidagi boshqaruv taktik faoliyat yo’nalishi jarayoniga aniqlik kiritishni o’z 
ichiga oladi. 
Investitsion portfel investitsion strategiyadan o’zining o’rta muddatli 
boshqaruv jarayoni bilan farq qiladi. O’z o’rnida investitsion faoliyatning boshqaruv 
taktika jarayoni, loyiha va alohida investitsion dasturlar amalga oshirishning tezkor 
boshqaruvida asosiy hisoblanadi. Xullas investitsion strategiyani ishlab chiqish 
kompaniyalar investitsion faoliyatini boshqaruv jarayonining birinchi pog’onasi 
hisoblanadi. Investitsion strategiya asosiy bir faktor sifatida kompaniyaning iqtisodiy 
rivojlanish strategiyasida samarali yo’nalish hisoblanadi. Kompaniyaning investitsion 
strategiyasini tuzish jarayoni bir qancha etaplarda amalga oshiriladi. (2.1-rasm). 
Dastlabki bosqich uni tuzishdagi umumiy muddatni belgilash hisoblanadi. Bu 
muddat qator shartlardan kelib chiqadi. Asosiy sharti bo’lib investitsiya bozoridagi 
iqtisodiy yo’nalishlarni oldindan aytib borish hisoblanadi. 
Keyingi shart kompaniya qabul qilgan iqtisodiy strategiyaning davomliligidir. 
U belgilangan yo’nalishdan chiqmaydi va bo’ysinuvchilik xarakteriga ega bo’ladi. 
Yana bir shartlardan biri uning ma’lum bir sohaga mansubligidir va oxirgi shart 
kompaniyaning hajmi hisoblanadi. 
Ikkinchi bosqich investitsion strategiyasining maqsadini belgilash. Bu 
tizimning umumiy iqtisodiy maqsadidan kelib chiqadi. 
2
Ансофф И. Стратегическое управление – М,Экономика, 1989, с 68-69. 


40 
Investitsion faoliyat strategik 
yo‘nalishini ishlab chiqish
Investitsion strategiya tuzish davrini belgilash 
Investitsion faoliyat strategik maqsadini tuzish 
Investitsion faoliyat strategik maqsadini amalga 
oshirishning samaraliroq yo‘llarini ishlab chiqish 
Investitsion strategiyani amalga oshirish davrini 
aniqlashtirish 
Ishlab chiqilgan investitsion strategiyani baholash 
Investitsion resurslar tuzish 
strategiyasini ishlab chiqish

Download 2,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   181




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish