«Boshlang`ich sinf matematika darslarida timss testlaridan foydalanish metodikasi» mavzusida kurs ishi reja kirish I bob. Boshlang`ich sinf oʻquvchilarini matematika o`qitish jarayonida fikrlash qobiliyatlarini o`stirishning nazariy


Boshlang`ich sinf matematika darslarida TIMSS testlaridan



Download 361 Kb.
bet8/11
Sana26.12.2022
Hajmi361 Kb.
#896214
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Boshlang`ich sinf matematika darslarida TIMSS testlaridan foydalanish metodikasi

2.2. Boshlang`ich sinf matematika darslarida TIMSS testlaridan
foydalanish samaradorligi
TIMSS xalqaro tadqiqotining asosiy vazifasi maktabning matematika va tabiiy fanlar ta’limi sifatiga solishtirma baho berish.
Har 4 yil davomida 4- va 8-sinf о`quvchilarining ta’lim yutuqlariga baho berib boriladi va shu bilan birga, nafaqat ularning bilim va kо`nikmasi, balki ularning ushbu fanlarga bо`lgan munosabati, qiziqishi, hamda ta’limga bо`lgan motivatsiyasini solishirishga imkon beradi. Tadqiqotning asosiy rejasi: 4 yil davomida 4-sinf о`quvchisi 8-sinfga yetgunga qadar uning matematika va tabiiy fanlar bilimining natijalari kuzatib boriladi. Shu yо`sinda maktabning boshlang`ich va yuqori sinf о`quvchilarining bilim yutuqlarining monitoringi amalga oshiriladi.
Taqdqiqot о`tkazuvchi davlatlarda maktabda matematika va tabiiy fanlar ta’limning mazmun mohiyati va о`quv jarayoni, ta’lim muassasasi, о`qituvchilar, о`quvchilar, ularning oilalari bilan bog`liq omillar qо`shimcha о`rganiladi. Xalqaro testga qо`shimcha bо`lib tadqiqotda ishtirok etuvchi maktab ma’muriyati, о`quvchilar va о`qituvchilar sо`rovnomadan о`tkaziladi.
Olingan ma`lumotlar test natijalariga ya’ni о`quvchilarning bilimiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlashga, tadqiqotda ishtirok etuvchi davlatlarning matematika va tabiiy fanlarning holatini kо`rsatib berishga yordam beradi.
Ushbu tadqiqotni olib borishda va majmua ishlanmasida dunyoning kо`plab ilmiy tadqiqot markazlari va professional tashkilotlar ishtirok etadi. Turli davlat mutaxassislarining koordinatsiyasini kuchaytirish uchun dunyoning yetuk mutaxassislaridan iborat bо`lgan maslahat qо`mitalari tashkil etildi. Hozirgi tadqiqot koordinatsiyasi Boston kollejida xalqaro koordinatsiya markazi tomonidan amalga oshirilgan.
Tadqiqotning tasnifi TIMSS tadqiqotini ishlanmasiga asos qilib maxsus hujjat olingan “TIMSS Assessment Frameworks and Specifications”, unda ushbu yо`nalishlarga umumiy yondashgan holda matematika va tabiiy fanlarga test va test topshiriqlariga tushuncha berilgan, shuningdek о`quvchi topshiriqni bajarayotganda о`rganish faoliyatining barcha turlari namoyish etiladi, sо`rovnoma davomida olinayotgan ma’lumotlar о`quvchiga, о`qituvchiga va ta’lim muassasiga berilgan ta’riflarning sanab о`tilgan turlari va topshiriqlari kо`rsatiladi.
Yо`nalishlar bо`yicha har bir variantga baholash uchun matematika va tabiiy fanlardan savollar kiritilgan. Turli tipdagi topshiriqlar qо`llaniladi.
4- va 8-sinf о`quvchilarini matematika va tabiiy fanlardan baholashda test topshiriqlarning nazariyasidan foydalaniladi (inglizcha, ruscha). Ushbu nazariya cheklangan miqdorda 60-70 tadan topshiriqlarni о`z ichiga olib, har bir davlatdan ishtirok etgan о`quvchining, о`qituvchining va ta’lim muassasasining kо`rsatkichlarini (sо`rovnomaga asosan) aniqlab beradi. Matematika va tabiiy fanlar natijalari 4- va 8-sinflarda alohida о`rganiladi va tahlil qilinadi. Statistik о`rganishlar natijasida har bir о`quvchini 1000 ballik shkala bо`yicha baholab, matematika va tabiiy fanlarga alohida ballar beriladi.
TIMSS yordamida о`quvchilarning ta’limiy yutuqlari: bilish, qо`llash, mulohaza yuritish baholanadi.
Bilish” bо`limi о`z ichiga matematikadan masalalar yechishni olgan bо`lib, masalalar yechish о`quvchilardan sonlarning xususiyatlari va oddiy geometrik jismlar haqidagi nazariy bilimlar, ta’riflarni takroran aytib berish, standart grafik va diagrammalardan ma’lumot olishni о`z ichiga qamrab oladi. О`quvchilar tabiiy fanlardan alohida organizmlar va obyektlarning xususiyatlari, hodisa va jarayonlar, tabiiy-ilmiy atamalar va о`lchov birliklari haqidagi bilim darajasini namoyish etishlari kerak.
Qо‘llash” ga oid test topshiriqlarini bajarishda о`quvchilar hayotiy vaziyatlarni о`zida aks ettiradigan matematik va tabiiy-ilmiy masalalarni yechish, jadval, sxema, diagramma, grafiklarni talqin qilish, tajribalarni о`tkazish kо`nikmalarini namoyish etishlari zarur.
Mulohaza yuritish”ga oid topshiriqlar о`quvchilarning mantiqiy va tizimli fikrlash malakalarini aniqlaydi. Mulohaza yuritishni talab etadigan masalalar taklif etilayotgan vaziyatning yangiligi, savolning murakkabligi, yechish bosqichlari sonining kо`pligi, turli bо`limlardan bilimlarni integratsiyalashning zarurligi bilan bir-biridan farqlanishi mumkin.
О`qituvchilar о`quvchilarning о`quv faoliyati turlari (bilish, qо`llash, mulohaza yuritish) bо‘yicha о`quv yutuqlarini baholashda о`tgan yillar davomida tadqiqotda ishlatilgan, biroq konfidensiallik rejimidan chiqqan topshiriqlarni didaktik material sifatida ta’lim jarayonida qо`llashlari mumkin. Bu esa TIMSS xalqaro tadqiqotining о`quvchilarning о`quv yutuqlarini baholashning о`ziga xos yondashuvlarini tushinishni ta’minlaydi. Muhimi, matematika va tabiiy fanlardan savodxonlikni baholash vositalari ta’lim texnologiyalari va о`qitish metodikasini takomillashtirishga imkon beradi.
Xalqaro baholash dasturlari bо`yicha xalqaro tadqiqotlarda О`zbekiston Respublikasining ishtirok etishiga tayyorgarlik kо`rish bо`yicha «Yо`l xaritasi»ning 13-bandida xalqaro tadqiqotlarda о`tgan yillarda foydalanilgan savollar mazmunini о‘rganib chiqib, tahlil qilish belgilangan.



Download 361 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish